Mualliflar

  • Rahmonova Soliha Murodillo qizi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112262

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ayollar Tavrot Talmud nikoh ketuba meros huquqi “Nashim” Mishna get.

Annotasiya

Annotatsiya: Yahudiylikda ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni 
haqida o‘ziga xos qarashlarga ega. Ushbu maqolada yahudiylik diniy manbalarida 
ayollarning  huquqlari  qanday  belgilanganligi  tahlil  qilinadi.  Tavrot  va  Talmud 
asosida ayollarning oilaviy, iqtisodiy va ijtimoiy maqomi hamda ularning meros, nikoh 
va taloq borasidagi huquqlari yoritiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

132

ISSN:3030-3613

YAHUDIYLIK DINIY MANBALARIDA AYOLLAR HUQUQLARI

Rahmonova Soliha Murodillo qizi,

Dinshunoslik yo‘nalishi 4-kurs talabasi

Annotatsiya:

Yahudiylikda ayollarning huquqlari va ularning jamiyatdagi o‘rni

haqida o‘ziga xos qarashlarga ega. Ushbu maqolada yahudiylik diniy manbalarida
ayollarning huquqlari qanday belgilanganligi tahlil qilinadi. Tavrot va Talmud
asosida ayollarning oilaviy, iqtisodiy va ijtimoiy maqomi hamda ularning meros, nikoh
va taloq borasidagi huquqlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

ayollar,

Tavrot, Talmud, nikoh, ketuba, meros huquqi,

“Nashim”, Mishna, get.


Yahudiylikda ayollarning diniy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni tarixiy, madaniy va

diniy jihatlardan ko‘p qatlamli bo‘lib, u yahudiylikning asosiy yo‘nalishlari hamda
turli davrlar va jamiyatlarga qarab o‘zgarib kelgan. Yahudiylikning asosiy diniy
manbalari Tavrot va Talmudda yahudiy ayollarning muayyan huquq va majburiyatlari
belgilab o‘tilgan.

Tavrot ayollarning huquqlari, mas’uliyatlari va jamiyatdagi maqomini

belgilovchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Ularning huquqlari ko‘pincha oilaviy,
iqtisodiy, va diniy kontekstda muhokama qilinadi. Yahudiylikda muqaddas birlashma
hisoblangan nikohning asosiy maqsadi ko‘payishdir. Biroq, nikoh muqaddas va ruhiy
birlashma, shuningdek, ko‘payish maqsadiga ega

1

. Yahudiylikda nikohdan maqsad

avlodni davom ettirish va erkakka hamroh bo‘lishdir. Xotinsiz erkak turmush qurishga
da’vat qilingan, chunki u ne’mat va barakalarsiz yashaydi

2

. Biroq, nikoh asosan erkak

shaxsi orqali amalga oshirilishi ayollarning orqada qolishi haqidagi tasavvurni keltirib
chiqaradi.

Tavrotda qizlar turmush o‘rtog’ini tanlashda erkin emasligi va ular otalarining

qarorlariga bo‘ysunishlari haqida ko‘plab bayonotlar mavjud. Masalan, Yoqubning
qizi Dinani so‘raganida qizining fikrini so‘ramagani

3

va shoh Shoulning Dovudning

qizi Merabga Egamiz uchun jang qilish evaziga undan so‘ramasdan turmushga
chiqishga va’da berishi

4

misollari mavjud. Biroq, shunga qaramay, Zelofxad o‘z

qizlariga o‘zlari yoqtirgan kishiga turmushga chiqishga ruxsat bergani qizlarga
nisbatan bag’rikenglik namunasidir.

1

Asife Ünal, "Yahudilikte Evlilik Anlayışı ve Evlenme Törenleri", Uluslarası Bütün Yönleriyle Yahudilik Sempozyumu,

Dinler Tarihi Araştırmaları, Ankara, 2012, 674-675.

2

Adrienne Baker. “The Jewish Women in contemporary society” New York: New York University Press, 1993, -149

page.

