T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
64
ISSN:3030-3613
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINING YUQORI O’SISH SUR’ATLARINI
TA’MINLASH JARAYONLARI
Xudayberganova Jayron Odilbek qizi
Toshkent Amaliy fanlar Universiteti, magistr
Xudoyberganovajayron@gmail.com
+998909047066
ANNOTATION
Ushbu maqolada O’zbekiston iqtisodiyotining yuqori o’sish sur’atlarini
ta’minlash jarayonlari tahlil qilinadi. Unda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish,
investitsiyalarni jalb qilish, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, eksport
salohiyatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi
yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlarning natijalari va
ularning mamlakatning barqaror taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
O’zbekiston iqtisodiyoti, iqtisodiy o’sish, investitsiyalar, sanoat
modernizatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, eksport salohiyati, kichik biznes, xususiy
tadbirkorlik, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar.
PROCESSES OF ENSURING HIGH GROWTH RATES OF THE
UZBEKISTAN ECONOMY
Khudaiberganova Jayron Odilbek qizi
University of Tashkent Applied Sciences, master
Xudoyberganovajayron@gmail.com
+998909047066
ANNOTATION
This article analyzes the processes of ensuring high growth rates of the Uzbek
economy. It focuses on such areas as maintaining macroeconomic stability, attracting
investments, modernizing industry and agriculture, increasing export potential,
supporting small business and private entrepreneurship. It also highlights the results of
economic reforms and their contribution to the sustainable development of the country.
Key words:
Economy of Uzbekistan, economic growth, investments, industrial
modernization, agriculture, export potential, small business, private entrepreneurship,
macroeconomic stability, economic reforms.
KIRISH
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
65
ISSN:3030-3613
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida barqaror va yuqori
o‘sish sur’atlariga erishish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, sanoat tarmoqlarini
diversifikatsiya qilish, investitsion muhitni yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni
joriy etish orqali iqtisodiy salohiyat izchil rivojlanmoqda. Shu bilan birga, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani modernizatsiya
qilish hamda eksportni rag‘batlantirish orqali mamlakatning xalqaro iqtisodiy
maydondagi
o‘rni
mustahkamlanmoqda.
Ushbu
maqolada
O‘zbekiston
iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash jarayonlari va ularni amalga
oshirishda muhim omillar tahlil qilinadi.[1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish jarayonlari bo‘yicha bir qator mahalliy
va xorijiy olimlar tadqiqotlar olib borgan. Xususan, iqtisodiy islohotlar, investitsion
muhitni yaxshilash, sanoat va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish masalalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqlari, O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hisobotlari, Jahon banki, Xalqaro Valyuta
Jamg‘armasi (IMF) va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kabi xalqaro tashkilotlarning
tahliliy materiallarida keng yoritilgan.[2]
Masalan, Jahon bankining 2023-yildagi "O‘zbekiston iqtisodiyoti sharhi"
hisobotida mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy liberallashtirish siyosati va uning
natijalari ijobiy baholangan. Shu bilan birga, G‘arbiy Yevropa va Osiyo
mamlakatlarida amalga oshirilgan islohot tajribalari O‘zbekiston uchun muhim
taqqoslama asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Mahalliy olimlardan A. Xolmatov, M.
Abdullayev va N. Qurbonovlarning ilmiy ishlarida iqtisodiy o‘sishning ichki omillari,
xususan, infratuzilma, ishchi kuchi sifati va institutsional muhitning o‘rni tahlil
qilingan.
Bu adabiyotlar iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,
davlat siyosatining samaradorligini baholash va kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlarni
belgilashda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur tadqiqotda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashda ta’sir ko‘rsatuvchi
asosiy omillarni aniqlash va ularning natijalarini baholash maqsad qilingan. Bunda
quyidagi metodlardan foydalanildi:
1.
Tahliliy-metodik yondashuv – O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud
statistik ma’lumotlar, rasmiy hisobotlar va xalqaro tashkilotlarning sharhlari asosida
chuqur tahlil o‘tkazildi.
2.
Taqqoslash usuli – O‘zbekiston tajribasi boshqa rivojlanayotgan davlatlar
bilan solishtirilib, o‘sishga olib keluvchi omillar aniqlab olindi.
3.
Tendensiyalarni aniqlash – So‘nggi besh yillik davrdagi iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosida iqtisodiy o‘sish dinamikasidagi tendensiyalar o‘rganildi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
66
ISSN:3030-3613
4.
Sotsiologik tahlil elementlari – Tadbirkorlar va iqtisodchilar o‘rtasida
o‘tkazilgan intervyular va ijtimoiy so‘rovlar natijalari hamda ularning iqtisodiy
jarayonlarga bo‘lgan munosabatlari tahlil qilindi.
