Mualliflar

  • Muhammadov Halillulloh Ahmadjon o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112348

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Imsomniyani davolash diagnostika patalogiyasi xalq tabobati usullari parhez kelib chiqish sabablari turlari.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur  maqolada  imsomniya  kasalligi  uning  etiologiyasi,patogenezi,klinik 
belgilari va davolash usullari haqida ilmiy – tanqidiy tahlili berilgan . Imsomniya bu 
oddiy kasallik bo’lishi mumkin, lekin inson salomatligi uchun katta havf tug’dirishi 
mumkin, Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar 
asosida  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  zamonaviy  diagnostika  va  davolash  usullari, 
shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi 
ushbu va shunga o’xshash kasalliklarni oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda va 
zamonaviy usullardan foydalanmoqda. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

229

ISSN:3030-3613

IMSOMNIYA – UYQUSIZLIK KASALLIGI

Qoqon universiteti Andijon filiali

Tibbiyot fakulteti Pediatriya

ishi yo’nalishi 1-bosqich talabasi

Muhammadov Halillulloh Ahmadjon o’g’li

Email:muhammedovoff@gmail.com

Tel:+998889874505

Annotatsiya

Mazkur maqolada imsomniya kasalligi uning etiologiyasi,patogenezi,klinik

belgilari va davolash usullari haqida ilmiy – tanqidiy tahlili berilgan . Imsomniya bu
oddiy kasallik bo’lishi mumkin, lekin inson salomatligi uchun katta havf tug’dirishi
mumkin, Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar
asosida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash usullari,
shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi
ushbu va shunga o’xshash kasalliklarni oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda va
zamonaviy usullardan foydalanmoqda.

Kalit so’zlar:

Imsomniyani davolash, diagnostika, patalogiyasi, xalq tabobati

usullari, parhez, kelib chiqish sabablari, turlari.

Аннотация

В данной статье представлен научно-критический анализ инсомнии

(бессонницы), её этиологии, патогенеза, клинических проявлений и методов
лечения. Инсомния может быть простым заболеванием, но может представлять
серьезную угрозу для здоровья человека. В статье подробно освещены именно
эти аспекты, а также проведен анализ на основе различных медицинских
источников. Также уделено внимание современным методам диагностики и
лечения, а также мерам профилактики. Министерство здравоохранения
разрабатывает и использует современные методы профилактики этого и
подобных заболеваний.

Ключевые слова:

Лечение инсомнии, диагностика, патология, методы

народной медицины, диета, причины возникновения, виды.

Abstract

This article provides a scientific and critical analysis of insomnia, its etiology,

pathogenesis, clinical symptoms, and treatment methods. Insomnia may seem like a
simple illness, but it can pose a significant threat to human health. The article highlights
these aspects in detail and analyzes them based on various medical literature. It also
focuses on modern diagnostic and treatment methods, as well as preventive measures.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

230

ISSN:3030-3613

The Ministry of Health is developing and utilizing modern methods for the prevention
of this and similar diseases

.

Keywords

: Insomnia treatment, diagnosis, pathology, folk medicine methods,

diet, causes of origin, types.

Asosiy qism

Uyqusizlik

(baʼzan imsomniya ham deyiladi) tegishli sharoit boʻlishiga

qaramay, uxlay olmaslik muammosi bilan xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu
odatda holsizlanish, bosh ogʻriqlari va boshqa simptomlarni keltirib chiqaradi.
Uyqusizlik atamasi uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini
anglatadi.

Uyqusizlik, insomniya, agripniya — tungi uyqu maromining buzilishi; tunda

kam yoki yuzaki uxlash, uyqu kelmaslik, bevaqt uygʻonaverish, shuningdek, juda erta
uyqu oʻchib ketishi va boshqa

Baʼzi odamlarda uyqu bolaligidan buzilgan boʻladi, mas, irsiy, ilk yoshda

boshdan kechirilgan baʼzi kasalliklar yoki nerv sistemasi, bosh miyaning shikastlanishi
oqibatida kelib chiqadi. U. koʻpincha nerv sistemasining kuchli ruhiy, emotsional
shikastlari, nevroz, psixoz, bosh miyaning organik kasalliklari (ayniqsa, miya qon
tomirlari aterosklerozi), ichki aʼzolar va endokrin bezlar (buyrak, jigar, qalqonsimon
bez) kasalliklari bilan bogʻliq nerv sistemasining funksional buzilishlarida uchraydi.
U. yotadigan joyning noqulay boʻlishi, biror narsadan hayajonlanish, birorta
kasallikning boshlanish belgisi boʻlishi ham mumkin. Agar noxush kechinmalar,
toliqish, uxlash maromining buzilishidan (funksional ) kelib chiqqan boʻlsa, u oʻzicha
tiklanadi. Buning uchun har kuni bir vaqtda odatdagi sharoitda yotish, yaxshi hayollar
surish lozim. Bu tavsiyalarga rioya qilinsa, hayajonlanish, toliqishdan yuzaga
keladigan uyqusizlik tezda oʻtib ketadi. Uyqu yoshi qaytgan va qarigan kishilarda
oʻzgaradi; uyqu yoshlik davriga qaraganda birmuncha yuzaki va qisqa muddatli boʻlib
qoladi, bu shu yoshdagi organizmning fiziologik xususiyatlari natijasidir.

