T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
256
ISSN:3030-3613
BRIOFITLARNING EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Jabborov Mehroj Akmal o‘g‘li
Samarqand davlat universiteti,
Ekologiya va hayot faoliyati
xavfsizligi kafedrasi tayanch
doktoranti (PhD)
Annotatsiya.
Mazkur tezisda briofitlarning ekologik xususiyatlari, ularning
tabiiy ekotizimlardagi roli, atrof-muhitga bo‘lgan moslashuvchanligi hamda
bioindikator sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, briofitlarning atmosfera
ifloslanishiga sezgirligi, tuproq va suv muhitidagi kimyoviy o‘zgarishlarga tezda javob
berishi ularni ekologik monitoringda muhim ob'ektga aylantiradi.
Tanlangan mavzu bugungi kunda global ekologik muammolar kuchayib
borayotgan bir paytda nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Chunki inson faoliyati natijasida
atmosfera, tuproq va suv havzalarining ifloslanishi tobora ortib bormoqda. Bunday
sharoitda oddiy ko‘zga tashlanmaydigan, biroq sezgir va barqaror yashovchi briofitlar
muhit holatini baholashda eng ishonchli bioindikatorlardan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Shuning uchun ushbu mavzuni o‘rganish nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyatga ham egadir.
Kalit so‘zlar:
Briofitlar, ekologik xususiyatlar, biomonitoring, substrat, namlik,
bioindikatsiya, ekotizim, moslashuvchanlik.
Kirish.
Briofitlar yer yuzida keng tarqalgan qadimgi o‘simliklar guruhiga kiradi.
Ular turli ekologik sharoitlarga moslashgan bo‘lib, ayniqsa, namlik va substrat
xususiyatlariga yuqori sezgirligi bilan ajralib turadi. Briofitlarning ekologik
xususiyatlarini o‘rganish ularning biomonitoringda qo‘llanilishi, ekologik muhitga
ta’siri va o‘ziga xos yashash strategiyalarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tezisda briofitlarning ekologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar sharhi
keltiriladi.
Asosiy qism.
Bugungi kunda sanoat korxonalari, transport vositalari, qishloq
xo‘jaligi faoliyati va boshqa omillar havo, suv va tuproq ifloslanishiga olib kelmoqda.
Briofitlar ekologik muhitning ifloslanish darajasini aniqlash uchun bioindikator
sifatida ishlatilishi mumkin, bu esa ekologik nazorat va muammolarni aniqlashda
samarali vositadir.
Briofitlar ekologik muhit o‘zgarishlariga sezgir bo‘lib, ularning yashash joylari
asosan namlik darajasi, yorug‘lik miqdori, substrat turi va atmosfera tarkibiga bog‘liq
(Molchanova, 1980; Andreeva, 1990). Ular kam o‘zgaruvchan sharoitlarda ham
yashay oladigan kserofit va gidrofit turlarga bo‘linadi (Popova, 2005). Shuningdek,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
257
ISSN:3030-3613
ularning barg tuzilishi va suvni yutish qobiliyati muhitga moslashish jarayonida katta
ahamiyatga ega (Hoffman, 1971).
Briofitlar yashash joyi bo‘yicha quyidagi ekologik guruhlarga bo‘linadi:
Epifitlar – daraxt tanalarida o‘suvchi moxlar (
Pylaisia polyantha, Leskea
polycarpa
);
Epilitlar – tosh va qoyatoshlarda o‘suvchi turlar (
Grimmia ovalis,
Andreaea rupestris
);
Epiksillar – chirigan yog‘och va o‘simlik qoldiqlarida uchraydigan turlar
(
Brachythecium salebrosum, Hypnum cupressiforme
);
Epigeylar – tuproqda o‘suvchi turlar (
Dicranum polysetum, Polytrichum
commune
) (Bardunov, 1984; Le Blanc, Rao, 1975). (1-rasm)
A B
1-rasm.
