T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
48
ISSN:3030-3613
BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI TAHLIL
QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF
ETISH YO‘LLARI
AZAMOV AFZALBEK YORQINJON O‘G‘LI
ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDITI
YO‘NALISHI 4-BOSQICH
K-114-21-GURUH TALABASI
Annotatsiya:
Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil
qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan.
Amaliyotda tahlil jarayonlarining soddalashtirilganligi, zamonaviy yondashuvlarning
yetarlicha qo‘llanilmasligi, axborot texnologiyalarining cheklanganligi va xodimlar
malakasining pastligi kabi omillar tahlil sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotgani qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida moliyaviy tahlil
sifatini oshirishga doir takliflar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
Bozor iqtisodiyoti moliyaviy natijalar, byudjet tashkiloti, tahlil,
samaradorlik, davlat moliyasi, raqamlashtirish, xalqaro tajriba, GFMIS, dBrain, audit.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash va ularning faoliyat samaradorligini oshirishda moliyaviy natijalarni tahlil
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy tahlil, bir tomondan, tashkilotning
mavjud moliyaviy holatini baholashga, ikkinchi tomondan esa kelajakdagi moliyaviy
rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Moliyaviy natijalar - bu xo‘jalik subyektlarida ma’lum bir hisobot davrida
xo‘jalik jarayoni natijasida o‘ziga qarashli mablag‘larni oshishi yoki kamayishidir.
Moliyaviy natijalar tashkilot faoliyatining iqtisodiy samaradorligini ifodalaydi va ular
ijobiy (foyda) yoki salbiy (zarar) bo‘lishi mumkin. Byudjet tashkilotlari kontekstida
esa bu tushuncha biroz o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Byudjet tashkilotlarida
moliyaviy natija deganda, odatda tashkilotning barcha tushumlari (shu jumladan,
byudjet mablag‘lari hisobidan g‘aznachilik orqali amalga oshirilgan kassa xarajatlari)
va hisoblangan real xarajatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi. Ushbu farq natijasida hosil
bo‘lgan ko‘rsatkich tashkilotning aktivlaridagi sof o‘zgarishni aks ettiradi
1
. Boshqacha
aytganda, byudjet tashkilotining moliyaviy natijasi – bu tashkilot balansidagi barcha
aktivlar (jumladan, nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlik qarzlari)dan
1
M.Y. Raximov, N.N. Kalandarova "Moliyaviy hisobotlar va ularning tahlili" darslik 2019-yil
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
49
ISSN:3030-3613
uning majburiyatlari (asosiy ravishda kreditorlik qarzlari) ayirilgandagi qiymat bo‘lib,
bu ko‘rsatkich tashkilotning sof moliyaviy holatini tavsiflaydi.
Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda byudjet tashkilotlarida
moliyaviy natijalarni tahlil qilish jarayonida ba’zi muammolar mavjud. Ular orasida
moliyaviy axborotlarning yetarlicha aniq va tizimli yuritilmasligi, tahlil usullarining
eskirganligi, kadrlar malakasining yetarli emasligi kabi omillar ajralib turadi. Bu esa
moliyaviy natijalarga asoslangan to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi.
Hozirgi kunda respublika byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisob va hisobotlarni
yuritishda “Uzasbo” (UzASBO – O‘zbekiston avtomatlashtirilgan byudjet tizimi)
dasturiy platformasidan keng foydalanilmoqda. Mazkur tizim orqali asosiy
buxgalteriya hujjatlari, xarajat smetalari, to‘lov topshiriqlari va operatsion hisobotlar
yuritiladi. Shu bilan birga, amaliyotda kuzatilayotgan holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki,
“Uzasbo” tizimi asosan buxgalteriya hisobining yuritilishini ta’minlashga
yo‘naltirilgan bo‘lib, moliyaviy natijalarni chuqur tahlil qilish, ularni vizual
ko‘rinishda aks ettirish, samaradorlikni tizimli baholash kabi funktsiyalarni to‘laqonli
bajara olmaydi. Natijada, bu tizimdan foydalanish moliyaviy boshqaruv qarorlarini
asoslash uchun yetarli tahliliy asos yaratmaydi.
Bundan tashqari, “Uzasbo” tizimi orqali shakllantirilgan ma’lumotlar tashkilot
ichidagi turli bo‘limlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmaydi, ya’ni bu tizim
umumlashtirilgan va integratsiyalashgan axborot platformasi emas. Rejalashtirish,
buxgalteriya, audit va moliyaviy tahlil bo‘limlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi
asosan qo‘lda yoki alohida elektron fayllar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa nafaqat
vaqt va resurslarning ortiqcha sarf bo‘lishiga olib keladi, balki ma’lumotlar tafovutiga
sabab bo‘lib, umumiy moliyaviy ko‘rinishni shakllantirishda noaniqliklar paydo qiladi.
