Mualliflar

  • No‘monov Iftixorjon Iqboljon og’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112264

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Musiqa kompozitor bastakor estrada opera balet simfoniya oratoriya kantata musiqali drama suita poema

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘zbek  zamonaviy  musiqasi,  O‘zbekistonga 
kompozitorlik  va  bastakorlik  ijodining  kirib  kelishi  hamda  o‘zbek  kompozitor  va 
bastakorlari ijodi haqidagi malumotlar fikr mulohazalar yoritilib berilgan 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

316

ISSN:3030-3613

KOMPOZITORLIK VA BASTAKORLIK IJODIGA BIR NAZAR

Andijon davlat universiteti

Sport va san’at fakulteti

Musiqa san’ati kafedrasi

Vokal ijrochiligi yo‘nalishi o‘qituvchisi

No‘monov Iftixorjon Iqboljon og’li

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek zamonaviy musiqasi, O‘zbekistonga

kompozitorlik va bastakorlik ijodining kirib kelishi hamda o‘zbek kompozitor va
bastakorlari ijodi haqidagi malumotlar fikr mulohazalar yoritilib berilgan

Аннотации:

В статье представлена информация и мнения о современной

узбекской музыке, о введении композиции и композиторского творчества в
Узбекистан, а также о творчестве узбекских композиторов и композиторов.

Annotation:

This article provides information and opinions on Uzbek

contemporary music, the introduction of composition and compositional creativity to
Uzbekistan, and the work of Uzbek composers and composers.

Kalit so‘zlar:

Musiqa, kompozitor,bastakor, estrada, opera, balet, simfoniya,

oratoriya, kantata, musiqali drama, suita, poema

Ключевые слова:

Музыка, композитор, композитор, эстрада, опера,

балет, симфония, оратория, кантата, музыкальная драма, сюита, стихотворение

Keywords:

Music, composer, variety, opera, ballet, symphony, oratorio,

cantata, musical drama, suite, poem

O‘zbek millatining ma’naviy go‘zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuy-
ohanglarida o‘zining ajoyib va betakror, badiiy aksini topib kelmoqda. Binobarin,
milliy musiqa ko‘p asrlar davomida shakllangan ajdodlarimiz boy ma’naviyatining
sadolardagi jonli ifodasi bo‘lib, bugungi kunda yangi, buyuk davlat bunyodkori
bo‘lmish xalqimizning ruhi, quvvati va jon ozig‘i bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbek
musiqasi janr jihatidan xilma-xil bo‘lib, ular oddiy hamda murakkab asarlarni o‘z
ichiga oladi. O‘zbek xalq ijodiyoti, an’anaviy bastakorlik va zamonaviy kompozitorlik
ijodiga mansub musiqiy 117 namunalar fikrimizning yaqqol dalili bo‘la oladi.
Zamonaviy o‘zbek musiqasi va kompozitorlik ijodi xalq orasida ommalashib o‘zbek
musiqasining jahon arenalariga chiqishiga, undan munosib joy olishiga xizmat qildi.
O‘tgan yillar davomida jahon musiqa pillapoyalaridan joy olgan opera, balet,
simfoniya, oratoriya, kantata, musiqali drama, suita, poema janrlarida yetuk asarlar
yaratildi. Qisqa muddatda qator kompozitorlar jahonga tanildilar. Ulardan Muxtor
Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Sobir Boboyev, Sulaymon Yudakov, Mutal Burhonov,
Rustam Abdullayev, Mustafo Bafoyev, Sayfi Jalil, Avaz Mansurov, Aleksey


