Mualliflar

  • Xasanov Husniddin

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112271

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: Hukmiy hadis sahih hasan zaif mavzu fuqaholar amali mustaxrajot abvob al-ilal.

Annotasiya

Annotasiya: Maqolada imom Termiziyning qisqacha tarjima holi, ta'lim olgan 
ustoz  va  safar  qilgan  yurtlari,  yozgan  asarlari,  asarlari  ichidan  “Sunan”  asarining 
boshqa sunan asarlardan uslubi, hadislarni keltirish tartibi, ahkomlar boyon qilinish 
jihatidan oʻziga xos jihatlari. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

277

ISSN:3030-3613

IMOM TERMIZIYNING “SUNAN” NOMLI ASARINING OʻZIGA

XOS JIHATLARI.

SPECIAL ASPECTS OF IMAM TERMIZI'S “SUNAN”

Xasanov Husniddin

Toshkent shahar Imom Buxoriy nomidagi

islom instituti 1-kurs magstiranti Zarqaynar koʻchasi,

Husniddinxasanov160@gmail.com

+998913669616

Annotasiya:

Maqolada imom Termiziyning qisqacha tarjima holi, ta'lim olgan

ustoz va safar qilgan yurtlari, yozgan asarlari, asarlari ichidan “Sunan” asarining
boshqa sunan asarlardan uslubi, hadislarni keltirish tartibi, ahkomlar boyon qilinish
jihatidan oʻziga xos jihatlari.

Kalit soʻzlar:

Hukmiy hadis, sahih, hasan, zaif, mavzu, fuqaholar amali,

mustaxrajot, abvob, al-ilal.

Keywords:

Judgmental hadith, Sahih, Hasan, Zaif, Topic, Mustahrajam,

Abwab, Al-Ilal.

Ключевые слова:

Судебный хадис, Сахих, Хасан, заиф, Тема,

Мустахраджам, Абваб, Аль-Дэл

KIRISH

Yurtimiz tarixiga nazar solinsa, uning maʼnaviy hayotida buyuk allomalarning

hayot yoʻllari va yozgan asarlari muhim oʻrin tutganligiga guvoh boʻlinadi. Jahonga
mashhur allomalarning Markaziy Osiyodan yetishib chiqqanligi bunga yorqin dalildir.
Xususan, ularning asarlari butun dunyo mamlakatlari ilm-fanida dasturi amal boʻlib
xizmat qilayotganligi sababli allomalarning jahon ilm-fan sivilizatsiyasi rivojida tutgan
oʻrniga yuqori baho berilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Imom Buxoriy va Burhoniddin Margʻiloniy, Iso
Termiziy va Hakim Termiziylar, Mahmud Zamaxshariy va Qaffol Shoshiy, Bahouddin
Naqshband va Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy va Ahmad Fargʻoniy, Abu
Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va Alisher Navoiy kabi koʻplab
daholar nomi jahon sivilizatsiyasi tarixida oltin harflar bilan bitilgan.

Mintaqamizdan yetishib chiqqan Imom Termiziyning hayoti, ijodiy va ilmiy

faoliyati davrida yaratgan asarlari, moʻtabar asari “Sunani Termiziy” ning boshqa
asarlardan oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumotlarni oʻrganish tariximizning
oʻrganilmagan sahifalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

278

ISSN:3030-3613

Imom, hofiz, muhaddis Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Musa ibn

Zohhak al-Bug‘iy as-Sulamiy at-Termiziydir

. U kishi “Abu Iso” degan kunyasi bilan

mashur boʻlgan

1

.

Imom Termiziy hijriy 209-yili tug‘ilib, 279-yil dushanba kuni, rajab oyining

13-kuni Termizda vafot etgan. Ba’zilar ismlaridan keyin “zarir” deb ham qoʻshib
qoʻyadi. “Zarir” degani koʻzi ojiz degan ma’noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida
koʻzlari koʻrmay qolgan. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki ilmni
ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob
qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa,
hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish
uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Koʻp yillar Iroq, Isfahon, Xuroson,
Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat ilmi,
bayon, fiqh, tarix, ayniqsa oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha davrning
yirik olimlaridan taʼlim olgan. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom
Muslim, Imom Abu Dovud , Qutayba ibn Said, Isʼhoq ibn Muso, Mahmud ibn Gʻaylon
va boshqalar uning ustozlari boʻlgan.

Imom Termiziy koʻplab kitoblar tasnif qilgan boʻlib, ulardan juda oz qismi

saqlanib qolgan.

