Mualliflar

  • Mexriniso Qoyilova
  • Adiba Ashrapova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106314

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: o`smir ajdod jinoyatchilik fidoyilik ommaviy madaniyat.

Annotasiya

 Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o'smir  yoshdagilarda  sog'lom  dunyoqarashni  shakllantirishda ajdodlarimiz merosidan foydalanish yo'llari ko'rib o'tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

166

ISSN:3030-3613

DEVIANT XULQLI O’SMIRLAR HUQUQBUZARLIGINI BARTARAF

ETISHDA OLIMLAR HIKMATIDAN FOYDALANISH

Mexriniso Qoyilova

Buxoro davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi dotsenti

Adiba Ashrapova

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o'smir yoshdagilarda sog'lom dunyoqarashni

shakllantirishda ajdodlarimiz merosidan foydalanish yo'llari ko'rib o'tilgan.

Kalit so`zlar:

o`smir, ajdod, jinoyatchilik, fidoyilik, ommaviy madaniyat.

Аннотация:

В данной статье представлены пути использования наследия

наших предков в формировании здорового образа жизни подросков.

Ключевые слова:

подросток, предки, предки, преступность, преданность,

популярная культура

Annotation:

This article presents ways to use the heritage of our ancestors in

creating a healthy lifestyle for teenagers.

Keywords:

Teenager, ancestors, ancestors, crime, devotion, popular culture.


Ma'lumki farzand tarbiyasi, ayniqsa, uning huquq va burchlari haqida bolalarni

xabardor

qilish

muhim

ahamiyatga

ega.

Aksariyat

hollarda

o'smirlar

huquqbuzarligining kelib chiqishiga oilada ularning huquqlari va burchlari haqida
tushuntirish ishlarining olib borilmaganligi sabab bo'lmoqda. Ma'naviy-huquqiy
tarbiya samaradorligini oshirish uchun, birinchi navbatda, oila a'zolarining ma'naviy-
huquqiy savodxonligi, milliy an'analar, huquqiy me'yorlarni yaxshi

bilishlari muhim ahamiyatga ega. Bola oilada ota-onasi, bobo-buvilar, aka-ukalar,

opa- singillar, mahallalar va ta'lim muassasalarida katta yoshdagilar, pedagoglar,
tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida aqliy-intellektual hamda ma'naviy-
ruhiy jihatdan shakllanib, xalqning ijtimoiy tajribasini o'zlashtiradi. Oiladagi kattalar
o'rtasidagi o'zaro ijobiy munosabatlar, mehr-shafqat, hamjihatlik, o'zaro hurmat,
ishonch va mehribonlik, vatanparvarlik, fidoyilik barqaror bo'lsa, o'smir yoshdagilar
mazkur muhitda sog'lom dunyoqarashga ega bo'ladilar.

Ko'pchilik oilalarning a'zolari, pedagoglar o'smirlar tarbiyasida ko'plab

muammolarga duch kelmokdalar. Vujudga kelayotgan qiyinchiliklar ota-onalar va
pedagoglarning o'smirlar shaxsiga oid pedagogik-psixologik, huquqiy bilimlar,
“ommaviy madaniyat” tahdidlaridan yetarli darajada xabardor emasliklarini
ko'rsatmoqda. O'smirlarning yosh xususiyatlari, qiziqish va intilishlarini ta'lim-tarbiya
jarayonida hisobga olmayotgan pedagoglar va ota-onalar ularga nisbatan ba'zan
talabchanlik, ba'zan beparvolik bilan yondashmoqdalar. Bu esa pedagoglar, ota-onalar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

bilan o'smir yoshdagilar orasida turli ziddiyatlarni, tarang vaziyatlarni keltirib
chiqarmoqda. Buning natijasida o'smirlar orasida turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklar,
asabiy taranglik vujudga kelmoqda. O'smir yoshdagi o'quvchilarda asosiy
dunyoqarash, e'tiqod, ob'ektiv nuqtai nazar, o'zlikni anglash,

vaziyatlar, o'z-o'zi va atrofdagilarni baholash, voqelikka nisbatan ongli

munosabat

shakllanadi. Bunda ta'lim mazmuni bilan bir qatorda kattalarning ular bilan

bo'ladigan muloqoti, san'at, madaniyat, matbuot ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
oilada o'smir yoshdagilarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ruhiy xotirjamlik,
shaxslararo sog'lom munosabat, o'zaro totuvlik, milliy an'analar va qadriyatlarga
hurmat bilan yondashish, jamiyatda o'rnatilgan huquqiy me'yorlarga ongli
munosabatda bo'lish ta'minlanishi lozim. O'smir yoshdagilarda sog'lom dunyoqarash
va ma'naviy e'tiqodni shakllantirish uchun ajdodlarimiz merosidan foydalanish lozim.
Buning uchun o'quv materiali va tarbiyaviy vositalar sifatida

