Mualliflar

  • Erkinova Mo‘ldir Saulebek qizi
  • Jabborov Ramzjon Botirqul o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112144

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kosmonavtika sun’iy yo‘ldoshlar raketa texnologiyalari kosmik chiqindilar Starlink energiya fan va texnika.

Annotasiya

Annotatsiya:  Kosmonavtika  —  bu  kosmik  fazoni  o‘rganish  va  undan 
foydalanish  bilan  shug‘ullanuvchi  fan  va  texnika  sohasi  bo‘lib,  u  astrofizika, 
aerodinamika, robototexnika va kompyuter fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur 
maqolada  kosmonavtikaning  asosiy  yo‘nalishlari,  amaliy  ahamiyati,  afzalliklari, 
ekologik muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

174

ISSN:3030-3613

KOSMONAVTIKA VA UNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI

Erkinova Mo‘ldir Saulebek qizi¹

Jabborov Ramzjon Botirqul o‘g‘li

TDTrU aviatsiya transporti

muhandisligi fakulteti talabasi

Annotatsiya:

Kosmonavtika — bu kosmik fazoni o‘rganish va undan

foydalanish bilan shug‘ullanuvchi fan va texnika sohasi bo‘lib, u astrofizika,
aerodinamika, robototexnika va kompyuter fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur
maqolada kosmonavtikaning asosiy yo‘nalishlari, amaliy ahamiyati, afzalliklari,
ekologik muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

kosmonavtika, sun’iy yo‘ldoshlar, raketa texnologiyalari, kosmik

chiqindilar, Starlink, energiya, fan va texnika.

Kirish

Kosmonavtika sohasining rivojlanishi insoniyat tafakkurining yangi bosqichga

ko‘tarilishiga olib keldi. Kosmonavtika — bu faqat koinotga parvoz emas, balki chuqur
ilmiy-tadqiqotlar, texnologik innovatsiyalar va yangi imkoniyatlarning ochilishi
demakdir. Bu soha sun’iy yo‘ldoshlar, raketa texnologiyalari, kosmik apparatlar,
kosmik parvozlar, stansiyalar va kosmonavtlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarni o‘z
ichiga oladi.

Yevropada ko‘proq “astronavtika” atamasi ishlatilsa-da, sobiq Sovetlar

hududida “kosmonavtika” atamasi keng tarqalgan. Ma’no jihatdan ikkalasi bir-biriga
juda yaqin.

Kosmonavtikaning amaliy ahamiyati

Kosmonavtika sohasining insoniyat hayotidagi o‘rni quyidagi jihatlarda

namoyon bo‘ladi:

-

Kundalik hayotdagi texnologiyalar:

Birinchi navbatda, insoniyat ko‘p

ishlatadigan texnologik buyumlarning ildizi kosmik izlanishlarga borib taqaladi
(GPS, sun’iy yo‘ldoshlar, maxsus materiallar).

-

Aloqa va axborot uzatish:

Bugungi kunda Starlink, OneWeb kabi sun’iy

yo‘ldosh tizimlari orqali dunyoning eng chekka nuqtalariga ham yuqori
tezlikdagi internet yetkazib berilmoqda.

-

Yer resurslarini monitoring qilish

: Qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish,

iqlim o‘zgarishlarini tahlil qilishda sun’iy yo‘ldoshlar muhim rol o‘ynaydi.

-

Koinotni o‘rganish:

Koinotdagi obyektlar, yulduzlar va sayyoralar haqida

chuqur ilmiy bilimlar olish imkonini beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

175

ISSN:3030-3613

Ekologik muammo – Kosmik chiqindilar

Kosmonavtikaning eng muhim kamchiligi bu — kosmik chiqindilardir. 2025-yil

holatiga ko‘ra, Yer orbitasida 20 000 dan ortiq faol va nofaol sun’iy obyektlar mavjud
bo‘lib, ular koinotda xavfli to‘qnashuvlar xavfini oshirmoqda. Masalan, 2009-yilda
Iridium va Kosmos-2251 sun’iy yo‘ldoshlari o‘zaro to‘qnashgan.

