Авторы

  • Sevindiqova Munisa Qosimjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112344

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: qon yosh fiziologiyasi qon aylanishi bosim qon hajmi arteliyalar va kapillyarlar.

Аннотация

Annotatsiya 
Mazkur maqolada inson organizmining turli yosh davrlaridagi qon aylanishi va 
qon tizimining morfo hamda fiziologik xususiyatlari keng ravishda tahlil qilinadi birma 
bir.Xususan  tug'ilishdan  boshlab  o'smirlik,  kattalik  va  qariyalik  davrigacha  qon 
strukturasidagi  faoliyat  ,  qonning  o'zi  uning  tarkibi  yurak  va  undagi  meyoriy 
o'zgarishlar  yoritiladi.  Shu  bilan  bir  qatorda  gigienik  tavsiyalarga  ham  e'tibor 
qaratiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

248

ISSN:3030-3613

QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI

Andijon davlat Chet tillari instituti

Xitoy tili filologiyasi 201-guruh talabasi

Sevindiqova Munisa Qosimjonovna

Annotatsiya

Mazkur maqolada inson organizmining turli yosh davrlaridagi qon aylanishi va

qon tizimining morfo hamda fiziologik xususiyatlari keng ravishda tahlil qilinadi birma
bir.Xususan tug'ilishdan boshlab o'smirlik, kattalik va qariyalik davrigacha qon
strukturasidagi faoliyat , qonning o'zi uning tarkibi yurak va undagi meyoriy
o'zgarishlar yoritiladi. Shu bilan bir qatorda gigienik tavsiyalarga ham e'tibor
qaratiladi.

Kalit so'zlar:

qon, yosh fiziologiyasi, qon aylanishi, bosim, qon hajmi,

arteliyalar va kapillyarlar.


Inson organizmida tug'ilish davridan to o'smirlik, kattalik va qariyalik

davrlarigacha sodir bo'ladigan funksional va morfologik o'zgarishlarning hammasini
yosh fiziologiyasi o'rganadi. Qon va qon aylanishi inson organizmining asosiy
sistemasi bo'lganligi sababli ular inson rivojlanishining har bir bosqichida aniq bir
o'zgarishlarga uchraydi. Sog'lom turmush tarzini shakllantirishda yoshga mos qon
aylanish tizimining rivojlanishi soglomlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Ushbu
maqollarning maqsadi esa har bir yosh davrida qon va undagi o'zgarishlarni izohlash
va ularni batafsil yoritishdan iborat.

Neonatal davr
Inson tug'ilganidan to bir yoshgacha bo'lgan davri hisoblanadi. Neonatal davrda

qon tomirlari va yurak faol ishlaydi. Yurak devori va o'lchami qon aylanishining post
natal tizimga o'tishi bilan kengayishni boshlaydi. Taxminan 120-140 min uradi yurak.
Bu jarayon esa bevosita qon aylanishining tezlashishiga yordamlashadi. Qon bosimiga
keladigan bo'lsak tahminan o'rtacha hisobda 60 yoki 70 mm sistolik , 40-50 diastotolik
bo'ladi. Qon tarkibi va hajmi esa 1 kg tana og'irligi 80-100 ml tahminan, gemoglabin
darajasi esa yuqori 160 yoki 180g/l bu esa kislorad tashish jarayoning samarador
bo'lishiga ko'maklashadi.

Bu davrda uchraydigan konstitutsiyaviy holatlar quyidagilar:
Qon tarkibining va vaqtinchalik tomir va ularning tizmilaridagi o'zgarishlar.

Anemiya yani 2 yoki 3 oy mobaynida gemoglabin me'yori pasayishi kuzatiladi,
shuningdek o't pufagida ham bir qator o'zgarishlar kuzatiladi.

Go'daklik davri


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

249

ISSN:3030-3613

Yurak o'sishi:Mushak tolalari va yurak hajmi bevosita zichlashishi va qon

aylanishi ham mustahkamlanadi ancha. Yurak urushi tezligi esa 100 yoki 120 urunish
har daqiqada, vaqtinchalik o'zgarishlar kuzatiladi. Qon bosimi esa o'rtacha 80-90/50-
60 mn. Qon hajmi tana vazniga nisbatan yuqori va gemoglabin darajasi 120yoki 140
ga pasayadi. Psixolagik xusisiyatlari:buzilishlar kamdan-kam, qon aylanishi tizimi
moslashuvchan bo'ladi. Isitma va infektsiyaga qarshi reaktivlik ancha yuqori bo'ladi bu
davrda.

2-3-4-10 yosh
Bolalik davri:Yurak anchayin qalinlashadi va arteliyalarning elastlikligi ortadi,

tomir tarmog'i ham kengayadi bir xil meyorda. Qon bosimi 100/60 mm chaqaloq
qizlarda bu jarayon anchayin past chaqaloq yigitlarda asosan yuqori holda bo'ladi.
Gemoglabin 130-140 atrofida qon hajmi esa 70-80 ml boladi. Jismoniy harakatlar va
faollik jihatidan bu yoshda harakatlar ancha ortadi, tananing chidamliligi va
faoliyatining sifati ham oshadi.

11-16 O'smirlik davri
Ushbu davrdagi gormanal o'zgarishlar bevosita qon aylanishiga o'z tasirini

ko'rsatadi. Qizlarda gormanal to'qnashuvlar sababli bir qancha notekis holatlar paydo
bo'ladi. O'g'il bolalarda esa yurak kattalashadi. Yurak urishi 75/90 minut qon bosimi
esa 110 -120/70-80 atrofida gemoglabin esa o'g'il bolalarda bazan 150 g/l qizlarda 120-
140 g/l atrofida.

Maksimal barqarorlik jarayonida vegetativ retseptorlar tizimi tizimli

uyg'unlashadi va yangi jismoniy yuklarni qabul qila boshlaydi.

17-20 yosh kattalar bosqichi
Yurak elastlikligi va samaradorligi maksimal darajaga erishadi. Yurak urishi 60

yoki 80 har daqiqada. Qon bosimi 120 yoki 180 normal. Qon hajmi o'rtacha 70 ml,
gemoglabin 130-160.Endotoliya tuzilishi mukammal bo'ladi tomirlarda elastiklik
oshadi.

Gigiyena talab va tavsiyalari
Har bir yosh bosqichida jismoniy faollik darajasi yoshga nisbatan moslashib

boradi. Masalan o'g'il bolalarda 1 soat har haftada kamida 150 daqiqa o'smirlar va
kattalar uchun. Ovqatlanish gemoglabin balansini normal saqlash uchun oqsil, temir,
kalit vakalsiy va omega yog'larini boyitish kerak. Kuniga kamida 2 litr suv ichish.
Stressni kamaytirish va meyoriy uxlash ham muhim hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Nazarov A.A va Xalilov Sh.R."Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi"Toshkent
:Fan,2020.

2.

Yo'ldasheva.J.J." Inson fiziologiyasi"Toshkent.O'qituvchi,2019.

3.

Solodkov.A.S,Sologub.A.I." Psychology of humans.Moscow Akademiya,2018.

4.

World Health Organization.Growth Reference Data for 5-19 years.Geneva,2007.

Библиографические ссылки

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Nazarov A.A va Xalilov Sh.R."Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi"Toshkent

:Fan,2020.

Yo'ldasheva.J.J." Inson fiziologiyasi"Toshkent.O'qituvchi,2019.

Solodkov.A.S,Sologub.A.I." Psychology of humans.Moscow Akademiya,2018.

World Health Organization.Growth Reference Data for 5-19 years.Geneva,2007.