T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
135
ISSN:3030-3613
“MAKTABGACHA TA’LIM - MUVAFFAQIYAT POYDEVORI”
Mashrabboyeva Durdona
Namangan xizmat ko’rsatish va servis tehnikumi
“Tabiiy,gumanitar va maxsus fanlar”kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya.
Maktabgacha ta'lim bolaning rivojlanishida asosiy omillardan biri
hisoblanadi,, chunki bu davrda bola kelajak hayoti uchun zarur bo’lgan bilim va
ko’nikmalarning 70-foizini egallaydi. U bolaning intellektual, hissiy, jismoniy va
ijtimoiy jihatdan tayyorligini ta'minlab, maktab ta'limi uchun mustahkam poydevor
yaratadi.
Ushbu maqolada maktabgacha ta'limning ahamiyati, bolalarning har tomonlama
rivojlanishidagi o'rni, innovatsion pedagogik usullar va ota-onalar ishtirokining
samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining sifatli
ta'lim berishdagi roli va kelajakdagi muvaffaqiyatga ta'siri ko'rib chiqiladi.
Abstract
. Preschool education is one of the main factors in the development of
a child, because during this period the child acquires 70% of the knowledge and skills
necessary for future life. It ensures the child's intellectual, emotional, physical and
social readiness, creating a solid foundation for school education.
This article analyzes the importance of preschool education, its role in the
comprehensive development of children, the effectiveness of innovative pedagogical
methods and parental involvement. It also examines the role of preschool educational
organizations in providing quality education and their impact on future success.
Аннотация
. Дошкольное образование является одним из основных
факторов развития ребенка, поскольку в этот период ребенок приобретает 70%
знаний и навыков, необходимых для его дальнейшей жизни. Оно обеспечивает
интеллектуальную, эмоциональную, физическую и социальную готовность
ребенка, создавая прочный фундамент для школьного образования.
В данной статье анализируется значение дошкольного образования, его
роль во всестороннем развитии детей, эффективность инновационных
педагогических методов и родительского участия. Также рассматривается роль
дошкольных образовательных организаций в предоставлении качественного
образования и их влияние на будущую успешность.
Kalit
so’zlar
:
maktabgacha
ta’lim,pedagog,psixolog,intellektual
qobilyat,pedagogik yondashuv,ijtimoiylashuv,innovatsion texnologiya.
Keywords:
preschool education, pedagogue, psychologist, intellectual abilities,
pedagogical approach, socialization, innovative technology
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
136
ISSN:3030-3613
Ключевые слова
: дошкольное образование, педагог, психолог,
интеллектуальные способности, педагогический подход, социализация,
инновационные технологии.
Maktabgacha ta’lim bolalarning rivojlanishida asosiy omil sanaladi,va kelajak
avlodning shakllanishida ilk poydevor sanaladi.
Maktabgacha
ta’lim
tizimi
bolalarning
ijtimoiy
madaniy
rivojlanishida,ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim rol
o’ynaydi.[1] Tarbiyalanuvchilarga ma’naviy axloqiy tarbiya berish,shuningdek,ularni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda pedagoglardan katta mahorat talab etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlar davomida bolalarga shaxsiy
namuna ko’rsatish,turli xil tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan chiqishlarni namoyish
etish,mashg’ulotlar davomida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan o’yinlar va davra
suhbatlarini o’tkazish orqali bolada ma’naviy va axloqiy tushunchalarni shakllantirish
va ularda milliy qadriyatlarimiz ,tariximizni aks ettirib berish mumkin.
Shuningdek, bolalarni har tomonlama sog’lom,barkamol yetuk qilib
tarbiyalashda pedagoglar eng avvalo maktabgacha ta’lim sohasiga tegishli barcha
me'yoriy hujjatlarni o’rganishi va uni amalda joriy etishi samaradorlikni oshiradi.
