Авторы

  • Akbaraliyeva Asilaxon Tajjidinovna
  • Maxkamova Munida Qaxramonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112281

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Kichik maktab yosh davri separatsiya to‘liqsizlik kompleksi xotira tafakkur idrok diqqat rivojlanishi refleksiya kompitentlik

Аннотация

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarni  harakter 
xususiyatlarini, shu davrda kechadigan o‘zgarishlarni, bu davrda bola bilan qanday 
munosabat qilish, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan qanday munosabat o‘rnatish, 
bu davrda bolada yetakchi faoliyat nima ekanligi, To‘liqsizlik kompleksi nima va bu 
bolada qanday kechadi, bolada to‘liqsizlik ko‘mpleksi bo‘lmasligi uchun nima qilish 
lozim.  Kichik  maktab  yoshi  davrida  bolada  mustaqillik  poydevori  yuzaga  kelishi, 
aynan shu davrdan boshlab bola o‘zini mustaqil his qila boshlashi, chunki bu davrda 
bola maktabga qadam qo‘yishi, Separatsiya tushunchasi, bolada xulq-atvor me’yorlari 
shakillanishi, kichik maktab yoshi davrida bilish jarayonlari rivojlanishi,va olimlarni 
fikrlari keltirib o‘tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

231

ISSN:3030-3613

KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Akbaraliyeva Asilaxon Tajjidinovna

Toshkent amaliy fanlar univesiteti

“Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi

Maxkamova Munida Qaxramonovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti pedagogika

Fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarni harakter

xususiyatlarini, shu davrda kechadigan o‘zgarishlarni, bu davrda bola bilan qanday
munosabat qilish, kichik maktab yoshidagi bolalar bilan qanday munosabat o‘rnatish,
bu davrda bolada yetakchi faoliyat nima ekanligi, To‘liqsizlik kompleksi nima va bu
bolada qanday kechadi, bolada to‘liqsizlik ko‘mpleksi bo‘lmasligi uchun nima qilish
lozim. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqillik poydevori yuzaga kelishi,
aynan shu davrdan boshlab bola o‘zini mustaqil his qila boshlashi, chunki bu davrda
bola maktabga qadam qo‘yishi, Separatsiya tushunchasi, bolada xulq-atvor me’yorlari
shakillanishi, kichik maktab yoshi davrida bilish jarayonlari rivojlanishi,va olimlarni
fikrlari keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Kichik maktab yosh davri, separatsiya, to‘liqsizlik kompleksi,

xotira, tafakkur, idrok, diqqat rivojlanishi, refleksiya, kompitentlik


Kirish.

Bugungi kunda kichik maktab yoshidagi bolalarga Prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyev tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Bir qancha yangi qarorlar,
farmoyishlar qabul qilinmoqda. PQ-79-sonli qarorda shunday deb yozilgan -“Umumiy
va o‘rta ta’lim muassasalarining 1-4 sinflarida o‘quvchilariga boshlang‘ich ta’lim
berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturi va o‘quv-metodik majmualar joriy etiladi; barcha
fanlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60% ga yetkaziladi. O‘quvchilarning
qiziqish va qobilyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari
va o‘quv metodik majmualar joriy etiladi”.[1]

Kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z

ichiga oladi. Bu davrda bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Misol uchun bolani
maktabga chiqishi, yangi muhit bilan yangi olam bilan tanishishi, yangi kun tartibiga
moslashishi, o‘quv faoliyati ko‘nikmalari shakillanishi, o‘z o‘zini boshqarishi
maktabda do‘stlar orttirishi hisoblanadi.

Bu davrda bolada refleksiya paydo bo‘ladi. Bola o‘z xatti-xarakatlariga

tashqaridan baho bera boshlaydi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi.

Uyda o‘zini qanday tutishni, ko‘chada qanday tutishni farqlay boshlaydi. Bola

haqiqiy sotsiumga kiradi. Jamiyatdagi ijtimoiy normalar bilan sekin asta tanisha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

232

ISSN:3030-3613

boshlaydi. Bilish jarayonlari diqqat, xotira, tafakkur, nutq va oliy hislar shakillana
boshlaydi (estetik ma’naviy-axloqiy o‘rtoqlik hamdardlik, adolatsizlikka chiday
olmaslik).

Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakillanishi batamom

tugallanmagan bo‘ladi, ya’ni shakillanishda davom etayotgan bo‘ladi. O‘quvchining
maktabdagi muvafaqqiyati, ota-onaning bolaga e’tibori maktabdagi o‘qituvchining
bola bilan individual shug‘ullanishi, bola shaxsini shakillanishida juda muhimdir.

Bu davrda yetakchi faoliyat o‘qish faoliyati hisoblanadi. Bola maktab

darsliklariga sekin asta moslashadi, ilk maktabga chiqqanda bolada eng katta muammo
darsda 45 daqiqa qimirlamasdan o‘tirish va kundalik darslarni o‘z vaqtida tayyorlash
bo‘ladi. Bu darslarni tayyorlashda bolada mas’uliyat paydo bo‘ladi. Bu davrda bolada
mustaqillik poydevori yuzaga kelib, darsliklarni mustaqil bajarish istagi paydo bo‘ladi.

D.A.Soliyevaning “Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv mustaqilligini

rivojlantirishning psixologik jihatlari” nomli avtoreferatida shunday degan -
“Mustaqilikka moyillikning yuzaga kelishi 2 yo‘nalishda amalga oshadi.
1-Mustaqillikning shaxs xislati sifatida vujudga kelishi ijtimoiy muhitga bogliq.
2-Mustaqillikning shaxs xislati sifatida shakillanishida individual xususiyatlar, shaxs
yashaydigan va mehnat qiladigan jamoada vujudga kelgan munosabatlarga hamda
shaxsning qobilyatlariga,uning faolliligiga bog’liq bo‘ladi.”[2]

Bu davrda bolalar emotsional ekanligini hisobga olsak, bolani kamsitish,

tengdoshlariga solishtirish, bolada to‘liqsizlik kompleksi rivojlanishiga olib kelishi
yoki o‘ziga nisbatan ishonchi past bo‘lishiga olib keladi.

Bu haqida Avstryalik psixolog Alfred Adler shunday degan -“Har bir insonda

bolalikdan boshlab o‘zini to‘liq ojiz yoki boshqalardan kamroq his qilish holati
bo‘ladi”[3]. Agarda ota-ona farzandini ko‘p tengdoshlariga solishtirsa shu kompleks
rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Yoki bo‘lmasam “ichki meni” yo‘qolishiga sabab
bo‘ladi. Chunki bu davrda asosan maktabda yangi darsliklarni o‘zlashtirish eng muhim
ish hisoblanadi. Lekin hamma bolalar ham bu darsliklarni tezlik bilan o‘zlashtira
olmaydi. Xamma bolada aqliy rivojlanish har xil suratlarda kechadi.

Har bir bola induvidual bir biriga o‘xshamaydi. Uning qiziqishlari, qobilyatlari,

empatiya darajasi, refleksiyasi, atrof bilan komunikatsiyaga kirishishi, intelekti o‘ziga
xosdir. Z.Klicheva kichik maktab yoshi davridagi munosabatlar haqida shunday degan
- “Kichik maktab yoshi davrida bolani boshqa insonlar bilan munosabatida katta
o‘zgarishlar yuz beradi. Bolani muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunga
sabab bir tomondan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko‘rsatadigan faol ta’siri
bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siridir.[4]

Chunki o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‘proq talab qo‘yadi. Bolani

oilasi va tevarak atrofdagi odamlar bilan ham muloqotda katta o‘zgarishlar bo‘ladi.
Atrofdagilar bilan munosabatda esa bola o‘z “meni”ni namoyish etishga harakat qiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

233

ISSN:3030-3613

L.S.Vigotskiyning ta’kidlashicha, “Faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy
munosabatlar ta’sirida bolani induvidual xulq-atvori shakillanadi”[5]. Bu so‘zning
zamirida bolani xulq-atvori shakillanishida jamiyatning o‘rni atrofidagilarning o‘rni
juda katta ahamiyat kasb etadi. Ota-onaning roli esa bunda beqiyosdir. Chunki
farzandlar shaxsiy namuna orqali tarbiya qilinadi. Bola o‘z uyida ko‘rgan xulq-atvor
modelini o‘zida shakillantiradi.

Kichik maktab yoshi davrida eng muhim davri bu 1-sinf hisoblanadi.

