Mualliflar

  • Axmatqulova Muqaddas Murodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112227

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar:ilm olish kasbiy mahorat kasb etikasi qiziqish qobiliyat maqsad psixologik tadqiqotlar muloqot ong tafakkur

Annotasiya

Annotatsiya:Odamlarning  mehr-oqibati,  bir-birlariga  nisbatan  o’zaro  hurmat 
e’tiborda  bo’lishlari  muloqot  jarayonida  namoyon  bo’ladi.  Xalqimizda  azaldan 
muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil 
amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida 
e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning 
ruhiy xususiyatlari, o’zaro munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo’lajak muloqotning 
xarakteri,  o’zaro  hamkorligi  aks  etadi.  “Qur’oni  karim”da  salomlashish  odobi 
musulmon ahlining qat’iy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo’minlar, o’z 
uylaringizdan  boshqa  uylarga  to  izn  so’ramaguningizcha  va  egalariga  salom 
bermaguningizcha  kirmangiz.  Mana  shu  sizlar  uchun  yaxshiroqdir.  Shoyad  ushbu 
eslatmadan ibrat olsangizlar”. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

98

ISSN:3030-3613

PEDAGOGLAR VA OʻQUVCHILAR OʻRTASIDAGI MULOQOT

KOʻNIKMALARINI SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI

Axmatqulova Muqaddas Murodovna

Buvayda tumani 24-maktab amaliyotchi psixolog


Annotatsiya

:Odamlarning mehr

-

oqibati, bir-birlariga nisbatan o’zaro hurmat

e’tiborda bo’lishlari muloqot jarayonida namoyon bo’ladi. Xalqimizda azaldan
muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Salomlashish turli xalqlarda har xil
amalga oshiriladi. Xalqimizda salomlashish axloqlilikning yuksak namunasi sifatida
e’tirof etilib, uning negizida umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, shu millatning
ruhiy xususiyatlari, o’zaro munosabatlarining ma’naviy asoslari, bo’lajak muloqotning
xarakteri, o’zaro hamkorligi aks etadi. “Qur’oni karim”da salomlashish odobi
musulmon ahlining qat’iy majburiy burchi tarzida bayon etiladi: “Ey mo’minlar, o’z
uylaringizdan boshqa uylarga to izn so’ramaguningizcha va egalariga salom
bermaguningizcha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad ushbu
eslatmadan ibrat olsangizlar”.

Kalit soʻzlar

:ilm olish,kasbiy mahorat, kasb etikasi,qiziqish, qobiliyat, maqsad,

psixologik tadqiqotlar,muloqot, ong, tafakkur

KIRISH

Ajdodlarimiz madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so’z, xalq tilining

tuganmas boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda
Abu Nasr Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy,
Xisrav Dehlaviy, Abu Hamid G’azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa Sharq va g’arb donishmandlarining boy
meroslarida farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida
targ’ib qilingan.Ular so’zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb
bilishgan hamda har bir so’zning o’z o’rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so’zdan
kuchliroq va qudratliroq narsa yo’qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so’z
sehri mo’’jizalar yarata olishini ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va
shogirdlarning samimiy muloqoti jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol
va tarbiyalangan insonning o’nta nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:

birinchisi: xalq to’g’ri deb topgan narsaga noto’g’ri deb qaramaslik;
ikkinchisi: yoshlikdan o’z nafsiga erk bermaslik;
uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
to’rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo’yish;
beshinchisi: agar gunohkor uzr so’rasa, uzrini qabul qilish va
kechirimli bo’lish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

99

ISSN:3030-3613

oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
ettinchisi: doimo el g’amini eyish;
sakkizinchisi: aybini tan olish;
to’qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo’lish;
o’ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo’lish.
Muloqot Sharqona tarbiyada axloq qo’rki sanalgan. Muallim har bir

o’quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga
nisbatan munosabati odamlar bilan o’zaro muloqotida namoyon bo’lishini uqtirgan.
Sharq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar o’rtasidagi o’zaro aloqa
vositasi bo’lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. Shuning uchun ham til –
aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.

Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo’lsa, qisqa vaqt ichida xalq

orasida obro’-e’tibor topadi. Ko’p gapirish hech qachon kishiga obro’ keltirmaydi.
Shuning uchun ham o’tmishda yashab o’tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har
bir so’zga hurmat bilan, o’ylab yondashish lozimligini uqtirib o’tganlar. O’qituvchi
“so’z aytishdan avval, har daqiqada so’z ortidan keladigan oqibatlarni o’yla”shi

(I.P.Pavlov)

kerak. Alisher Navoiy adabiy meroslarida muomala madaniyati,

xushmuomalalik, tilning ahamiyati to’g’risida, shirinso’zlik haqida noyob fikrlarni
bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. «Til
shirinligi – ko’ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. Shirin so’z sof ko’ngillar
uchun acal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy.

O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga

ega: bir tomondan, shirin tillilik o’quvchini o’qitish va tafakkurini rivojlantirishning
muhim omili bo’lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki,
o’qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo’lishini
ta’minlaydi, natijada o’quvchi diqqatini o’ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning
teranligi, o’qituvchining mahoratini, ma’naviy boyligini, o’qituvchilik qobiliyatining
qay darajada ekanligini ifodalaydigan o’lchov, ko’rsatkich hisoblanadi. Amerika shoiri
Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi”, deydi.
Sharq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago’y,
qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy
aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu
nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo’lishgan.

Alisher Navoiy “Voiz olimning o’zi avvalo halol ish ko’ruvchi bo’lishini, uning

nasihatidan chiqmaslikni” asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va
notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har

bir

o’qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya
jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O’qituvchining tili nutqiy
qobiliyati o’quvchilarning o’zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

100

ISSN:3030-3613

ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O’qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati
barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan”

(A.P.Chexov).

Uning his tuyg’usi,

intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O’qituvchi til boyligi bilan
o’quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g’azablanish,
nafratlanish hissiyotlarini uyg’otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o’qituvchi
“tilning xalq o’tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli
bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita”

(K.D.

Ushinskiy)

ekanligini unutmasligi kerak.

Kishilarning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go’zallik,

so’zlashuv ohangidagi muloyimlik “Myosharat odobi” deyiladi. Muosharat odobi
insonning go’dakligida ota-ona bag’rida, oilada shakllantirilishi kerak. “Qush uyasida
ko’rganini qiladi”, deyiladi xalq maqollarida. Oilada o’rganilgan muosharat odobining
poydevori mustahkam bo’ladi. Bola maktabda, ulg’aygach esa, ijtimoiy muhitda
ko’nikma hosil qilish jarayonida oilasida o’rganilgan muosharat odobining kuch-
qudratini doimo his qiladi.

O’quvchilarga muosharat odobini shakllantirish uchun o’qituvchining o’zi

avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, o’quvchilar qalbiga yo’l topa olishi,
mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo’lib, o’rnak bo’lishi muhim ahamiyatga
ega. Sharq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli ko’rinish va nomlarda bayon
etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida asosiy g’oya – fozil
kishilar obrazi. U kim bo’lishidan qat’iy nazar shohmi, gadomi, oddiy fuqaromi fozil
kishidir. Shaharning fozil kishilari bir-birlariga nisbatan hurmat va izzatda bo’ladilar.
Ota-ona va farzand, ustoz va shogird, do’stlar, qarindoshlar o’rtasida sharqona nazokat,
mehr va ehtirom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-
bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo’lganligi va bu avlodlarga o’rnak
bo’lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining
chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi”, deydi. Ingliz donishmandi Jon
Libbok: “Odamlar boodoblilik yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin
bo’lmagan g’alabalarga erishishi mumkin”ligini aytadi. Demak, muosharat odobi
nafaqat milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning ko’zgusi bo’lgan, balki dunyodagi
barcha xalqlarning noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan.

Insonning eng ulug’, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar

orasida, ya’ni jamiyatda o’z o’rnini topib yashashidir. By faoliyatning murakkabligi
shundaki, ko’pchilikka qo’shilish, ular bilan ahil bo’lib yashash uchun insonda shunga
yarasha muomala va munosabat bo’lishi kerak. Muomala va munosabatda
o’quvchilarning diliga to’g’ri kelmaydigan qo’pol va dilozor munosabat olib boruvchi
o’qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O’quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar,
muomalasi shirin o’qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor
qilishadi. Insonlar orasida munosib o’rinini topish, inoq va hamjihat bo’lib yashash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

101

ISSN:3030-3613

shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o’zining yutug’i
bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda
bo’ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo’lmog’i zapyp.