Mashg’ulotlarni
innovatsion
texnologiyalar
asosida
tashkil
etish
tarbiyalanuvchilar faolligini oshiradi,mashg’ulotga bo’lgan qiziqishi ortadi.Pedagogik
jarayonlarda bolalar uchun o’yin texnologiyalaridan foydalanish eng samarali
usullardan biridir.Negaki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati
o’yin bo’lgani uchun bola o’zining holatini,kechinmalarini,orzu istaklari,va ayni
paytda o’zining holatini o’yinda yaqqol aks ettiradi.Bundan tashqari pedagoglar
guruhda ayrim bolalarning tarbiyasidagi yomon holatlarni bartaraf etishda,ularning
ruhiy holatini o’rganishda o’yin terapiyasidan ham foydalanish maqsadga muvofiq
sanaladi. Bunda, bola o’yin orqali o’zidagi yomon holatlarni o’z o’ziga oyna kabi aks
ettiradi va o’zi tushunib yetadi. Pedagog to’g’ridan to’g’ri ta’sir o’tkazmaydi balki, uni
yo’naltirish orqali o’zidagi ayrim hislatlarni o’rgatadi.Bu esa bolaning psixologik
holatiga salbiy ta’sir o’tkazmaydi.Bunday o’yin terapiyalari guruh bolalari bilan
birgalikda “Yo’lovchi” o’yini orqali yoki, ota-ona va farzandlar o’zaro rol ijro etishlari
ham mumkin.
Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni intellektual qobilyatlarini didaktik
o’yinlar orqali shakllantirish bolada mantiqiqy fikrlashini rivojlanishiga, aqliy
qobilyatini shakllanishida, o’zi mustaqil fikrlay olishi,muammolarini hal qilishida
yordam beradi.Mashg’ulotlarni STEAM –texnologiyasi asosida tashkil etish yosh
avlodni har taraflama tarbiyalashda ularga yangi zamonaviy bilimlarni o’rgatishda va
ijodiy qobilyatlarini shakllantirishda turtki bo’ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
137
ISSN:3030-3613
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha pedagoglar STEAM asosida
pedagogik jarayonlarni olib borishi ular uchun mashg’ulotni yaxshi tashkil etish
kreativlik ,ikkinchi tilni o’rganish va qo’shimcha daromad manbayi sanaladi.Eng
asosiysi, bolalarni intellectual qobilyatlarini shakllantiradi,ruhiy va jismoniy
rivojlanishi ,atrofdagilar bilan muloqoti,hamkorlik aloqalarini o’rnatishda muhim rol
o’ynaydi.
Maktabgacha ta’lim –muvaffaqiyat poydevori bo’lib xizmat qilishda ota-ona va
MTT hamkorligi ham muhimdir.Bolaning ta’lim tarbiyasi faqat bir taraflama emas
balki,oilalarning hamkorlik aloqalari asosida olib borilishi jarayonni qulaylashtiradi,
va pedagoglar bola bilan ishlashda qiyinchilikka yuz tutmaydilar.
Mashg’ulotlarga ota-onalarni ishtiroki bolani ruhiyatiga ijobiy ta’sir
o’tkazadi,ularni qo’llab quvvatlaydi.
So’nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat o’quv
dasturi asosida turli amaliy seminarlarni tashkil etish tarbiyachilar salohiyatini yanada
yuksaltirmoqda.O’quv amaliy seminarlar pedagoglarni yangi tajribalar orttirishi,
metodlar almashishi,va o’quv dasturini yanada kuchli o’rganishifa turtki bo’ladi.
Xulosa qilinganda, maktabgacha ta’lim sohasi har qanday rivojlangan
jamiyatning kelajagi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.Sifatli maktabgacha ta’lim
nafaqat maktabga tayyorgrligini,balki,butun hayoti davomidagi ta’lim yutuqlarni ham
yaxshilaydi.Rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta’lim bilim beribgina qolmay
bolalarda mustaqil fikrlash,tanqidiy tahlil qilish,ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishga
qaratilgan. Mamlaktaimizda bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlar
Yangi O’zbekiston taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi. Biroq, shahar va qishloqdagi
tafovutlar, metodik materiallarning zamonaviy talablarga javob bermasligi kabi
muammolar hali ham mavjud va ularni bartaraf etish uchun qo'shimcha sa'y-harakatlar
talab etiladi . Sifatli maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish orqali biz kelajak
avlodini dunyoning raqobatbardosh fuqarolari sifatida tarbiyalashimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
”O’zbekistonda ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarda maktabgacha ta’limning
ro’li”Axmedova Raxima,Ergashbayev Shahbozbek
2.
”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 2022.
3.
”Ta’lim sifati-kelajak poydevori”
4.
”Sifatli ta’lim-taraqqiyot poydevori” Ravshanova Adolat
5.
”Kelajakka sifatli qadam:O’zbekistonda ta’lim tizizmidagi o’zgarishlar va
muammolar”Mukarramoy Hasanboyeva