Mualliflar

  • Sobirova Shoira Arifjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112246

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Pedagogika psixologiya munosabat psixik jarayon ruhiy holat ta'lim - tarbiya yoshlar tarbiyasi qobiliyat xotira diqqat

Annotasiya

 
Annotatsiya: Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi 
yosh  xususiyatlari  bilan  chambarchas  bog‘liqligini  kuzatamiz.  Ruhiy  jarayonlar  va 
bola  ruhiyatidagi  o‘zgarishlar,  chunonchi,  diqqat  va  xotira  darajasi,  tafakkur 
xususiyatlari so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy 
psixologik rivojlanishga ta’luqlidir. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

210

ISSN:3030-3613

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O’QUVCHILARDA XOTIRANI

MUSTAHKAMLASHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Sobirova Shoira Arifjonovna

Andijon viloyati Buloqboshi tumani

MMTB qarashli 5-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi

yosh xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va
bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur
xususiyatlari so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy
psixologik rivojlanishga ta’luqlidir.

Kalit so'zlar

: Pedagogika, psixologiya, munosabat, psixik jarayon, ruhiy holat,

ta'lim - tarbiya,yoshlar tarbiyasi,qobiliyat,xotira, diqqat

KIRISH

Pedagogik psixologiya muammolari quyidagilar:
-Ta’lim tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola ayni davrda nimaga

ko‘p ehtiyoj sezadi -kognitiv, intelektual yoki shaxs sifatini rivojlantirishgami?

-Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi-Bolaning

pedagogik qarovsizligi muammosi

-Talimni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.
Yuqorida

keltirilgan

psixologik-pedagogik

muammolarni

hal

qilish

o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni
talab qiladi. Bu kabi muammolar oldini olish uchun quyidagi metodlardan foydalanish
mumkin. Ular: kuzatish, yozma, g‘zaki savolnomalar, eksprement va boshqalar. Bu
metodlar bolalarning yoshi va psixologik, pedgagogik muammolarga bog‘liq ravishda
qo‘llaniladi. Masalan kuzatish metodi psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali
biror maqsad asosida o‘rganish hisoblanadi. U universal metod bo‘lib, turli
vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy kuzatishdan tupdan farq qiladi. Hayotiy
kuzatish –kundalik hayotda rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi.

Kuztish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik -pedagogik kuzatish

bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:

1.Maqsadga yo‘nalganlik umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy

sifatlarini aniq namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarda
o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.

2.Rejali kuzatish boshlashdan oldin vazifalar belgilab olinishi, uning

tuzulishi ya’ni vaqti va vositalari, nimani qayd etish lozim. Kuzatishdan maqsad xulq-
atvorda topilgan kamchiliklar to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

211

ISSN:3030-3613

3.Mustaqillik-yo‘l-yo‘lakay emas mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak.Tabiiylik

kuzatishning tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi, o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi
zarurki, o‘quvchi kuzatilayotganini sezmasligi kerak.

4.Tizimlilik -tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng

o‘tkazilishi zarur

5.Obyektivlik taxminlar bilan emas, aniq fakt, harakat, o‘quvchi xulq-

atvoridagi xususiyatlarini qayd etish, shu asosda xulosa chiqarish lozim.7.Qayd etish
olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd etilishi
lozim.

Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarning maktab hayotiga ko'nikishlari , o'quv

darslariga bo'lgan munosabati biroz qiyinchilik tug'diradi. Bu jarayonda o'quvchi
tajribasi, metodlari va bilimidan ko'ra o'qituvchining o'quvchiga bo'lgan munosabati
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o'rinda, albatta, o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida
psixologik muhit muhim ahamiyat kasb etadi.

Pedagogik faoliyat pedagogik vazifalarning uzluksiz hal qilinishini bildiradi.

Ularni hal qilish - mazkur pedagogik vaziyatga, pedagogik maqsadga erishishini mos
usulini topishdir. Sababi o'qituvchi va o'quvchi e'tiborliligi, o'quv materialiga bo'lgan
munosabati, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi munosabat hamda o'quvchilar o'zi
o'rtasidagi munosabat bilan ish ko'radi. Shuning uchun bir marta va har doim
tekshirilgan maqsadga erishishi usuli bilan ishlash ko'p holda qulaydir. Har doim
muntazam ravishda maqsadga erishishi usullarini almashtirish, mazkur pedagogik
vaziyat uchun eng yaxshi usul tanlash kerak.

