Mualliflar

  • Qobuljonova Robiya

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106355

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: lingvokulturologiya metaforik birliklar lingvokulturologik tahlil mentalitet tarjima.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar 
haqida o'rganildi. Ularning kelib chiqish tarixi, turlari , ularga oid terminlar haqida 
ma'lumot  berildi.  Metaforalarning  lingvokulturologik  jihatdan  tahlilining 
tilshunoslikdagi o'rni to'g'risida izoh berildi. Ingliz va o'zbek tillariga oid metaforik 
ifodalarga bir nechta misollar berilib , lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

35

ISSN:3030-3613

LINGVOKULTUROLOGIYA VA METAFORIK IFODALAR

TASNIFI(INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI QIYOSIDA)

Qobuljonova Robiya

O'zMU Xorijiy til va adabiyoti(ingliz tili)

yo'nalishi 1-bosqich talabasi

Robiyy79@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar

haqida o'rganildi. Ularning kelib chiqish tarixi, turlari , ularga oid terminlar haqida
ma'lumot

berildi.

Metaforalarning

lingvokulturologik

jihatdan

tahlilining

tilshunoslikdagi o'rni to'g'risida izoh berildi. Ingliz va o'zbek tillariga oid metaforik
ifodalarga bir nechta misollar berilib , lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi.

Kalit so’zlar:

lingvokulturologiya, metaforik birliklar, lingvokulturologik

tahlil, mentalitet, tarjima.


Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda tilshunoslikning

yangi sohalari ustida ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Lingvokulturologiya sohasi
ham tilshunoslikning shunday yangi yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu soha til va
madaniyat o'rtasidagi bog'liqlik, tilning madaniy xususiyatlari va uning madaniyatga
ta'siri kabilar o'rganiladi. Ushbu fanning ildizi tilshunos olim V. fon Gumboldtga borib
taqaladi.

Lingvomadaniyatshunoslik

alohida fan sifatida XX asr oxirida shakklangan

bo'lsa-da, uning o'rganilish tarixi qadimgi davrlardan boshlangan. Aristotel, Herder,
Humboldt kabi faylasuflar til va madaniyat o'rtasidagi aloqaga e'tibor
berganlar. Vilgelm fon Humboldt tilni "millat ruhi" deya ta'riflaydi hamda til va
madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni asoslab beradi. Bugungi kunga kelib O'zbekistonda
ham ushbu soha faol ravishda rivojlanmoqda. Til va madaniyat, milliy qadriyatlar, til
birliklarining madaniy mazmuni tahlik qilinmoqda.

Lingvokulturologiya sohasiga kulturema, lakuna, evfemizm, madaniy shok kabi

terminlar bilan birgalikda metaforalarni ham kiritish mumkin. Chunki metaforik
ifodalar madaniy qadriyatlar, mentalitetni o'zida aks ettiradigan asosiy til birliklaridan
biridir.

Metafora

( grekcha, metaphora-ko'chirish) - bir narsa nomining boshqa narsa

nomiga shakl, xususiyat, harakat, rang , hid , hajm kabi belgisiga ko'ra ko'chirish[1].
Metafora orqali bir narsa nomi boshqasiga o'tganda o'rtadagi asosiy belgi ma'nosi
saqlanib qoladi. Misol uchun, "

arraning tishi

" birikmasida tishning shakli

o'xshashligiga ko'ra metafora hosil qilinyapti. "Arra tishi" ham inson tishi singari qator
joylashgan va o'tkir bo'ladi. "

Yashindek uchmoq

" iborasida esa oredmetning vazifasiga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

36

ISSN:3030-3613

ko'ra ma'no kochmoqda, ya'ni insonning yoki boshqa narsaning tez uchishi yashinning
ilg'ab bo'lmas darajadagi tezligiga o'xshatilmoqda.

Ko'p yozuvchilar o'zlarining asarlarida metaforalarni ishlatishni afzal ko'radilar.

Sababi, metaforik ifodalar o'quvchining tasavvurida sharhlanayotgan vaziyatni yaqqol
chizib berishda katta ko'mak bo'la oladi.

