Authors

  • Ro‘ziyeva Gulsanam Sultonmurodovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112283

Keywords:

Kalit so‘zlar: mafkuraviy tahdid ma’naviyat xavfsizlik ijtimoiy barqarorlik jinoyatchilik profilaktika huquqiy ong fuqarolik jamiyati islohotlar davlat siyosati.

Abstract

 
Annotatsiya:  Mazkur  ilmiy  maqolada  O‘zbekistonda  jamoat  xavfsizligini 
ta’minlashda  mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  kurashish,  jamoat  xavfsizligiga  ta’sir 
etuvchi asosiy omillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari keng tahlil 
etilgan.  Mafkuraviy  tahdidlarga  qarshi  kurashish  sohasining  rivoji,  ayniqsa, 
fuqarolarning huquqiy va axloqiy ongi, ijtimoiy faolligini oshirish orqali xavfsizlikni 
mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

220

ISSN:3030-3613

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA MAFKURAVIY

TAHDIDLARGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti

Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

podpolkovnik

Ro‘ziyeva Gulsanam Sultonmurodovna

Annotatsiya:

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini

ta’minlashda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligiga ta’sir
etuvchi asosiy omillar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari keng tahlil
etilgan. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish sohasining rivoji, ayniqsa,
fuqarolarning huquqiy va axloqiy ongi, ijtimoiy faolligini oshirish orqali xavfsizlikni
mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

mafkuraviy tahdid, ma’naviyat, xavfsizlik, ijtimoiy barqarorlik,

jinoyatchilik, profilaktika, huquqiy ong, fuqarolik jamiyati, islohotlar, davlat siyosati.

Аннотaция:

В данной научной статье дается комплексный анализ борьбы

с идеологическими угрозами в обеспечении общественной безопасности в
Узбекистане, основные факторы, влияющие на общественную безопасность,
существующие проблемы и пути их устранения. Рассматривается развитие
сферы борьбы с идеологическими угрозами, в частности, возможности
укрепления безопасности путем повышения правового и нравственного сознания
и социальной активности граждан.

Ключевые слова:

идеологическая угроза, духовность, безопасность,

социальная стабильность, преступность, профилактика, правосознание,
гражданское общество, реформы, государственная политика.

Abstract:

This scientific article provides a comprehensive analysis of the fight

against ideological threats in ensuring public security in Uzbekistan, the main factors
affecting public security, existing problems and ways to eliminate them. The
development of the field of combating ideological threats, in particular, the possibilities
of strengthening security by increasing the legal and moral awareness and social
activity of citizens, are considered.

Keywords:

ideological threat, spirituality, security, social stability, crime,

prevention, legal awareness, civil society, reforms, public policy.


«Biz yaratayotgan yangi O‘zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik,

gumanizm g‘oyasi bo‘ladi. Biz mafkura deganda, avvalo, fikr tarbiyasini, milliy
va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz. Ular xalqimizning necha


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

221

ISSN:3030-3613

ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan»

1

Shavkat Mirziyoyev

Jahonda globallashuv jarayonining tobora avj olishi, zamonaviy axborot

texnologiyalari sohasidagi yutuqlardan yovuz maqsadlar yo‘lida foydalanish orqali
inson ongi va qalbini egallash uchun mafkuraviy kurashlarning kuchayishi xavfsizlik
va barqarorlikka tahdid solmoqda. Yangi asrda jamiyat xavfsizligiga tahdid soladigan
omillar tobora murakkablashib, ularning ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan,
kiberjinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi transmilliy tahdidlar global
muammoga aylanib ulgurdi. Bunday sharoitda xavfsizlikni ta’minlashning an’anaviy
usullari yetarli samara bermaydi. Ayniqsa, bugungi kunda xalqaro maydonda
mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi
murakkab va tahlikali davrda davlatni milliy xavfsizligini ta’minlashda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy
xurujlardan himoya qilish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga teran nigoh bilan
nazar solish, fuqarolarimizda daxldorlik hissini oshirish, tinch-osoyishta hayotimizni
turli xavf-xatar va tahdidlardan asrash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi. “Ayni
vaqtda hozirgi murakkab zamon tinch-osoyishta hayotimizni asrash va
mustahkamlash, xalqimizning kafolatlangan xavfsizligini ta’minlash masalasini
yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda”

2

.