M.G.Davletshin

rahbarligida

M.A.Maqsudova

tomonidan

“Birinchi

sinf

o‘quvchilarida ta’lim jarayonida bilishga oid qiziqishlarning o‘sishi” [6] mavzusida
tadqiqot olib borilgan. Bu tadqiqotda o‘quv yilining boshida o‘quvchilar o‘z
qiziqishlarini “yoqadi” “yaxshi ko‘raman” degan javoblar bilan namoyon qilsa, yilning
oxirida esa bolalar o‘zlari uchun yangi bo‘lgan faoliyat turlari konstruktorlik va mehnat
turlari bilan qiziqa boshlaydi.

Bu davrda bilish jarayonlari hisoblangan diqqat, xotira, tafakkur, nutq ham jadal

rivojlanadi. Avval bolada ixtiyorsiz diqqat namoyon bo‘ladi. Bola o‘z diqqatini biron
jihati bilan rang barangligi, harakatchanligi bilan ajralib turuvchi narsaga qaratadi.
Ixtiyorsiz diqqat o‘qish darsligini o‘zlashtirishni yengillashtiradi. Bolani unchalik
toliqtirmaydi. Bunda darslik yengil, juda puxta o‘zlashtiriladi. Shuning uchun o‘qish
jarayonida o‘quvchilarning ixtiyorsiz diqqatida munkin qadar foydalanish lozim.
Buning uchun dars materiallari ko‘rgazmali jonli bo‘lishi ixtiyorsiz diqqatni saqlab
turishga yordam beradi. Lekin o‘qish jarayonining hammasi ham ixtiyorsiz diqqat
asosida olib borilishi yaramaydi. K.D.Ushinskiy shunday deydi “Biroq passiv
diqqatning bir o‘zi kifoya qilmaydi, hatto uning juda erta va haddan tashqari tez faol
diqqatning yordamisiz o‘sishi rux kuchsizlanib, yalqovlanib, hamisha qiziq-qiziq
hikoyalar yoki qiziq kitoblar bilan ta’sirlanib turishini talab qiladigan bo‘lib qoladi”
deydi[7]. Bu degani bola faqat ko‘rgazmali jonli qiziqarli dasliklarni yaxshi
o‘zlashtiradi, ammo ko‘rgazma quroli yo‘q darsliklarni o‘zlashtirishda qiynchilik
tug’diradi demoqchi bo‘lgan. Kichik maktab yoshi davrida xayol qilish, asosan,
o‘qitishning ta’siri ostida yana o‘sa boradi.

Darsda o‘tkaziladigan turli mashg’ulotlar musiqa, loy va plastilindan har xil

buyumlar yasash, badiiy adabiyot, o‘qish, hayolni o‘sishida katta ahamiyatga ega.

Maktab yoshidagi bolada ixtiyorsiz hayol ham, ixtiyoriy hayol ham borgan sari

barqaror bo‘lib boraveradi. Hayolni tug’diradigan qiziqish yoki ideyalar mavjud
bo‘lganda ixtiyorsiz hayol barqaror bo‘ladi. Bunda ixtiyorsiz hayol yangi materialni
tushunish va o‘zlashtirishda,t urli masalalarni hal qilishda, insholar yozishda, surat
chizishdava shu kabi mashg’ulotlarda katta rol o‘ynaydi.

Kichik maktab yoshi davrida idrokning hamma turlari, asosan, ta’lim va tarbiya

tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan takomillashadi. Ta’lim va tarbiya
jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata bilish qobilyati o‘sadi. Bolada kuzata


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

234

ISSN:3030-3613

bilish qobilyati ularning tafakkuri, irodasi,qiziqish –havaslari bilan birgalikda o‘sadi.
Bu davrda vaqtni tez idrok qilish, ko‘z bilan chamalash, narsalarning katta kichikligini
ajrata bilish qobilyati yanada yaxshiroq o‘sishiga jismoniy tarbiya, chizmachilik, rasm,
geometriya darslari bilan shug‘ullanish katta yordam beradi.