A-
Dicranum polysetum
(umumiy ko’rinishi va bargi),
B
-Polytrichum
commune
(umumiy ko’rinishi, bargi va sporangiysi)
Briofitlarning hayotiy faoliyati namlik darajasiga bevosita bog‘liq. Ular
gigrofitlar, mezofitlar va kserofitlar kabi guruhlarga ajratiladi. Gigrofitlar (
Sphagnum
spp.) yuqori namlikni talab qiladi, mezofitlar (
Mnium hornum, Amblystegium serpens
)
o‘rtacha nam sharoitda yashaydi, kserofitlar esa (
Tortula ruralis, Syntrichia ruralis
)
qurg‘oqchil joylarga moslashgan (Hoffman, 1971; Popova, 2005). Daraxtlar qulagan
joylarda odatda qumli substrat ochilib qoladi va unga ko‘pincha
Atrichum undulatum
(Hedw.) P. Beauv. moslashgan. O‘rmonning nam joylarida esa
Plagiomnium
cuspidatum
(Hedw.) T. Kor.,
Rhodobryum roseum
(Hedw.) Limpr.,
Brachythecium
rivulare
B.S.G. va
B. salebrosum
(Web. et Mohr.) B.S.G. uchraydi (Serebryakova,
2009). Shuningdek, atmosferadagi ifloslantiruvchi moddalar, masalan, oltingugurt
oksidi va azot oksidlari, briofitlarning hayotiy sikliga ta’sir ko‘rsatadi (Berezutskiy,
2001).
Briofitlar atmosfera ifloslanishining tabiiy bioindikatori hisoblanadi. Ular
havodagi og‘ir metallar va toksik moddalarni o‘zida to‘plab, ekologik monitoringda
muhim rol o‘ynaydi (Berezutskiy, 2001). Xususan,
Fontinalis antipyretica
va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
258
ISSN:3030-3613
Sphagnum magellanicum
kabi turlar suv va tuproqning ifloslanish darajasini baholash
uchun ishlatiladi (Andreeva, 1990). Briofitlarning ifloslantiruvchi moddalarga
nisbatan sezgirligi ularni sanoat zonalaridagi ekologik monitoringda samarali vosita
sifatida ishlatish imkonini beradi. Briofitlar og‘ir metallar, radionuklidlar va boshqa
toksik moddalarni o‘zida to‘plash xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni
biomonitoringda ishlatish zamonaviy ekologik muhofaza usullarining rivojlanishida
dolzarb hisoblanadi.
Kimyoviy ifloslanish markazidan uzoqlashgan sari briofitlar va o‘t
o‘simliklarining turlari xilma-xilligi hamda proyektiv qoplami ortadi, Shuningdek,
butalar va daraxtlarning o‘z-o‘zidan o‘sib chiqishi kuzatiladi (Serebryakova, 2009).
Briofitlar biotsenozlar barpo etishda, shuningdek, tuproq hosil qilish, tuproqni
eroziyadan saqlash, namlikni ushlab turish va organik moddalarning parchalanishiga
ko‘maklashish kabi muhim ekologik funksiyalarni bajaradi. Ular ko‘pincha o‘rmon
ekotizimlarida birlamchi o‘simlik qoplami sifatida paydo bo‘lib, boshqa
o‘simliklarning o‘sishiga sharoit yaratadi (Popova, 2005). Briofitlar yerdagi uglerod
almashinuvida ham ishtirok etib, atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini tartibga
solishda rol o‘ynaydi.
Xulosa
. Briofitlarning ekologik xususiyatlari ularning yashash muhitiga yuqori
moslashganligini ko‘rsatadi. Ular substrat, namlik va atmosfera sharoitlariga bog‘liq
holda turli ekologik guruhlarga bo‘linadi va biomonitoring uchun muhim indikator
sifatida xizmat qiladi. Briofitlarning ekologik monitoring va ekotizim funksiyalaridagi
roli ularga bo‘lgan ilmiy qiziqishni yanada oshiradi. Kelgusida briofitlarning atrof-
muhit o‘zgarishlariga ta’sirini chuqurroq o‘rganish ekologik monitoring
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati
1.
Молчановa Л.Г. Экологическая адаптация бриофитов. Москва: 1980. Наука..
2.
Бардунов Л.В.. Экология мохообразных растений. Ленинград (1984): Наука.
3.
Андреева Е.Н.. Роль бриофитов в биомониторинге. Новосибирск (1990):
СОРАН.
4.
Le Blanc, F., Rao, D.. Air pollution effects on bryophytes. Environmental Pollution,
(1975) 9(4), 267-277.
5.
Попова С.В.. Экологическая адаптация бриофитов и их использование в
мониторинге. Санкт-Петербург (2005): Наука.
6.
Березуцкий М.А.. Бриофиты как биоиндикаторы загрязнения атмосферы.
Экология, (2001) 7, 45-51.
7.
Серебрякова
Н.Н..
Эколого-биологические
особенности
листостебельных мхов и использование их в экологическом мониторинге
(на примере Пензенской области). Дисс. Автореферат. Саратов 2009.
8.
Hoffman G.R.. The Role of Bryophytes in Ecosystem Dynamics. American Midland
Naturalist (1971), 86(2), 289-312.