Insoniyatning shunday mo‘jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy

maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir. “Ayni paytda hayot haqiqati shuni
ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik
yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini
tarkibiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak
marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar
o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom
etayotganini ko‘ramiz,– deb ta’kidlagan edi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar
tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga
aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki
millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”

3

.

Millat taraqqiyoti haqida so‘z borganda qadimdan buyuk ajdodlarning intellektual

salohiyati yuksalishida g‘oya muhim o‘rin tutgani ma’lum. Buni birgina bebaho
ma’naviy xazinamiz “Avesto”ning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu

1

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-yanvardagi ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan

videoselektor yig‘ilishi.

2

Prezident Shavkat Mirziyoyev Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт

тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови // URL - http://uza.uz/oz/politics/onun-ustuvorligi-va-inson-
manfaatlarini-taminlash yurt-tara--07-12-2016

3

Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – 111 б.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

222

ISSN:3030-3613

so‘z, ezgu amal” g‘oyasidan ham bilsa bo‘ladi. Ayni paytda globallashuv jarayonida
milliy g‘oya mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning asosiy quroliga aylangan. Aytish joizki,
globallashuvning jadallashuvi sharoitida milliy ma’naviyat mavjudligining o‘zi yetarli
emas, unda tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan ichki ruhiy qudrat, uning amal qilishi
va faoliyat ko‘rsatishi ham zarur bo‘ladi

4

.

Inson tabiatidagi qiziq bir holat azal-azaldan kuzatiladi. Ya’ni, qachon va

qayerdaki biror ijobiy hodisa yuz bersa, unga qarshi kushandalar ham paydo
bo‘lavergan. Aytaylik, diniy qadriyatlar, ilm-fan yutuqlari, adabiyot, san’at va
ma’naviyat ham insoniyatni globallashtirishga xizmat qilishini izohlashga hojat yo‘q.
“Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar,
saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, mingyillik
rivojlanish deklaratsiyasida ta’kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar
o‘limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi
eng jiddiy to‘siqlar bo‘lib qolmoqda”

5

.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi yangi taraqqiyot bosqichida

davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyatda xavfsizlikni
ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy, siyosiy
va ma’naviy dunyoqarashini oshirish vazifasi belgilangan. Ya’ni, davlat boshqaruvida
nafaqat xavfsizlik choralarini kuchaytirish, balki aholining ongini yuksaltirish orqali
barqaror va sog‘lom jamiyatni shakllantirish ustuvor maqsad hisoblanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday deydi:

“Biz xavfsizlik

deganda faqat jismoniy xavfsizlikni emas, balki fuqarolarimizning ongini, qalbini,
yuragini asrashni ham tushunamiz. Ma’naviyat eng kuchli qalqon bo‘lishi kerak.”

6

Mafkuraviy tahdidlar – bu muayyan ijtimoiy guruh yoki jamiyatning ongini

o‘zgartirish, ekstremistik g‘oyalarni singdirish, zo‘ravonlikka undash kabi harakatlar
orqali xavfsizlikni izdan chiqarishga qaratilgan harakatlardir

7

. Mafkuraviy tahdid —

bu jamiyat, davlat yoki muayyan guruhning aqliy-ruhiy, dunyoqarash va qadriyat
tizimiga qarshi yo‘naltirilgan ta’sirlar bo‘lib, uning natijasida odamlarning ongi,
e’tiqodi, g‘oyasi va ijtimoiy fikri o‘zgarishiga olib keladi.

