T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
262
ISSN:3030-3613
GLOBAL IQLIM ISISHINING AQSH VA O’ZBEKISTON
IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
Yo’lchiyev Azizbek Baxrom o’g’li
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
Xalqaro Iqtisodiyot va Menejment fakulteti
0-1a-24 – guruh talabasi
azizbekyulchiyev2006@gmail.com
+998940924906
Annotatsiya
Global iqlim isishi dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga keng qamrovli va jiddiy
tasir ko’rsatmoqda . Issiqxona gazlarining ajralishi natijasida atmosferaning isishi
kuzatilmoqda shu bilan birga qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, transport va
sog‘liqni saqlash sohalarini yomon ahvolga keltirmoqda.Bu oziq-ovqat xavfsizligiga,
infratuzilmaga, tabiiy resurslarga va iqtisodiyotga jiddiy tahdid solmoqda. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishlari natijasida hosildorlik kamayib, iqtisodiyotda
bazi bir yuqotishlarga olib kelmoqda. Ushbu maqolada AQSh va O‘zbekiston misolida
global iqlim o‘zgarishining iqtisodiyotga tasirini tahlil qiladi.Bu davlatlarning ushbu
muammoni hal qilish strategiyalari turli xil hidoblanadi.shu bilan bir qatorda , Yashil
iqtisodiyotga o‘tish jarayoni va barqaror rivojlanish choralarining samaradorligini ham
ko‘rib chiqadi
Kalit so‘zlar:
global iqlim isishi, iqtisodiyot, infratuzilma, urbanizatsiya ,qishloq
xo‘jaligi, energiya, transport, yashil iqtisodiyot, sektor, ekologik muammolar.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya
Iqlim o‘zgarishlarining iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha Jahon banki, Xalqaro
Valyuta Jamg‘armasi, BMT va ilmiy tadqiqot markazlari tomonidan ko‘plab ilmiy
ishlar olib borilgan. Karl, Melillo va Peterson (2009) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga
ko‘ra, AQShda iqlim o‘zgarishlari natijasida ekstremal ob-havo hodisalari sezilarli
darajada ortgan va har yili infratuzilma, qishloq xo‘jaligi hamda sanoatga miliardlab
dollar zarar yetkazmoqda. Lal, Alavalapati va Mercer (2011) o‘z tadqiqotlarida global
isish tufayli AQShning qishloq xo‘jaligi mahsuldorligi 15-20% ga kamayganini, bu esa
oziq-ovqat narxlarining oshishiga va iqtisodiy o’zgarishlarga sabab bo‘lganini
ko‘rsatgan. Bundan tashqari, transport va energetika sohalarida ham iqlim o‘zgarishlari
tufayli yillik iqtisodiy yo‘qotishlar 200 milliard dollardan oshganligi qayd etilgan.
Mirzabaev (2013) tomonidan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishlari natijasida sug‘oriladigan
yerlarning hosildorligi 10-15% ga kamaygan. O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi tizimi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
263
ISSN:3030-3613
asosan sug‘orishga tayanadi va suv resurslarining kamayishi mamlakat iqtisodiy
barqarorligiga tahdid solmoqda. Bundan tashqari, issiq havoning ortishi elektr
energiyasiga talabni oshirib, energetika sektorida yuklamani oshirmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishlari faqat tabiiy muhitga emas, balki
iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga ham sezilarli ta’sir qiladi. Shu sababli,
ko‘plab mamlakatlar yashil iqtisodiyotga o‘tish va muqobil energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirishga e’tibor qaratmoqda. Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotlar
asosida AQSh va O‘zbekiston iqtisodiyotiga iqlim o‘zgarishining ta’siri chuqur tahlil
qilinadi.