Uyquning har qanday turida ham shifokor bilan maslahatlashish, zarur

muolajalarni olish tavsiya etiladi, oʻz bilganicha doridarmonlar bilan davolanish xavfli
asoratlarga olib keladi.

Uyqusizlik ayollarda erkaklardagidan 1,4 marta koʻp tarqalgan.

Uyqusizlik alomatlari

Uyqusizlik - intrasomnik (kechasi uyg'onish), presomnik (uzoq vaqt uxlab
qolish) va postsomnik (zaiflik va kuchning yetishmasligi) buzilishlarining
takroriy shikoyatlari bilan tavsiflanadi. Bunday shikoyatlar uxlash uchun
ajratilgan vaqt miqdoridan qat'iy nazar, mavjud bo’ladi.

Uyqusizlikning asosiy xususiyati - bu haqiqiy sabablar (doimiy shovqin,
yorug'lik, noqulay yotoq va hk) yo'qligiga qaramay, uxlash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

231

ISSN:3030-3613

buzilishlarining mavjudligi - odamda yaxshi uxlash uchun barcha
sharoitlar mavjud bo’ladi, lekin shunga qaramay uxlay olmaydi.

Uyqusizlik uyqu vaqtining pasayishi, bedorlik davrining ko'payishi bilan
tavsiflanadi. Insonda uxlash istagi uxlashga yotishi bilanoq yo'qoladi.
Qulay joyni topish va jismoniy faoliyat istagini yengish qiyin bo'ladi. Eng
kichik tovushlar ham yaqinlashib kelayotgan uyquni to'xtatadi.

Uyqusizlikning asosiy omillari

asossiz asabiylashish, tez-tez kayfiyat o'zgarishi;

bezovtalik va tashvish hissi;

doimiy charchoq, sustlik, befarqlik;

konsentratsiyaning buzilishi, xotira muammolari;

kunduzgi uyqu;

bosh og'rig'i

, ishtahani yo'qotish, mushaklarning kuchlanishi.

Uyqusizlik sabablari

Uyqusizlik bugungi kunda kam uchraydigan kasallik emas. Ushbu kasallikning

rivojlanishiga hayot ritmi, ekologiya, ijtimoiy moslashuv va boshqa omillar sabab
bo'lishi mumkin. Uyquning yetishmasligi qarilikka olib kelishi mumkin. Bolalar va
o'spirinlarda uyqusizlikka chalinish ehtimoli kamroq.

Uyqu buzilishining eng keng tarqalgan sabablari:
stressli vaziyatlar;
hissiy stress, tashvish hissi;
surunkali ruhiy kasallik (depressiya);
kun tartibidagi o'zgarishlar (smenali ish);
kofe, spirtli ichimliklar va psixotroplarni suiiste'mol qilish;
uyqu tabletkalariga qaramlik;
vaqt va iqlim zonalarining o'zgarishi;
og'riq sindromi;
noto'g'ri ovqatlanish;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

232

ISSN:3030-3613

yotishdan oldin gadjetlardan foydalanish;
tashqi noqulay sharoitlar;
surunkali kasalliklar (

ishemiya

, gipertoniya, gipotireoz,

qandli

diabet

va

boshqalar).

Ayollarda uyqusizlik sabablari erkaklarda bu kasallikning sabablaridan unchalik

farq qilmaydi. Uyqudagi uzilishlar uyqu sifatiga katta ta'sir qiladi. Tez-tez uyg'onish
va uxlab qolish ertalab charchoqni keltirib chiqaradi.

Uyqusizlik diagnostikasi
Uyqusizlikni tashxislashning asosiy usuli polisomnografiya bo'lib, u uyqu

paytida organizm tizimlarining ishlashi to'g'risida to'liq tasavvur beradi. To'liq tashxis
qo'yish uchun shifokor quyidagilarni aniqlaydi:

uyquning bosqichlari;
davomiyligi;
fiziologik ko'rsatkichlarning bosqichlarga nisbati;
madaniy xususiyatlar;
xulq-atvor xarakteri;
psixologik holat.
Ushbu texnika tufayli kasallik darajasi (birlamchi yoki ikkilamchi) aniqlanadi.

Shuningdek, tanada yuzaga keladigan buzilishlarning asosiy sabablarini aniqlanishi
mumkin.

Uyqusizlikni davolash


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

233

ISSN:3030-3613

Uyqu buzilishi jarayoni uzoq davom etsa surunkali uyqusizlik rivojlanadi.