Ushbu metodologik yondashuvlar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori
o‘sish sur’atlariga qanday omillar yordam berayotgani va bu jarayonlarni yanada
takomillashtirish yo‘llari aniqlashga harakat qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jamiyatda yuzaga kelayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa turdagi
muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishga erishishdan iboratdir. Bunday o‘sishni chuqur tahlil
qilish uchun uning asosiy omillari – ishlab chiqarishdagi qo‘shilgan ulushlar tarkibi
hamda yalpi ichki mahsulot (YaIM) o‘sishiga qo‘shilgan hissani o‘rganish zarur
hisoblanadi.
O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar orqali
iqtisodiy barqarorlikka erishilmoqda. Xususan, makroiqtisodiy va moliyaviy
muvozanat mustahkamlanmoqda, iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida muvozanat
kuchaymoqda, bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan mexanizmlar shakllanmoqda hamda
zarur infratuzilma tizimlari rivojlantirilmoqda.[3]
Iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda
bir qator strategik yo‘nalishlar ustuvorlik kasb etdi. Bular qatoriga bozor islohotlarini
tizimli tarzda amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, iqtisodiyotda
chuqur tarkibiy islohotlar olib borish, ishlab chiqarish bazasini modernizatsiya qilish,
eksportga yo‘naltirilgan yangi tarmoq va korxonalarni tashkil etish, shuningdek, kichik
biznes hamda xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan puxta
siyosatni amalga oshirish kiradi.
Bugungi kunda nafaqat YaIM hajmining ortib borayotgani, balki uning tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan takomillashayotgani ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu jarayonni chuqur tushunish uchun YaIM o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan omillar va
tarmoqlarning ulushlari asosida tahlil o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
2022 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot tarkibida eng katta ulush
xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri kelgan (41,5%). Sanoat 26,7%, qishloq, o‘rmon va
baliqchilik xo‘jaligi 25,1%, qurilish esa 6,7% ulush bilan iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlari sifatida ajralib turmoqda.
1-jadval. Yalpi ichki mahsulotning o’sishiga ta'sir ko’rsatgan omillar tahlili[4]
Tarmoqlar
Qo‘shilgan ulushlar
tarkibi, %
YaIMning
o‘sishiga
qo‘shgan hissasi, %
2021 yil
2022 yil
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
67
ISSN:3030-3613
1.
Yalpi
ichki
mahsulot
(YaIM)
100
100
2. Sanoat
27,3
26,7
3.
Qishloq,
o‘rmon
va
baliqchilik xo‘jaligi
26,5
25,1
4. Qurilish
6,6
6,7
5. Xizmatlar:
39,6
41,5
-
Savdo,
yashash
va
ovqatlanish xizmatlari
6,8
7,0
- Tashish, saqlash, axborot va
aloqa
7,0
7,0
- Boshqa xizmat tarmoqlari
25,8
27,5
6. Mahsulotlarga sof soliqlar
7,0
6,8
2-jadval. 2018–2022 yillarda aholi jon boshiga hisoblangan yalpi ichki
mahsulot[5]
№ Yil
Aholi jon boshiga YAIM (joriy
narxlarda, ming so‘m)
Aholi jon boshiga YAIMning
o‘sish sur’atlari (%)
1
2018 12 945,7
103,7
2
2019 15 863,8
104,0
3
2020 17 688,5
100,1
4
2021 21 149,2
105,3
5
2022 24 919,7
103,5
“O‘zbekiston–2030” strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishi mamlakat
iqtisodiyoti o‘sishini jadallashtirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilashga
qaratilgan bo‘lib, u 17 ta asosiy maqsadni o‘z ichiga oladi.[6]
Bu yo‘nalishda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard AQSH dollariga, jon
boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni esa 4 ming dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur maqsadlarga erishish uchun investitsiya muhiti, bank sohasini modernizatsiya
qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va “yashil iqtisodiyot”ga
o‘tish zarurati yuzaga chiqadi. Shuningdek, monopoliyalarning bozor mexanizmlariga
moslashtirilishi, xususiy sektor ulushining kengaytirilishi va tadbirkorlik faoliyatining
faollashtirilishi ham strategik vazifalar sirasiga kiradi.
2023 yilda strategiyani amalda tatbiq etish jarayonida keng ko‘lamli chora-
tadbirlar ko‘rildi. Jumladan, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni
ta'minlash va turli sohalarda islohotlarni jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
68
ISSN:3030-3613
Bular uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning poydevorini yaratishda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.
Ayniqsa, 2023 yilda qabul qilingan qarorga ko‘ra, 10 million so‘mdan ortiq
soliqqa oid huquqbuzarliklar faqat sud qarori asosida jazolanishi belgilandi. Bu
yondashuv, ayniqsa, kichik va o‘rta tadbirkorlar uchun adolatli muhit yaratishda
ahamiyatlidir. Biroqkratik to‘siqlarning bartaraf etilishi ularning huquqiy himoyasini
kuchaytiradi.[7]
2024 yil 1 yanvardan boshlab esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun
hosil sug‘urtasi mukofotining yarmi davlat tomonidan subsidiyalanadi. Bu esa iqlim
o‘zgarishidan zarar ko‘radigan fermerlar uchun moliyaviy kafolat yaratadi va
tarmoqning barqarorligini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, izlanish va rivojlanish (R&D) markazlariga qator soliq
imtiyozlari berilib, ular mol-mulk va yer soliqlarini atigi 1 foiz stavkada to‘laydilar.
