Mualliflar

  • Tursunova Dilnura Akram qizi
  • Maxmudova Aziza Nugmanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112151

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Ibn Sino axloq ma’naviyat badiy obrazlar adolat zamonaviy ahamiyat ijtimoiy muammolar.

Annotasiya

Annotatsiya: Ibn Sino, o’z asarlarida axloqiy tamoyillarni, insonning ma’naviy 
rivojlanishi va fazilatlarining ahamiyatini ta’kidlagan.  Uning fikrlariga ko’ra, axloq 
inson  hayotining  ajralmas  qismi  bo’lib,  shaxsning  ichki  dunyosini  va  tashqi 
munosabatlarini belgilaydi. Shuningdek, Ibn Sinoning badiiy obrazlar orqali axloqiy 
g’oyalarni ifodalash usullari ham o’rganiladi. U shaxsiy fazilatlar, adolat, sabr-toqat va 
mehr-oqibat kabi tushunchalarni badiiy asarlarda qanday aks ettirganligi misollar bilan 
ko’rsatiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

134

ISSN:3030-3613

IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING

BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI

Tursunova Dilnura Akram qizi

1-son Davolash ishi fakulteti 5-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Maxmudova Aziza Nugmanovna

professor, Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi

mudiri Samarqand davlat tibbiyot universiteti

Annotatsiya:

Ibn Sino, o’z asarlarida axloqiy tamoyillarni, insonning ma’naviy

rivojlanishi va fazilatlarining ahamiyatini ta’kidlagan. Uning fikrlariga ko’ra, axloq
inson hayotining ajralmas qismi bo’lib, shaxsning ichki dunyosini va tashqi
munosabatlarini belgilaydi. Shuningdek, Ibn Sinoning badiiy obrazlar orqali axloqiy
g’oyalarni ifodalash usullari ham o’rganiladi. U shaxsiy fazilatlar, adolat, sabr-toqat va
mehr-oqibat kabi tushunchalarni badiiy asarlarda qanday aks ettirganligi misollar bilan
ko’rsatiladi.

Kalit so’zlar:

Ibn Sino, axloq, ma’naviyat, badiy obrazlar, adolat, zamonaviy

ahamiyat, ijtimoiy muammolar.

Аннотация:

В своих произведениях Ибн Сина подчеркивал важность

нравственных принципов, духовного развития и качеств человека. Согласно его
взглядам, мораль является неотъемлемой частью человеческой жизни,
определяющей внутренний мир и внешние отношения человека. Также
изучаются способы выражения Ибн Синой нравственных идей посредством
художественных образов. Приводятся примеры того, как он отражал в
художественных произведениях такие понятия, как личные качества,
справедливость, терпение и доброта.

Ключевые слова:

Ибн Сина, мораль, духовность, художественные

образы, справедливость, современное значение, социальные проблемы.

Abstract:

In his works, Ibn Sina emphasized the importance of moral principles,

the spiritual development and qualities of a person. According to his views, morality is
an integral part of human life, determining the inner world and external relations of a
person. Also, Ibn Sina's methods of expressing moral ideas through artistic images are
studied. Examples are shown of how he reflected such concepts as personal qualities,
justice, patience and kindness in artistic works.

Key words:

Ibn Sina, morality, spirituality, artistic images, justice, modern

significance, social problems.

“Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar

qo’yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va fuqarolik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

