T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
3
ISSN:3030-3613
JAHON VA O’ZBEK TILSHUNOSLIGIDA TRANSFORMATSIYA
HODISASINING O’RGANILISHI
Ergashev Sardor Kosimovich
Qarshi davlat universiteti
Mustaqil izlanuvchisi
sardorergashev654@gmail.com
Annotatsiya:
Maqolada jahon va o‘zbek tilshunosligida transformatsiya
hodisasining o‘rganilishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, transformatsion metod
hamda transformatsiya hodisasining tabiiy va ijtimoiy sohalarda atama sifatida
qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ushbu mavzuda tadqiqot olib borgan
tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari va nazariyalariga munosabat bildiriladi.
Kalit so’zlar:
transformatsiya, transformatsion usul, yadro markaz, tavsifiy
tilshunoslik, qiyosiy metod, tarkibiy tahlil.
KIRISH.
Millatning yashash tarzi, olamni badiiy idrok etish yo‘sinida ulkan o‘zgarishlar
yasagan XXI asr o‘zbek tilshunosligining o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish, ulardan
muayyan ilmiy xulosalar chiqarish mutaxassislardan katta mas’uliyat talab etadi. Bu
asrga kelib dunyoning eng qadimiy xalqlaridan bo‘lgan o‘zbeklarning olam
hodisalarini qabul qilish va unga yondashish tarzi avvalgi o‘nlab asrlardagiga nisbatan
jiddiy o‘zgardi. Bu xalqimizning ma’naviy hayotida, tafakkur taraqqiyotida alohida
bosqich bo‘lib qoldi. Bugungi kunda o‘zbek tilimiz yuksalib, taraqqiy etar ekan,
tilshunoslarimiz oldida bu boy tilni tadqiq etish, chuqur o‘rganish vazifasi ko‘ndalang
bo‘lib turibdi. Til odamlar o‘rtasidagi muloqotning eng muhim vositasi bo‘lib, jamiyat
taraqqiyoti davomida shakllanadi va insoniyatga xizmat qiladi. Tillar va til
hodisalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat taraqqiyoti bilan chambarchas
bog‘liq. Shaxs kamoloti va olamni idrok etishi haqida fikr yurituvchi barcha fanlar til
bilan aloqador. Tilshunoslikning xarakteri, jamiyatdagi vazifasi, til tuzilishi va uni
tashkil etuvchi qismlarning o‘zaro munosabati kabi dolzarb masalalarni ilmiy-nazariy
jihatdan har tomonlama o‘rganish talab etiladi. Sir emaski, tilimizda hali o‘z yechimini
kutayotgan masalalar talaygina bo‘lib, bugun so‘z yuritmoqchi bo‘lgan transformatsiya
jarayoni ham shunday mavzular qatoriga kiradi.
ASOSIY QISM
“Tilshunoslikda transformatsiya deganda tilga xos bo’lgan tub, markaziy
qurilmani til qonun-qoidalari asosida o’zgartirib, boshqa bir qurilma hosil
qilishtushuniladi” [1, 21]. Transformatsiya atamasi dastlab XX asrning 50-yillarida
amerikalik olimlar tomonidan o‘rganila boshlangan. Biroq, bu tushunchaning keng
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
4
ISSN:3030-3613
qo‘llanilishiga deskriptiv tilshunoslik asoschisi Leonard Blumfildning “Til” nomli
asarida keltirilgan strukturalizmning shakllanishiga yo‘l ochgan g‘oyalar asos bo‘lgan.
Strukturalistlar transformatsiya atamasini sintaktik tuzilishga nisbatan qo‘llaganlar va
hozirgi kunda ham bu atama gap tuzilishi tahlilida keng foydalanilmoqda. Fikrimizni
dalillash uchun tilshunoslikka oid adabiyotlardan transformatsion metod ta’rifini
keltiramiz: “Transformatsion metod – bu nisbatan kichik strukturalardan katta
strukturalarni hosil qilishga asoslangan gapning sintaktik shaklini vujudga keltiruvchi
metod sanaladi” [2, 191]. Transformatsiyaning lingvistik mohiyatini dastlab
amerikalik olim Z.Xerris mukammal tarzda yoritib bergan. Olim transformatsiya
jarayonida hosila gap asoslanadigan tuzilmani yadroviy struktura deb ataydi.