1. Hadislardagi illatlar haqida, Al-Ilal al-Kabiyr.
2. Al-Ilal as-Sogʻir.
3. “Paygʻambar alayhissalomning shakl va sifatlari” (“Ash-Shamoil an-

nabaviya” yoki “Ash-Shamoil an-nabiy sallallohu alayhi va sallam”),

4. “Zohidlik kitobi” (“Kitob uz-zuhd”),
5. Kitob at-Tarix
6. “Ismlar va kunyalar kitobi” (“Kitob ul-asmo val-kuno”)
7. “Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola” (“Risola fil-xilof val-jadval”)
8. Al-Jomeʼ yoki as-Sunan

2

.

Sunani Termiziyning toʻliq nomi “Al-Jomeʼ al-Muxtasar min as-Sunan an

Rosululloh va maʼrifatu as-Sahih val- maʼlul vamaa alayhi al-amal” bu kitob hadis
ilmi borasida oltita moʻtabar kitoblarning biri hisoblanadi. Imom Termiziy bu kitobida
Abu Dovud (rohimahulloh) kabi hukmiy hadislarni jamlagan. Imom Termiziy
kitoblarida zaif hadislardan sahih hadisni bayon qilib o‘tgan. Hadislarni keltirgandan
soʻng uning illatini ham aytib oʻtgan. Hofiz Shamsiddin az-Zahabiy (rohimahulloh)
ning yozishlaricha, Imom at-Termiziy (rohimahulloh) mazkur asarini yozgandan keyin
uni Xuroson, Hijoz, Misr va Shom ulamolariga taqdim qilib, ularning fikrlarini
olganlar. Dunyoning oʻsha davrdagi mashhur muhaddislari ushbu toʻplamni maqbul

1

Doktor Tohir Azhariy. Madxal ila Jome’ at-Termiziy. Quvayt: Maktaba Shuun al-Fanniyaa, 2007. – B. 17.

2

Aby Iyo Muhammad ibn Iyso ibn Savra. Sunan at-Termiziy. Muassasa Risola Noshir, 2018.– B. 27


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

279

ISSN:3030-3613

sanab, uni olamga tarqatishga ijozat berganlar. Shuning uchun ham Abu Iso at-
Termiziy (rohimahulloh) ning oʻzlari mazkur kitobi toʻgʻrisida iftixor qilib shunday
deganlar:

مَّلَكَتَي ٌّيِبَن ِهِتيَب ىِف َّنأَكَف ُعِماَجلا ىِنْعَي ُباتِكلا اذَه ِهِتيَب ىِف َناَك ْنَم َو

3

“Kimning uyida ushbu kitob, ya’ni “Jome’ as-Sunan” boʻlsa, xuddi uning uyida

Paygʻambar gapirayotgandek boʻladi!”

Imom Termiziy kitoblarini bayon qilib: “

Men kitobimda baʼzi fuqaholar amal

qilgan hadislarni keltirdim

”- deb aytadilar. Buni kitoblarini nomida ham bayon qilib

oʻtganlar.

Hofiz Abu Fazl Muhammad ibn Tohir al-Maqdisiy (rohimahulloh) shunday deb

aytadilar: “

Imom Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad al-Ansoriydan eshitdim, u

kishining oldilarida Abu Iso at-Termiziy va uning kitoblari zikr qilindi, shunda: Uning
kitobi men uchun Buxoriy va Muslimning kitobidan manfaatliroq, chunki Buxoriy va
Muslimaning kitobidan faqat yetuk olimlar foyda olishadi, Abu Iso at-Termiziyning

kitobidan

esa har bir inson manfaat olishi mumkin

”- dedilar

4

.

Ibn al-Asir (rohimahulloh) aytadilar: “Termiziyning kitobi kitoblarning eng

yaxshisi, foydasi koʻp, tartibi chiroyli, takror hadislari kam, mazhablarni zikri va
dalillanish uslubi, sahih, hasan gʻarib kabi hadis turlarining bayoni, jarh va taʼdil,
oxirida esa ilal kitobi jamlangan

5

.

Hadis imomlardan biri Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy:

“Termiziy hadis

ilmida ishonchli, soʻzi hujjat boʻlgan imomlardan biridir. Abu Iso at-Termiziy birinchi
boʻlib hadislarni sahih, hasan, zaif kabi toifalarga ajratgan”

- deb ta’kidlagan.

Al-Idrisiy ham u zotni

“Hadis ilmida ergashiladigan imomlardan biri bo‘lgan”,

deb tavsiflaydi

6

.