Kosmik chiqindilarni orbitadan olib tushish yoki yo‘q qilish bugungi kunda

texnologik va iqtisodiy jihatdan juda murakkab masala bo‘lib qolmoqda. Shu sababli,
ilg‘or davlatlar chiqindilarni tozalash uchun net tizimlari, magnit tutgichlar va lazer
texnologiyalarini ishlab chiqmoqda.

Kelajakda kosmonavtiva erishishi kutilayotgan yutuqlar:

Kosmonavtika quyidagi yoʻnalishlarda jadal ravishda oʻsib bormoqda:

-

Mars va Oy missiyalari:

ya'ni Oyga insonlarni uchirish, sayohatlar uyushtirish,

Oyni aniq va keng miqyosda oʻrganish maqsadlari ustida ish olib borilmoqda.
Marsni oʻrganib, yashashga sharoitlar qilib , insonlarni koʻchirish, bir soʻz bilan
aytganda Marsni mustamlaka qilish maqsadlari ustida ish olib borilmoqda. Bu
bilan asosan NASA Amerika qoʻshma shtatlari kosmik agentligi, Space X
Amerika xususiy kosmik agentligi va Yevropa kosmik agentligi ESA
shugʻullanmoqda. 2030 - yillarda Space X Amerika xususiy kosmik agentligi
oʻzining kelajak raketalarida Oyga odam yuborishni reja qilgan va 2050-
yilgacha Marsni mustamlaka qilish maqsadida ish yuritmoqda.

-

Kosmik turizm

: oddiy fuqarolar uchun suborbital parvozlar rejalashtirilgan.

Space X kompaniyasining Yapon milliarderi Yusaku Maezawa tomonidan
moliyalashtirilgan oyda turistik zona tashkil etish gʻoyasi ushbu rejalardan biri .
Bu gʻoya Space X ning kelajak raketasi Starship orqali amalga oshirilishi
kutilmoqda.

-

Blue Origin

— bu kosmik fazoni insoniyat uchun yanada ochiq va foydalanishga

qulay qilishga intilayotgan kompaniya. Uning loyihalari kosmik turizmni
ommalashtirish, Oyga qayta parvozlarni amalga oshirish va tijorat kosmik
stansiyalarini qurish orqali insoniyatning kosmosdagi faoliyatini kengaytirishga
xizmat qiladi.

-

Asteroid konlarini o‘zlashtirish

— foydali qazilmalarni qazib olish. Asteroid

konlarini o‘zlashtirish — bu kosmosdagi asteroidlardan foydali qazilmalarni
(masalan, temir, nikel, oltin, platina, suv va boshqa resurslar) kazib olish va
ulardan foydalanish loyihasidir. Bu g‘oya bir qarashda fantastik tuyuladi, lekin
bugungi kunda u bo‘yicha real ilmiy va texnologik izlanishlar olib
borilmoqda.Bunga sabab yer resurslari tugamoqda va kosmosda mustaqil hayot
qurish ilk qadamlar hisoblanadi. Hozirda bu loyiha bilan asosan, NASA, JAXA
(

Yaponiya

kosmik

agentligi)

va

Space

X

kompaniyalari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

176

ISSN:3030-3613

shugʻullanmoqda.Ammo asteroid konlarini oʻzlashtirishda juda katta
qiyinchiliklar mavjud. Hali asteroidda kon qazish texnologiyalari ishlab
chiqilmagan . Asteroiddan yerga resurslarni olib kelish juda qimmatga tushadi
va koinotda faoliyat yuritish boʻyicha huquqiy va siyosiy muammolar bor. Va
eng asosiy muammo - asteroidlar juda tez harakatlangani bois, ularga yetib olish
hozircha juda murakkabdir. Lekin bu loyiha insoniyat uchun kelajakda strategik
resurslar manbai boʻlishi mumkin. Hozircha bu gʻoya texnologik va iqtisodiy
jihatdan murakkab boʻlsa ham, yirik davlatlar va kompaniyalar ushbu
yoʻnalishda jiddiy harakatlar olib bormoqda. Uzoq kelajakda bu soha insoniyat
taraqqiyotining muhim qismi boʻlishi ehtimoli mavjud.

-

Kosmik shafoflik — tijorat kosmik stansiyalari va orbitadagi tadbirkorlik.

-

Energiya tizimlarining rivoji — yuqori samarali quyosh panellari (arsenid galliy,
kremniy, germaniy asosida).