Mafkuraviy tahdidlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalishi

– bu platforma orqali

radikal g‘oyalar tez va keng tarqalishi mumkin. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali

mafkuraviy tahdidlar tarqalishi

— bu zamonaviy jamiyat uchun eng katta

xavflardan biridir. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida, insonlar

4

Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. –Т.: Янги аср авлоди, 2008. – 170 б.

5

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг БМТ саммити мингйиллик ривожланиш

мақсадларига бағишланган ялпи мажлисидаги нутқи. //Халқ сўзи, 2010 йил 21 сентябрь.

6

Prezident Shavkat Mirziyoyevning, 2022-yil, Ma’naviyat haftaligi ochilish marosimi yig‘ilishi

7

Абдураҳмонов, Қ. (2020). Мафкуравий таҳдидлар ва уларнинг ижтимоий таъсири. Тошкент: “Фан”

нашриёти


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

223

ISSN:3030-3613

axborotni tez va oson qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi, lekin bu holat

zararli g‘oyalar,

soxta ma’lumotlar va buzg‘unchi mafkuraviy ta’sirlar

tarqalishiga ham sharoit

yaratdi.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaladigan mafkuraviy tahdidlar turlari:

Ekstremistik va terroristik g‘oyalar:

Internet orqali yoshlarga radikal g‘oyalar singdiriladi.
Ba’zi saytlar va kanallar terrorizmni oqlash, yoshlarni jalb qilish bilan

shug‘ullanadi.

Yolg‘on va soxta axborot (feyk):

Jamiyatda beqarorlik uyg‘otish uchun turli feyk xabarlar tarqatiladi.
Maqsad — insonlar ongida shubha, xavotir va ishonchsizlik paydo qilish.

Madaniy va milliy qadriyatlarga qarshi g‘oyalar:

Mahalliy til, din, an’analar mensimaslik bilan tanqid qilinadi.
G‘arb madaniyatini cheksiz ideal sifatida ko‘rsatish orqali yoshlarni o‘z

milliylikdan uzoqlashtirishga harakat qilinadi.

Ma’lumot uyushtirilgan kiberhujumlar va targ‘ibotlar orqali:

Ba’zi holatlarda, boshqa davlatlar tomonidan axborot urushi olib boriladi. Bundan

maqsad mamlakat ichkarisida ijtimoiy yoki siyosiy beqarorlik yuzaga keltirish
hisoblanadi.

Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali mafkuraviy tahdidlar tarqalish usullari:

YouTube, Telegram, TikTok, Instagram, Facebook kabi platforma va

kanallar orqali.

Bloglar va forumlarda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazuvchi kontentlar.

Onlayn o‘yinlar, video-kontent orqali yumor niqobi ostida radikal g‘oyalarni

singdirish.

2.

Yoshlar ongiga ta’sir qilish orqali tarqalishi

– yosh avlod mafkuraviy

ta’sirga ko‘proq moyildir, chunki ular axborotni tanlash va tahlil qilish qobiliyatini hali
to‘liq shakllantirmagan bo‘ladi. Yoshlar — jamiyatning eng ta’sirchan va
ta’sirlanuvchan qatlami hisoblanadi. Shu bois, mafkuraviy tahdidlar asosan yoshlar
ongiga ta’sir qilish orqali tarqaladi. Bunday ta’sirlar ko‘pincha yoshlarning turli
qiziqishlaridan kelib chiqib, fe’l-atvori, fikrlash tarzi, hayotiy maqsadlari va
qadriyatlarini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.

Mafkuraviy tahdidning maqsadlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

Milliy va ma’naviy qadriyatlarni mensimaslik.

Davlatga, jamiyatga va urf-odatlarga nisbatan salbiy munosabat uyg‘otish.

Yoshlarni radikal, ekstremistik yo‘nalishlarga jalb qilish.

Jamiyatda beqarorlik va bo‘linish chiqarish.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

224

ISSN:3030-3613

Bu turdagi mafkuraviy tahdid oqibatida

jamiyatning milliy mafkuradan

uzoqlashishi, o‘zaro totuvlikka putur yetishi, yoshlarning ongida “o‘zim bilganimcha
yashayman” degan g‘oyaning kuchayishi, shuningdek, yoshlar orasida ma’naviy
inqiroz va ijtimoiy muammolar ko‘payishi yuzaga kelishi mumkin.