Shuningdek, ushbu kitob haqida Hofiz Abul-Fazl Al-Maqdisiy quyidagicha

bayon etgan:

“Hirotda imom Abu Ismoil Al-Ansoriydan eshitdim. U o‘z majlisida,

Termiziy va uning kitobi borasida so‘z ketganida bunday dedi: “Mening uchun uning
(Termiziyning) kitobi Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko‘ra foydaliroq. Chunki,Sahihi
Buxoriy va Sahihi Muslimdan faqat mutaxassis olimlargina foydalana oladi. “Sunani
Termiziy”dan esa har kim foydalanishi mumkin”

7

.

Shayx Abdulaziz Mansur ushbu asari va uning tarkibiy tuzilishi haqida shunday

degan:

“Ulug‘ vatandoshimiz – Abu Iso Muhammad At-Termiziyning qo‘lingizdagi

“Sunani Termiziy” kitobi “Al-jomi’ as-sahih” (“Ishonarli to‘plam”), “Al-jomi’ al-

3

Shamsiddin Zahabiy. Tazkirotul huffoz. Bayrut: Dor kutub ilmiyya, 1995. – B. 152.

4

Jamoliddin Abu Hajjoj Yusuf Mizziy. Tahzib Kamol. Bayrut: muassasa risola, 1979. – B. 173.

5

Doktor Tohir Azhariy. Al-madxal ila Jome’ imom at-Termiziy. Quvayt: Maktaba Shuun al-Fanniyya, 2007. – B. 46

6

Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J.

III. – B. 668.

7

Shihobuddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyar a’lom an-nubalo. – Bayrut: Muassasat ar-risola,

1996. – J. XIII. – B. 277


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

280

ISSN:3030-3613

kabir” (“Katta to‘plam”) yoki (“Sahihi Termiziy”) nomlari bilan ham mashhur. Ammo
hazrati Imom At-Termiziy hadis ilmida “Sunani Termiziy” yo‘nalishiga asos solgan
muhaddislardan bo‘lgani uchun bu kitob, asosan, “Sunani Termiziy” nomi bilan
shuhrat qozongan. Ma’lumdirki, Yer yuzi musulmonlarining asosiy ko‘pchiligi hazrati
Imomi A’zam mazhablariga rioya qiladilar. “Sunani Termiziy” kitobida esa xuddi ana
shu mazhab jihatlari e’tiborga olingan. Hanafiy mazhabining fikr-qarashlarini Imom
At-Termiziy “Kufa ahli”ning fikr-qarashlari tarzida bayon qilganlar”

8

.

Imom Termiziy kuchli xotirasi bilan oʻz davrining olimlaridan ajralib turgan.

Oʻtkir zehni va quvvai-hofizasi bilan ustozi Imom Buxoriydan qolishmagan. Hifzda
(yodlashda) u haqida masallar keltirilgan. Imom Termiziy hadis ilmida iqtido
qilinadigan buyuk olimlardan biridir.

Imom Buxoriy ham shogirdi Abu Iso Termiziyga yuqori baho berib:

“Sen

mendan foydalanganingdan koʻra men sendan koʻproq foydalandim”

9

, deb

taʼkidlagan. Imom Termiziyga bunday yuksak baho berishi uning qanchalik darajada
ilmga ega ekanini koʻrsatadi.

Imom Termiziy ustozidan faqat hadis ilmidan saboq olmagan, balki fiqhni ham

oʻzlashtirgan. Bu haqda Shamsiddin Zahabiy (1274–1348) “Tazkirat huffoz” asarida:
“Hadisda Buxoriydan fiqh oʻrgangan”

10

, degan.

Shuni alohida qayd etish joizki, Imom Termiziy birinchi boʻlib “Sunan” asari

orqali hadis ilmiga “hasan” iborasini kiritgan.

Imom At-Termiziy oʻz asarida “Kitob” lafzini ishlatmagan balki, “Abvob”

lafzini ishlatgan. Sunani Termiziy”, “Kitabul ilal”dagi hadislarni hisobga olmaganda
3956 ta hadisni tashkil qiladi. “Sunani Termiziy” tarkibiy jihatdan boblarga boʻlingan
boʻlib, boblar sarlavha tarzida boʻlingan. Bobga doir hadislar boʻlim mazmunini toʻla-
toʻkis ifodalagan. Bu bobga doir masalada muallif bir qancha hadis va undan keyin
roviylar nomlarini keltirgan, soʻng bu masala yuzasidan boshqa ulamo va faqihlarning
fiqh masalalariga oid fikr va farqlarini tartib bilan yozgan. Rivoyat qilingan hadisning
sahih, hasan yoki zaiflik darajasiga oʻz munosabatini bildirib, hadis roviylari, sanadlar
va sanadni qamrab olgan illatlar xususida oʻz fikrini bildirib oʻtgan. “Sunani Termiziy”
asari, Ahmad Muhammad Shokir tahqiqiga koʻra, 46 ta boʻlim 2496 ta bob, 3956 ta
hadisdan iborat.