135

ISSN:3030-3613

jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda
yashamoqdamiz. Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda,
yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda
namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga
bag’ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz
faxrlanamiz. Bu jihatdan ayniqsa, madaniy taraqqiyotga ulkan hissa qo’sha olgan
buyuk shaxslarning ma’naviy dunyosi, fikriy intilishi, maqsadini to’g’ri talqin etish
muhim rol o’ynaydi. Chunki ular ijodida ma’lum bir davrning yutug’i, o’sha zamon
fikru zikri o’z ifodasini topgan bo’ladi. Aytish kerakki, “Markaziy Osiyo tarixida
siyosiy aql – idrok bilan ma’naviy jasoratni , diniy dunyoqarash bilan qomusiy
bilimdonlikni o’zida mujassam etgan buyuk arboblar ko’p bo’lgan. Darhaqiqat,
Forobiy, Ibn Sinolardek buyuk siymolarimiz bor ekan, biz faxrlanamiz, g’urulanamiz,
ularga yetolmasakda ulardek bo’lishga intilamiz. Milliy ma’naviyatimizning tarixi
shunday ulug’vorki, hozirgacha maqtanishga arzigudek shaxslar bor. Shunday
shaxslardan biri bo’lgan alloma, faylasuf va hakim Ibn Sinodir. Ibn Sinoning “Baxt-
saodat” va “Farovonlik” to’g’risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi.
Mantiqiylik tamoyilida esa, aql va ruhning qiyosiy tahlili, hamda baxt- saodat
masalasida aqlning yuqori o’rinda ekanligi tadqiq qilindi. Tizimlilik, Inson hayoti
davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan
muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi. Hay ibn Yaqzon”
qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo‘lgan Faradjon qal’asi
qamoqxonasida yozgan degan ma’lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab
tilida yozilgan.Ivrit (qadimgi yahudiy) tiliga qissaning she’riy tarjimasini Ibn Azra
(1186-yilda vafot etgan), nasriy tarjimasini 1886-yilda P.D.Kaufman amalga oshirgan.
Insonning tabiatiga xos bo‘lgan ijobiy va salbiy jihatlarning ta’rifiga katta o‘rin
berilgan, qissaning o‘zi esa, umuman insonning ma’naviy qiyofasiga, intizomiga, uni
noma’qul qilmishlarga ergashishdan qaytarishga bag‘ishlangan. “Hay ibn Yaqzon”
asarini tushunish o‘rta davr faylasuflarining kosmogoniya, ma’naviyat va hayot
haqidagi fikrlarini bilishga bog‘liq ekanligi, bu masalalar haqida qisqacha ma’lumot
berish zarur ekanligi asoslangan. Birodarlarim, “mening “Hay ibn Yaqzon”1 qissasini
yozishimga bo‘lgan qiziqishim nihoyat mening yurak tublarimni zabt etdi va buni
sizlarga yetkazish uchun sizlarni takliflaringizni inobatga oldim”. Ba’zi narsalarni rad
etib Allohga tavakkal qildim.

Qissadagi barcha qahramonlar ma’lum ramziy siymolarni gavdalantiradi: “yosh

yigit bilan birga G‘arbdan sharqqa sayohat qilayotgan qariya siymosi – faoliyat
ko‘rsatayotgan ong ramzidir. G‘arb deganda moddiy olam, ya’ni inson tanasi, sharq
deganda – insonning ruhiy olami, ya’ni inson idroki tushuniladi. Idrok insonni yaramas
kirdikorlardan ogohlikka chaqiradi, mantiq ilmini o‘rganishga undaydi. Qissada
mantiqni – farosat (ya’ni fiziognomika) deb yuritilgan.” “Inson fe’l-atvoridagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

136

ISSN:3030-3613

qiziqqonlik, munofiqlik, ta’magirlik, zulmkorlikka, o‘g‘rilik va aldamchilikka
moyillik, o‘zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy
hirslar – bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli “do‘stlar” deb atagan. Ibn Sino
inson o‘zining “jilovini” mana shunday “do‘stlar”ning qo‘liga topshirib qo‘ymasligi
kerakligi haqida ogohlantiradi. Ibn Sino bu asarida ilm-ma’rifatni o‘rganishga
kirishgani tufayli ko‘zi ochilgani, natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko‘ziga ko‘ringani
va ilm unga o‘z jamolini namoyon etganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o‘lim
bilmaydigan uyg‘oq, qarimaydigan yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy
sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo‘lgan va bilishi mumkin bo‘lgan narsalarni
o‘qishga kirishgani, bu yo‘lda aqlni ishga solib, farosatli bo‘lib, o‘zini yomonliklardan
chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi. Demak, “Hay ibn
Yaqzon” mantiq ilmiga bag‘ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega.
Risola insondagi yomon illatlarni bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati,
insondagi aql-tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutulishi, o‘zligini anglash
vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo‘lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida
ham qimmatlidir. Ibn Sinoning bu xildagi asarlaridan axloqiy ramzlar purma’no aks
etishini ko‘rishimiz mumkin. Tadqiqotimizning obyekti hisoblangan “ Hay ibn Yaqzon
”( “ Uyg‘oq o‘g‘li Tirik”) qissasining mohiyatida cheksiz aql aks etadi. “Ibn Sino kishi
qalbida bo‘lishi mumkin bo‘lgan mana shunday xislatlarni “Hayy ibn Yaqzon” asarida
ramziy ishoralar bilan bayon qiladi, yaxshi-yomon xulq, fe’l-atvorlarni iborali tarzda
“kishi oshnalari” tariqasida talqin qiladi. Bu oshnalarning ba’zisi ko‘p nomaqbul
yo‘llarga boshlaydi, inson ana shu yo‘llarga kirishdan o‘zini ehtiyot qilishi lozimligini
uqtiradi” .Bu qissada naql etilishicha, hikoya qiluvchi shaxs bog‘da o‘rtoqlari bilan
sayr qilib yurganida qarshisida kelayotgan bir nuroniy qariyaga duch keladi. U bilan
tanishgusi kelib qariyaga yaqinlashgach, chol yigitdan oldin unga salom beradi. Yigit
choldan otini so‘rasa, nomim Hayy- Tirik, otamning ismi Yaqzon – Uyg‘oq, vatanim
– Baytul Muqaddas, hunarim – dunyoni sayohat qilish, deydi. Keyin chol dunyoni
sayohat qilganini: ko‘rgan-bilganini yigitga so‘zlab beradi. Ibn Sino mazkur nuroniy
chol misolida aqlni ko‘rsatmoqchi bo‘ladi hamda bu aql dunyoda kezib yuradi va har
bir dargohga kira oladi, deydi. Chol yigitni o‘z orqasidan yurishga da’vat qiladi.
Bundan olimning kishilarni ilm ketidan borishga da’vat qilgani anglashiladi. Qissadagi
“Aql– Uyg‘oq o‘g‘li Tirik odamlarni kishilarning fe’l-atvorini, tabiatini chuqurroq
tushunish uchun farosat ilmi– mantiqni bilishga da’vat etadi. Negaki, bu ilm, Ibn Sino
iborasi bilan aytganda, foydasi naqd ilmlardan bo‘lib, kishining didini o‘stiradi, fikr
doirasini kengaytiradi, bilgan-bilmaganlarini ko‘z o‘ngiga keltirib, uni tartibga solidi”.