AQSh iqtisodiyotiga iqlim o‘zgarishining ta’siri
AQSh iqlim o‘zgarishlari natijasida eng katta iqtisodiy yo‘qotishlarga duch
kelayotgan davlatlardan biridir. Kaliforniya va Texas shtatlaridagi yirik o‘rmon
yong‘inlari, Florida va Luizianadagi bo‘ronlar va suv toshqinlari natijasida
infratuzilma va qishloq xo‘jaligiga katta zarar yetmoqda. Yaqinda bo’lib o’tgan
Kaliforniya va Texas shtatlaridagi yirik o’rmon yong’ini natijasida ham juda katta
iqtisodiy zarar olib kelindi Bundan tashqari, AQShda qurg‘oqchilik va haddan tashqari
issiq ob-havo natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish qiyinlashmoqda.
Midwestern shtatlarida hosildorlik pasayishi va suv resurslarining kamayishi
dehqonchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 2021 yilda chop etilgan AQSh Qishloq
Xo‘jaligi Departamentining hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari natijasida yillik paxta
va bug‘doy hosildorligi 10-15% ga kamaygan. Sanoat sektorida esa energetika tizimi
sezilarli bosim ostida qolmoqda. Haddan tashqari issiq yoz davrida elektr energiyasiga
talab oshib, tizim haddan tashqari ko’p ishlamoqda. Shamol va suv resurslaridan
foydalanuvchi muqobil energiya manbalariga sarmoya kiritish orqali AQSh hukumati
bu muammolarni bartaraf etishga harakat qilmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga iqlim o‘zgarishining ta’siri
O‘zbekiston asosan qishloq xo‘jaligiga tayanadigan davlat bo‘lgani sababli,
iqlim o‘zgarishlari bu sohaga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mirzabaev (2013) tomonidan
olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sug‘oriladigan yerlarning hosildorligi 10-
15% ga kamaygan, suv resurslariga talab ortgan, lekin yetarli ta’minot yo‘qligi sababli
hosildorlik pasaymoqda.Shuningdek,O‘zbekistonda yozning haddan tashqari issiq
bo‘lishi nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki sanoat va urbanizatsiya jarayonlariga ham ta’sir
ko‘rsatmoqda. Energetika sektorida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib, ishlab
chiqarish tizimiga yuklama oshmoqda. Sovutish tizimlarining ko‘payishi va
gidroenergetika tizimining suv yetishmovchiligi sababli barqaror energiya ta’minoti
muammoga aylanmoqda.Iqlim o‘zgarishlari, shuningdek, aholining sog‘lig‘iga ham
ta’sir qilmoqda. Toshkent, Samarqand va boshqa yirik shaharlar atrofida havo sifati
yomonlashmoqda, bu esa nafas yo‘llari kasalliklarining ortishiga olib kelmoqda.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
264
ISSN:3030-3613
O‘zbekiston hukumati yashil energetika va barqaror suv boshqaruvi tizimlarini
rivojlantirish orqali bu muammolarni hal qilishga harakat qilmoqda.
SWOT tahlili
S
Kuchli tomonlari (Strengths)
O’zbekiston:
Qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalariga (quyosh va shamol)
katta salohiyat.
Qishloq
xo‘jaligini
modernizatsiya
qilish
imkoniyatlari mavjud.
Mintaqaviy hamkorlik orqali
iqlim muammolariga yechim
izlash.
AQSh:
Innovatsion texnologiyalar va
yashil iqtisodiyotga sarmoyalar
ko‘paymoqda.
Energiya tejamkor texnologiyalar
ishlab chiqilmoqda.
Iqlim
o‘zgarishiga
qarshi
strategiyalar mavjud.
W
Zaif tomonlari (Weaknesses)
O’zbekiston:
Suv resurslariga bog‘liqlik va
suv tanqisligi xavfi.
Yoqilg‘i-energetika
sohasida
hali ham ko‘mir va gazga
bog‘liqlik.
Ekologik
innovatsiyalar
va
investitsiyalar yetishmovchiligi.
AQSh:
Katta ishlab chiqarish va sanoat
sohalari
yuqori
uglerod
chiqindilarini hosil qiladi.
Iqlim
siyosatidagi
tafovutlar
(turli
shtatlarda
turlicha
yondashuv).
O
Imkoniyatlar (Opportunities)
O’zbekiston:
Qayta
tiklanuvchi
energiya
(quyosh,
shamol)
sohasini
rivojlantirish.
Suv tejovchi texnologiyalarni
joriy etish.