“Jome’ as-Sunan”ning boshqa kitoblarda uchramaydigan oʻziga xos

xususiyatlari bor boʻlib ular quyidagilar:

8

Abu Iso Muhammad at-Termiziy. Sunani Termiziy./ Tarjimon, sharh va izohlar muallifi: Mirzo Kenjabek. – T.: Sharq,

2010. – B. 12.

9

Ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahziyb at-tahziyb. Dorul fikr, 1984. J. 9. – B. 45; Yusuf ibn Abdurahmon Mizziy. Tahzibul

kamol fi asmair rijal. Bayrut: Muassatur risala, 1980. J. 26. – B. 252.

10

Shamsuddin Zahabiy. Tazkirat al-huffoz. – Bayrut/Liviya. Dor al-kitab al-ilmiyya. 1998. J. 2. – B. 154; Siyaru aʼlaamin

nubala. – Bayrut, Muassasatur risala, 1993. J. 13. – B. 273; Nuriddin Itr. ¬ Al-Imom at-Termiziy val muvozanatu bayna
jamiʼihi va baynas sahihayn. 1980. – B. 11.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

281

ISSN:3030-3613

1)

Ushbu kitob bir vaqtning oʻzida ham “jome”, ham “sunan” dir. Ulamolar
Imom Termiziyning kitobini nomlashda turli fikrlar bildirishgan. “Al-Komil”
kitobi sohibi Ibn Asiyr kitobni “Al-Jameʼ al-Kabiyr “, Imom Samoʼniy, al -
Idris, az - Zahabiy, al-Iroqiy, Ibn Hajar al-Asqaloniylar uni “Al-Jome”, Imom
ibn Kasr, ibn Atiyya “As-Sunan” deb nomlashgan

11

. Siyrat, odoblar, tafsir,

aqoid, fitnalar, qiyomat belgilari, fiqhiy hukmlar va manoqiblar kabi sakkizta
mavzuni qamrab olingan hadis toʻplami “jome’” boʻladi. Shuningdek, bu
toʻplam fiqhiy mavzular boblariga ajratilgan holda tartib berilganligidan
“sunan” hamdir.

“Sunani Termiziy” hadis to‘plami manbalarda turli nomlar bilan keltirilgan.
Jumladan, ulardan quyidagilarni keltirish mumkin:

A) Al-Jome’. Bu nomni Shihobiddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy
o‘zining “Tahzib at-tahzib” nomli asarida va Ahmad ibn Abdulloh al-Jazariy o‘zining
“Xulosot Tahzib tahzib al-kamol” nomli kitobida zikr qilganlar

12

.

B) Al-Musnad as-sahih. Mansur al-Xolidiy bu haqida shunday degan: “Abu Iso dedi:
Men bu kitob, ya’ni, “Al-Musnad as-sahih”ni tasnif qilib, uni Hijoz, Iroq va Xuroson
ulamolariga taqdim etdim. Ular uni ijobiy qabul qildilar”

13

.

C) As-Sunan. Kitobning bu nom bilan atalishiga sabab shuki, undagi hadislarning
fiqhiy mavzular tartibida tasniflanganligidir. Asarning ushbu nomi boshqalariga
nisbatan keng tanilgani va asar tarkibiga mos hisoblanadi.
D) Al-Jome’ as-sahih.“Sunani Termiziy” asariga nisbatan bu nomni Hoji Xalifa (1017-
1067/1609-1657) o‘zining “Kashf az-zunun”nomli asarida va Ismoil Posho Bag‘dodiy
(vaf. 1339/1920 y.) “Hadiyat al-orifin” kitobida keltirilganlar

14

.

