Mualliflar

  • Xursanmurodov Tolibboy Shukrullo o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.106407

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Bayon isteora majoz tashbeh mushabbah mufrad majoz haqiqat vajhu shibh.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada arab adabiyotida muhim sanalgan bayon ilmi va 
unga tegishli bo’lgan majoz, isteora tashbeh kabi atamalar keng o’rganilgan. Zero bu 
ilmlarni  bilgan  kishi  arab  tili  sir  asrorlarini  tushunishligi  oson  bo’lishi,  maqsadga 
tezroq yetishi ta’kidlangan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

163

ISSN:3030-3613

ARAB BADIIYATSHUNOSLIGIDA ISTIORA VA MAJOZ SAN’ATI

Hadis ilmi maktabi o’qituvchisi:

Xursanmurodov Tolibboy Shukrullo o’g’li

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada arab adabiyotida muhim sanalgan bayon ilmi va

unga tegishli bo’lgan majoz, isteora tashbeh kabi atamalar keng o’rganilgan. Zero bu
ilmlarni bilgan kishi arab tili sir asrorlarini tushunishligi oson bo’lishi, maqsadga
tezroq yetishi ta’kidlangan.

Kalit so’zlar:

Bayon, isteora, majoz, tashbeh, mushabbah, mufrad majoz,

haqiqat, vajhu shibh.

Annotation:

This article extensively studies the science of metaphor, which is

considered important in Arabic literature, and related terms such as metaphor, allegory,
and simile. It is emphasized that a person who knows these sciences will find it easier
to understand the secrets of the Arabic language and reach their goals faster.

Keywords:

Explanation, allegory, metaphor, simile, tashbeh, mushabbah,

mufrad metaphor, truth, wajhu shibh.

Аннотация:

В этой статье подробно изучается наука метафоры, которая

считается важной в арабской литературе, и связанные с ней термины, такие как
метафора, аллегория и сравнение. Подчеркивается, что человеку, знающему эти
науки, будет легче понять секреты арабского языка и быстрее достичь своих
целей.

Ключевые слова:

Объяснение, аллегория, метафора, сравнение, ташбе,

мушабба, метафора муфрад, истина, ваджху шибх.


Arab badiiyatshunsligini olimlari davr o‘tishi bilan bu fanni rivojlantirib

borganlar. Buning fannig tarixi uzoq arab johilyati davridan to ushbu kunimizacha
takomillashib kelayotgani va hozirda ham o‘rganilayotgan ekanligini olimlar e’tirof
etishadi. Bayon ilmining asosini tashkil etuvchi qismlari bo‘lgan tashbeh, majoz va
kinoya bilan isteora san’ati uzviy bog‘liq. Ulamolarning ko‘plari isteorani
majozning bir bo‘lagi sifatida takidlashgan va isteorani bir necha qismlarga bo‘lib
o‘rganishgan. Badiiyatshunoslikda isteoraning alohida o‘rni borligi sababli ham Abu
Lays as-Samarqandiy kichik hajmda bo‘lsada, bu to‘g‘risida alohida risola yozgan.

Istiora haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lish uchun avval tashbeh

1

haqida

qisqacha ma’lumot berilishi kerak. Chunki, tashbehdan majoz va kinoya mavzulari
kelib chiqsa, isteora majozning bir qismi hisoblanadi.

1

So‘zni majoziy (ko‘chma ma’noda) yoki kinoya sifatida qo‘llashga arab tilida tashbeh atamasi ishlatiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

164

ISSN:3030-3613

Tashbeh so‘zi lug‘atda o‘xshatish ma’nosini anglatadi. U bir narsani u bilan

mushtarak sifatga ega bo‘lgan boshqa narsaga o‘xshatishdir. Bunda o‘xshatilayotgan
so‘z “

mushabbah

”, qiyoslanayotgan so‘z “

mushabbah bihi

” deyilsa, o‘xshatish

obektini “

vajhu shibh

” (yoki “vajhu shabah”) deyiladi. Shuningdek, tashbehda va

boshqa yuklamalar o‘xshatish uchun vosita hisoblanadi. Ayrim adabiyotlarda bu

vositai tashbeh

” deb ataladi

2

. Masalan:

3

ةيادهلا ىف رونلاك ماعلا

“Ilm hidoyatda nur kabidir” iborasiga o‘xshash. Bu o‘rinda “ilm” so‘zi

“nur”ga o‘xshatilmoqda. Shuning uchun mushabbah, “nur” so‘zi esa mushabbah
bihi, o‘xshatish vositasi bo‘lgan “hidoyat” so‘zi vajhu shibh bo‘lmoqda.