Ekologik turizm va
yashil
iqtisodiyotni rivojlantirish.
AQSh:
T
Tahdidlar (Threats)
O’zbekiston:
Cho‘llanish jarayoni tezlashishi
va
ekin
maydonlarining
qisqarishi.
Suv
resurslari
kamayishi
natijasida
qishloq
xo‘jaligi
mahsuldorligining pasayishi.
Iqlim
o‘zgarishi
tufayli
aholining migratsiya jarayonlari
ortishi.
AQSh:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
265
ISSN:3030-3613
Yashil energiya va ekologik toza
sanoatni rivojlantirish.
Xalqaro iqlim shartnomalarida
yetakchilik qilish.
Iqlimga moslashish bo‘yicha
yangi texnologiyalarni ishlab
chiqish.
Iqlim o‘zgarishi natijasida kuchli
to‘fonlar va tabiiy ofatlar
sonining ortishi.
Ekstremal ob-havo sharoitlari
qishloq
xo‘jaligiga
zarar
yetkazishi mumkin.
SWOT tahlili orqali AQSh va O’zbekistonning iqtisodiyoti va global
miqyosdagi kuchli tomonlarini (Strengths), zaif tomonlari (Weaknesses), ularning
imkoniyatlari (Opportunities) va tahdidlarni (Threats) baholashimiz mumkin.
1.
Kuchli tomonlari (Strengths)
AQShning kuchli tomonlarini aytib o’tadigan bo’lsak, u dunyodagi eng yirik
iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, yashil texnologiyalarni rivojlantirish va ularga katta
mablag‘ ajratish imkoniyatiga ega hamda mamlakatda iqlim o‘zgarishiga qarshi
kurashish bo‘yicha ilg‘or siyosiy dasturlar va ekologik standartlar mavjud. O’zbekiston
bir qancha kuchli tomonlarga ega masalan, O’zbekiston quyosh energiyasidan
foydalanish bo‘yicha katta salohiyatga ega bo‘lib, bu energiya tanqisligini bartaraf
etishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlar va
suv tejovchi texnologiyalar joriy etilmoqda, bu esa iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini
kamaytirishga yordam beradi.
2.
Zaif tomonlari (Weaknesses)
AQSh sanoatining uglerod chiqindilari yuqori bo‘lib, bu iqlim o‘zgarishiga olib
keluvchi omillardan biri hisoblanadi.Turli shtatlarda ekologik qonunlar va yashil
energiyaga bo‘lgan yondashuv har xil bo‘lib, yagona siyosat yuritishni qiyinlashtiradi.
O’zbekiston iqtisodiyoti asosan qazilma yoqilg‘ilarga bog‘liq bo‘lib, ekologik
muammolarni yanada kuchaytiradi. Suv resurslarining kamayishi qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari hajmini pasaytirib, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.
3.
Imkoniyatlari (Opportunities)
AQSh yashil texnologiyalarni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va
iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. Xalqaro iqlim kelishuvlarida yetakchilik qilish
orqali ekologik siyosatni global miqyosda shakllantirish imkoniyatiga ega.
O’zbekiston quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni kengaytirish
mamlakatning energetik mustaqilligini oshirishga xizmat qiladi. Ekologik toza
texnologiyalar va xalqaro investitsiyalarni jalb qilish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishga
erishish mumkin.
4.
Tahdidlar (Threats)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
266
ISSN:3030-3613
AQShda iqlim o‘zgarishi natijasida kuchli to‘fonlar, o‘rmon yong‘inlari va
qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlar iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Qishloq
xo‘jaligida hosildorlikning pasayishi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshishiga olib
kelishi ehtimoli mavjud. O’zbekistonda cho‘llanish jarayonining tezlashishi ekin
maydonlarining qisqarishiga va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kamayishiga
olib keladi. Iqlim o‘zgarishi tufayli suv tanqisligi kuchayib, bu sanoat va qishloq
xo‘jaligi rivojlanishini cheklashi mumkin.