E) Kitab as-sahih.
F) Al-Musnad al-Jomry’. Bu nomni Hofiz Abulqosim al-Is’ardiy (vaf. 692/1293 y.)
o‘zining “Fazoil al-Kitab al-jomi’ li Abu Iso at-Termiziy” nomli asarida ishlatgan.
G) Al-Jomi’ al-Kabir. Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn ibn
Abdulkarim al-Jazariy ash-Shayboniy (555-630/1160-1233) o‘zining “al-Komil fi at-
tarix” nomli asarida bunday deydi: “Abu Iso Termiziy imom va hofiz bo‘lgan.
Ajoyibasarlar muallifi bo‘lib, kitoblarining eng yaxshisi “al-Jome’ al-kabir”

15

.

Shuningdek, ushbu nom “Sunani Termiziy”ning zamonaviy nashrlarida ham
qo‘llanilgan

16

.

11

Muhammad ibn Muso At-Termiziy. Markaz ar-risola li ad-Dirosa. Bayrut: 2020. – B.77.

12

Shihobiddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J.

III. – B. 668.; Ahmad ibn Abdulloh al-Jazariy. Xulosot Tahzib tahzib al-kamol. – Misr: al-Matbaa al-kubro, 1884. – B. 355.

13

Shihobiddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J.

III. – B. 669.

14

Mustafo ibn Abdulloh. Kashf az-zunun. – Bayrut: Dor ihya at-turos al-arabiy, 2004. – J. I. – B. 320.

15

Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn ibn Abdulkarim al-Jazariy ash-Shayboniy. Al-Komil fi at-tarix. –

Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1994. – J. VI. – B. 373.

16

Abu Iso Termiziy. Sunan. – Bayrut: Dor al-g‘arb al-islomiy, 1996. 6 jild.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

282

ISSN:3030-3613

F) Al-Jomi’ al-muxtasar min sunan Rasululloh. Bu nom ham ba’zi manbalarda
keltirilgan.

2) “Sunan Termiziy” kitobida “Sahihi Buxoriy” da keltirilmagan hadislar

yozilgan.

3) Imom Termiziy (rohimahulloh) oʻziga ma’lum faqih va mujtahidlarning

dalillarini toʻplashga harakat qilganlar. Har bir faqihning dalili alohida bobda
keltirilgan. Fiqhda toʻrt imom, Sufyon Savriy, Abdulloh ibn Muborak, Ishoq ibn
Rohuvayh soʻzlarini keltirgan. Abu Hanifa (rohimahulloh) ning ismlarini juda kam
oʻrinda zikr qilib, dalillarini keltirishda kufa ahli, ahli ray deb zikr qilgan

17

.

4) Har bir bobda faqih va mujtahidlarning fiqhiy qarashlari, bobdagi hadisdan

chiqariladigan fiqhiy hukmlar ham aytib ketilgan. Uni oʻqigan kishi fiqhga taalluqli
“ahkom” hadislar va fiqhiy qarashlarning katta zaxirasini qoʻlga kiritadi.

5) Imom at-Termiziy (rohimahulloh) har bir hadisni keltirar ekan, uning sahihlik

yoki zaiflik darajasini hassoslik bilan batafsil keltirib, alohida qayd qilib ketganlar.

6) Har bir bobda bir yoki ikkita hadis keltirilgan boʻlib, bu mavzuga oid asosiy

hadislarning keltirilganini bildiradi. Biroq “va fi-l-bob” (“bu bobda...”) deb turib ushbu
mavzuga oid barcha hadislar yana kimlardan rivoyat kilinganiga batafsil ishora qilib
ketilgan. Bu bilan keyingi davr muhaddislariga va xadis olimlariga izlanishlar eshigini
ochib ketganlar. Shuning uchun Imom at- Termiziy (rohimahulloh)ning ishora qilib
ketgan hadislari topilib, taxrij qilingan bir qancha mustaqil asarlar vujudga kelgan.
Imom Hofiz Abu Aliy Hasan ibn Aliy ibn Nasr ibn Mansur at-Tusiy (hij 312-vafot
etgan), hamda Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Yanjuvayh
Yazdiy (hij 428- vafot etgan) Imom Termiziyning “Sunan Termiziy” kitobiga
Mustaxrajot kitoblarini yozgan.

18

7) Agar birorta hadis juda uzun boʻlsa, shuningdek, birorta qissa yoki hodisa

bilan bog‘liq boʻlsa, uning bob mavzusiga taalluqli zaruriy qismigina keltirilib, hadis
qisqacha keltirilgan. Uning uzun yoki birorta qissaga oid ekaniga ishora ham qilib
ketilgan. Mazkur zaruriy qismning oʻzidan hadisning toʻliq shakli topish oson kechadi.