maktabda va oilalarda ularga turli-tuman didaktik vositalarni taqdim etish kerak.
Ilmni qadrlash eng ulug' fazilat hisoblanadi. O'smir yoshdagi o'quvchilarda ushbu

fazilatni shakllanttirish orqali ular sodir qiladigan turli huquqbuzarliklarni oldini olish,
ularda “ommaviy madaniyat” xurujlariga qarshi kurashchanlik, tanballik,
boqimandalikni yengish sifatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, Alisher
Navoiyning

“Oz-ozdan o'rganib dono bo'lur,
Qatra -qatra yig'ilib daryo bo'lur.
Yigitlikda yig' ilmning mag'zini,
Qarilik chog'i xarj qilg'il ani.”
hikmatlarini o'qituvchilar va ota-onalar bolalarga o'rgatib, uning mazmun-

mohiyatini anglatsalar ularda ilm egallashga bo'lgan muhabbat, qiziqish tarkib topadi.
Ular bir umr mazkur yo'riqlarga amal qiladilar.

Yoki F. Bekonning:
Bilim - kuch, kuch esa bilimdadir,
Bilim va qudrat ikkalasi egizak, degan hikmatli o'gitini o'rgangan o'smir yoshdagi

o'quvchilar inson qudratli bir shaxsga aylanishi, shaxs sifatida shakllanishi uchun
bilim asosiy omil ekanligini tushuna boshlaydi va uni egallashga intiladi.

Ajdodlarimiz ilm egallash va uning ahamiyati haqida juda ko'plab durdona

fikrlarni yozib qoldirganlar. Biz ushbu durdonalarni darsliklar vositasida, dars va
darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda o'smir yoshdagi o'quvchilar ongiga
singdirishimiz lozim. Buning uchun o'qituvchilar bilan bir qatorda ota-onalar ham
mazkur manbalardan xabardor bo'lishlari lozim.

A.Rudakiyning ta'biricha, bilim - barcha kulfatlarga qalqon hisoblanadi.

A.Firdavsiy esa


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

168

ISSN:3030-3613

uni quyidagicha tavsiflaydi:
Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
O'smir yoshdagi o'quvchilar huquqbuzarlikka yo'l qo'ymasliklari uchun, birinchi

navbatda,

o'zliklarini anglagan bo'lishlari lozim. Ularda o'zlikni anglash hissini tarkib

toptirish uchun milliy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish tuyg'usiga ega bo'lishlari kerak.
Bunga faqat ilm orqali erishish mumkinligi ular ongiga yetkaziladi. Bugungi kunda
pedagogikada tarbiyaning ishontirish, tushuntirish, pand-nasihat qilish, ibrat-namuna
ko'rsatish, yaxshi xatti-harakatlarni rag'batlantirish, tanbeh berish, ogohlantirish kabi
samarali metodlari mavjud. Bugungi yoshlar ajdodlarimiz merosi, qadriyatlarimizdan
bahra olib voyaga yetishlarini ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

O'smir o'quvchilar huquqbuzarligini oldini olishning asosiy omili ularda sog'lom

e'tiqodni shakllantirishdan iborat. Buning uchun o'quvchilarga ma'naviy qadriyatlarni
muntazam taqdim etish lozim.

O'smir yoshdagi o'quvchilar ma'naviy faoliyatini tashkil etishda maktabdagi

tarbiyaviy jarayonlar muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Bahouddin

Naqbandiy, Firdavsiy, Bedil, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Sa'diy, Rudaki, Nosir Xisrav, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy
kabi Sharq allomalarining hikmatlari, o'gitlaridan tarbiyaviy jarayonlarda keng
foydalanish o'smir yoshdagi o'quvchilar ma'naviy olamini boyitishga xizmat qiladi.