3

Ibtido, 34:14-17

4

Shohlar 1, 18:17


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

133

ISSN:3030-3613

Yahudiylikda nikoh jamiyatni saqlab qolish uchun zarurdir. Yahudiy kishi

turmushga chiqmaguncha o‘z diniga to‘liq amal qila olmaydi, deb ishoniladi. Nikoh -
bu erkak va ayolning xatti-harakatlari ilohiy qonun bilan tartibga solinadigan
shartnoma. Yahudiylarning nikoh qonunlari turmush o‘rtog’ining huquqlarini nikoh
shartnomasi (ketubah) bilan ta’minlaydi. Ushbu shartnomaning maqsadi nikoh paytida
moddiy, ijtimoiy va fiziologik huquqlarni ta’minlashdir. Bu nikoh shartnomasi orqali
ajralish yoki turmush o‘rtog’i vafot etgan taqdirda, ayolning moliyaviy ahvolini
himoya qilishga qaratilgan. Ketubada ko‘rsatilgan nikoh shartnomasi ajrashgan
taqdirda ayol tomonidan talab qilinishi mumkin

5

. Yahudiylikda umumiy qoida sifatida,

yahudiylardan bo‘lmaganlarga turmushga chiqmaslik sharti bor.

Tavrotda ayollarning meros olish huquqi haqida aniq qoidalar keltirilgan. Tavrot

bo‘yicha, oilada erkaklar meros olishda birinchi o‘rinda turadi. Tavrot ayollar uchun
meros olish imkoniyatini ko‘proq istisno sifatida ko‘rib chiqadi. Bunday hollarda,
o‘g’illar yo‘qligi sharti bilan ayollarga meros huquqi beriladi. Tavrotning Sonlar
kitobida Zalofxodning qizlari haqidagi voqeada ayollarning meros olish huquqi
tasdiqlangan

6

. Agar o‘g’il farzandlar bo‘lmasa, qizlar otasining mulkini meros qilib

olishadi. Zalofxodning o‘g’illari bo‘lmagan. Ushbu voqea asosida, agar oilada o‘g’il
bo‘lmasa, meros qizlarga berilishi qonunlashtirildi. Ayollar meros huquqining shartlari
quyidagicha: Ayollar faqat o‘g’illar bo‘lmagan taqdirda meros olishi mumkin. Qizlar
merosni saqlab qolish uchun oilaning yaqin qarindoshiga turmushga chiqishi kerak edi.
Bu mulkning oilaviy nasl chizig’ida qolishini ta’minlash uchun qilingan

7

.

Tavrot beva ayollarni to‘g’ridan-to‘g’ri meros olish huquqi bilan ta’minlamaydi.

Lekin beva qolgan ayolning ta’minoti quyidagicha amalga oshiriladi: Levirat nikohi
(yibbum)ga ko‘ra, agar ayolning eri vafot etsa va ular farzandsiz bo‘lsa, ayol erining
akasi bilan turmush qurishi kerak edi. Bu nikoh orqali ayolga iqtisodiy ta’minot
kafolatlangan. Nikoh shartlariga ko‘ra, er o‘z xotinining moddiy ta’minotini
kafolatlashga majburdir

8

. Erkak o‘z xotiniga nisbatan uch asosiy majburiyatni bajarishi

kerak: moddiy ta’minot; kiyim va boshpanani ta’minlash; nikoh huquqlarini hurmat
qilish.

Yahudiylikda ayolning moddiy ta’minoti diniy majburiyat sifatida ko‘riladi va

uning oilaviy hayotdagi maqomini himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli, ayol
jamiyatda moliyaviy jihatdan mustahkam huquqlarga ega bo‘lishi uchun diniy huquqiy
tizimda aniq qoidalar ishlab chiqilgan. Taloq masalasida erkak ustunlikka ega bo‘lsa-

5

Adrienne Baker, “The Jewish Women in contemporary society” New York: New York University Press, 1993, -147

page.

6

Sonlar, 27:1–11

7

Sonlar, 36:6-9

8

Chiqish, 21:10


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

134

ISSN:3030-3613

da, ayollarning manfaatlarini himoya qilish qoidalari mavjud. Masalan, er taloq
berishda rasmiy hujjat (get) taqdim etishi shart

9

.