8) Agar birorta hadisning “illat”i yoki “iztirob”i boʻlsa, Imom at-Termiziy

(rohimahulloh) uni batafsil sharh qilib, tushuntirib, ochiqlab ketganlar

19

.

9) Imom at-Termiziy (rohimahulloh) roviylarning tanilgan nomlari, ishtibohli

ismlari toʻg‘risida ham maʼlumot berganlar. Jumladan, roviyning mashhur nomini
keltirgan boʻlsalar, uning kunyasini ham aytib ketganlar, agar kunyasi mashhur boʻlsa,
uni keltirib, soʻng chalkashlik tug‘ilmasligi uchun uning haqiqiy nomini bildirib
oʻtgan. Ayrim oʻrinlarda esa roviyning oʻz ustozidan shaxsan hadis eshitgan yoki

17

Doktor Tohir Azhariy. Al-madxal ila Jome’ imom at-Termiziy. Quvayt: Maktaba Shuun al-Fanniyya, 2007. – B. 51

18

Muhammad ibn Muso At-Termiziy.

Markaz ar-risola li ad-Dirosa. Bayrut: 2020. – B.71.

19

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent:

Irfonnashr, 2021. – 1-jild. B 329.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

283

ISSN:3030-3613

eshitmaganligi, ya’ni simosi sobitligi masalasiga ham toʻxtalgan. Bu imom at-
Termiziyning rijol ilmida mohir ekanini koʻrsatib beradi. Mashhur roviylarning ism va
kunyalatini keltirishda yorqin misol:

– Xallod al-Hazzo: U Xolid ibn Mehron; Abu al-Manazil deb kunyalangan.
– Molik ibn al-Huvayris al-Laysiy: Abu Sulaymon deb kunyalangan.
Mashhur roviylarning kunyasi bilan nomlangan bunga misol:
– Abu al-Maliyh: u kishi otasidan rivoyat qilgan, Usomani oʻgʻli uning ismi

Omir. Zayd ibn Usoma ibni Umayr al-Huzaliy deyiladi.

– Az-Zuhriy: Ismi Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydulloh ibn Shihob az-

Zuhriy, kunyasi Abu Bakr

20

.

10) Imom at-Termiziy (rohimahulloh) roviylarning ism va kunyasidan tashqari,

qaysi davlat yoki shahardan, sahoba yoki tobein, zaif yoki siqa ekani haqida qisqaacha
bayon qilib oʻtgan. Bunga misol:

– Abu Xolid: U Abu Xolid al-Volibiy ismi Hurmuz boʻlib kufalikdir.
– Aʼloning bobosi Yaʼqub: U katta tobenlardan, Umar ibn Xattob bilan

koʻrishgan, undan hadis ham rivoyat qilgan.

– Ismoil ibn Muslim al-Makkiy: Hifzi tarafidan hadisda zaif sanaladi.
10) “Jome’ as-Sunan”ning tartibi juda oson. Har bir hadisning mazmuni va

uning matnidan foydalanib boblarga sarlavha tanlangan. Shuning uchun sarlavhalar
orqali hadisni topish yoki uning umumiy mazmunidan xabardor boʻlish oson. Bunga
misol:

“Ikki kishi bilan birga namoz oʻqigan kishi borasida kelgan hadis haqida bob”

shu bobga Samura ibn Jundab “roziyalloh anhu” ni rivoyatini keltiradi.

Rosululloh (sallallohu alayhi vasallam): “Agar uch kishi boʻlsak birimiz oldinga

oʻtishimizni buyurdilar”- dedilar. Bobning sarlavhasidan agar uch kishi namoz
oʻqimoqchi boʻlsa ulardan bir kishi imomlikka oʻtish kerakligi tushuniladi

21

.

11) “Jome’ as-Sunan” ning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda keltirilgan

barcha hadislar qaysidir faqih tomonidan qabul qilingan va amalga kiritilgan. Buni
Imom at-Termiziy (rohimahulloh)ning oʻzi ham kitob ilovasi boʻlmish “al-Ilal as-
sag‘ir” asarida e’tirof etgan. Bu yerda Imom at-Termiziy (rohimahulloh) ikkita hadisni
istisno qilgan:

Birinchi hadis “Sunan at-Termiziy” da 187-raqam bilan keltirilgan boʻlib, hech

qanday zaruratsiz ham ikki farz namozni jamlab oʻqish mumkinligi haqidadir. Mazkur
hadisni keltirganidan keyin Imom at-Termiziy (rohimahulloh) uning beuzrlik holatida
amal qilishi mumkin emasligini aytib oʻtgan va unga toʻg‘ridan-toʻg‘ri amal qilish aslo
joiz emasligini qayd etgan. Lekin hanafiy olimlari “Sunan Termiziy” da kelgan