Global iqlim o‘zgarishi AQSH va O‘zbekiston iqtisodiyotiga turli darajada ta’sir
qilmoqda. AQSHda innovatsiyalar va yashil energiyaga o‘tish imkoniyati yuqori
bo‘lsa, O‘zbekistonda suv taqchilligi va qishloq xo‘jaligi inqirozi asosiy tahdidlardan
biri. SWOT tahlili asosida shuni ta’kidlab o’tish joizki, har ikkala davlat iqlim
o‘zgarishiga moslashish uchun texnologiyalar va ekologik siyosatni yanada
rivojlantirishga intilishi kerak.
Natijalar
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishlari iqtisodiy yo‘qotishlarni oshirib,
qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaga jiddiy ta’sir qilmoqda. AQShda bu zarar
infratuzilma va energetika sohasida sezilarli bo‘lsa, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va
suv resurslarining yetishmovchiligi asosiy muammolar hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishi
natijasida AQShda sanoat va qishloq xo‘jaligi sektorlarida yillik zarar 200 milliard
dollarni tashkil etayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda hosildorlikning kamayishi va suv
tanqisligi iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir qilmoqda.Yashil iqtisodiyotga o‘tish va
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish bu muammolarning oldini
olishda muhim rol o‘ynaydi. Hukumatlar ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun
yashil texnologiyalar, barqaror energiya manbalari va iqlim o‘zgarishiga moslashish
strategiyalarini amalga oshirishlari zarur.
Muhokama
Iqlim o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri chuqur va kompleks xarakterga ega.
AQShda asosiy muammolar infratuzilma, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalariga
ta’sir qilsa, O‘zbekistonda suv resurslarining kamayishi, hosildorlikning pasayishi va
urbanizatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir etmoqda.AQSh hukumatining muqobil
energiya va ekologik texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalari
infratuzilmani barqarorlashtirish va iqtisodiy zararni kamaytirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda esa suv resurslarini samarali boshqarish, energetika tizimini
modernizatsiya qilish va ekologik muhofaza tadbirlarini kuchaytirish dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi.Shuningdek, xalqaro hamkorlik va ilmiy izlanishlarning
ahamiyati katta. Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni minimallashtirish uchun
xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor va hukumatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish
talab etiladi.
Xulosa
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
267
ISSN:3030-3613
Global iqlim isishi iqtisodiyotning turli xil sohalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
AQSh va O‘zbekiston misolida ushbu ta’sirlar tahlil qilindi va natijada yashil
iqtisodiyotga o‘tish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash iqlim o‘zgarishlarining
iqtisodiy oqibatlarini yaxshilash asosiy va tog’ri yo’l ekanligi aniqlandi.Iqlim
o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar
muhim ahamiyatga ega: Sanoat va energetika sohalarida uglerod chiqindilarini
kamaytirish; Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarniolib kirish; Muqobil
energiya manbalariga investitsiyalarni jalb qilib, ularga etiborni ko’proq qaratish ;
Barqaror urbanizatsiya va infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash ,Xalqaro
hamkorlik va ilmiy izlanishlarni rivojlantirish .Davlatlar va xalqaro tashkilotlar
birgalikda ishlash orqali global iqlim o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish
va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatiga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Karl, T. R., Melillo, J. M., & Peterson, T. C. (2009). Global Climate Change
Impacts in the United States. Cambridge University Press. Retrieved from
https://nca2009.globalchange.gov
2.
Lal, P., Alavalapati, J. R. R., & Mercer, E. D. (2011). Socio-economic impacts
of climate change on rural United States. Mitigation and Adaptation Strategies
for Global Change, 16(8), 819–844.
https://doi.org/10.1007/s11027-011-9295-9
3.
Mirzabaev, A. (2013). Climate Volatility and Change in Central Asia: Economic
Impacts and Adaptation. Rheinischen Friedrich-Wilhelms-Universität zu Bonn.
Retrieved
from
4.
World Bank. (2021). The Economics of Climate Change. Retrieved from
https://www.worldbank.org/en/topic/climatechange
5.
International Monetary Fund (IMF). (2023). Climate Change and Global
Economic Stability. Retrieved from
https://www.imf.org/en/Topics/climate-