Ma’lumki, barcha lafzlar ikki navga bo‘linadi:
1) Turli gap va turli shakllar da ishlatilganda ma’nosi sarflanmaydigan, ya’ni

o‘zgarmasdan bir ma’noda ishlatiladigan so‘zlar.

2) Turli ma’nolarda ishlatiladigan lafzlar, ya’ni shakldosh so‘zlar.
Agar ishatilishda lafz ma’nosi o‘zgarmasa, turli gaplarda turlicha ma’no kasb

etmasa, u haqiqat, ya’ni haqiqiy lafz deyiladi. Haqiqat lafzning ishlatish o‘rniga
e’tiboran nisbatda yoki o‘zagida bo‘ladi. Masalan, fe’l o’zining bajaruvchisi bilan,
fe’l o‘zining to‘ldiruvchisi bilan, moslashgan aniqlovchi o‘zining aniqlanmishi
bilan, zarflar, ya’ni zamon va makonga dalolat qiluvchi so‘zlar va boshqa o‘ziga
mos keladigan gap bo‘lagi bilan bog‘lanib kelishi haqiqiy isnod hisoblanadi.

Haqiqat lafaning zotida, ya’ni so‘z o‘zining haqiqiy ma’nosi va vazifasida

ishlatilishi haqiqatdir. Agar so‘zning haqiqati isnodida

4

bo‘lsa, uni haqiqiy aqliy

deyiladi. Masalan ( جاضنلإا) pishirmoq, yetiltirmoq so‘zining isnodini Allohga
bog‘lab haqiqiy isnodni ushbu misolda ko‘rish mumkin:

رمثلا الله جضنا Ya’ni, Alloh mevani pishirdi, yetiltirdi. Chunki, mevani haqiqatda

ham Alloh pishiradi, bu ish Allohning izmi ixtiyorida ekani ma’lum. Demak,
fe’lning bajaruvchisi, ya'ni pishiruvchi va yetiltiruvchi etib Alloh lafzi olingani
haqiqiy bo‘ldi. Aqliy isnod deyilishining sababi, asosan, kimga, nimaga va qanday
suyanishi va boshqa tomonlari aql bilan idrok etiladi. Shuning uchun ham, bunday
isnodlarni haqiqiy aqliy deyiladi.

So‘z o‘zining haqiqiy ma’nosida ishlatilgan o‘rinlar ikkita bo‘lishi ma’lum

bo‘ldi. Majoziy ma’noda ishlatilganda esa, bu holatda ham ikki ustun, ya’ni so‘zning
aslida bo‘ladigan majoz va isnodda bo‘ladigan majoz turiga bo‘linadi.

So‘z qo‘llanishi davomida o‘zining asl, ya’ni tilshunoslikda birinchi

ishlatilgan va haqiqiy ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llansa, uni majoz deyiladi.

2

Қурбонов Д. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Мовороуннаҳр нашриёти , 2010. – Б. 43.

3

،ةيلافودلا فلايلإا راد :تيوكلا .ىناثلا باتكلا .ةيوحنلا سوردلا.حلاص دمحم ،مومت ىفطصم ،بايد دمحم ،فصان ينفح

2006

.

182

.

4

Isnod tushunchasi arab grammatikasi atamalaridan hisoblanib sintaktik bog‘lanish, dalolat qilishni bildiradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

165

ISSN:3030-3613

Majoz “o‘tib ketish” ma’nosida bo‘lib, so‘zning ko‘chma ma’noda ishlatilganini
bildiradi

5

.

So‘zning majozi isnodida bo‘lishi – uni o‘zi haqli bo‘lmagan so‘zga nisbat

berilishi bo‘lib, majozi isnodiy, isnodi majoziy yoki aqliy majoz deyiladi. Masalan,
– جاضنلإا fe’lini عيبرلا bahor lafziga mo‘min kishi tomonidan isnod bilan aytilishi:

رمثلا عيبرلا جضنا Ya’ni, “Bahor mevani pishirdi, yetiltirdi” deyilsa, aslida

pishiruvchi Alloh taolio ekani ma’lum va mo‘min kishi bu gapni aytgani uchun, bu
gap: عيبرلا تقو ىف رمثلا الله جضنا “Alloh bahor vaqtida mevani yetiltirdi” – degan
ma’noni kasb etadi. Bu gapda Alloh lafzi pishirish amalining haqiqiy musnadi, ya’ni
fe’lni amalga oshishi sababchisidir. Bahor esa, fe’lni bevosita amalga oshiruvchisi
sifatida tasavvur qilib bo‘lmaydigan musnaddir, shuning uchun bu o‘rin majoziy
isnod bo‘ladi. Fe’lga o‘xshash boshqa birliklarda ham shunday isnod yuzaga keladi.