20

Doktor Tohir Azhariy. Al-madxal ila Jome’ imom at-Termiziy. Quvayt: Maktaba Shuun al-Fanniyya, 2007. – B. 69

21

Doktor Tohir Azhariy. Al-madxal ila Jome’ imom at-Termiziy. Quvayt: Maktaba Shuun al-Fanniyya, 2007. – B. 99


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

284

ISSN:3030-3613

yuqoridagi hadisga “jam’i suvariy” (surasan jamlash) koʻrinishida amal qilish
mumkinligini yoritib bergan. Ya’ni bir namozni oxirgi vaqtida oʻqib, keyingi namozni
avvalgi vaqtida ado qilish “jam’i suvariy” deb aytiladi.

Ikkinchi hadis esa “Sunan at-Termiziy” da 1444-raqam bilan keltirilgan boʻlib,

aroqxoʻr toʻrtinchi marta ham aroq ichib qoʻlga tushsa, uni oʻldirishga boʻlgan
koʻrsatmadir. Mazkur hadisni keltirganidan keyin Imom at-Termiziy uni “mansux”
hukmi bekor qilingan deb topgan

22

.

12) “Jome’ as-Sunan” ni garchi “Sunani Nasoiy” va “Sunani Abu Dovud” dan

keyingi oʻringa qoʻyilsada, lekin “Kashf az-zunun” da Hoji Xalifa (rohimahulloh) uni
“Sahihayn” dan keyingi oʻringa qoʻyadi. Ya’ni Imom Buxoriy (rohimahulloh) va
Imom Muslim (rohimahulloh) toʻplamlaridan keyingi uchinchi oʻringa koʻyilgan.
Hofiz az-Zahabiy (rohimahulloh) ham “Jome’ as-Sunan”ni “Sahihayn” dan keyingi
oʻringa qoʻygan

23

.

Ibn Hajar al-Asqaloniy (rohimahulloh) ham “Taqrib at- Tahzib” asarida oltita

sahih hadislar tuplami “Sihohi sitta” ga ramziy belgilar koʻyar ekan, “Jome’ as-
Sunan”ni “Sunani Abu Dovud” va “Sunani Nasoiy” oʻrtasiga toʻrtinchi oʻringa
qoʻygan.

“Jome’ as-Sunan”ni pastki oʻringa tushirib qoʻygan sabab unda Maslub yoki

Kalbiy singari oʻta zaif roviylardan ham hadis rivoyat qilingani hisoblanadi. Biroq
Imom at-Termiziy (rohimahulloh) rivoyatlarni keltirar ekan, har bir rivoyatning
darajasini belgilab, zaif roviylar toʻg‘risida albatta ma’lumot berib ketgan. Shuning
uchun ham u zotning zaif rivoyatlari aslo xatarli emas! Bu nuqtai nazardan olib
qaraganda, “Jome’ as-Sunan” hadis toʻplamlari orasida eng xatarsiz kitob hisoblanadi.
Shuningdek, Abu Bakr al-Hozimiy (rohimahulloh) “Shurut al-aimma al-xamsa”
asarida Imom at-Termiziy (rohimahulloh)ning hadislarga qoʻygan shartlari Imom Abu
Dovud (rohimahulloh) ning shartlaridan koʻra qattiqroq ekanini tasdiqlagan

24

.

Imom at-Termiziy (rohimahulloh) zaif hadislardan ogohlantirib ketar ekanlar,

bu qaydlar u zotning nazdida bu zaif hadisning “shavohid” va “mutobaat”lari borligini
anglatadi. Ya’ni ushbu zaif hadisni quvvatlaydigan boshqa rivoyatlar mavjudligini
bildiradi.

13) Imom at-Termiziy (rohimahullohl “Jome’ as-Sunan” asarida zaif, toʻqima

hadis keltirmagan. Ibn al-Javziy (rohimahulloh) oʻzining “Mavzuoti kubro” asarida
Imom at-Termiziy (rohimahulloh) rivoyat kilgan 23 ta hadisni mavzu’ deb yuborgan.
Lekin Ibn al-Javziy (rohimahulloh)ning mavzu’ hadislarni belgilashda oʻta qattiq
“mutashaddid” ekani ma’lum. U zot hatto “Sahihi Buxoriy” va “Sahihi Muslim”da

22

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent:

Irfonnashr, 2021. – 1-jild. B 330.