Shirin so’z muloqotga kirishishning asosiy qurolidir. U inson qalbini ilitadi,

qo’pol co’z inson kalbini jarohatlaydi. O’qituvchining “aql-zakovati, fikri, his-
tuyg’ulari, bilimi va madaniy saviyasi, tafakkuri ma’lum darajada so’zda ifoda etiladi.
Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi”

(Aziz Yunusov).

Chunki

so’zning qudrati katta. O’qituvchi o’z so’ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo’lmog’i
lozim. Eng avvalo, o’quvchilarga muomala madaniyatini, kattalar oldida o’zini tuta
bilishi, gapini bo’lmasligi, yoshi ulug’larga gap qaytarmaslikni o’rgatish zarur.

Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim

bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O’qituvchining qanchalik bilimli, aql-
zakovatli ekanligi o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti
orqali namoyon bo’ladi.

Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-

birlariga so’z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli so’zlashuv
munosabatlari nihoyatda go’zal va muloyim bo’lishini hayot taqozo etadi. Co’zga boy,
shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo’ladi. Bunday
kishilarni yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So’zlashuv ham o’ziga xos san’atdir. Bu
san’atning ildizi muosharat odobi bo’lib, uni mukammal o’rganish har bir inson uchun
zarur. Shy bilan birga, ona tilini mukammal o’rganmoq va sof adabiy tilda o’quvchilar
bilan muloqot qilish o’qituvchining notiqlik qobiliyatidir.

O’qituvchining bilimi, pedagogik mahorati, qizg’in mehnati barkamol avlodni

tarbiyalashga, ularda tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik
hislatlarini va ma’naviy ongini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyatdagi global
o’zgarishlar, texnik va texnologik taraqqiyot, dunyoviy fanlardagi o’zgarishlar va
yangiliklar uning sharafli mehnatiga ta’sir qiladi. Buning uchun ijodkorlik talab etiladi.
Ijodkorlik esa faqat qizg’in mehnat tufayli sodir bo’ladigan faoliyat shakli. O’qituvchi:

mehnatsevarlik qadriyatlarining mohiyatini aqliy va jismoniy mehnatga ijodiy

munosabat sifatida anglashi;

ongli va halol mehnat bilan, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, moddiy va

ma’naviy rivojlanishiga ta’sir etishi;

o’z mehnati natijalaridan g’ururlana olishi;
o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda jamiyat oldidagi mas’uliyatini doimo

his etishi lozim.

Mamlakatimizda

“kadrlarni o’qitish va tarbiyalash milliy tiklanish printsiplari

va mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma’naviy va intellektual salohiyati
hamda umumbashariy qadriyatlarga tayangan, insonparvarlikka yo’naltirilgan
ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlari asosida”

(“Kadrlar tayyorlash milliy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

102

ISSN:3030-3613

dasturi” 54–bet) olib boriladi. Ayniqsa umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim
oluvchining shaxsiga, unda ta’lim va bilimlarga bo’lgan ishtiyoqni kuchaytirishga,
mustaqil ish tutishni, insoniy qadr–qimmat tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor
beriladi.

O’qituvchi qanday umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib etishi mumkin,

tadqiqotlarimiz jarayonida o’qituvchilarga quyidagi savol bilan murojaat qildik:
“Shaxsan Siz dars jarayonida o’quvchilarga qanday nasihat qilgan bo’lardingiz?”.
“Nasihatlar”ning asosiy mazmuni noaniq, ularda pedagogning individualligi va
mavzuni tez tanlash intuitsiyasi sezilmasdi. Dars jarayonida o’qituvchi doimo
mazmunan bir xil nasihatlar beradi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:

– sidqidildan o’qish zarurligini eslatish;
– mehnatsevarlikka undash, vijdoniylikka chaqirish;
– barkamol shaxs sifatida shakllanish zarurligi haqida eslatish;
– insoniylikni yo’qotmaslikka chaqirish.
O’qituvchilarning javobi bayonot yoki nasihat qilish xususiyatiga ega bo’lishi,

o’ta mavhum hamda ta’sirli chiqishi shart emas. Zamonaviy ta’lim muassasalarida
pedagoglarning umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib qilish tajribasi kamligidan dalolat
beradi va ushbu muammolar haqida o’ylab ko’rishga majbur etadi.

