T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
254
ISSN:3030-3613
OʻQUVCHILARDA IJOBIY HAMDA QADRIYATLAR ASOSIGA
QURILGAN MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI
Shadiyeva Barno Bahodir qizi
Xorazm viloyati Xonqa tumani MMTB ga qarashli
17-umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
Masharipova Nilufar Shermat qizi
Xorazm viloyati Xonqa tumani MMTB ga qarashli
30-umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Jamiyat rivoji, qadriyatlar va g‘oyaviy yuksalishning shakllanishi
insonni oliy qadriyat sifatida e'zozlash zarurligini ta'kidlaydi. Maktabgacha yoshdan
boshlab o‘quvchilarda qadriyatli munosabatni shakllantirish jarayoni ularni jamiyatga
uyg‘unlashtirishga va hamkorlik qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Inson qadriyatlari orqali jamiyat a'zolari tomonidan ma'qullangan xulqatvor
me’yorlarini o‘zlashtiradi va bu orqali hayotiy faoliyatga kirishadi.
Kalit so‘zlar:
qadriyatli munosabat, ma'naviy rivojlanish, o‘qituvchi va o‘quvchi
munosabati, ijtimoiy moslashuv, psixologik yondashuv, ma'naviy-axloqiy rivojlanish,
kognitiv munosabat, xulqatvor, pedagogik jarayon,ruhiy holat, tushkunlik, tafakkur
KIRISH
Ijobiy nuqtai nazar va qadriyatlar yosh avlodda hayotiy ko‘nikmalarni
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini
shakllantirish o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu
jarayon yoshlarda ma'naviy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Pedagogikpsixologik
tadqiqotlar qadriyatli munosabatlar jamiyat talablariga, xalqning turmush tarzi va
o‘qituvchilarning yondashuvlariga bog‘liq holda shakllanishini ko‘rsatadi. Bu tajriba
avval oila va maktab muhitida, so‘ng jamiyatda mustahkamlanadi.
Mazkur jamiyatdagi rivojlanish gʻoyaviy yuksalish va qadriyatlarning namoyon
boʻlishiga keng yoʻl ochmoqda. Shu tariqa, insoniylik sifatlarining namoyon boʻlishi
jamiyatda insonning oliy qadriyat sifatida e`zozlanishiga imkoniyat yaratmoqda.
Bizning jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanish taraqqiyotning negizini belgilaydi.
Bugungi kunga kelib, jamiyatning taraqqiyotida insonning oʻrni va ahamiyati, uning
oliy qadriyat ekanligini anglash ehtiyoji kuchaydi. Chunki, “Inson – ijtimoiy mehnat
asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlgan, mehnat qurollari yasash va atrof-
muhitga faol ta`sir koʻrsata oladigan oliy darajadagi tirik mavjudot” hisoblanadi.
Shuning uchun ham u oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
255
ISSN:3030-3613
Demak, bugungi kunda jamiyatdagi eng qimmatli, qadrlanadigan fenomen inson
va uning bunyodkorlikka asoslangan faoliyatidir. Oʻquvchilarda maktabdayoq insonga
oliy qadriyat sifatida yondashish koʻnikmasini shakllantirish jamiyat hayotini
ma`naviy jihatdan boyitishda alohida ahamiyatga ega. Chunki qadriyatlar jamiyatda
kishilarni oʻzaro hamkorlik qilishga undaydi. Uning yordamida shaxs jamiyat hayotiga
uygʻunlashadi. Inson qadriyatlar yordamida jamiyat a`zolari tomonidan ma`qullangan
xulq-atvor me`yorlarini oʻziga singdiradi hamda hayotiy faoliyatga kirishadi. Oʻsib
kelayotgan yosh avlodda ijobiy nuqtai nazarlar, hayotiy koʻnikmalar qadriyatlarga
yoʻnaltirilgan taqdirdagina vujudga keladi. Hozirgi mavjud vaziyatda oʻquvchi-yoshlar
sarosimaga tushmasligi, ularda xudbinlik kayfiyatining kuchaymasligi uchun ham,
shaxslararo qadriyatli muloqot koʻnikmalarini egallashlari muhim.
