T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
251
ISSN:3030-3613
UMUMTA`LIM MAKTABLARIDA O`QUVCHILARNI OILAVIY
HAYOTGA TAYYORLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Mashrapov Qahramonjon Mirzayevich
Andijon viloyati Baliqchi tumani
12-maktab Amaliyotchi psixologi
Ergasheva Zilolaxon
Andijon viloyati Baliqchi tumani
25-maktab Amaliyotchi psixologi
Mamlakatimiza keying yillarda malga oshirilayotgan barcha isloxotlar inson
qadr qimmatini yuksaltirish, ayniqsa yoshlarimizning yuksak ma`naviyatli shaxs
sifatida ulg`ayishi, har tomonlama kamol topishiuchun qulay shart sharoitlar yaratishga
qaratilmoqda. Shuningdek, jamiyatimizning asosi - oila institutini yanada
mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish
borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish,
jismonan sog’lom, ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni
tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog’lom oilani shakllantirish
borasida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oilani mustahkamlash masalasiga katta e'tibor berilayotganligiga qaramasdan,
bugungi jahondagi shiddatli o‘zgarishlar bu masalada yangi muammolarni keltirib
chiqarmoqda.
Ayniqsa
tashvishga
solayotgan
holatlardan
biri
nikoh-oila
munosabatlarining zaiflashib borayotganidir.
Har bir yigit-qiz qanday kasbni egallashi, xarakteridan qat'iy nazar kelgusida oila
qurishga, baxtli bo‘lib yashashga intiladi. Mustaqil O’zbekistonimiz yoshlarining har
tomonlama uyg’un rivojlanishi, kelgusida baxtli oila qurishi, er va xotinning tinch-
totuv yashashi ko’p jihatdan bolalarni yoshlikdan oilaviy hayotga tayyorlashga, ularda
ijobiy odat va ko’nikmalarni qaror toptirib borishga bog’liq. Shu sababdan umumta`lim
maktablarida o`quvchi yoshlarda psixologik munosabatlarni bilishi, insonni o’ylashga,
mushohada yuritishga, o’zligini anglashga yordam beribgina qolmay, bir insonning
boshqasi tomonidan xolisona idrok etilishini ham o`rgatib borish dolzarb
muammolardan biridir.
Sababi hozirgi kunda umumtalim maktablarini tamomlagan o`quvchilar
oiladagi munosabatlarga u darajada yetarli ko`nikmaga ega bo`lmay, o`z oilasidagi
muhitga moslashib, kelajagiga ham to`laqonli anglab yeta olmaydilar.
Umumta`lim maktablarida “Oila psixologiyasi” fanini o`qitish tizimi joriy etilsa,
o`quvchi yoshlarda oila tushunchasi, oiladagi shaxslararo munosbatlarni ta`minlashga
va shu bilan birga oilada tinchlik, xotirjamlik, baxt va saodat barqaror bo‘lishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
252
ISSN:3030-3613
mumkinligini, bir-biriga to’g’ri psixologik yondashuv shaxsni hurmat qilishni
ta'minlab, er-xotinni, xotin-erni, qaynona kelinni, kelin o’z navbatida oilaning barcha
a'zolarini, kattalar kichiklarni e'zozlashni o`rganib boradilar. Bir necha shaxsning bir
vaqt va makonda birga yashashini ta'minlovchi sog’lom falsafani shakllantiradi.
O`quvchi yoshlarni oilaviy munosabatga tayyorlashdan maqsad o’quvchilarga
oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli ko’nikma
va malakalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni muhim masala
sifatida qo`yishni taqozo etadi.
Oila psixologiyasi fanini umumta`lim maktabi o`quvchilariga o`qitishda
quyidagi vazifalarni ta`minlash maqsadga muvofiqdir:
- oila psixologiyasi fani, uning maqsad va vazifalari haqida ma'lumot berish, oilaning
ijtimoiy kelib chiqish tarixi, uning turlari bilan tanishtirish;
- o’quvchi yoshlarni oilani muqaddas bilishga o’rgatish orqali ularni ma'naviy
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
- oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlari bo’yicha tushunchalar hosil qilish;
- o’quvchilarda shaxsning shakllanishida oilaning roli haqida tasavvur hosil qilish;
- yoshlarning oila mustahkamligini ta'minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarini
shakllantirish;
- yosh oilada o’zaro munosabatlar madaniyatini shakllantirish;
- yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash;
- yoshlarni oilaviy hayotda kuzatiladigan o’zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan
qurollantirish;
- yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga,
destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga o’rgatish;
- yoshlarda muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini
shakllantirish;
- yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash;
- yoshlarni oilani rejalashtirishga o’rgatish.
Bu o'rinda haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga
kelib, bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo'lib qoldi? Axir ota-bobolarimiz bunday
kurslarni o'qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha
so'nggi yillarda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko'p gapirib,
yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa
ortayaptiki, kamaymayapti-ku?» — kabi savollar ro'yxatini cheksiz davom ettiraverish
mumkin. Ularning har birining yuzaga kelishiga asos bor.
Xo'sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash
va ularga «Oila psixologiyasi» fanining o'qitilishi zarurligini taqozo qiladi?