Biz faoliyatimiz davomida o‘quvchilarning psixologik rivojlanishi yosh

xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligini kuzatamiz. Ruhiy jarayonlar va bola
ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari
so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy psixologik
rivojlanishga ta’luqlidir. Bizning maktablarimizda ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga faqat
bilim berish bilan cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini o‘stirishni
nazarda tutgan holda olib boriladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan munosabatda bo‘lishda sabr-toqat,
vazminlik zarur. Bolaning ijodiy imkoniyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadigan

vaziyatli omillar quyidagilar:

vaqt chegarasi;

stress holati;

yuqori tashvish holati;

tezda yechim topish istagi;

muayyan echim uchun qat’iy chegaralarning mavjudligi;

oldingi muvaffaqiyatsizliklardan kelib chiqadigan ishonchsizlik;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

212

ISSN:3030-3613

qo'rquv;

Biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalashning eng muhim

nazariy va amaliy jihatlarini bilishimiz kerak. Buning uchun avvalo, quyidagi
psixologik - pedagogik muammolarni tushunib olmog‘imiz lozim:

-o‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasi;
-o‘quvchi shaxsining shakllanishi va o‘quv-mehnat faoliyati mazmuni;
-o‘quvchi shaxsi tabiatining tavsifnomasi va ijtimoiy-psixologik

xususiyatlari.

O‘quvchi shaxsining psixologik rivojlanganlik darajasini to‘la yoritish uchun biz

uning rivojlanish xususiyatlari borasida muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz
lozim.

XULOSA

Ta‘lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali va sifatli tashkil

etish,shu

jumladan,

ish

faoliyatiga

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini qo'llash orqali o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlari
samaradorligini oshirish;

O’quvchilarning qobiliyati, layoqati, qiziqishlari hamda kasb-hunarga

moyilliklari asosida to'g'ri kasb-hunar tanlashlariga ko'maklashish; turli yosh
davrlarida o'quvchilarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan
kuzatib borish, ta‘lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy
taraqqiyotida sodir bo' lishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy og'ishlarning oldini
olish;o'quvchilar ta‘lim muassasasining ijtimoiy muhitiga moslasha olmasligi
holatlarini korreksiyalash, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo'yicha tadbirlarni
tashkil etish va amalga oshirish;

Pedagogik jamoalarda sog'lom psixologik muhitni yaratish va qo'llab-

quvvatlash,jamoa a‘zolarining hissiy-emotsional holatlari, shaxslararo munosabatlar
va ziddiyatli xatti-harakatlarni korreksiyalash, ularning psixologik madaniyatini
yuksaltirish; iste‘dodli va iqtidorli o'quvchilarni aniqlash, ularning individual
psixologik,fiziologik xususiyatlari va qiziqishlarini o'rganish, qobiliyatlarini namoyon
etishlari va rivojlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish; axborot psixologik
xurujlarning xavfi, Internet jahon axborot tarmog'ining salbiy ta‘siri, yoshlar
tarbiyasiga xavf solayotgan ommaviy madaniyatning kirib kelishi holatlarining oldini
olishga qaratilgan tadbirlarni o'tkazish; pedagog xodimlar, o'quvchilar hamda ota-
onalarning psixologik-pedagogik bilimlarini oshirishga ko'maklashish, pedagog
xodimlar, ota-onalar va jamoat tashkilotlarining samarali hamkorligini ta‘minlash kabi
bir qator masalalar psixologik xizmatning asosiy vazifalari etib belgilandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

BOSHLANG’ICH

SINF

O'QUVCHILARINING

PSIXOLOGIK


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

213

ISSN:3030-3613

XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA TA’LIM TARBIYA
JARAYONINI TASHKIL ETISH,Z.Sh.Yusupova,A.Y.Temirov,236-b

2.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATINI
RIVOJLANTIRISHNING

IJTIMOIY

PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI,

Saparova Umida Bahromovna, 240243-b

3.

JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL
RESEARCH

VOLUME6

ISSUE-5

(30-May)

BOSHLANGICH

SINF

O‘QUVCHILARI BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH YO‘LLARI Madaminova
Madina Abdurasulovna Xodjayeva Gulyor Axmedova, Matyoqubova Zuhra
Yòldosh qizi, 699-b

4.

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali
268 PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA-TA`LIM TARBIYA MUAMMOLARINI
TADQIQ QILISH, Mansurova Munisa, 270-b

5.

Ziyo.net materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

BOSHLANG’ICH SINF O'QUVCHILARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLGAN HOLDA TA’LIM TARBIYA

JARAYONINI TASHKIL ETISH,Z.Sh.Yusupova,A.Y.Temirov,236-b

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI,

Saparova Umida Bahromovna, 240243-b

JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL

RESEARCH VOLUME6 ISSUE-5 (30-May) BOSHLANGICH SINF

O‘QUVCHILARI BILAN PSIXOLOGIK ISHLASH YO‘LLARI Madaminova

Madina Abdurasulovna Xodjayeva Gulyor Axmedova, Matyoqubova Zuhra

Yòldosh qizi, 699-b

SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA-TA`LIM TARBIYA MUAMMOLARINI

TADQIQ QILISH, Mansurova Munisa, 270-b

Ziyo.net materiallari