Ko‘plab tashkilotlarda moliyaviy tahlil faqat asosiy xarajatlar, smeta ijrosi va
o‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmini aniqlash bilan cheklanmoqda. Daromad va
xarajatlar dinamikasi, ularning tarkibiy tuzilishi, xarajatlarning maqsadga muvofiqligi,
xarajatlar samaradorligi, moliyaviy oqimlarning barqarorligi kabi chuqur tahlil talab
qiladigan ko‘rsatkichlar amaliyotda yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Bu esa, o‘z
navbatida, tashkilotlarning moliyaviy holatini chuqur baholash imkonini bermaydi.
Moliyaviy hisobotlarni yuritish va ularni tahlil qilish ko‘plab tashkilotlarda faqat
hisob-kitoblarni to‘g‘ri olib borish, smetani to‘g‘ri to‘ldirish yoki yil yakuni bo‘yicha
mablag‘larni sarflanishini hujjatlashtirish bilan cheklanadi. Ko‘plab hollarda, bu
vazifalarni bajarayotgan mutaxassislar moliyaviy ko‘rsatkichlarning iqtisodiy
mazmunini chuqur anglamagan bo‘ladi. Ayniqsa, moliyaviy tahlil natijalariga
asoslangan strategik qarorlarni ishlab chiqish, moliyaviy natijalarning xizmat
ko‘rsatish sifatiga ta’sirini aniqlash, samaradorlik indikatorlarini tushunish va baholash
ko‘nikmalari ko‘pchilik xodimlarda yetarli emas.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
50
ISSN:3030-3613
Bundan tashqari, davlat moliyasi, byudjet nazorati va davlat xaridlari sohalarida
zamonaviy metodikalar, axborot tizimlari va xalqaro tajribalardan bexabar bo‘lgan
xodimlar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda moliyaviy tahlil sifati past bo‘ladi.
Bunday holatlarda, hatto mavjud bo‘lgan tahliliy ko‘rsatkichlar ham formal yondashuv
asosida to‘ldiriladi, real holatni aks ettirmaydi va faqat shakl uchun bajarilgan
hisobotga aylanib qoladi.
Kadrlar malakasining pastligi, bir tomondan, doimiy amaliy malaka oshirish
tizimining yo‘qligi yoki zaifligi, ikkinchi tomondan esa, rahbarlar darajasida tahlilga
bo‘lgan ehtiyojning pastligi bilan bog‘liq. Chunki rahbariyatning moliyaviy natijalarni
tahlil qilishga bo‘lgan talab va e’tibori yuqori bo‘lmaganda, xodimlar ham bu boradagi
bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga intilmaydi.
Umuman olganda, moliyaviy tahlilning chuqur va sifatli olib borilishi uchun
kadrlarning malakasini muntazam oshirish, zamonaviy tahliliy yondashuvlar va
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni o‘rgatish, xodimlarning iqtisodiy
fikrlash va tahliliy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Buning uchun
maxsus o‘quv dasturlari, malaka oshirish kurslari, vebinar va seminarlar tashkil qilish
muhim sanaladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda
tashkilotlarga amaliyotchi-talabalarni jalb etish orqali zamonaviy bilimlarni tatbiq
etish imkoniyatlarini kengaytirish mumkin.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish ham zamonaviy moliyaviy tahlil
yondashuvlaridan biridir. Big Data, sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlar tahlili va bulutli
texnologiyalar orqali davlat moliyasining samaradorligi yanada oshadi. Ushbu
texnologiyalar yordamida moliyaviy axborotlar to‘plami avtomatik tarzda tahlil
qilinadi va qarorlar real vaqt rejimida qabul qilinadi. Bu nafaqat moliyaviy resurslarni
tejash, balki ulardan maqsadli va samarali foydalanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, integratsiyalashgan moliyaviy boshqaruv tizimlari (masalan,
GFMIS) orqali davlat byudjeti va moliyaviy jarayonlarni yagona platforma orqali
boshqarish mumkin. Ushbu tizimlar yordamida barcha byudjet jarayonlari —
rejalashtirish, xarajat qilish, hisobot berish — o‘zaro bog‘lanib, yagona va tizimli
platformada amalga oshiriladi. Bu esa moliyaviy ma’lumotlarni tez va aniq olish
imkoniyatini beradi, shuningdek, moliyaviy resurslarni boshqarishda xatoliklarni
kamaytiradi.