Talmud an’anasida xotin-qizlar, ayollarning turmush tarzi, jamiyatdagi oʻrni,

maqomi va ayolning mavqeini tartibga soluvchi qoidalar haqidagi maʼlumotlar
Mishnaning “Ayollar boʻlimi” ma’nosidagi “Nashim” hamda “Nezikin”, yaʼni
“Zararlar bo‘limi” nomli kitoblariga kiritilgan. Rabboniy adabiyoti va Talmud
olimlarning fikricha, “ayol” mavzusi Talmuddagi eng keng qamrovli mavzulardan biri
bo‘lib, batafsil ma’lumot beradi

10

.

Talmudda ayollar turlicha tilga olinadi: Yaxshi va yomon xulqli ayollarning

xususiyatlari zikr qilinar ekan, yaxshi ayollar Tavrotga oʻxshatilib, yomon xulqli
ayollar esa do‘zax kabi salbiy iboralar bilan tasvirlangan.

Talmud qonuni, ko‘p hollarda, ayollarni hayotning ba’zi sohalaridan va erkaklar

tomonidan har kuni bajarilishi kerak bo‘lgan majburiyat va mas’uliyatlardan ozod
qiladi. Biroq Talmud matnida Tavrot qoidalariga asoslanib, ayollar axloqiy jihatdan
qilishi kerak bo‘lgan va qilmasligi kerak bo‘lgan quyidagi harakatlar eslatib o‘tilgan:

a.

Tavrot va Talmud qoidalariga binoan ayol boshini yopishi kerak:

Mishnada shunday deyilgan: “Kim taqvodor yahudiy ayol hisoblanadi? Ro‘molini
ochib ko‘chaga chiqmagan ayol taqvodor ayoldir”. Bundan tashqari, Tavrot
qonunlariga ko‘ra, eri tomonidan xiyonat qilishda gumon qilingan ayolga nisbatan
shunday deyilgan: “Va u ayolning boshini ochadi”

11

. Ayol o‘z savati bilan ham boshini

yopishi mumkin, lekin diniy odatga ko‘ra, ayol boshini savat bilan yopishdan ko‘ra
jiddiy ravishda yopishi kerak.

b. Ayolga erkaklar oldida har qanday tarzda ovozini ko‘tarish, ayniqsa qo‘shiq

aytish taqiqlanadi. Ravvin Shamuel: “Ayolning ovozi avrat hisoblanadi”, dedi. Matnda
shunday deyilgan: “Ovozing shirin, yuzing maftunkor”

12

. Xuddi shunday, ravvin

Sheshet shunday degan: “Hatto ayolning sochi ham avrat hisoblanadi, chunki ular:
“Soching Gilad tog’idan tushgan echkilar suruviga o‘xshaydi”

13

.

c. Yoshidan qat’i nazar, barcha ayollarga, ayniqsa begona, o‘z jamoasidan

bo‘lmagan erkaklar bo‘lgan stolda xizmat qilish qat’iyan man etiladi.

d. Og’zaki Tavrot an’analariga ko‘ra, yahudiy ayol erini va uning oilasini hurmat

qilishi kerak. Shu darajadaki, erini va uning oilasini hurmat qilmagan ayol
yahudiylarning diniy qonunlariga rioya qilmaydigan kishi hisoblanadi:

Mishnada shunday deyilgan: “O‘z erining oilasiga hurmatsizlik qilgan va uning

huzurida la’natlagan ayol yahudiy ayollar amal qilishi kerak bo‘lgan qonunlarni

9

Qonunlar 24:1

10

Arzu Cebe, “Talmud ve İsrail Hukuk Sistemindeki Yeri”, Eylül, 2020 Kayseri. 148

11

Mishna, 5:18

12

Qo’shiqlar qo’shig’i 2:14.

13

Qo’shiqlar qo’shiqlari 4:1.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

135

ISSN:3030-3613

buzgan bo‘ladi». Ravvin Yahuda Samuilga shunday dedi: “Erining ota-onasini bolalari
oldida la’natlagan ayol yahudiylarning urf-odatlarini buzgan hisoblanadi”

14

.

Talmudga ko‘ra, nikohning asosiy shartlaridan biri erkak va ayol o‘rtasidagi

rozilikdir. Ayolning roziligisiz nikoh amalga oshirilmaydi

15

.