O’qituvchi mehnatidagi natijalar uning umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga

bo’lgan munosabati bilan o’lchanishi evropa olimlarining ham ilmiy tadqiqot
ishlaridan o’rin olgan. Jumladan, K. Klakxon o’qituvchining umuminsoniy
qadriyatlarga nisbatan munosabatini turkumlarga ajratib, quyidagicha ta’rif beradi:
“qadriyatlar – oshkora yoki yashiringan, individga yoki guruhga xos bo’lgan orzu istak
haqidagi tasavvuri bo’lib, ular tomonidan kasbiy faoliyat yuzasidan bajarilayotgan
mehnat turlarini, vositalarini va maqsadlarini tanlashga ta’sir ko’rsatadi”.

Pedagogik

jarayonda

o’qituvchining

umuminsoniy

qadriyatlarga

yo’naltirilganligi ham olim tomonidan keng tadqiq qilingan. U pedagogik qadriyatlarni
takomillashtirishga nisbatan quyidagi muammolar muhim ahamiyatga ega deb
ta’kidlaydi:

O’qituvchining jamiyatga xos qadriyatlarni o’zlashtirishi va targ’ib qilish

qobiliyati.

O’qituvchining o’quv–tarbiyaviy jarayonlarda umuminsoniy qadriyatlarni

samarali targ’ib etish istagi va imkoniyatlari.

Targ’ib etilayotgan umuminsoniy qadriyatlarni o’quvchi tomonidan muntazam

qabul qilinishi uchun o’qituvchining zarur shart–sharoitlarni yaratganligi.

Pedagog olimlar o’z tadqiqotlarida o’qituvchilarning umuminsoniy

qadriyatlarga munosabatini va ularni o’quvchilar ongiga etkaza olish qobiliyatlariga
qarab ikkita asosiy turga ajratib ko’rsatadilar:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

103

ISSN:3030-3613

“O’quvchi ongini rivojlantirish”ga yo’naltirilganlik: ushbu toifadagi o’qituvchi

jamiyat tomonidan belgilangan ijtimoiy axloqiy omillarga tayangan holda avvalo
o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga intiladi;

“Ta’lim jarayonida biror natijaga erishish”ga yo’naltirilganlik: Ushbu toifadagi

o’qituvchi o’quvchining faqatgina aqliy rivojlanishidan manfaatdor. O’zlashtirilgan
o’quv materialini qat’iy tekshirib boradi. Bunday yo’naltirilganlikda o’qituvchi
jamiyatning faqatgina ta’lim sohasiga nisbatan munosabatlarini bajarish bilan bog’liq
faoliyatni olib boradi. Jamiyat ta’lim tizimidagi faoliyatlardan qoniqmagan taqdirda,
ushbu turdagi o’qituvchilar mehnati ustunlik qiladi va samarali deb tan olinadi.

A.G.Zdravomo’slov va V.A.Yadov insonning umumbashariy qadriyatlarga

yo’naltirilganligini jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyatiga asoslangan
qadriyatlariga shaxsning ko’nikishi (yoki moslashuvi) deb ta’rif beradilar.

Qadriyatlar sub’ekt tomonidan idealga aylanishi mumkin. Bu holda ushbu

qadriyat – inson hayotiy pozitsiyasining o’rnatilishiga ta’sir qilishga qodir hamda
muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadli qadriyatlarga aylanadi. Ma’lum bir
maqsadga yo’naltirilmagan qadriyatlar shaxs faoliyatini boshqaruvchi vazifasini
bajarishi mumkin, bunda u individ ongida “o’z maqsadlariga erishish uchun
bo’ysunishga to’g’ri keladigan” vositali qadriyatlar sifatida namoyon bo’ladi. Ma’lum
bir maqsadga asoslangan qadriyatlar qarama–qarshi yo’nalishlarga ega bo’lsa,
ziddiyatlarga duch kelishi mumkin. Maqsadli qadriyatlar vositali qadriyatlarga
nisbatan turg’unroq, biroq vositali qadriyatlarga individuallashtirish ko’proq seziladi.

