T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
301
ISSN:3030-3613
YOSHLARNING ADDIKTIV XULQ-ATVORGA QARAMLILIK
DARAJASINI ANIQLASH HAMDA KORREKSIYA QILISH
Kungirova Shoira Sharibbayevna
Namangan viloyati Kosonsoy tumani MMTB
qarashli 23-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi zamonaviy jamiyatning dolzarb
vazifalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, profilaktika ishlarining
samaradorligi birgina ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bilan cheklanmasdan, balki
shaxsning psixologik himoya mexanizmlarini kuchaytirish, oilani mustahkamlash va
sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratishga qaratilgan kompleks yondashuvni talab etadi.
Kalit so‘zlar:
addiktiv xulq-atvor, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, oilaviy
profilaktika, ijtimoiy kompetensiya, ruhiy rivojlanish,psixik jarayonlar, ruhiyat,
agressiya, korreksiya
KIRISH
Agar biror obyektga bog‘liqlik juda kuchli bo‘lmasa, shaxs sog‘ligi va ijtimoiy
mavqeiga katta xavf solmasa, uning me’yoriy xulqini buzmasa, buni oddiy yomon odat
deb atash mumkin.Tobelik (addiktiv) xulqi qaysi obyektga berilganligiga bog‘lik holda
ko‘plab turlarga bo‘linadi.
Hayotda eng ko‘p tarqalgan qaramlik obyektlari bu psixoaktiv moddalardir
(yashirin va yashirin bo‘lmagan giyohvandlik moddalari), qimor o‘yinlari, shirinliklar,
shahvoniylik, diniy guruhlar hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda kompyuterga qaramlik
ham juda tez tarqalmoqda. Har qanday bog‘liqlikda odamning tabiiy ehtiyojlari
yotadi. Lekin, muayyan sharoitlarda ba’zi obyektlar shaxs uchun hayotiy muhim
obyektlarga aylanishi, ularga bo‘lgan ehtiyoj
esa kuchayib nazoratdan
chiqib
ketishi
mumkin. Tobelik xulqining turli shakllari bir-biri bilan
tutashishi yoki biri-biriga o‘tishi mumkin, chunki o‘z faoliyati umumiy mexanizmiga
ega bo‘ladi. Masalan, o‘taketgan kashanda, sigaretlardan voz kechsa, doimiy ravishda
ovqat yegisi keladi. Geroinga qaram bo‘lgan odam, uni qabul qilishni to‘xtatsa,
alkogolli
ichimliklarga
berilib
ketishi
mumkin.
Tobelikning
psixologik
mexanizmlarining o‘xshashligi shundaki, ularda o‘z ruhiy va jismoniy holatini suniy
ravishda o‘zgartirib, real hayotdan qochishga intilish holatlari yuzaga keladi.
Tanlangan vositadan qatiy nazar addiktiv xulqning maqsadi, bu oddiy hayotdan,
zerikishdan, yolg‘izlikdan, hayot qiyinchiliklaridan qochishdir. Bu bo‘shashish va
kuchli ijobiy hissiyotlarni boshdan kechirish holatida ifodalanadi. Barcha qaramlilik
vositalari, ayniqsa, giyohvandlik moddalari, muayyan vaqtga ijobiy hissiyotlarni paydo
qilish (hursandchilik, baxtiyorlik, rohat, ruhiy va jismoniy qulaylikni sezish) yoki
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
302
ISSN:3030-3613
salbiy hissiyotlarni bartaraf etish (xavotirni, xafalikni, aybdorlik hissini, zerikishni,
yetishmovchilikni unutish) xususiyatiga ega. Tobelik xulqi deb, shunday holatda
aytiladiki, unda odam qayta-qayta qandaydir qoniqishni kutib, bir xil usul tutadi.
Addiktiv xulq birdaniga paydo bo‘lmaydi. U qaramlikni beto‘xtov shakllantirish
va rivojlantirish jarayonidir. Bu giyohvandlik misolida juda yaxshi kuzatiladi. U ruhiy
(psixologik) holatni yaxshilaydigan giyohvandlik moda bilan tanishishdan boshlanadi.