23

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent:

Irfonnashr, 2021. – 1-jild. B 330.

24

Abu Bakr Muhammad ibn Musa Hozimiy. Shurut a‘imma al-Xomsa. Bayrut: Maktaba Islomiyya, 2004. – B.125.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

285

ISSN:3030-3613

keltirilgan hadislarni ham mavzu’ deb yuborganlari birma-bir aniqlanib, tanqid
qilingan. Shuning uchun ham imom at-Termiziy (rohimahulloh)ning “Jome’ as-
Sunan” asarida keltirilgan hadislar sinchiklab oʻrganib chiqilganda unda birorta
mavzu’, toʻqima va soxta hadis yoʻqligi aniqlangan.

Jaloliddin as-Suyutiy (rohimahulloh) yuqoridagi 23 ta hadisni birma-bir

oʻrganib chiqib, “al-Qavl al-hasan fiz-zabbi aʼn as-Sunan” deb nomlangan risolani
bitgan. Unda ibn al-Javziy (rohimahulloh) mavzu’ deb qaror qilgan fikrlari tanqid
qilinib, oʻsha hadislarning sobit ekanligi, ularning barchasi “Sihohi sitta” toʻplamlarida
uchrashi isbotlangan.

14) Imom at-Termiziy baʼzi hadis istelohlarini ishlatishda boshqa imomlardan

ajralib turadi. Misol uchun

Hasan – Imom at-Termiziy bu isteʼlohga shunday taʼrif beradi: “Bu kitobda

“Hadiysun Hasanun” iborasini keltirsak u hadisning isnodi hasan boʻlib, sanadida
yolgʻon bilan tuhmatlangan kishi boʻlmaydi, hadis shoz ham boʻlmaydi va yana boshqa
koʻrinishda shunga oʻxshash hadis kelgan boʻladi

25

. Bu taʼrif boshqalarning taʼrifidan

hadisni boshqa turuqi bor boʻlishi shart qilinishi bilan farqlanadi.

Gʻarib – Imom at-Termiziy ilal kitobida gʻarib hadisga shunday taʼrif beradi:

“Biz bu kitobda gʻarib hadis deb aytsak ahli hadis bir nechta koʻrinishdagi hadisga
gʻarib deb aytdi: gohida, hadis bitta yoʻldan rivoyat qilingan boʻlsa gʻarib boʻladi,
gohida hadisdagi ziyodqlik sabab gʻarib boʻladi, sanadning holatidan kelib hadis gʻarib
deb aytiladi”

26

.

Hasan Gʻarib – Bu isteʼloh imom at-Termiziy nazmida “hasan lizotihi”

muqobilida turadi.

Sahih Gʻarib – Bu hadis sahih boʻlib, unda qandaydir gʻarobatli (noaniqlik) bor

bu esa sahih boʻlishga toʻsiq boʻlmaydi.

Hasan Sahih Gʻarib – Bu isteʼloh imom at-Termiziy naznida hadisning turuq

(rivoyat yoʻl) lari bir nechta boʻlib, roviylari tuhmatlanmagan, hadis shoz boʻlmagan
boʻlsa, shu turuqlar baʼzisi sahih, baʼzisi hasan boʻlsa bu hadis “hasan sahih gʻarib”
deb aytgan

27

.

14) Oʻquv dargohlarida “Sihohi sitta” dars qilib oʻtilar ekan, aynan Imom at-

Termiziy (rohimahulloh) ning “Jome’ as-Sunan” asarining talabalarga juda katta
manfaati borligi ma’lum boʻlgan. Hindiston va Pokiston ulamolari “Sihohi sitta”
darslarini “Jome’ as-Sunan”dan boshlashlarining sababi ham shunda. Unda hadis
ilmini fiqh bilan uyg‘unlashtirilib bayon qilib beriladi. Buning esa talabalarning
hadislarni toʻg‘ri tushunishlarida foydasi katta. “Jome’ as-Sunan” kitobining boshqa
hadis toʻplamlaridan ortiqcha xususiyatlari va afzal jihatlari borligi shak-shubhasizdir.

25

Abu Iyso at-Termiziy. “Ilal as-Sogʻir”. Bayrut: dar ixyo at-turos al-arabiy, 2012. – B. 378.

26

O’sha manbaa. B. 389.

27

O’sha manbaa. B. 610.