Ushbu holat oqibatlari juda xavflidir va davolanishga darhol javob bermaydi. Oddiy
uyqu holatida inson miyasi intensiv ishlashni davom etadi, kun davomida olingan
ma'lumotlarni qayta ishlash, xotirani tiklash, shuningdek toksinlarni yo'q qilishda
muhim rol o'ynaydi.

Agar miya tinchlanmasa, hayot sifatining sezilarli darajada yomonlashishi

kuzatiladi. Emotsional stress bilan namoyon bo'ladigan alomatlarda uyqusizlik
birlamchi hisoblanadi. Xavotir va asabiylikni davolash uchun dorivor o'simliklardan
foydalanish mumkin.

Uyqusizlikni davolash usullari dori vositalarini qo'llashni o'z ichiga oladi,

ularning samaradorligi uyqu tuzilishini tiklashga qaratilgan. Dori-darmonlarni tanlash
kamroq yon ta'sirga va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan asoratlarga asoslangan.
Davolashning davomiyligi 3 haftadan oshmasligi kerak. Aks holda, terapiya
qaramlikka aylanishi mumkin.

Uyqusizlikni davolashning boshqa usullari
Psixoterapiya

(avtogen

mashg'ulotlar,

gipnoz, guruh

va

individual

mashg'ulotlar).

Psixoterapiya

farmakoterapiya

kabi

samaralidir,

ammo

mutaxassislarning yetishmasligi va odatdagi konsultatsiya soatining narxi tufayli
sezilarli darajada kam qo’llaniladi.

Fototerapiya - bu yorqin oq nurning miyaga ko'z tizimi orqali ta'siri.

Ushbu usul sirkadiyalik ritmlarni (odamning biologik soatini) boshqarish, buzilishlarni
bartaraf etish imkonini beradi.

Ensefalofoniya

(miyaning

musiqasi)

-

bu

bemorning

o'z

elektroensefalogrammasidan o'zgargan musiqa bilan davolash. Transformatsiya bir
qator maxsus algoritmlarni kompyuterda qayta ishlash usullari bilan amalga oshiriladi.

Uyqusizlikdan profilaktika

Uyqusizlikni oldini olish uchun quyidagi o'z-o'zini boshqarishning samarali

usullariga e'tibor bering:

Uyqu va bedorlik rejimi. Siz kechki payt soat 23.00 dan kechiktirmasdan

yotishingiz kerak.

Uyg'oqlikdan bosqichma-bosqich o'tish. Uyg’onganingizdan so’ng bir

stakan sut iching, iliq dush oling yoki yotishdan oldin o'qing.

Doimiy jismoniy mashqlar haqida unutmang. Agar kun davomida faol

hayot tarzi bilan shug'ullansangiz, u holda uxlash bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi.

Ovqat rejimi. Kechasi juda ko'p ovqatlaning. Oxirgi ovqat soat 20.00 dan

kechiktirilmasligi kerak.

Xulosa:

Imsomniya – bu inson salomatligi uchun o’ta muhim va e’tibordan

chetda qolmasligi kerak bo’lgan kasallik hisoblanadi.Ya’ni bu yoshi katta va
kichiklarda uchraydigan kasallik bo’lib uxlay olmaslik muammosi bilan bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

234

ISSN:3030-3613

xarakterlanuvchi kasallik simptomidir. Bu kasallik bilan og’rogan bemorlarni ham
endokrinolog davolaydi. Muollaja kasallikni keltirib chiqargan sabablarini
aniqalashdan boshlanadi. Shundan song shifokor tomonidan uyqusini keltiruvchi va
tinchlantiruvchi dorilar ,davo gimnastikasi, kabi usullar tavsiya etiladi. Kasallikni
oldini olishda har bir holatni alohida o’rganish , aniq diagnostika qo’yish va individual
yondashuv asosida davolash,sog’liqni saqlash tizimining asosiy strategiyasiga
aylanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Uyqu -muhim fiziologik holat (Wayback Machine saytida 2007- 06 – 26 sanasida
arxivlangan)

2.

Hov to find the best mattress (Wayback Machine saytida 2018 – 10 – 24 sanasida
arxivlangan

3.

Principles and Practice of Sleep Medicine, 6th Edition – Elsevier, 2017 (Mualliflar:
Meir H. Kryger, Thomas Roth, William C. Dement)

4.

World Health Organization (WHO). International Classification of Diseases (ICD-
11) – WHO, 2019

5.

Sleep Foundation – Insomnia Overview – SleepFoundation.org, yangilangan: 2021


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Uyqu -muhim fiziologik holat (Wayback Machine saytida 2007- 06 – 26 sanasida

arxivlangan)

Hov to find the best mattress (Wayback Machine saytida 2018 – 10 – 24 sanasida

arxivlangan

Principles and Practice of Sleep Medicine, 6th Edition – Elsevier, 2017 (Mualliflar:

Meir H. Kryger, Thomas Roth, William C. Dement)

World Health Organization (WHO). International Classification of Diseases (ICD-

– WHO, 2019

Sleep Foundation – Insomnia Overview – SleepFoundation.org, yangilangan: 2021