M.Rokich inson qadriyatlari tushunchasiga ikki xil ta’rif bergan: U qadriyat

deganda insonning o’z maqsadini boshqa maqsadlar bilan solishtirganida ustunligiga
ishonchi, yoki individ xulqining boshqalar xulqi bilan solishtirganda ustunligiga
ishonchini tushunadi. Shundan kelib chiqib, u insoniy qadriyatlarning ikkita turini
ajratadi: maqsadli qadriyatlar va vositali qadriyatlar. Birinchisi ideal, ikkinchisini esa
instrumental deb ataydi. Ideal qadriyatlarda individ uchun ma’lum bo’lgan hayotiy
qadriyatlarning ustuvorligi aks etadi, instrumental qadriyatlarda esa – tegishli ideal
qadriyatlarning amalga oshirilishiga olib keladigan ma’lum xulq turlarining ustuvorligi
aks etadi. M.Rokich taklif etgan qadriyatlarni tashxis qilish metodikasi keng tarqalgan.

Ko’pchilik olimlar ideal qadriyatlarni o’qituvchi pedagogik faoliyatining

mazmuni deb, ularni pedagogik qadriyatlar deb hisoblaydilar va ular qatorida
ko’pincha quyidagilarini e’tirof etadilar: xususiy nufuz, yuqori moddiy ahvol,
kreativlik, faol ijtimoiy aloqalar, o’z–o’zini rivojlantirish, muvaffaqiyatlar, ma’naviy
qoniqish, o’z individualligini saqlab qolish.

Pedagogik faoliyatda umumbashariy qadriyatlar o’qituvchining qizg’in mehnati

evaziga shakllanib boradi va quyidagi muammolar o’qituvchi uchun bugungi kunda
eng muhim ahamiyatga ega:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

104

ISSN:3030-3613

o’qituvchi mehnatida jamiyatga xos umumbashariy qadriyatlarni o’z

maqsadlarining asosi deb bilishi;

o’qituvchida mehnatida maqsadli qadriyatlarni samarali uzatish istagining

mavjudligi va imkoniyatlari;

o’quvchilar maqsadli qadriyatlarni qabul qilishi uchun o’qituvchi tomonidan

zarur shart-sharoitlarning yaratilishi.

Bunday yo’naltirilganlik mazmunida jamiyatning ta’lim sohasida olib

borayotgan islohotlari mazmuni va mohiyati ifodalangan. Shuning uchun o’qituvchi
mehnatining mohiyatida uning ma’naviy saviyasini ko’rsatadigan intellektual ong,
yuksak ma’naviyat, asriy an’analarga va umumbashariy qadriyatlarga tayanadigan,
zamonning ilg’or yutuqlaridan oziqlanadigan milliy dunyoqarash va e’tiqod kabi
mezonlar mavjud bo’lishi kerak.

O’qituvchi mehnati faolligining unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar, uning

mehnatga erkin va ijobiy munosabatda bo’lishi, pedagoglik kasbi bilan bog’liq bo’lgan
barcha mehnat turlariga qiziqishi, o’qituvchi ma’naviy dunyosining boyligi, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan munosabati va onglilik darajasi bilan ham
belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida o’qituvchilarning milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga nisbatan qiziqishlariga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda belgilangan me’yoriy qonuniyatlar tizimi
bo’lib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar etakchilik qiladi.

Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf

odatlarimiz va ularning

zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot,
do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli
qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu qadriyatlar ta’lim–tarbiya asosida yosh avlod ongiga singdiriladi.

Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar va
tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning ma’naviy
dunyosini naqadar keng ekanligini namoyon etadi. Buyuk allomalarimizning ta’lim–
tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor
asosiy o’rinda turgan. Ota

-

bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu

ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va
garovi deb bilgan.