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

317

ISSN:3030-3613

Kozlovskiy, Ikrom Akbarov, Ulug‘bek Musayev, Mirsodiq Tojiyev, To‘lqin
Qurbonov, Mirxalil Mahmudov, Rashid Hamroyev, Georgiy Mushel, Nuriddin
G‘iyosovlar o‘z ijodlari bilan jahon sahnalariga chiqdilar. Zamonaviy musiqa
tushunchasi nafaqat ko‘p ovozli musiqa janrlariga tegishli bo‘libgina qolmay, yangi
avlodga mos yangicha yo‘llar bilan rivojlanib borayotgan an’anaviy bastakorlik
ijodiyotiga ham taalluqlidir. O‘zbekistonda 1970-yillarning boshida kopozitorlik ijodi
bilan bir qatorda bastakorlarning yangi avlodi shakllana boshladi va ularning ijod
mahsullari o‘zbek musiqa merosi repertuarlarini boyita boshladi. Bastakorlardan
Orifxon Hotamov, Baxtiyor Aliyev, Qahramon Komilov, Abduhoshim Ismoilov,
O‘lmas Rasulov, Tursunboy Jo‘rayev, Ahmadjon Dadayevlar milliy musiqiy
merosimiz rivojiga salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Ushbu yangi avlod musiqiy
tafakkuriga asoslangan ijodning negizida keksa avlod xalq bastakorlarining an’analari,
mumtoz musiqa merosining shakl-u shamoyillari va zamon ta’limining belgilari
ko‘rina boshladi. Natijada ijrochilik amaliyoti yangi zamonaviy asarlar bilan boyidi.
An’anaviy yo‘nalishda samarali ijod qilib kelayotgan bastakorlardan Abduhoshim
Ismoilov va O‘lmas Rasulovlarning ijodi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Abduhoshim Ismoilov ijodining kamolotida maqomlarga xos xususiyatlar kasb
etganligini kuzatish mumkin. XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida Abduhoshim
Ismoilovning ijodida ashula janriga katta e’tibor qaratildi. Ashula ijodiyotida
bastakorning eng katta yutug‘i aynan maqom tafakkuriga tayanishida, maqom
yo‘llarining shakl tamoyillariga asoslanishida hamda eng muhimi, kuy va so‘zning
ma’nolar kesimidagi uyg‘unlikka erishidadir. Musiqa ijodiyotidagi nuqtalarning
birikish markazi ham aynan mana shu jihatlar bilan xarakterlanadi. Uch jarayonning,
ya’ni so‘z, kuy va talqinnning mutanosibligi bastakor yozgan asarlarning
umrboqiyligini ta’minlab berdi. Bastakorning “Nasib bo‘lg‘ay”, 118 “Sarvinoz”,
“Xasta ko‘nglim”, “Hamroz qil”, “Taraxxum qilmadi”, “Yor emas”, “Yorima ayting”,
“Yorsan”, “Osmonda ham yo‘q”, “Munavvar qil” – “Ey, do‘st”, “Unutma”, “Hay-hay”,
”Janon ko‘zingga” kabi asarlari xalqimizning qalbidan joy olib ulgurdi. Zamonaviy
o‘zbek bastakorligining yorqin namoyandasi, mohir sozanda va xonanda O‘zbekiston
xalq artisti O‘lmas Rasulov musiqa ijodiyotining ushbu jabhasida o‘ziga xos ijod
qilganligi va uning sozandalik amallariga uyg‘un holda yaratgan asarlarini e’tirof etish
lozim. Ijodiy faoliyati davomida “Tahayyul”, “Xayol”, “Karashma”, “Diydor”, “Seni
eslab”, “Dil mavji”, “Visol”, “Tasavvur”, “Hijron”, “Dil tasnifi”, “Kamon ufori”,
“Oypalak” kabi bir qator cholg‘u kuylarini yaratib, bastakorlik ijodi yo‘nalishiga o‘z
hissasini qo‘shib kelmoqda. Ahmadjon Dadayev ijodi negizida o‘zbek xalq mumtoz
musiqa an’analarining zamonaviyligi va ko‘p jihatliliklari yotadi. U yaratgan asarlar
zamonaviy ijrochilik amaliyotida keng ommalashgan deyish mumkin. Bastakor
Ahmadjon Dadayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, mohir sozanda, xushovoz
xonanda. Uning ijodida “Mehnat bilan”, “Rubobim torli ikkidur”, “Vafo qilarmisan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

318

ISSN:3030-3613

bahorim”, “Seni kutgayman”, ”Dutorim” va “O‘zbekistonim yaxshidir”, “Gavharim”,
“Eslarman seni” kabi asarlar yaratildi va tinglovchilar e’tiboriga havola etildi. O‘zbek
milliy estrada musiqasining asoschisi, shoir, rassom, dramaturg, rejissyor va mohir
xonanda Botir Zokirov muntazam ravishda o‘zbek milliy estrada san’ati rivoji yo‘lida
izlanishlar olib bordi. Ijodiy izlanishlar jarayonida rus, xorijiy va Sharq estrada
qo‘shiqlarini o‘zbek milliy yo‘nalishiga uyg‘unlashtirib, yangi qiyofa topishga
muyassar bo‘ldi. Uning amalga oshirgan ijodiy ishlari keyinchalik o‘zbek
estradasining mumtoz andozasi bo‘lib qoldi. “Arab tangosi”, “Habiba”, “Qochoq qiz”
kabi qo‘shiqlari bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Botir Zokirov bu qo‘shiqlari bilan
O‘zbekistonni butun dunyoga tanitdi. Ayniqsa, “Ra’no”, “Maftun bo‘ldim” kabi
qo‘shiqlari bilan o‘zbek estradasida o‘chmas iz qoldirdi. Botir Zokirov yosh
iste’dodlarni izlashda, ularga yo‘l ko‘rsatishda mehnatini ayamadi. Uning mehnatlari
samarasi o‘laroq, juda ko‘p iste’dodlar kashf etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish

chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. PF-
6000-son 26.05.2020.

2.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. I jild: Bastakor. – T., 2000.

3.

O‘zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. – T., 2004

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirish

chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. PF-

-son 26.05.2020.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. I jild: Bastakor. – T., 2000.

O‘zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. – T., 2004