Alisher Navoiy ta'biri bilan aytganda, farzand hayotda har bir narsadan a'lo, ustun,

sevishga loyiq allohning ne'mati hisoblanadi. Shuning uchun ham o'smirlarni
nazoratsiz qoldirish, o'z vaqtida to'g'ri tarbiya bermaslik ularda huquqbuzarlikning
keng ko'lamda namoyon bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Huquqbuzarlik yo'liga kirgan bolalarga to'g'ri tarbiya berish, ularga to'g'ri yo'l

ko'rsatish aqli raso, yuksak ma'naviyatli yoshlar sifatida kamol topishlariga
ko'maklashish zarurligini mutafakkir shoir A.Navoiy ham o'z asarlarida qayta-qayta
ta'kidlagan. Ayniqsa, xalq donishmandligi aks etgan hikoyatlarida mazkur
yo'nalishdagi fikrlar asosli tarzda dalillangan. U odob-axloqni

o'ta qadrlagan:
Elga sharaf kelmadi jalxu nasab,

Lek sharaf keldi hayo qadab.

Bo'lmasada siz kishilar arjumand,

Past etarulxaylni charki baland.

Abu Ali Ibn Sino maqtanchoklik, manmanlik va o'zidagi bilimga ortiqcha baho

berish kabi xususiyatlarni kishining axloqi past ekanligini ko'rsatuvchi belgilar sifatida
baholagan. Uning fikricha, bolalarga faqat yaxshi xatti-harakatlarni o'rgatish lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

169

ISSN:3030-3613

Buning natijasida bolada mustahkam xarakter shakllanadi, u o'zligini anglashga
muvaffaq bo'ladi. Yoshlik davrida voyaga yetmaganning o'ziga xos xususiyatlari va
xarakteristikalari, uning ong va dunyoqarashi shakllanadi. Biroq, shaxsning
shakllanishi va rivojlanishi qiyinchiliklar, ichki mojarolar va atrofdagi ijtimoiy
muhitda xulq-atvorni buzish bilan birga kechadigan murakkab jarayondir.

O'smirlar shaxsini shakllantirishda katta rol o'ynaydigan psixologik va ijtimoiy-

psixologik omillar, uning umumiy aqliy va shaxsiy rivojlanishida ijobiy yoki salbiy
ta'sir ko'rsatadigan, ma'lum bir yoshga xos odatda, deviant harakatlarning sabablari
bo'lishi mumkin.

O'smirlar deviant harakatlariga yordam beruvchi ichki psixologik omillar

quyidagilar:

• salbiy istak yoki niyat;
• ijtimoiy manfaatlar;
• motivlar, munosabatlar, e'tiqodlar;
• da'volar darajasi yuqori yoki past darajadaligi;
• ozodlikka chiqish;
• taqlid qilish, o'zini o'zi taqiqlash, guruhlash;
• norozilikning odatdagi reaktsiyalari;
• g'alati hobbilar va ehtiroslar;
• nevroz kasalliklar), belgilarning kuchayishi;
• psixopatik shaxsiylik xususiyatlari.
Voyaga yetmaganlarning deviant harakati shakllanishini belgilaydigan tashqi

ijtimoiy-psixologik omillar quyidagilar:

• kattalar va tengdoshlar (oilada, maktabda, istiqomat joyida) bilan o'zaro

aloqalar;

• ko'cha va boshqa norasmiy guruhlarda voyaga yetmaganlarning ishtiroki va

ushbu guruh rahbarlarining bosimi;

• jinoyatlar va jinoyatlar sodir etishga (ilgari sudlanganlarga) asos soluvchi

voyaga yetmaganlarning kattalar bilan munosabatlari;

• voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni muntazam

iste'mol qilishga jalb qiladigan shaxslar bilan munosabatlari;

• voyaga yetmaganlarning (oilada) va guruhdagi (maktabda) ta'lim olishdagi
kamchiliklari;
• voyaga yetmaganlarning tipik yoshi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ota-

onalar va o'qituvchilarning bilmasliklari.

Bu omillar deviant harakatlar muammolari, jinoyatchilik psixologiyasi va voyaga

yetmaganlarning o'ziga xosliklari haqidagi tadqiqotlarda aks etadi. O'smirlar orasida
jinoyatchilikning oldini olish profilaktik, tarbiyaviy va davolash ishlarini tashkil etish
va amalga oshirish, ta'lim va tarbiya sohasidagi amaldagi me'yoriy-huquqiy baza


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_5-to’plam_Iyun-2025

170

ISSN:3030-3613

asosida tashkiliy va ilmiy-uslubiy masalalarni hal etishni talab qiladi. Shunday qilib,
o'smirlar orasida deviant harakatlarning oldini olish bo'yicha ijtimoiy-psixologik
xizmatlarning samaradorligi ko'p jihatdan ishlayotgan barcha pedagog xodimlarning
tayyorgarligi va malaka darajasiga bog'liq. Bunda asosiy e'tibor, shaxsga nisbatan
gumanistik va shaxsiy yondashuv bo'lib, ayniqsa deviant harakatlarga ega bo'lgan
voyaga yetmaganlarga qaratilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Койилова, М. Д., & Кароматов, И. Д. (2017). Фасоль как лечебное средство

(обзор литературы). Биология и интегративная медицина, (8), 114-133.