Inson axloqi aqlga, xulqi va hatti-harakati esa ilm–fanni o’rganishga

hamda ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Allomalarning
fikrlariga ko’ra, insonparvarlik g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka
erishish, bilimli va ma’rifatli bo’lishga bog’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni
umuminsoniy qadriyat darajasida ulug’lab, jamiyatning barcha a’zolarini ilm
egallashga chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrladilar.

Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti

ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm–ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

105

ISSN:3030-3613

uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir.

“Ilmning foydasi ochko’zlik

bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur
narsalarga ega bo’lishdir”

deb yozadi alloma. (Abu Rayhon Beruniy.: O’ylar,

hikmatlar, naqllar, she’rlar. 44–bet).

Falsafiy talqinda qadriyatlar – inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga ega

bo’lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, yaxshilik kabi
barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar yig’indisidir.

Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar inson

tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi,
qiziqishi va maqsadi asosida o’zaro munosabat, o’zaro ta’sir natijasida vujudga
keladigan holatdir. Demak, qadriyatlarning mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan
izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo’lgan, amaliy
faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan, o’z shakl va mazmunida xalqning
ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madaniyatini
shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy – ruhiy hatti–harakatlar,
narsa va hodisalar majmui. (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar
tarbiyasi”. 66–bet).

Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg’u – insonparvarlik tashkil

etadi. Insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli.
Insonparvarlik xayrixohlik, g’amxo’rlik, moddiy–ma’naviy madadga intilish tuyg’usi,
iymon va vijdon doirasida mehr–muruvvat ko’rsatish (Musurmonova O.: “Ma’naviy
qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 58–bet). O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonunida yoshlar “ta’lim–tarbiyasi insonparvar, demokratik xarakterda
ekanligi” davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu
sharafli g’oyalarni amalga oshirib, yoshlarni, bilimli va aqliy jihatdan kamol
toptirishda avvalo o’qituvchining qizg’in mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda ham yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi
dolzarb vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy,
balki axloqiy va ma’naviy barkamol bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun
o’qituvchining o’zida bekamu ko’st takomillashgan, eng yuksak umuminsoniy
qadriyatlar tuyg’usi bo’lishi kerak. Bu tuyg’u, uning mukammal shakllangan
pedagogik mahorati qirralarida doimo o’z aksini topishi zarur. Inson bolasi yoshligidan
to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha umuminsoniy
qadriyatlarga ilm tufayli erishadi.

XULOSA

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning

muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi mehnat faoliyatining umuminsoniy
qadriyatlarga yo’naltirilganligiga bog’liq. Bu keng qamrovli va salmoqli omillar
asosida o’qituvchining butun umri davomida amalga oshiradigan ko’p qirrali


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

106

ISSN:3030-3613

pedagogik faoliyati mujassamlashgan. O’qituvchi o’zining qizg’in mehnat faoliyati va
kasbiy mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog’lik boy
ekanligini ta’lim-tarbiya jarayonida namoyish etadi. O’qituvchi pedagogik mahoratini
o’zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi. Ushbu mehnat natijasida inson
komil bo’lib voyaga etishi lozim, buning uchun ma’naviyat va qadriyatlar yuksalishi,
inson keng ma’nodagi ma’naviy shaxsga aylanishi kerak. O’qituvchi mehnatining
natijasi bo’lmish komil inson yuksak ma’naviyatni yaratadi va rivojlantiradi,
umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning o’quvchilar jamoasi bilan olib boradigan
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu qadriyatlar tufaylidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchiXoliqovL. ) –
Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b.

2.

Inomova K. M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» – Toshkent: Fan,
1999, – 151 b.

3.

Yo’ldoshev J. G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». – Toshkent:
O’qituvchi 1992, – 28 b.

4.

17.Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. :“O’qituvchi”,
1995.

5.

18.Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T. : “Fan”, 1994.













Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchiXoliqovL. ) –

Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b.

Inomova K. M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» – Toshkent: Fan,

, – 151 b.

Yo’ldoshev J. G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». – Toshkent:

O’qituvchi 1992, – 28 b.

17.Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T. :“O’qituvchi”,

18.Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T. : “Fan”, 1994.