Qadriyatli munosabatlar dastlab ota-onalar bilan farzandlar, oʻqituvchi va
oʻquvchilar orasida vujudga keladi. Oʻquvchilarda qadriyatli munosabatlarni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonda oʻqituvchilar shaxslararo
munosabatlarga asoslanishlari lozim. Oʻqituvchi oʻquvchilarning shaxs sifatida oʻziga
xosliklarini namoyon qilishiga koʻmaklashishi, oʻz hayotiy nuqtai nazarlariga ega
boʻlishlarini qoʻllab quvvatlashi nihoyatda zarur hisoblanadi.
Pedagogika qadriyatni inson tomonidan qabul qilingan ideal, uning uchun muhim
hodisa, tushuncha, munosabat sifatida tushunish keng tarqalgan.Shaxsning qadriyatli
munosabati muammosi fanlararo muammodir. Falsafada “qadriyatli munosabat”
tushunchasi obyekt-subyekt munosabatlari tizimida joylashgan ma’naviy faoliyat
turlaridan biri sifatida talqin qilinadi.
M.S.Kagan qadriyatli munosabat shakl va mazmunga ega deb hisoblaydi:
“mazmun – aniq qadriyaviy ma'no tugʻiladigan va u ishlaydigan umumiy
sotsiomadaniy kontekstdan kelib chiqadigan dunyoqarashli-semantik, uning shakli esa
– qadriyat ong tomonidan “ushlab qolinadigan” psixologik jarayondir” [81].
Sotsiologiyada “qadriyatli munosabat” shaxsiy ma'nolar tizimi asosida yotadigan
individning ijtimoiy tajribasining ma'naviy sinishi sifatida namoyon boʻladi, u, oʻz
navbatida, shaxsning oʻzi uchun uning hayotiy faoliyatida ahamiyatga molik boʻladi.
Psixologiyada “qadriyatli munosabat” tushunchasining quyidagi talqini
keltirilgan: qadriyat munosabati – sub’ekt ehtiyoj va manfaatlari asosida obyektning
muhimligi munosabati (B.G. Ananiev, V.V. Davydov, B.F. Lomov, S.A.Rubinshteyn
va boshqalar konsepsiyalari).Psixologlarning ta`biricha, shaxsni tushunish, unga
qadriyatli munosabatda boʻlish uchun avvalombor uning hissiyotlarini anglash lozim.
Har bir oʻqituvchi oʻquvchilarni anglashi, ularda qadriyatli munosabat tajribasini
samarali shakllantirishi uchun qadriyatlarning oʻziga xos jihatlarini yaxshi bilishi talab
qilinadi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga e`tibor qaratar ekan, ularning xulq-atvori, faoliyati,
bilimlarining mavjud darajasini aniq baholay olishi muhim ahamiyatga ega. Qadriyatli
munosabatlar oʻquvchilar qiziqishlarining koʻrsatkichlari, ehtiyojlari, qarashlari va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
256
ISSN:3030-3613
aqliy rivojlanishlarini mujassamlashtiradi. Oʻquvchilarda hosil boʻlgan qadriyatli
munosabatlar tajribasi ularning xulq-atvori va istiqboldagi faoliyat yoʻnalishini
belgilaydi. Har qanday fikr murakkab shaxsiy tajribaning mahsuli sifatida
oʻquvchilarda qadriyatli munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Agar
oʻquvchilarda qadriyatli munosabatlar tajribasi shakllantirilmasa ular jamiyat a`zolari
bilan shaxslararo munosabatga kirisha olmaydilar. Oʻquvchilarda hosil boʻladigan
nuqtai nazarlar, dunyoqarash, qadriyatlarga oid bilimlar, ma`naviy koʻnikmalar,
qadriyatli munosabatlarning asosini tashkil qiladi.