Ketuba nikoh shartnomasi bo‘lib, bu hujjat ayolning moliyaviy himoyasini

ta’minlaydi. Agar er xotinini taloq qilsa yoki u vafot etsa, ayolga ketubada belgilangan
mablag’ to‘lanadi. Er xotinini moddiy jihatdan ta’minlashi, oziq-ovqat, kiyim-kechak
va boshpana bilan ta’minlashi shart

16

. Shuningdek, ayollar bolalarni tarbiyalash va uy

xo‘jaligini yuritishda markaziy rol o‘ynaydilar.

Ortodoks yahudiylikda ayollarga diniy ta’lim berish masalasida muayyan

cheklovlar bo‘lgan. Ba’zi Talmud hukmlariga ko‘ra, ayollarga Tavrotni o‘qish tavsiya
etilmagan (Sotah 21b). Ammo bu fikr har doim qat’iy bo‘lmagan va zamonaviy
yo‘nalishlarda ayollar diniy bilim olish imkoniyatiga ega.

Ayollar nikohdan oldin o‘z mol-mulklariga egalik qilish huquqiga ega.

Nikohdan keyin ham ma’lum sharoitlarda mol-mulk ustidan huquqlarini saqlab
qolishlari mumkin (Ketubot 83a). Talmudda taloq tashabbusi erkak tomonidan amalga
oshirilgan bo‘lsa-da, ayol ham ba’zi hollarda taloqni talab qilish huquqiga ega (Gittin
88b).

Talmudda ayollarni hurmat qilish va ularning sha’ni uchun javobgarlik borasida

ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud. Er xotiniga nisbatan mehribon va hurmatli bo‘lishi
kerakligi ta’kidlanadi (Yevamot 62b).

Xulosa qilib aytganda, yahudiylikda ayollarning huquqlari ko‘plab diniy va

ijtimoiy kontekstlarda belgilangan bo‘lib, yahudiylikning asosiy manbalari – Tavrot va
Talmud ayollar huquqini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayollar oilaviy
hayotda va jamiyatda muhim rol o‘ynaydi. Tavrot va Talmud matnlar orqali ayollarga
berilgan huquqlar, masalan, ta’lim olish, mulk egaligi va nikohdagi o‘rni kabi jihatlar
ko‘rib chiqildi. Ushbu manbalarda ayollarga nisbatan muayyan huquqiy cheklovlar
mavjud bo‘lsa-da, bu cheklovlar o‘sha davr ijtimoiy sharoitlari va patriarxal tuzum
bilan chambarchas bog‘liq. Ammo vaqt o‘tishi bilan bu qarashlar yumshatilgan va
modernizatsiya jarayonida yangi talqinlar yuzaga kelgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Muqaddas Kitob. – T.: Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2018.

2.

Asife Ünal, “Yahudilikte Evlilik Anlayışı ve Evlenme Törenleri”, Uluslarası Bütün
Yönleriyle Yahudilik Sempozyumu, Dinler Tarihi Araştırmaları, Ankara, 2012,
673-693.

14

Arzu Cebe, “Talmud ve İsrail Hukuk Sistemindeki Yeri”, Eylül, 2020 Kayseri. 151-153.

15

Kidushin, -B

2.

16

Ketubot, -B 47.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

136

ISSN:3030-3613

3.

Adrienne Baker. “The Jewish Women in contemporary society” New York: New
York University Press, 1993.

4.

Arzu Cebe, “Talmud ve İsrail Hukuk Sistemindeki Yeri”, Eylül, 2020 Kayseri.

5.

Prof. Dr. Mehmet Görmez. Yaşayan dünya dınları. –Ankara: “Diyanet İşleri
Başkanlığı”, 2007.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Muqaddas Kitob. – T.: Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2018.

Asife Ünal, “Yahudilikte Evlilik Anlayışı ve Evlenme Törenleri”, Uluslarası Bütün

Yönleriyle Yahudilik Sempozyumu, Dinler Tarihi Araştırmaları, Ankara, 2012,

-693.

Adrienne Baker. “The Jewish Women in contemporary society” New York: New

York University Press, 1993.

Arzu Cebe, “Talmud ve İsrail Hukuk Sistemindeki Yeri”, Eylül, 2020 Kayseri.

Prof. Dr. Mehmet Görmez. Yaşayan dünya dınları. –Ankara: “Diyanet İşleri

Başkanlığı”, 2007.