Shuningdek, u hosila gap bilan asos gapning leksik birliklari bir xil bo‘lishi zarurligini
alohida ta’kidlaydi. Z.Xerrisning fikrlariga asoslanib, quyidagi misolni keltirishimiz
mumkin. Masalan:
Bolalar vazifani bajarishdi
.
Vazifa bolalar tomonidan bajarildi.
Bolalarning vazifani bajarishi.
Bu jarayonda
Bolalar vazifani bajarishdi
. Ushbu
sintaktik qurilma asos gap hisoblanib, uning quyidagicha shakl o’zgarishga uchragan,
ammo mazmun yaxlidlini ta’minlagan hosilalari a)
Vazifa bolalar tomonidan bajarildi.
b) Bolalarning vazifani bajarishi
kabilarda namoyon bo’ladi.Transformatsiyaning
shartiga koʼra, hosila qurilishning maʼno ifodasi oldingi qurilmaning mazmuni bilan
mushtarak bo’lib kelmoqda.
Tilshunoslikka oid adabiyotlarda struktural tahlil usuli o‘zining yuqori bosqichida
transformatsiya bilan bog‘liqligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lsa-da, mazkur model
va boshqa tadqiqot modellarining transformatsiyaga munosabati aniq til birliklari
orqali ko‘rsatilmagan. Bunday vaziyatda esa kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan til
birliklari yordamida dalillar keltirilganini kuzatishimiz mumkin. “S.K.Shaumyan va
P.A.Sobolevalarning tilshunoslikka oid asarlarida bu xususda quyidagilar til
materialining tahlili uchun asos qilib olingan: “Qizaloq raqsga tushdi. Ushbu gapning
transformalari: 1) Raqsga tushgan qizaloq edi. 2) Raqqosa qizaloq; 3) Raqsga
tushadigan qizaloq. Gap qurilishi berilgan namunada turlicha bo’lib, uning asos
ma’nosi bilan mushtarak ma’nolar transformalarda shakllanayotgani va har bir
transformada muayyan turkumga oid bo’lgan so’zlar applikativ bog’lanishda ekanligi
ta’kidlanadi” [3].
Transformatsion tahlilga ko’ra asos gaplar va ularning o’zgartirish asosida yuzaga
keladigan xosilalarni aniqlab, ularni o’zaro taqqoslash hamda ular orasidagi birlik va
alohidalik jihatlari aniqlanadi. Buday holatlar esa asos gap bilan xosila gaplarni
sintaktik va semantik jihatdan solishtirish imkoniyatini beradi.Biz kuzatish va tahlillar
asosida yana bir tilshunos olim N.Xomiskiyning transformatsiya haqidagi qimmatli
fikrlariga duch kelamiz. “N.Xomskiyning “Transformatsion grammatika”sida hosila
strukturaning shakllanishida yadroviy struktura asosida yuzaki sintaktik struktura
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
5
ISSN:3030-3613
voqelanishi masalasiga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Bu nuqtai nazardan N.Xomskiyning
gʼoyalari Amerika strukturalizmi gʼoyalaridan keskin farq qiladi. N.Xomskiyning
“Transformatsion grammatika”sining kuchi shundaki, uning yordamida har bir
gapning, har bir soʼz birikmasining strukturasi alohida vakuumda emas, balki shu
doirada qoʼllanilayotgan boshqa gaplar va soʼz birikmalari bilan uzviy munosabatda
olib tekshiriladi”[4]. Sintaktik birliklar transformatsiyaga uchraganda gapni tashkil
etuvchi qismlar: so’zlar, so’z birikmalari tartibida o’zgarish kuzatilsa-da, gapning
umumiy mazmunida o’zgarish kuzatilmasligining guvohi bo’lamiz.