Moliyaviy natijalarni hisobga olish va tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarga ega
bo‘lgan rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali moliyaviy
boshqaruvning asosi — ochiqlik, natijadorlik va javobgarlik tamoyillariga asoslangan
yondashuvdir. Bunday davlatlarda moliyaviy tahlil va byudjet jarayonlari xalqaro
standartlarga muvofiq tarzda tashkil etilgan bo‘lib, bu orqali byudjet tashkilotlarining
faoliyati muntazam monitoring qilinadi hamda natijalarga asoslangan qarorlar qabul
qilinadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
51
ISSN:3030-3613
1-rasm. Rivojlangan davlatlarda byudjet tahlilida qo‘llaniladigan
texnologik vositalar ulushi
2
Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida moliyaviy samaradorlikni oshirish
maqsadida 1993-yilda “Government Performance and Results Act” (GPRA) qabul
qilingan. Ushbu qonunga muvofiq, barcha federal agentliklar o‘z faoliyatining aniq
maqsadlarini belgilab, har yili natijalarga asoslangan hisobot taqdim etishlari talab
etiladi. Bundan tashqari, AQSHda performance.gov nomli maxsus onlayn platforma
mavjud bo‘lib, u orqali jamoatchilik davlat agentliklarining faoliyat ko‘rsatkichlarini
kuzatishi mumkin. Bu esa fuqarolarning byudjet mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha
axborotga bo‘lgan ochiqligini ta’minlaydi.
Buyuk Britaniyada esa byudjet tizimi samaradorlik, shaffoflik va javobgarlik
tamoyillariga asoslanadi. HM Treasury tomonidan ishlab chiqilgan “Public Spending
Framework” doirasida barcha davlat tashkilotlari uchun aniq moliyaviy ko‘rsatkichlar
belgilanadi hamda bu ko‘rsatkichlarga erishish darajasi asosida baholash amalga
oshiriladi. Shuningdek, Buyuk Britaniyada mustaqil audit tashkiloti — National Audit
Office (NAO) mavjud bo‘lib, u davlat tashkilotlari faoliyatini samaradorlik va
natijadorlik nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Ushbu model davlat mablag‘larining
oqilona sarflanishi va ortiqcha xarajatlarning oldini olishga xizmat qiladi
3
.
Janubiy Koreyada esa raqamlashtirilgan byudjet tizimi — dBrain (Digital Budget
and Accounting System) amaliyoti mavjud. Ushbu tizim barcha byudjet
tashkilotlarining moliyaviy ma’lumotlarini yagona raqamli platformada jamlaydi va
ularni real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi. dBrain tizimi orqali har bir
moliyaviy operatsiya to‘liq elektron tarzda qayd etiladi va barcha ma’lumotlar
hukumat, parlament hamda jamoatchilik uchun ochiq bo‘ladi. Bu yondashuv
2
Jahon banki, “International Monetary Fund” va “Organisation for Economic Co-operation and Development”
ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
3
HM Treasury & Cabinet Office. (2021). The government’s planning and performance framework. (Available via
GOV.UK).
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
52
ISSN:3030-3613
korrupsiyaviy holatlarni kamaytirish, resurslardan maqsadli foydalanishni kuchaytirish
va moliyaviy intizomni ta’minlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda
4
.
Yuqoridagi davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, samarali moliyaviy tahlil va
hisob yuritish jarayonlari uchun faqat texnik vositalar emas, balki institutsional va
qonunchilik islohotlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat moliyasini ochiq,
samarali va natijaga yo‘naltirilgan tarzda boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba
O‘zbekiston uchun ham amaliy jihatdan dolzarbdir. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni
keng joriy qilish, natijadorlikka asoslangan baholash tizimini shakllantirish va
fuqarolarning byudjet jarayonlarida ishtirokini kengaytirish mamlakatimizda
moliyaviy tahlil samaradorligini oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
XULOSA
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil qilishda mavjud muammolar
moliyaviy boshqaruv samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ularni bartaraf etish
uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, xodimlar malakasini oshirish
hamda xalqaro tajribalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Moliyaviy tahlil
jarayonini takomillashtirish davlat resurslaridan oqilona foydalanish va natijadorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
M.Y. Raximov, N.N. Kalandarova "Moliyaviy hisobotlar va ularning tahlili"
darslik 2019-yil
2.
HM Treasury & Cabinet Office. (2021). The government’s planning and
performance framework. (Available via GOV.UK).
3.
Korea Fiscal Information Service. (n.d.). Digital Budget and Accounting System
(dBrain). Retrieved June 9, 2025, from
4.
World Bankhttps://www.worldbank.orgWorld Bank
4
Korea Fiscal Information Service. (n.d.). Digital Budget and Accounting System (dBrain). Retrieved June 9, 2025,
from