Ijobiy hissiyotlarni olish, kelgusi giyohvandlik moddalariga qaramlilik obyekti bilan
qayta uchrashishga undaydi, ular tez-tez qaytariladi va oxir oqibat muntazam
faoliyatga aylanadi. Bu mazkur giyohvandlik moddasini nihoyatda qadrlash
munosabatini paydo qiladi. U esa uy-fikrlar, esdaliklar, xayollar o‘rnini egallaydi,
mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarga tanqidiy qarash munosabatni kamaytiradi. Odam
o‘zining bog‘liqligini oqlash va himoyalashni boshlaydi, bu moddani ortiqcha ishlatish
zarari to‘g‘risidagi axborotga ishonchsizlik bilan qaraydi. Oldingi qadriyatlar va
qiziqishlar o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Giyohvandlik moddaga intilishi shunchalik
kuchli bo‘ladiki, odam bu yo‘lda har qanday to‘siqlarni yengishga qodir bo‘ladi. Shu
bilan birga, u o‘z qaramligini tan olgisi kelmaydi, bu esa unga yordam berishni
qiyinlashtiradi va atrofdagilar bilan munosabatlarni murakkablashtiradi. Ijtimoiy
moslanishdan chiqish belgilari ko‘payib boradi.
Addiktiv xulq rivojlanishining quyidagicha izchil zanjirini tuzish mumkin: tatib
ko‘rish, goh-goh iste’mol qilish – muntazam iste’mol qilish,ruhiy qaramlik jismoniy
qaramlik.Bunday xulq yaqqol o‘zini buzib boruvchi xarakterga ega. Zero, u so‘zsiz
organizm va shaxs buzilishiga olib keladi. Uning shakllanishiga qator psixologik va
ijtimoiy omillar ta’sir etadi.
Azal-azaldan tobе axloqning turli shakllarini piyonistalik, ortiqcha yеyish, azart
o’yinlar va boshqai shqibozlikni nazarda tutgancha zararli yoki yakson etuvchi odatlar
dеb ataganlar. Zamonaviy tibbiy adabiyotlarda patologik odatlar dеgan atama kеng
ishlatiladi. Bog’lanib qolish tushunchasi tibbiyotdan o`zlashtirilgan, hozirgi vaqtda
nisbatan yangi va ommaviy atama hisoblanadi.
Tobеlik atamasi ostida kеng ma'noda “kimgadir yoki lazzat olish yoxud
moslashish maqsadida nimagadir suyanishga intilish” tushuniladi. Barcha odamlar
ovqat, suv, havo kabi hayotiy muhim obyektlarga “me’yoriy” tobelikni his qiladilar.
Ko’pchilik odamlar ota – onalari, do’stlari, turmush o’rtoqlariga sog’lom bog’lanib
qolishni sezadilar. Biz yuqorida aytayotgan tobelik esa bu psixik holatni o’zgartirish
maqsadidaqandaydir modda yoki o’ziga xos faollikni iste’mol qilishga psixologik yoki
jismoniy tobelik bilan bog’liq axloq, lazzat olish yoki moslashish maqsadida kimgadir
yoki nimagadir suyanishga kuchli intilish. Agar bu tushunchaning tarixiy ildiziga
murajaat qilsak, unda addictus – qarzi tufayli bog’langan shaxs (qarzi tufayli qullikka
hukm qilingan), o’tmishda ingliz zodagonlari dehqonlarga yil boshida katta qarz berib
yil bo’yi ularga to qarzini uzgunicha hukmronlik qilib, tayziq o’tkazishgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
303
ISSN:3030-3613
Berilgan ma’lumotlarga muvofiq tobe axloqning quidagi shakllari bor: Kimyoviy
bogliqlik (chekish, taksikomaniya,giyohga muxtojlik, dorilarga muxtojlik,
ichkilikka bog’liqlik);
Ovqatlanish axloqining buzulishi (ko’p yeyish, ochlik. Taomlardan voz
kechish);
Geymbling – o’yinga tobelik (kompyuterga bog’lanib qolish, azart o’yinlar);
Jinsiy
addiksiya (zoofiliya, fetishism,vuayerizm,
nekrofiliya,
sadomazoxizm)
Hayot tarzi o’zgarishi bo’yicha odamlarda tobe axloqning yangi shakllari paydo
bo’ladi, masalan, bugungi kunda kompyuterga tobelik juda tez tarqalmoqda va ayni
paytda ba’zi shakllar deviantlik yorlig’ini yo’qotmoqda. Misol uchun yevropada
birjinsli insonlarning nikohlanishiga ruhsat berilishi xaddan tashqari kofe ichish va
shirinlik yeyishga tobelik. Bunday jarayonlarga yevropaliklar normal holat darajasida
qarashadi. Internet sahifalarida amerikalik siyosatshunos olim Pakrik Byukenenning
“Smert Zapada” nomli kitobi paydo bo’li. E’tiborga molik jihati shuki, katta hajmdagi
kitobning so’z boshidayoq muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador
bo’lgan voqealarni, “G’arbning taqdirini” jamiyat ma’naviyatidagi inqirozlarga,
jumladan, oila va nikoh, tug’ilish va o’lim tahliliga bag’ishlagan.