Shu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, qo‘yidagi yo‘llar orqali

biz yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishimiz mumkin:

Ta’lim orqali:

ya’ni ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, axborot

savodxonligini oshirish.

Ota-ona va ustoz nazorati:

mas’ul shaxslar hamkorlikda farzandlar bilan tez-

tez suhbatlar o‘tkazish orqali farzandning qanday kontent ko‘rayotganini bilish.

Milliy mafkura asosida tarbiya:

tarix, madaniyat, din va ma’naviyatni chuqur

o‘rgatish.

Pozitiv onlayn muhit yaratish:

ijobiy kontentlar, milliy qahramonlar va

zamonaviy obrazlar.

3.

Milliy va diniy ehtiyojlardan foydalanish orqali tarqalishi

– ekstremistik

guruhlar o‘z mafkurasini milliy, diniy yoki ijtimoiy adolat tuyg‘ulari bilan niqoblab
tarqatishi mumkin. Milliy va diniy ehtiyojlardan foydalanish orqali mafkuraviy
tahdidlarni tarqatish — bu zamonaviy mafkuraviy kurash usullaridan biri bo‘lib, u
jamiyatdagi eng nozik his-tuyg‘ular — milliylik, dindorlik, adolatparvarlik, va
ma’naviy qadriyatlar orqali insonlar ongiga ta’sir qilishga qaratilgan.

Milliy ehtiyojlar -

millat manfaatlari niqobi ostida boshqa millatlarga nisbatan

nafrat uyg‘otish, separatizm va milliy dushmanlikni qo‘zg‘atish.

Diniy ehtiyojlar - dindan niqob sifatida foydalanish,

dinni noto‘g‘ri talqin

qilish, radikal va dahshatli aqidalarni "islomga mos" deb ko‘rsatish, yoshlarning
e’tiqodidan foydalanish.

Milliy ehtiyojlar orqali:

"Millatimiz zulmda", "bizning haqqimiz toptalyapti" degan

milliy tuyg‘ularni

qo‘zg‘atish.

Milliy muammolar orqali odamlarni

ijtimoiy isyon

ga undash.

Turli ijtimoiy tarmoqlarda “milliy qahramonlik” niqobida hukumatga va

jamiyatga qarshi chiqishni targ‘ib qilish.

Diniy ehtiyojlar orqali:

Haqiqiy islom va uning bag‘rikenglik g‘oyalarini

qoralash

Jannat, shihodat

, yoki

jihod va hijrat

kabi diniy tushunchalarni noto‘g‘ri

talqin qilish.

Internetda yoshlar ongiga ta’sir qiluvchi “islomiy ko‘rinishdagi” videolar,

maqolalar, bloglar orqali

radikal guruhlarga jalb qilish

.

Jamiyatda mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash mexanizmlarini

takomillashtirish yo‘nalishlari:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

225

ISSN:3030-3613

1. Axborot-xavfsizlik monitoring tizimlarini kuchaytirish

Zamonaviy dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida

internet makonidagi shubhali kontentlarni avtomatik aniqlash va tahlil qilish
mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish zarur

8

.

2. Ta’lim muassasalarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish

Maktab va oliy ta’lim muassasalarida mafkuraviy tahdidlar va axborot

xavfsizligiga oid maxsus fanlar joriy etish, yoshlar orasida tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish lozim

9

.

3. Jamoatchilik bilan hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish

Mahalla, NNTlar va fuqarolik jamiyati institutlari orqali profilaktik tadbirlarni

kengaytirish, aholi ongini oshirish maqsadida media-kampaniyalar o‘tkazish samarali
hisoblanadi

10

.