O‘zbekistonda kosmonavtika sohasi

O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda tashkil etilgan “Uzbekkosmos”

agentligi mamlakatni kosmik tadqiqotlar sohasiga olib kirdi. Hozirgi kunda ilk sun’iy
yo‘ldosh loyihalari boshlangan bo‘lib, xalqaro tashkilotlar bilan (ESA, DAAD, DLR)
hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
eshigini ochmoqda.
Oʻzbekistonga bu kompaniya nima uchun kerak?

Oʻzbekistonga bu kompaniya kosmonavtiva sohasini rivojlantirish, oʻz milliy

sunʼiy yoʻldoshiga ega boʻlishiga , koinotni va juda koʻplab sohalarda aniq , qisqa
vaqtda ma'lumot olish , tahlil qilish, oʻrganish uchun kerak. Qachonki , Oʻzbekiston
oʻz milliy sunʼiy yoʻldoshiga ega boʻlsa, ekologiya , suv taʼminoti, kadastr , harbiy
razvedka sohasi , qishloq xoʻjaligi va katta maydonlar haqidagi maʼlumotlarni qisqa
vaqtda , yuqori aniqlikdagi ma'lumotlarni tez- tez yangilangan holatda olishi mumkin
boʻladi. Hozirgi kunda ushbu maʼlumotlarni Landsat, Sentinel kabi boshqa davlat
sunʼiy yoʻldoshidan olgan holda tahlil qilinmoqda . Oʻzbekiston milliy sunʼiy
yoʻldoshiga ega boʻlganida bu maʼlumotlarni olishga sarflanadigan harajatlar
kamayadi, yoshlar uchun yana bir qiziqarli soha ochiladi va teztez yangilanib turadigan
maʼlumotlarga ega boʻladi.

Kosmonavtikaning rivojlanishi har bitta sohaga vaqtdan unumli foydalanish va

ortiqcha ish kuchidan yutish imkoniyatini beradi . Masalan, qishloq xoʻjaligida katta
yer maydonlarini vegetatsiya qilish, dori sepish kabi ishlarni sunʼiy yoʻldoshdan olinga
tasvirlar orqali aniqlash mumkin.

Foydalari:

-

Mahalliy sun’iy yo‘ldosh tizimlari orqali O‘zbekiston mustaqil ravishda
koinotdan monitoring olib boradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

177

ISSN:3030-3613

-

Talabalarga va yosh mutaxassislarga kosmonavtika yo‘nalishida amaliyot va
o‘qish imkoniyatlari yaratilmoqda.

-

Ilmiy-texnik salohiyat oshmoqda – xalqaro texnologiyalar bilan tanishish,
kosmik bilimlarni o‘zlashtirish.

-

Kelajakda koinotga chiqish salohiyati (astronavt/kosmonavt tayyorlash)
bo‘yicha ham bosqichma-bosqich ishlar olib boriladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, kosmonavtika insoniyat tafakkurining eng yuqori

bosqichlaridan biri bo‘lib, ilm-fan, texnika va xalqaro hamkorlik asosida uzluksiz
rivojlanib bormoqda. U nafaqat koinotni o‘rganishga, balki kundalik hayotni
yengillashtirishga, global muammolarni hal etishga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston ham
bu sohadan chetda qolmay, Uzbekkosmos agentligi orqali kosmik texnologiyalarni
rivojlantirish, sun’iy yo‘ldoshlarni qo‘llash va yoshlar salohiyatini oshirishga katta
e’tibor qaratmoqda. Kosmonavtikaning afzalliklari va istiqbollari uni XXI asrning
strategik yo‘nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Kelajakda bu soha insoniyatni yanada
yuksak cho‘qqilarga olib chiqishiga ishonch komil.

Shu maqoladan ko‘rinib turibdiki, kosmonavtika faqat raketa uchirish emas,

balki butun insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi fan va texnikadir. U hayotimizda
ko‘rinmaydigan, lekin juda muhim rol o‘ynaydi — aloqa, internet, ekologiya,
xavfsizlik, hatto kundalik texnikalarda. Demak, kosmonavtika — bizni nafaqat
yulduzlarga, balki o‘zimizning kelajagimizga ham yetaklaydi.