Byukenenning fikricha sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda
odamlarning birdan boyib ketishi, to’kin hayotga erishishga bo’lgan egoistik intilishi
ularni asl qadryatlarga, jumladan, oila va nikoh, yoshlar tarbiyasiga bo’lgan
munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu gedonistik psixologiyani asosi
hisoblanib, uning oqibati jamiyatda qator muammolarni keltirib chiqarayotganligini
e’tirof etadi. Gedonizm – Shaxs va unung xulq – atvor motivlarida faqat nimadandir
lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan holi bo’lishga intilishdir.
To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon hayotga intilishi, boy – badavlat yashashni
xohlagani ayb emas, lekin bunday to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin
emas.
Addiktiv xulq-atvor muammosi bugungi kunda jiddiy ijtimoiy-tibbiy va
psixologik muammo hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatda kimyoviy (alkogol, narkotik
moddalar), shuningdek noodatiy
(internet-addiktsiya,
o‘yin-addiktsiya)
bog‘liqliklarning tarqalishi oshmoqda. Bu muammoning dolzarbligi ayniqsa yoshlar va
o‘smirlar orasida yuqori bo‘lib, ular turli xil addiktiv holatlarning ta’siriga eng ko‘p
moyil guruh hisoblanadi.
Addiktiv xulq-atvorning asosiy sabablari
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, addiktiv xulq-atvor shakllanishining asosiy sabablari
quyidagilar:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
304
ISSN:3030-3613
1.
Shaxsiy-psixologik omillar (past o‘zini o‘zi baholash, stress holatlarini
boshqara olmaslik, xavotirlilik darajasining yuqoriligi)
2.
Oilaviy omillar (notinch oila muhiti, ota-onalar tomonidan e’tiborsizlik,
oilada addiktiv xulq-atvor namunalarining mavjudligi)
3.
Ijtimoiy-madaniy omillar (tengdoshlar bosimi, salbiy ijtimoiy muhit
ta’siri, addiktiv xulq-atvorni romantiklashtiruvchi madaniy kontekst)
4.
Biologik omillar (genetik moyillik, markaziy asab tizimining
xususiyatlari) Samarali profilaktika strategiyalari
Olib borilgan
tadqiqot
addiktiv
xulq-atvor profilaktikasida
kompleks yondashuvning muhimligini tasdiqladi. Profilaktika ishlari samaradorligini
oshirish uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1.
Profilaktika dasturlarini ishlab
chiqishda yosh va
ijtimoiy-
madaniy xususiyatlarni hisobga olish
2.
Barcha manfaatdor tomonlarni (ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash
organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat tashkilotlar) jalb qilgan holda
tarmoqlararo hamkorlikni kuchaytirish
3.
Profilaktika
dasturlarini
amalga
oshirishda
zamonaviy
axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish
4.
Yuqori xavf guruhlariga kiruvchi shaxslarni erta aniqlash tizimini
takomillashtirish
5.
Profilaktika dasturlarining samaradorligini baholash uchun ilmiy
asoslangan mezonlarni ishlab chiqish
XULOSA
Qo‘shimcha ravishda, zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish
profilaktika dasturlarining qamrovini kengaytirish va ularning maqsadli auditoriyaga
ta’sirini oshirish imkonini beradi. Kelgusidagi tadqiqotlar turli yosh va ijtimoiy
guruhlarda addiktiv xulq-atvor profilaktikasining differensial strategiyalarini ishlab
chiqishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Karimov B.A. (2022). O‘zbekistonda addiktiv xulq-atvor profilaktikasi:
muammolar va yechimlar. Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali, 18(3), 112-125.
2.
Sultanov A.I. (2024). Addiktiv xulq-atvorning tipologiyasi va diagnostikasi.
Toshkent: "Fan" nashriyoti.
3.
Adams, J. K., & Smith, T. P. (2023). Modern approaches to addiction prevention.
Journal of Clinical Psychology, 85(4), 412-428.
4.
Chen, L., Wang, X., & Johnson, K. (2021). Family-based interventions for
preventing addictive behaviors: A meta-analysis. Preventive Medicine, 152, 106-
118.
5.
Internet materiallari