Transformatsiya hodisasi haqidagi umumiy qarashlar va nazariyalarni rus
tilshunoslaridan S.K.Shaumyan, P.A.Soboleva, A.N. Tixonov, S.A.Savchenko
kabilarning tadqiqotlarida, shuningdek, o‘zbek tilshunos olimlaridan S.Mamatqulov,
N.M. Qambarov, J.Eltazarov singari olimlarning dissertatsiya ishlari hamda ilmiy
asarlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Biroq, bu transformatsiya hodisasining
mohiyatini to‘liq ochib beruvchi ilmiy qarashlar va nazariy qoidalar hali yetarli emas
ekanligini ta’kidlash lozim. Tilshunos olim Ravshanxo’ja Rasulovning “Umumiy
tilshunoslik” kitobida transformatsiya hodisasini tilshunoslik metodlari guruhiga
kiritilib quyidagicha fikr bildirilganining guvohi bo’lamiz. “Sturukturial tilshunoslik
metodlari “oilasiga” – guruhiga tegishli bo’lgan transformatsion tahlil metodi, ayniqsa,
sintaktik konstruksiyalar – nutq birliklari tadqiqida faol qo’llanilishi bilan muhim
ahamiyatga ega” [5, 278.]. Ushbu qoidadan ma’lum bo’ladiki, transformatsion
qurilishlarda ayni bitta sintaktik birlikning turlicha qurilishlari shakllanishi mumkin.
Bu holdagi gaplarning qurilishi mavjud sintaktik birlikning ma’no - mohiyatini yanada
chuqurroq tadqiq etishga yordam beradi. Bu esa transformatsiyaga uchragan gaplar
orasida, albatta, asosiy mohiyat ifodalangan sintaktik birlik mavjud ekanini ko’rsatadi.
Transformatsiya atamasi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u nafaqat
tilshunoslikda, balki tabiiy va ijtimoiy fanlarda ham o‘z ifodasini topadi.
Transformatsiya hodisasi tilshunoslik fanida yaqin asrlarda paydo bo‘lgan ilmiy
nazariy qarashlar sirasiga kiradi. Transformatsiya hodisasi nafaqat jahon
tilshunosligida, balki o‘zbek tilshunosligida ham olimlarimiz tomonidan bir qancha
tadqiqot ishlari olib borilgan va bugungi kungacha bu hodisa o‘rganib kelinmoqda.
XULOSA
Kuzatish va tahlillar, keltirilgan misollar asosida biz anglaymizki, transformatsiya
hodisasi yuz berish jarayonida sintaktik birliklarning shakllari o’zgarishi mumkin,
ammo mazmun mushtarakligi saqlanib qoladi. Transformatsiya atamasining sohalar
aro faol qo’llanilishi, avvalo, fan va texnika taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Dunyo
tilshunosligida erishilgan yutuqlardan foydalangan holda o’zbek tilshunosligida
transformatsiya masalalarining ilmiy-nazariy talqinini va bu bilan bevosita bog’liq
bo’lgan o’zbek tilimiz taraqqiyotining transformatsion muammolarini atroflicha
yoritish bugunning eng muhim vazifalardan biridir. Bir so’z bilan aytganda,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
6
ISSN:3030-3613
transformatsiya masalasi o’zbek tilshunosligida bugunda chuqur o’rganishni talab
etadigan masalalar sirasiga kiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Mamatqulov S. O’zbek tilida predikativ sintagmaning transformatsiyasi, -
Toshkent., Universitet.1998.
2.
Tatyana Bushuy, Shahriyor Safarov. Til qurilishi: tahlil metodlari va
metodologiyasi. “Fan” nashriyoti. Toshkent. 2007. 191- b.
3.
file:///C:/Users/User/Desktop/Azimova+Sayyora+Khusanboyevna.pdf
file:///C:/Users/User/Desktop/transformatsiya-lingvistik-tushuncha-
sifatida%20(2).pdf
5.
Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. Toshkent., 2010. 323-b.