2. DJURAEVNA, K. M. (2023). Methodology of Inclusion of Healthy Lifestyle

Skills in Adolescents with Deviant Behavior. Novateur Publications, (13), 1-71.

3. Koilova, M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN THE

TRAINING OF SENIOR NURSES THROUGH THE STRUCTURAL ANALYSIS
OF PROFESSIONAL COMPETENCE AND PROFESSIONAL MOBILITY.
Евразийский журнал академических исследований, 3(9), 137-141.

4. Койилова, М. Д. (2020). ИЗМЕНЕНИЕ КУЛЬТУРЫ СЕМЕЙНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ В УСЛОВИЯХ ПЕРЕХОДА К МОДЕЛИ СОВРЕМЕННОЙ
СЕМЬИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 8, pp. 164-167).
Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

5. Койилова, М. Д. (2018). Синяк обыкновенный, итальянский. Биология и

интегративная медицина, (9), 117-121.

6 QURBONOVA, G., & KOYILOVA, M. DEVIANT XULQLI O'SMIRLARNI

MEHNAT VOSITASIDA TARBIYALASH. Pedagogik mahorat, 102.

7. Qoyilova, M. (2022). Xulqi og ‘ishgan o ‘smirlarni mehnat vositasida

tarbiyalash. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 2(2).

8.Mekhriniso Qoyilova. The need for professional competence development in

the training of senior nurses. Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii –
Society

and

innovations

Journal

home

page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

9. Khoyilova Mekhriniso Djuraevna MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC

BULLETIN ISSN 2694-9970 Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct
2021 Copyright (c) 2021 METHODS OF FORMATION OF POSITIVE BEHAVIOR
IN ADOLESCENTS.

10.Qoilova , M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN THE

TRAINING OF SENIOR NURSES THROUGH THE STRUCTURAL ANALYSIS
OF PROFESSIONAL COMPETENCE AND PROFESSIONAL MOBILITY.
Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 3(9), 137–141. izvlecheno ot
https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/20623

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371586

Bibliografik manbalar

Койилова, М. Д., & Кароматов, И. Д. (2017). Фасоль как лечебное средство

(обзор литературы). Биология и интегративная медицина, (8), 114-133.

DJURAEVNA, K. M. (2023). Methodology of Inclusion of Healthy Lifestyle

Skills in Adolescents with Deviant Behavior. Novateur Publications, (13), 1-71.

Koilova, M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN THE

TRAINING OF SENIOR NURSES THROUGH THE STRUCTURAL ANALYSIS

OF PROFESSIONAL COMPETENCE AND PROFESSIONAL MOBILITY.

Евразийский журнал академических исследований, 3(9), 137-141.

Койилова, М. Д. (2020). ИЗМЕНЕНИЕ КУЛЬТУРЫ СЕМЕЙНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ В УСЛОВИЯХ ПЕРЕХОДА К МОДЕЛИ СОВРЕМЕННОЙ

СЕМЬИ. In Сборники конференций НИЦ Социосфера (No. 8, pp. 164-167).

Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro.

Койилова, М. Д. (2018). Синяк обыкновенный, итальянский. Биология и

интегративная медицина, (9), 117-121.

QURBONOVA, G., & KOYILOVA, M. DEVIANT XULQLI O'SMIRLARNI

MEHNAT VOSITASIDA TARBIYALASH. Pedagogik mahorat, 102.

Qoyilova, M. (2022). Xulqi og ‘ishgan o ‘smirlarni mehnat vositasida

tarbiyalash. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 2(2).

Mekhriniso Qoyilova. The need for professional competence development in

the training of senior nurses. Jamiyat va innovatsiyalar – Obщestvo i innovatsii –

Society and innovations Journal home page:

Khoyilova Mekhriniso Djuraevna MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC

BULLETIN ISSN 2694-9970 Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct

Copyright (c) 2021 METHODS OF FORMATION OF POSITIVE BEHAVIOR

IN ADOLESCENTS.

Qoilova , M. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE ABILITIES IN THE

TRAINING OF SENIOR NURSES THROUGH THE STRUCTURAL ANALYSIS

OF PROFESSIONAL COMPETENCE AND PROFESSIONAL MOBILITY.

Yevraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy, 3(9), 137–141. izvlecheno ot