Xulosa: Kichik maktab yosh davri bolani kelajakka qo‘yadigan ilk qadamlaridan

biridir.Bu davr bola hayotida biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin lekin bu davr
o‘smirlik va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Bu davrda bolani rivojlangan harakter xususiyatlari, atrof haqidagi fikri, jamoa

bilan munosabati, o‘zini tutishi, o‘smirlik davriga ta’sir qilmasdan qolmaydi.

Ya’ni bu davr keyingi davrga poydevor vazifasini o‘taydi. Bu davrda bola o‘zini

anglaydi. Tashqaridan o‘z xatti-harakatlariga baho berishni boshlaydi. Bu davrda ular
juda emotsional bo‘lganligi sababli qattiq ohangda gapirish, urushib koyib berish
bolani psixikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘ziga nisbatan ishonchi past bo‘lishiga olib
keladi. Ota-onalar farzandlarini qo‘llab quvvatlashi, ijobiy rag’batlantirishi muhim
hisoblanadi. O‘qituvchisi ular uchun ota-onadan keyingi asosiy odamga aylanadi.
O‘qituvchi bola bilan ijobiy munosabat o‘rnatishi bolani maktabga moslashishida
asosiy omil hisoblanadi. Bu davrda bolada qo‘zg’alish kuchli ekanligini hisobga olgan
holda munosabat qurish lozimdir. Bu davrda bilish jarayonlari ham jadal rivojlanadi.
Eng asosiysi bu diqqat hisoblanib usiz boshqa qobilyatlar rivojlana olmaydi, agar
o‘qitishda yuqori natijaga erishmoqchi bo‘lsak diqqatni bo‘linmasligiga erishish juda
muximdir. Bola diqqatini bir nuqtaga to‘plamas ekan unga tushuntirilgan barcha
darsliklar bekor ketadi.

Intelektning rivojlanishida o‘qituvchi darslarni qay tarzda tashkil qilgani, uyda

ota-ona bola bilan qanday shug‘ullanganida namoyon bo‘ladi. Bolada idrok bu davrda
kuchli rivojlanmaganligi sababli, biron predmetni mustaqil tahlil qila olmaydi, ularning
idroki predmetni shakli rangi katta-kichikligini anglash bilan chegaralanganligi tufayli,
bu predmetning xususiyatlarini chuqur anglamaydi. Bu davr bolaning psixik
taraqqiyotida muhim davr hisoblanib bu davrni bola qiyinchiliklarsiz, stresslarsiz bosib
o‘tishida maktab va oilaning o‘rni beqiyos.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezdidentining qarori.11.05.2022-yildagi PQ-79.

2.

Soliyeva D.A. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv mustaqilligining
rivojlantirishning psixologik jihatlari.Ps.f.n…..avtoref-T 2012-24 b.

3.

A Adler “Induvidual psixologiya”

4.

Клычева З.П.Общение в учебно-воспитательном процесс как фактор
формировария личности учащихся началных классов. –Т. Автореф. Пc.н
2005.-23 с

5.

Viygotskiy L.S., “Pedagogik psixologiya” 1926


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

235

ISSN:3030-3613

6.

Махсудова М.А Развитие познавателыных интересов учащихся первых
классов в процессе обучения. Автореф….. пс. – Т. 1993. -17 с.

7.

K .D Ushinskiy “Bolalar dunyosi va xrestomatiya”1861

8.

Zamira Nishanovna “ Rivojlanish va pedagogik psixologiya “

9.

P.I.Ivanov “Umumiy psixologiya”

Библиографические ссылки

Foydalanilgan adabiyotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezdidentining qarori.11.05.2022-yildagi PQ-79.

Soliyeva D.A. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv mustaqilligining

rivojlantirishning psixologik jihatlari.Ps.f.n…..avtoref-T 2012-24 b.

A Adler “Induvidual psixologiya”

Клычева З.П.Общение в учебно-воспитательном процесс как фактор

формировария личности учащихся началных классов. –Т. Автореф. Пc.н

-23 с

Viygotskiy L.S., “Pedagogik psixologiya” 1926

Махсудова М.А Развитие познавателыных интересов учащихся первых

классов в процессе обучения. Автореф….. пс. – Т. 1993. -17 с.

K .D Ushinskiy “Bolalar dunyosi va xrestomatiya”1861

Zamira Nishanovna “ Rivojlanish va pedagogik psixologiya “

P.I.Ivanov “Umumiy psixologiya”