So‘z o‘zining asl, ya’ni tilshunoslikda birinchi ishlatilgan va haqiqiy

ma’nosidan boshqa ma’noda, faqat bitta so‘zda qo‘llansa, bunday turdagi majozni
“mufrad majoz” deyiladi. Gapdagi bir necha so‘zlar asl ma’nosida emas, balki,
ko‘ma ma’noda ishlatilsa, bunday majoz turi “murakkab majoz” deyiladi.

Mufrad majozni ta’rifi quyidagicha keltirilgan:

هل تعضو ىذلا ىنعملا ريغ ىف ةلمعتسملا ةملكلا وه درفملا زاجملا

ىناثلاو لولاا ىنعملا نيب ةقلاعل

6

لولاا ىنعملا ةدارإ نم ةعنام ةنىرق عم

So‘zning birinchi (haqiqiy) va ikkinchi (ko‘chma) ma’nolari o‘rtasida aloqa

hamda haqiqiy ma’noni anglashdan qaytaruvchi qarinasi

7

borligi uchun haqiqiy

ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilgan lafz mufrad majozdir.

Mufrad majozga berilgan ta’rif majoz bobining barcha ma’nolarini ochib

beradi:

Ta’rifdagi ةلمعتسملا ةملكلا “ishlatilgan soz” iborasi qayd etilgani sabab gapda

hali ishlatilmagan lafzlar chiqib ketadi. Chunki, bunday sozlar haqiqiy yoki majoziy
deb sifatlanmaydi;

هل تعضو ىذلا ىنعملا ريغ ىف "Boshqa ma’noda ishlatilgan" deb qayd etish bilan

gapdagi barcha haqiqiy – o‘z ma’nosida ishlatiladigan lafzlar chiqib ketdi. Faqat
ko‘chma ma’noda ishlatiladigan – majoziy so‘zlar qoladi;

ةقلاع "Aloqa" so‘zini qayd etish orqali muloqot va muomaladagi ba’zi xato

gaplar tushunilmaydi. Masalan: دسا اذه – “Bu sherdir”, deb toshga ishora qilish
xatodir. Chunki, tosh bilan sherning o‘rtasida hech qanday aloqa, bog‘lanish yo‘q;

ةعنام "Monia", man etuvchi, qaytaruvchi so‘zlari orqali kinoya turkumiga

kirgan so‘zlar tushunilmaydi. Chunki kinoya lafzlar haqiqiy ma’noda ham, majoziy
ma’noda ham barobar ishlatiladi.

5

.زاجعلإا لئلاد .يناجرجلا دمحم نب نمحرلادبع نب رهاقلادبع

.يندملا ةعبطم يجناخلا ةبتكم :ةنيدم

2009

.

310

6

.مولعلا حاتفم صيخلت .ينيوزقلا نيدلا للاج

:ةرهاقلا

-

ط

.ميدقتلا ةعب

1953

دلجم ،

2

.

234

7

Qarina - so‘zlovchining gapi boshqa ma'nodaekanini bildiradigan dalildir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

166

ISSN:3030-3613

Bu o‘rinda ةقلاع “aloqa” so‘zi gapning haqiqiy va majoziy ma’nolarning bir–

biriga mos kelishi yoki maqsad etilgan ma’noga mos kelishi, moslashishi ikki xil
bo‘ladi:

1) O‘zaro o‘xshashlik – mushobaha bilan;
2) Mushobaha bo‘lmagan munosiblik bilan.
Agar ikki ma’no o‘rtasidagi moslik o‘zaro o‘xshashlik bo‘lsa, u

isteora

deyiladi. O‘zaro bog‘lanishi tashbehdan boshqa jihat bo‘lsa, u “mursal majoz”, deb
ataladi.

Qarina so‘zlovchining gapi boshqa ma’noda ekanini bildiradigan dalildir.

Masalan:

-

سرفلا ىلع ادسا تيأر “Ot ustida sherni ko‘rdim” misolidagi "sher" so‘zi jasur

kishiga ishlatilgan lafzdir. Jasur kishi bilan "sher" so‘zini o‘zaro o‘xshashlik bog‘lab
turgani ko‘rinib turibdi. Chunki jasur kishini "sher"ga tashbeh qilinadi, ya’ni
o‘xshatiladi. Shuningdek, "sher" lafzini jasur kishi ma’nosida ishlatiladi. Bu kabi
o‘xshatishlar haqida majozning istiora qismida so‘z yuritiladi.