Ibn Sino badiiy obrazlarni yaratishda axloqiy g'oyalarni aks ettirishga intilgan.

Uning asarlarida insonning ichki kurashi, axloqiy tanlovlari va ijtimoiy mas'uliyatlari
muhim o'rin tutadi. Masalan, "Tibbiyot qanoti" asarida Ibn Sino insonning ruhiy
holatini tahlil qilib, yaxshi axloqning sog'liq uchun ahamiyatini ta'kidlaydi. Badiiy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_1-to’plam_Iyun-2025

137

ISSN:3030-3613

obrazlar orqali u insonning ma’naviy rivojlanishini va axloqiy qadriyatlarni
shakllantirish jarayonini tasvirlaydi.Ibn Sino axloqi zamonaviy jamiyatda ham dolzarb
ahamiyatga ega. Bugungi kunda ijtimoiy muammolar, ahloqiy inqirozlar va insonlar
o'rtasidagi aloqalar masalalari doimo dolzarb bo'lib qolmoqda. Ibn Sino g'oyalari
zamonaviy axloqiy muammolarni hal etishda yo'l-yo'riq ko'rsatishi mumkin. Uning
axloqiy tamoyillari — adolat, mehr-oqibat va sabr-toqat — hozirgi kunda har bir inson
uchun muhim qadriyatlar hisoblanadi.Ibn Sino ma’naviy merosida axloq masalasi va
uning badiiy obrazlardagi talqini inson hayotining turli jabhalarini qamrab oladi. Uning
axloqiy g'oyalari nafaqat o'z davrida, balki zamonaviy jamiyatda ham ahamiyatini
yo'qotmaydi. Ibn Sinoning merosi bizga insoniyatning ma’naviy rivojlanishi va
axloqiy qadriyatlarni saqlashda muhim yo'l-yo'riqlar beradi. Shunday qilib, Ibn Sino
asarlaridagi axloq masalalari badiiy obrazlar orqali ifodalangan g'oyalar bilan
birgalikda, bizning hayotimizda muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyot va havolalar

1.

Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY
QARASHLARIDA “INOYAT”(ةيانعلا) TUSHUNCHASI VA UNING
MOHIYATI. International Scientific Journal of Biruni, 2(1), 43-47.

2.

Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING
MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental
Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special
Issue .902-908 ,)23

3.

Jumayev G.I. “Audiomanuscript” – a project on the study of oriental manuscript
sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyot va havolalar

Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY

QARASHLARIDA “INOYAT”(ةيانعلا) TUSHUNCHASI VA UNING

MOHIYATI. International Scientific Journal of Biruni, 2(1), 43-47.

Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING

MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special

Issue .902-908 ,)23

Jumayev G.I. “Audiomanuscript” – a project on the study of oriental manuscript

sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.