Ma'lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o'zlari ham,
ularning bir-birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
253
ISSN:3030-3613
munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar ham
takomillashib, o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-
texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq
xo'jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo'jaligining barcha jabhalarida yangi
texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning
yaratuvchisi, ishtirokchisi bo'lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o'ziga xos,
yangicha talablar qo'ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir
tomondan, odamlarning o'zlarida ro'y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va
boshqa o'zgarishlar odamlarning o'zaro muloqot munosabatlari doirasini ma'lum
darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiylikni ma'lum
darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional
zo'riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo'lmoqda. Bularning ta'siri oilaviy hayot va
unda-gi psixologik iqlimda ham o'z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo'yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun, bundan
90—100 yillar oldingi ularning tendoshlari va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli
yigit-qizlar o'rtasidagi tafovutlarni solishtirib o'tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o'tkazilgan tadqiqotlar natijalarida
kuzatilishicha, so'nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga
ko'ra ularning jinsiy, fiziologik balog'atga yetishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan
100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog'atga yetish davri 15—16 yoshga to'g'ri
kelgan, hozir esa bu holat o'rtacha 12—13 yoshlarga to'g'ri keladi. Endi shu
yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik
talablaridan biri bo'lmish jinsiy yetuklikka, balog'atga yetar ekanlar, ular aksariyat
hollarda shu yoshga kelib o'sha davrlar uchun xos va lozim bo'lgan, unchalik murakkab
bo'lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli
boxabar bo'lganlar (chunki u vaqtlarda bo-lalarni odatda, 13—14 yoshidan
shogirdlikka berishgan), o'sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik
jarayon-lar ulardan maxsus yoki oliy ma'lumot talab qilmagan, 3—4 yil ustoz ko'rgan
shogird 16—17 yoshida o'zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o'z ishini uddalay
oladigan mutaxassisga ay-langan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek bo'lsa, o'z
hunari orqali mehnat qilib, o'zini va oila a'zolarini iqtisodiy jihatdan ta'minlay olishi
mumkin bo'lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahalla-ko'yda,
jamoatchilik orasida ma'lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida qabul qilingan, turli
tadbir va marosimlarda uning haqli ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo'lgan,
ya'ni uning ijtimoiy jihatdan balog'atga yetganligi jamoatchilik tomonidan qabul
qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat ol-dida o'ziga xos mas'uliyat
yuklagan, mas'uliyatni his qilish esa uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri
bo'lib xizmat qilgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
254
ISSN:3030-3613
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko'rib chiqaylik. Ular 12—13
yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to'xtalib
o'tamiz), biroq ular biror-bir kasb-hunar egasi bo'lib, mustaqil ishlab, o'zini va oilasini
iqtisodiy jihatdan ta'minlay oladigan bo'lishi uchun, awalo maktabni bitirishi, so'ng u
yoki bu kasb-hunar kolleji yoki litseyda o'qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning
uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o'qishi zarur bo'ladi.
12 yillik barcha uchun majburiy ta'limdan so'ng yosh-larimizning ma'lum bir
qismi o'qishni oliy o'quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko'rinib turibdiki,
yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma'lum qismi uchun 20—
21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, odamlarning
turmush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik hayoti o'zgarib, kiyinishga,
maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo'lgan ehtiyoji ham ortib boradi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, u
esa shaxslarni bir-birlariga qo'yadigan talablari oshishiga va shaxslararo
munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning yorqin dalili sifatida ajralishlar
miqdori oliy ma'lumotlilar ichida umumiy o'rta ma'lumotlilarga nisbatan yuqoriroq
ekanligini e'tirof etish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo'lmagan jamiyatdagi oila
a'zolari o'zlarining oilaviy yumushlarining aksariyatini qo'lda bajaradilar. Unga
oilaning barcha a'zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko'p jalb
qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma'lum malakalarni,
shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan qanday
muloqotda bo'lish malakalarini, oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeyiga ko'ra o'z
huquq va vazifalarini aniqlab olishga imkon beradi.
Moddiy ta'minot, yuqori madaniy saviya esa shaxsning boshqa shaxsga qo'ygan
talabini, shu jumladan oilada yanada kuchaytiradi. Oila a'zolarining o'zaro muloqotda
bo'lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko'pgina yoshlar uchun ota-ona oilasi
shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko'rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16—18 yoshida
oila qursalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush
kechirib ketishlari uchun zarur bo'lgan yetuklik darajalarining barchasiga erishganlar,
bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning
bartaraf etilishiga asos bo'lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy
balog'atga yetadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o'tgandan so'ng, ya'ni qizlar
19-20 yoshda, yigitlar esa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy
jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor
bo'ladilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi tengdoshlari
hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, jamiyat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_1-to’plam_Iyun-2025
255
ISSN:3030-3613
taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o'ziga xos yangi ijtimoiy
vazifalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga
maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo'lishligini taqozo
qilmoqda. Shuning uchun ham so'nggi 15-20 yil davomida dunyoning barcha
rivojlangan mamlakatlarida, jumladan, bizning respublikamizda mustaqillikka
erishganimizning dastlabki yillaridanoq, oila masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash, oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e'tibor berib
kelinmoqda. Umuman insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila
masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo'lgan
e'tibor ham kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo'ladi. Chunki oila
jamiyatning kichik bir ko'rinishi bo'lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo'lsa,
jamiyat ham shunchalik qudratli bo'ladi. Bu keltirilgan omillar yoshlarga «Oila
psixologiyasi» kursini o'qitishning dolzarbligini ifodalaydi.