4. Qonunchilik bazasini takomillashtirish

Mafkuraviy

tahdidlarga

qarshi

kurashishda

huquqiy

mexanizmlarni

mustahkamlash, ayniqsa onlayn muhitda radikal g‘oyalar tarqatilishini cheklash
bo‘yicha aniq me’yorlar kiritish zarur

11

.

Xulosa

Jamoat xavfsizligini ta’minlash faqatgina kuch ishlatish orqali emas, balki ongli,

bilimli va mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalash orqali amalga oshiriladi. Mafkuraviy
tahdidlarga qarshi kurashda davlat, jamiyat va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi
hamkorlik hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-
yanvardagi ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor
yig‘ilishi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil
Ma’naviyat haftaligi ochilish marosimi yig‘ilishi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev // Qonun ustuvorligi va
inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi //
URL

-

http://uza.uz/oz/politics/onun-ustuvorligi-va-inson-manfaatlarini-

taminlash yurt-tara--07-12-2016

8

“Интернет хавфсизлиги ва кибер таҳдидларга қарши кураш”, Ўзбекистон Киберхавфсизлик

агентлиги, 2023.

9

Зуфаров, М. (2021). Ёшлар ва мафкуравий таҳдидлар. Тошкент: “Ўқитувчи”.

10

Маҳалла ва ННТлар фаолияти ҳақида Республика ахборот маркази ҳисоботи, 2022.

11

Ўзбекистон Республикаси “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонунига сўнгги ўзгартишлар, 2024.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

226

ISSN:3030-3613

4.

Birinchi Prezident Islom Karimovning BMT sammiti mingyillik rivojlanish
maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi. //Xalq so‘zi, 2010 yil 21
sentyabr.

5.

Birinchi Prezident Islom Karimov // Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:
Ma’naviyat, 2008. – 111 b.

6.

S.Otamurodov // Globallashuv va millat. –T.: Yangi asr avlodi, 2008. – 170 b.

7.

T.Eshbekov // Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik (o‘quv
qo‘llanma) // Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti – 2011

8.

Q.Abdurahmonov // Mafkuraviy tahdidlar va ularning ijtimoiy ta’siri. Toshkent:
“Fan” nashriyoti. 2020.

9.

“Internet xavfsizligi va kiber tahdidlarga qarshi kurash”, O‘zbekiston
Kiberxavfsizlik agentligi-2023.

10.

O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga so‘nggi
o‘zgartishlar-2024.

11.

M.Zufarov //

Yoshlar va mafkuraviy tahdidlar

. Toshkent: “O‘qituvchi”- 2021.

12.

Mahalla va NNTlar faoliyati haqida Respublika axborot markazi hisoboti-2022.


References

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 19-

yanvardagi ma’naviyat masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor

yig‘ilishi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil

Ma’naviyat haftaligi ochilish marosimi yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev // Qonun ustuvorligi va

inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi //

taminlash yurt-tara--07-12-2016

Birinchi Prezident Islom Karimovning BMT sammiti mingyillik rivojlanish

maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi. //Xalq so‘zi, 2010 yil 21

sentyabr.

Birinchi Prezident Islom Karimov // Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.:

Ma’naviyat, 2008. – 111 b.

S.Otamurodov // Globallashuv va millat. –T.: Yangi asr avlodi, 2008. – 170 b.

T.Eshbekov // Mafkura maydonida axborot-psixologik xavfsizlik (o‘quv

qo‘llanma) // Mirzo ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti – 2011

Q.Abdurahmonov // Mafkuraviy tahdidlar va ularning ijtimoiy ta’siri. Toshkent:

“Fan” nashriyoti. 2020.

“Internet xavfsizligi va kiber tahdidlarga qarshi kurash”, O‘zbekiston

Kiberxavfsizlik agentligi-2023.

O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga so‘nggi

o‘zgartishlar-2024.

M.Zufarov // Yoshlar va mafkuraviy tahdidlar. Toshkent: “O‘qituvchi”- 2021.

Mahalla va NNTlar faoliyati haqida Respublika axborot markazi hisoboti-2022.