Isteora san’ati haqida olimlar tomonidan o‘z asarlarida turli ta’riflar berilgan

bo‘lsada, umumiy ma’no bir xil bo‘lgan. Istioraga “Al-bayon” kitobida shunday
ta’rif berilgan:

Istiora bu so‘zning o‘z asl ma’nosidan boshqa ma’noga ko‘chib, so‘zning asl

ma’nosiga o‘xshash bo‘lgan ma’noni ifodalashdir

8

.

Istiora bu so‘zni u o‘zining asl ma’nosida kelmayotganiga yorqin dalil mavjud

bo‘lgan holatda ushbu so‘zni o'zga ma’noda, ya’ni u anglatayotgan ma’no va
so‘zning asliy ma’nosi o‘rtasida aloqasi mavjudligini anglatib qo‘llashdir

9

.

Isteoraning lug‘aviy ma’nosi ةراعلإا “iora” biror narsani foydalanib turishga

olish, ةراعتسإ deganda, misol uchun birovning libosini kiyib olib, ya’ni u (libos
egasi)ning nomi bilan chaqirilishini keltirish mumkin. Zayd Amrning kiyimini kiyib
olganidan keyin, uni Zayd emas, Amr deb chaqirganlariga o‘xshatish mumkin.
Istilohda isteoraning ta’rifi quyidagicha:

لا ىه ةراعتسلإا

نم ةعنام ةنيرق عم ةهبشملا ةقلاعل هل تعضو ىذلا ىنعملا ريغ ىف ةلمعتسملا ةملك

10

هل عوضوملا ىنعملا ةدارإ

Haqiqiy va ko‘chma ma’nolari orasidagi aloqasi, bog‘liqligi, o‘zaro

o‘xshashlik bo‘lgan va o‘zining asliy ma’nosini iroda etishdan to‘sadigan qarinasi
bilan o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilgan so‘z istiora deyiladi.

ملكتي ارمق تيأر - Gapirayotgan oyni ko‘rdim. Ushbu misolda ارمق – "oy" so‘zi

istiora qilingan kalima, ملكتي "gapirayotgan" so‘zi ta’rifdagi haqiqiy ma’noni
tushunishdan qaytaruvchi qarina bo‘lib, oyning o‘z ma’nosi bo‘lgan osmon jismi
emas, balki go‘zal, fazilatli kishi ma’nosida ekaniga dalolat qilyapti. Shuning uchun,

8

.ةغلابلا ملع .بايد ىفطصم ميهربا

،فراعملا راد :رصم

1954

.

42

9

Ko'rsatilgan manba: – B. 43.

10

.صوماط ىفطصم ،بايد دمحم ،فصان ينفح

ب

.مزح بنا راد :تري

2012

.ص .

118


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

63-son_6-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

bu gapning ma’nosi “oydek, fazilatli kishining gapirayotganini ko‘rdim” bo‘lishi
mumkin.

Istiora tashbehning ikki tarafi bo‘lmish mushabbah hamda mushabbah

bihining birini zikr qilib, ikkinchisini nazarda tutish bo‘lib, unda mushabbahning
mushabbah bihiga o‘xshashligi da’vo qilinadi. Bunda mushabbah uchun dalil qilib
mushabbah bihiga xos narsa zikr qilinadi.

Masalan,

امحلا ىف

دسا م

– “hammomda sher bor”, ya’ni shijoatli kishi bor misoli.

U shijoatda sherga o‘xshaydi. Natijada shijoatli kishiga qarata mushabbah bihiga
(ya’ni sherga) xos xususiyatni nisbat berilmoqda. Boshqa misol:

هئاقدسلا نزم دمحا – “Ahmad o‘z do‘stlari uchun yomg‘irli bulutdir”

11

.

Ahmadning sahiy ekanligi “yomg‘irli bulutdir” iborasi orqali ifodalanmoqda.

Demak, bayon ilmini puxta egallagan kishi o‘z fikrlarini ifodalashda til

vositalarining barchasini mohirona qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu orqali
tinglovchi so‘zlovchinig fikrlarini yanada chuqurroq tushunish imkoniyatini berish
bilan birga uni zeriktirib qo‘ymaydi

12

.


11

И. Н.Хайбуллин. Стилистика арабского язика. – Москва: Наука, 1999. – C. 55.

12

Ko'rsatilgan manba. – B. 55.