Bu ularning moliyaviy yukini kamaytirib, ilmiy faoliyatni rag‘batlantiradi.
Shuningdek, ularning xodimlariga nisbatan ijtimoiy soliq stavkasi ham 1 foiz etib
belgilangan, bu esa xodimlar moliyaviy holatini yaxshilaydi.
Turizm sohasida esa 2024 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini
(QQS) to‘liq qaytarish mexanizmi joriy qilindi. Bu xorijiy sayyohlar uchun xarajatlarni
kamaytiradi va ularni O‘zbekistonda ko‘proq mablag‘ sarflashga undaydi. Shuningdek,
eksport xizmatlari uchun turoperatorlarga soliq yengilliklari berilishi bu sohada
raqobatbardoshlikni oshiradi.[8]
Transport infratuzilmasini takomillashtirish ham strategiyaning muhim
yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Xususan, mamlakatda 14 ta aviakompaniya faoliyat
yuritmoqda, ularning 11 tasi xususiy hisoblanadi. Mahalliy parvozlar sonining ortishi
ichki aloqalarni mustahkamlasa, xalqaro reyslar sonining ko‘payishi global
hamkorliklarni kengaytiradi. 2024 yildan boshlab temir yo‘l tariflarining bozor
mexanizmlari asosida belgilanishi rejalashtirilgan.
Sanoat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida charm-poyabzal va
mo‘ynachilik yo‘nalishidagi eksport qiluvchi korxonalar uchun 2025 yil 1 yanvargacha
bojxona yig‘imlaridan ozod qilish choralari belgilandi. Bu esa ularning
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida 2023 yilda amalga oshirilgan
islohotlar tadbirkorlikni rivojlantirish, turizm salohiyatini kengaytirish, transport
infratuzilmasini takomillashtirish va sanoatni modernizatsiya qilishga qaratildi. Ular
mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikka
erishish va aholi farovonligini ta'minlashda muhim o‘rin tutadi.[9]
XULOSA
O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash —
mamlakatning uzoq muddatli rivojlanishi, ijtimoiy barqarorlik va aholining
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
69
ISSN:3030-3613
farovonligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. So‘nggi yillarda olib borilgan
keng qamrovli iqtisodiy islohotlar, xususan, “O‘zbekiston–2030” strategiyasining
amaliy bosqichlari, iqtisodiyotning barcha sohalarida muhim natijalarni yuzaga
chiqarmoqda.
Yalpi ichki mahsulot hajmining barqaror o‘sib borayotgani, xizmatlar sohasi,
sanoat, qishloq xo‘jaligi va eksport salohiyatining mustahkamlanishi iqtisodiy
o‘sishning asosiy drayverlariga aylangan. Investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh
xususiy sektorni rivojlantirish, bank-moliya tizimini isloh qilish, “yashil iqtisodiyot”
va raqamli transformatsiya jarayonlari orqali barqaror va inklyuziv o‘sishga zamin
yaratilmoqda.
Shuningdek, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar uchun
qulay va shaffof muhit yaratish, ilmiy-texnologik innovatsiyalarni rag‘batlantirish va
infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi chora-tadbirlar O‘zbekiston iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va
rivojlanish strategiyalari mamlakat iqtisodiy o‘sishining yuqori sur’atlarini uzoq
muddatli istiqbolda ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu esa xalq farovonligining
yuksalishi va O‘zbekistonning global iqtisodiy maydondagi o‘rnining
mustahkamlanishini ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023).
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi
(rasmiy hujjat).
2.
Davlat statistika qo‘mitasi. (2023).
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy
holati
(2022-yil yakunlari bo‘yicha hisobot).
3.
Karimov, I. A. (1997).
Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
. Toshkent:
O‘zbekiston.
4.
Jalilov, N., & Xo‘jayev, N. (2021).
Makroiqtisodiyot asoslari
. Toshkent: “Fan va
texnologiya” nashriyoti.
5.
Xodjayev, B., & Turaev, B. (2020).
Iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlik
muammolari
. Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar universiteti
nashriyoti.
6.
"Ekonomika i sotsium" ilmiy jurnali. (2023).
O‘zbekiston iqtisodiyotining
rivojlanish istiqbollari
, №5(108)-2.
7.
UNDP Uzbekistan. (2022).
Green Economy and Sustainable Development in
Uzbekistan
. www.uz.undp.org
8.
World Bank. (2023).
Uzbekistan Economic Update – Towards Inclusive Growth
.
9.
IMF. (2022).
Republic of Uzbekistan: Staff Concluding Statement of the 2022
Article IV Mission