Mualliflar

  • Ismoilova Bahor Eshdavlat qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106363

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Peyzaj syujet san’at tabiat lirikasi bahor nashidasi obrazli ibora obraz inson ruhiyati.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  xalqimiz  suygan  serqirra  ijodkorlar,  o‘zbek 
adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lgan Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilova ijodida 
peyzaj ya'ni tabiat tasviri hamda inson ruhiyati uygʻunligi tahlil qilindi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

3

ISSN:3030-3613

HAMID OLIMJON VA ZULFIYA IJODIDA TABIAT TASVIRI VA INSON

RUHIYATI UYGʻUNLIGI

TerDPI Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi

talabasi

Ismoilova Bahor Eshdavlat qizi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalqimiz suygan serqirra ijodkorlar, o‘zbek

adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lgan Hamid Olimjon va Zulfiya Isroilova ijodida
peyzaj ya'ni tabiat tasviri hamda inson ruhiyati uygʻunligi tahlil qilindi.

Kalit so‘zlar:

Peyzaj, syujet, san’at, tabiat lirikasi, bahor nashidasi, obrazli

ibora, obraz, inson ruhiyati.

Аннотация:

В статье анализируется гармония пейзажа, то есть

изображения природы, и человеческой психики в творчестве Хамида Олимжона
и Зульфии Исроиловой, двух выдающихся представителей узбекской
литературы, любимых нашим народом.

Ключевые слова:

Пейзаж, сюжет, искусство, лирика природы, весеннее

стихотворение, образное выражение, образ, психика человека.

Abstract:

This article analyzes the harmony of landscape, that is, the image of

nature, and the human psyche in the works of Hamid Olimjon and Zulfiya Isroilova,
two of the most diverse artists loved by our people and bright representatives of Uzbek
literature.

Keywords:

Landscape, plot, art, nature lyrics, spring hymn, figurative

expression, image, human psyche.


Peyzaj atamasi fransuzcha "paysage" so‘zidan olingan bo‘lib, mamlakat, joy

degan ma’nolarni anglatadi. Rassomlik va haykaltaroshlik sohalarida tabiatni aks
ettiruvchi janr yoki shu janrda yaratilgan alohida asar bo‘lsa, badiiy adabiyotda badiiy
soʻz vositasidagi tabiat tasviri, ifodasidir. Peyzaj yozuvchining oʻz asarida tanlagan
ifoda usuli va ijodiy uslubi bilan bogʻliq holda turlicha vazifalarni bajarishi mumkin.
Tabiat manzarasi tasviri orqali yozuvchi oʻzining yurtiga, Vataniga, ona tabiatga
boʻlgan munosabatini ifodalaydi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri
boʻlib, asarning gʻoyaviy-estetik quvvatini oshirish, syujet rivojini tezlatish yoki
sekinlatish, qahramonning ichki dunyosini ochish kabi vazifalarni ba-jaradi. Bu bilan
peyzaj badiiy asarda ishtirok etuvchi personajlarni yanada toʻlaqonli ifodalashga
yordam beradi. Badiiy asarda peyzajdan 2 xil usulda foydalaniladi: qahramonning
ruhiy holatini tabiat tasviri bilan parallel ravishda tasvirlash va qarama-qarshi usulda
tasvirlash. Peyzaj tasviri orqali muallif oʻzining asosiy gʻoyaviy niyatini ilgari surishi
ham mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

4

ISSN:3030-3613

XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining umrboqiy asarlari ila o‘chmas iz

qoldirgan Hamid Olimjon, adabiy merosi she’riyatimizda muhim ahamiyatga ega
ijodkordir. Adib g‘oyat qisqa, ammo sermazmun hayoti davomida she’riy asarlar,
ko‘plab hikoya va ocherklar, dramalar, publitsistik va adabiy tanqidiy maqolalar yozdi.
Uning "Ko‘klam" nomli ilk she’rlar to‘plami va "Tong shabadasi" hikoyalar to‘plami
talabalik yillarida chop etildi. Shu tariqa shoir qaynoq ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan
shug‘ullana boshladi.

Yangi o‘zbek she’riyatida lirik janrlarning rivoj topishida Hamid Olimjonning

ham hissasi beqiyosdir. Nozik hissiyot va kechinmalar musavvirining ijodiy merosida
ko‘plab tabiat lirikasiga bagʻishlangan she’rlar uchraydi. Ular orasida "Derazamning
oldida bir tup oʻrik oppoq bo‘lib gulladi... " deya boshlanuvchi "O‘rik gullaganda"
nomli she’ri alohida ajralib turadi. Ushbu she’r yurtimizga bahor faslining kirib kelish
nashidasi, madhini mujassam etadi. "Oʻrik gullaganda" she’ri faqatgina bahor faslidagi
tabiat tasvirini emas balki shoirning ichki dunyosi, ruhiy kayfiyatini ham ifodalaydi.
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini

Ushbu misralarda bahorning kelishi, uyg‘onish va yangilanish ramzi sifatida

ifodalanadi. Ilk misrada qishning qahratonidan omon qolgan daraxt novdalari fasllar
kelinchagi boʻlgan bahor kelishi bilanoq g‘unchalar ila bezalishi tasvirlanadi. G‘uncha
umid, go‘zallik va yashash istagini bildiradi. Ikkinchi misrada tong yangi kunning,
hayotning boshlanishi sifatida talqin etiladi. “Hayot otini aytish” – bu obrazli ibora
bo‘lib, yashash, harakatga kelish, hayotni boshlash ma’nolarini anglatadi, go‘yoki
tabiat yangi kun bilan uyg‘onmoqda. Keyingi misralarda bahorning iliq, yengil
shamoli, yangi kunning ilk daqiqalarida gulning totini ya'ni uning ifori hamda
go‘zalligini olib ketishi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Bu yerda shabboda inson
mehrini bildirayotgandek, lekin bir vaqtning o‘zida nozik, o‘tkinchi hodisani mujassam
etadi, shabboda gulning totini olib ketishi esa hayotning o‘tkinchiligi, go‘zallik va
lazzatning bir zumda yo‘qolishini ifodalaydi.

Shoirning lirik qahramoni san'atning, go‘zallikning qadriga yetadi. Ko‘z oldida

namoyon boʻlgan tengsiz san'at asari - tabiat manzaralarini poymol bo‘lmasligini
istaydi. Bunday vaziyatda adibning naqadar tabiatga oshufta, qalbi esa qanchalar
go‘zallikka oshno ekanligini anglashimiz mumkin.
Tinimsizdir yolg‘iz shabboda,
Maysalarning sochi silkinar,
Mana, hozir chirqirab turgan
Parrandalar, qushlar ham tinar…


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

5

ISSN:3030-3613

Bu she’riy parcha ham tabiiy manzara orqali falsafiy va hissiy holatni ifodalaydi.

Birinchi misrada “shaboda” – bahorning yengil, muloyim shamoli, “tinimsiz” va
“yolg‘iz” so‘zlari esa uning doimiyligi va yolg‘izlikda harakat qilayotganini bildiradi.
Bu yerda shabboda go‘yoki hayotning doimiy oqimi, ammo yolg‘iz harakat qiluvchi
kuch sifatida tasvirlangan. Bu satrda biroz g‘amgin ohang ham bor – shabboda doimiy
harakatda bo‘lsa-da, yolg‘iz. Ikkinchi misrada personifikatsiya (insoniylashtirish)
vositasi orqali yaratilgan – “maysa”ga “soch” nisbat berilgan. Shabboda maysalarning
sochini silkitayotgani – bu tabiatning harakati, tirikligi, go‘zalligi, lekin ayni paytda
nozikligi va o‘tkinchiligi haqida ham ishora berib turadi. Keyingi misralarda esa
shovqin-suron, hayotning jo‘shqinligi, ayni paytda lahzaning jonli tasviri berilgan.
“Chirqirab turgan” – qushlarning ovozi, bahorning harakati, hayotning qaynashi kabi
tushuniladi. Uyg‘unlikda yashayotgan, shovqin solayotgan qushlar bir payt
tinchlanishini bildiradi. Bu hayotning muvozanati, goh harakatda, goh sukunatda
kechishini aks ettiradi. Har qanday harakat orqasidan tinchlik, osoyishtalik keladi
degan fikr ham bor. Parcha bahorning iliq tongida hayotning uyg‘onishini, tabiatdagi
harakat va osoyishtalik muvozanatini tasvirlaydi. Shabboda – doimiy, ammo yolg‘iz;
maysa – nozik va chiroyli; qushlar – hayotning ovozli belgisi. Ammo har qanday
shovqin-suron oxir-oqibat sukunatga aylanishi, har bir harakatdan so‘ng tinchlik
kelishi fikri bilan yakunlanadi. Bu hayot falsafasining chuqur, poetik ifodasidir.

Otashnafas shoir Hamid Olimjonning turmush oʻrtogʻi, vafo va sadoqat timsoli

bo‘lgan o‘zbek shoirasi Zulfiya Isroilovaning ijodiy merosida ham ko‘plab peyzaj
tasvirini uchratishimiz mumkin. Uning she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli,
hayotbaxsh she’rlardir. Ular xoh vatan haqida, xoh insonlarning turfa his-tuygʻulari
yoki tabiat manzaralari xususida bo‘lsin, barchasida hayotsevarlik, yashashga intilish,
oʻquvchida oʻzgacha bir kayfiyat baxsh etish istagi hukmrondir. Ushbu fikrlarning
isboti sifatida uning "Bogʻlar qiygʻos gulda..." deya atalgan she’ridan parcha
keltirishimiz mumkin.
Bog‘lar qiyg‘os gulda - yaxlit bir chaman,
Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
Bir kaft bog‘ mehnat-u hosilga vatan,
O‘zga ko‘rk, o‘zga rang har bir daraxtda.
Har navda bir gulda, har gulda bir ro‘y,
Har daraxt bargi bir dunyo hikoya.
Har birin hosili o‘zgasiga ko‘rk,
Biri biri uchun qudrat, himoya.