Pedagoglar hamda psixologlar shaxslararo munosabatlar doirasini oʻrganar
ekanlar, kognitiv, xulqatvorga asoslangan hamda affektiv munosabatlar doirasini
ajratadilar. Kognitiv munosabatlar doirasida sub`ektning ob`ektni anglashi nazarda
tutilsa, xulq-atvorga asoslangan munosabatlarda faoliyatning natijasi va hatti
harakatlar sifatida tushuniladi. Affektiv munosabatlar doirasi esa, shaxsning holati
bilan bogʻliq barcha koʻrsatkichlarni mujassamlashtiradi. Jumladan, A.A.Bodalev
shaxslararo munosabatlar doirasida tadqiqotchilik, amaliy hamda affektiv
munosabatlarni ajratib koʻrsatadi. I.S.Kon esa, oʻz tadqiqotlarida kognitiv, xulq-
atvorga asoslangan, affektiv munosabatlar va ularning qismlari, Z.A.Zorina
tadqiqotlarida esa boshqaruvchilik, affektiv va axborotli munosabatlarni ajratadi.
Ta`lim-tarbiyani yaxlit bir hodisa sifatida tushunish natijasida pedagogikada
shaxs faoliyati va munosabatlar doirasining vujudga kelishi tarzida talqin etiladi.
Ta`lim-tarbiyani oʻquvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish jarayoni
sifatida talqin etar ekanmiz, bunda oʻquvchilar ma`naviy rivojlanishga jalb etiladilar.
Oʻquvchi ta`lim olish davomida tabiat va jamiyat xodisalarini oʻz ongida aks ettirishi
va uni tahlil qila olishi lozim. Bunda quyidagilarga alohida e`tibor qaratiladi: –
ijtimoiy, ma`naviy-ahloqiy me`yorlarni oʻzlashtirish imkonini beradigan oʻquv
materiallarini oʻquvchilarga taqdim etish; – pedagogik jarayon maqsadiga
moslashtirilgan vaziyatli, funktsional yondashuvlarni tatbiq qilish; – oʻquvchilarning
ma`naviy-axloqiy rivojlanishlari, qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishga
xizmat qiladigan yondashuvlardan foydalanish.
XULOSA
O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish ularning ma'naviy
va ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon o‘qituvchi va o‘quvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, o‘quvchilar o‘zlarining ijtimoiy xatti-harakatlarini
qadriyatlarga asoslab shakllantirishlarida aks etadi. Ushbu tajribaning shakllanishi
o‘quvchilarni jamiyat a'zosi sifatida ulg‘ayishiga yordam berib, ularning kelajakdagi
faoliyatlari uchun zarur asosni yaratadi. Pedagoglar va psixologlar tomonidan olib
borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kognitiv, xulq-atvorga asoslangan va affektiv
munosabatlar orqali qadriyatli munosabatlar shakllanadi. Bu esa o‘quvchilar uchun
muhim hayotiy ma'naviy ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
63-son_5-to’plam_Iyun-2025
257
ISSN:3030-3613
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Oripov, X., & G‘aniyeva, R. (2022). O‘quvchilar shaxsida qadriyatlarni
shakllantirishning dolzarb masalalari. Samarqand: Samarqand Davlat Universiteti
Nashriyoti
2.
Sodiqov, B. (2022). "Ta’limda qadriyatlarni shakllantirish: Pedagogik va
psixologik jihatlar." O‘zbekiston Ta’lim Jurnali, 34(2), 45-57.
3.
Sodiqov, B. (2022). "Ta’limda qadriyatlarni shakllantirish: Pedagogik va
psixologik jihatlar." O‘zbekiston Ta’lim Jurnali, 34(2), 45-57.
4.
Ahmedova, N., & Karimova, S. (2022). Ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni
shakllantirishda innovatsion ta'lim usullari. Toshkent: Ma'naviyat nashriyoti.
5.
Internet materiallari