Metaforalar lingvokulturologik jihatdan tildan tilga farq qilishi mumkin. Misol

uchun, ingliz tilida "

Time flies

" metaforasi mavjud. Bunda vaqt qushga nisbat

berilmoqda va uning tez o'tib ketishi qushning tez parvoziga o'xshatilgan: "

Time flies

over us, but leaves its shadow behind

[2]. " O'zbek tilida ham ushbu metaforaning

ma'nosiga teng keladigan birlik mavjud:"

Umr-oqar daryo

". Yoki ingliz tilshunosligida

mavjud "

It is raining cats and dogs

[3]" metaforasini misol qilishimiz mumkin. O'zbek

tilida ushbu ifodaning muqobili tarzda quyidagilarni berishimiz mumkin: "

Yomg'ir

chelaklab quydi; osmon ko'z yosh to'kdi

...". Lingvokulturologik jihatdan tahlil

qiladigan bo'lsak, ingliz xalqlarida metaforalar ko'proq jonli narsalarga bog'liq tarzda
yasalar ekan, o'zbek tilida esa, aksincha, jonsiz narsalar metaforalar uchun asos
vazifasini bajaradi.

Lingvokulturologiya sohasida metaforik ifodalarni tahlil qilishning bir nechta

usullar mavjud. Birinchi navbatda, ma'lum tilga doir metaforalarni aniqlash kerak
bo'ladi: "

Til -millat ko'zgusi

". Keyin esa "

source domain

"( konseptual soha ) hamda

"

target domain

" (nishon) aniqlanadi : Ko'zgu haqiqatni aks ettiruvchi obyekt; til esa -

xalqning kimligini , dunyoqarashini bildiradi. Keyingi bosqichda aynan nima uchun
tanlangani aniqlanishi kerak. Bunda xalqlarning madaniyati , qadriyatlaridan xabardor
bo'lish talab etiladi. Yuqoridagi ifoda o'zbek xalqining tilda ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo'lishini ifodalaydi. So'nggida turli tildagi metaforalarning farqlari tahlil
qilinadi: "

Язык- душа народа

" (Til xalq ruhi).

Tilshunoslikda ingvomadaniyatshunoslik sohasi orqali metaforalarni tahlil

qilishning ahamiyati kattadir. Bu, avvalo, xalqlarning qadriyatlari, an'analarini
o'rganishda asosiy manbalardan biri hisoblansa, ikkinchidan, tarjima sohasida ham
kamchiliklarga yechim bo'la oladi. Xalqlar o'ziga xos turli madaniyatga ega bo'lgani
bois , ularning qadriyatlarini bildiradigna lingvistik birlik-metaforalarni tildan tilga
so'zma-so'z tarjima qilishda kamchiliklar paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli
metaforik birliklarni lingvokulturologiya sohasi yordamida tahlil qilish ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak , lingvomadaniyatshunoslik- til va madaniyat, til va
mentalitet o'rtasida bog'liqlikni o'rganadigan fan hisoblanadi. Metafora- esa ma'no
ko'chich usullarining biri bo'lib, lingvomadaniyatshunoslik sohasinig asosiy terminlari
qatoriga kiradi. Lingvokulturologiya sohasida metaforalarni tahlil qilish orqali til
xalqlarning qanday tushunchalarini o'zida namoyon qilishini aniqlash mumkin .

Foydalanilgan adabiyotlar:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

37

ISSN:3030-3613

1.

A.A.Abduazizov, "Tilshunoslik nazariyasiga kirish". "Sharq" nashriyot-Matbaa
Aksiyadorlik Kompaniyasi, Toshkent, 2010.

2.

Nathaniel Hawthorne, "The Marble Faun. Ticknor and Fields , Boston, 1860.

3.

Richard Brome, "Cify Witt". Thomas Roycroft, London, 1653.

4.

Jörg Zinken, "Metaphor and Culture". Cambridge University Press, 2007.


Bibliografik manbalar

A.A.Abduazizov, "Tilshunoslik nazariyasiga kirish". "Sharq" nashriyot-Matbaa

Aksiyadorlik Kompaniyasi, Toshkent, 2010.

Nathaniel Hawthorne, "The Marble Faun. Ticknor and Fields , Boston, 1860.

Richard Brome, "Cify Witt". Thomas Roycroft, London, 1653.

Jörg Zinken, "Metaphor and Culture". Cambridge University Press, 2007.