Ushbu she’rda muallif bahorning gulga burkangan go‘zal manzarasini tasvirlar

ekan, uni ramziy ma’noda qo‘llaydi. «Bir kaft bog‘», ya’ni yaxlit bir manzil - Vatanda
turlicha tarovat, turli bo‘y tarqatuvchi daraxtlar bor. Ularning har biri o‘zicha ko‘rk,
o‘ziga xos meva-yu hosil beradi. Go‘yo har bir daraxt bu bir-biriga o‘xshamaydigan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

6

ISSN:3030-3613

millat va elatlar. Ularning har birining o‘z tarixi, o‘z urf-u odatlari, yashash tarzi bor.
Lekin ular bitta bog‘da - bir maskanda, ya’ni bir Vatanda - O‘zbekistonda jam
bo‘lganlar. Ular turli millat va elatlar bo‘lsa ham, bir xalq - Oʻzbekiston xalqi
farzandlaridir. Shoira Zulfiyaning qalbiga ehtiros va ilhom bagʻishlagan tuygʻu - bu
bahor kelib, bogʻ- rogʻlarning jonlanishi, daraxtlar qiygʻos gullab, tevarak-atrofning
chamanzorga aylanishidir.

Rasul Hamzatov zalqimizning ardoqli adibasi Zufiyaxonimga nisbatan

quyidagicha ta'rif beradi: "Agar Zulfiya Armanistonda tug‘ilganda - Silva,
Leningradda tug‘ilgan - Berggols, Bulg‘oriyada tug‘ilganda - Bagryana,
Yugoslaviyada tug‘ilganda ham Desanka Maksimovichdek mashhur shoira bo‘la olar
edi". Shuningdek, "Zulfiya va she’riyat. Zulfiya va qoʻshiq - bu so‘zlarni bir-biridan
ajratib bo‘lmaydi.

...Zulfiya, uning ijodi, she’riyati ma'naviy turmushimizning milliy

madaniyatimizning bir qismiga aylanib ketgan" - deya faxr ila soʻzlaydi Mustay Karim.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Hamid Olimjon va Zulfiya ijodida tabiat

tasviri salmoqli o‘rinni egallaydi. Vatan madhi, insonlar ruhiyati tabiat tasviri bilan
hamohanglikda keltirilib o‘tiladi. Yasharish fasli bo‘lgan Bahor tasviriga katta urg‘u
berilgan. Bahor– insonning yoshlik davriga qiyoslangan. Bu davrda barcha
tuyg‘ularning barq urishi, shakllanishi ta’kidlanadi. Hamid Olimjon va Zulfiya ham
shu davrda insonda ruhiy shakllanish va kamolot topishiga poydevor bo‘lishini
inobatga olib, ruhiyat tasvirini tabiat bilan bog‘lab tasvirlashgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

S.Ahmedov, R.Qoʻchqorov, Sh.Rizayev. 6-sinf adabiyot darsligi 79-93 betlar
Toshkent "Ma'naviyat" 2017

2.

B.Toʻxliyev, B.Karimov, K.Usmonova 10-sinf adabiyot darsligi 71-80 betlar.
"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy tashkiloti Toshkent–2017

3.

tafakkur.net Hamid Olimjon she'rlari https://tafakkur.net/sherlar/hamid-olimjon

4.

tafakkur.net Zulfiya she'rlari

https://tafakkur.net/sherlar/zulfiya?s=yuqori-

baholangan

tarix.sinaps.uz Hamid Olimjon

5.

https://tarix.sinaps.uz/hodisa/hamid-olimjon/

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

S.Ahmedov, R.Qoʻchqorov, Sh.Rizayev. 6-sinf adabiyot darsligi 79-93 betlar

Toshkent "Ma'naviyat" 2017

B.Toʻxliyev, B.Karimov, K.Usmonova 10-sinf adabiyot darsligi 71-80 betlar.

"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy tashkiloti Toshkent–2017

tafakkur.net Hamid Olimjon she'rlari https://tafakkur.net/sherlar/hamid-olimjon

tafakkur.net Zulfiya she'rlari https://tafakkur.net/sherlar/zulfiya?s=yuqori-

baholangan tarix.sinaps.uz Hamid Olimjon