T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
222
ISSN:3030-3613
MAXSUS-YORDAMCHI MASHQLARDAGI PARSIAL MASHGʻULOT
YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Yoqubov Doston Jaloliddin o’g’li
O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya
va sport universiteti, sport faoliyati
(faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi
2-bosqich magistranti.
ilmiy rahbar
: Hakimov Hamro Baxtiyorivich.
Annotatsiya:
Maqolada maxsus-yordamchi mashqlardagi parsial mashgʻulot
yuklamalarini rejalashtirish xususiyatlari yoritildi.
Kalit so’zlar:
yuklamalar, maxsus-yordamchi mashqlar, ogʻir atletikachi,
texnika, kuch koʻrsatkichlari, sport.
Аннотация:
В статье рассматриваются особенности планирования
частичных
тренировочных
нагрузок
в
специально-вспомогательных
упражнениях.
Ключевые слова:
нагрузки, специально-вспомогательные упражнения,
тяжелоатлет, техника, силовые показатели, вид спорта.
Abstract:
The article discusses the features of planning partial training loads in
special-auxiliary exercises.
Keywords:
loads, special-auxiliary exercises, weightlifter, technique, strength
indicators, sport.
KIRISH
Jismoniy tayyorgarlikda oʻtirib-turishlar va tortishlar va sakrovchanlik uchun
mashqlar mashgʻulot yuklamasining asosiy xajmini tashkil qiladi, chunki ulardan
foydalanish evaziga shaxsan-kuch koʻrsatkichlarining oʻsishi sodir boʻladi, zero kuch
koʻrsatkichlari ogʻir atletikada sport takomillashuvi uchun juda muhim.
MUHOKAMA
Oʻtirib-turishlardagi parsial yuklamalar
Siltab koʻtarish va siltab koʻtarishdagi natijalar shtanga bilan oʻtirib-
turishlardagi natijalarga bogʻliq, shuning uchun ogʻir atletikachilar barcha maxsus-
yordamchi mashqlardan aynan shu mashqqa koʻproq e’tibor qaratadilar.
Oʻtirib-turishlarda yuklama hajmi mashgʻulot yuklamasining umumiy hajmida
yetakchi oʻrin egallaydi, chunki bu mashq oyoqlar va tanani yozuvchi (bel) mushaklari
guruhining kuch koʻrsatkichlarini maksimal samara bilan oshirishga imkon beradi,
zero bu mushaklar guruhi ogʻir atletikachi organizmida asosiy mashgʻulot yuklamasini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
223
ISSN:3030-3613
koʻtaruvchi eng muhim boʻgʻin hisoblanadi. Shuningdek, bu mashq ogʻir atletikachi
texnikasining shakllanishi hamda mustahkam boʻlishiga yordam beradi.
Bizning mashgʻulot jarayonini tadqiq qilishimizda sport takomillashuvi
bosqichida yelkada shtanga bilan oʻtirib-turishlardagi yuklama hajmining oʻrtacha
koʻrsatkichi tayyorgarlik siklida 370ta shtanga koʻtarishni tashkil qildi, bu asosiy
yuklamaning umumiy xajmiga nasbatan -13,4% ni tashkil etdi, musobaqa oldi
mezsiklida esa SHKS 130 martani tashkil qildi.
Oʻtirib-turishlarda (1-rasmga qarang) oʻn ikki haftalik tayyorgarlik sikli
doirasida 1-dan 12-haftagacha yuklama hajmlari 5 dan 20 shtanga koʻtarish atrofida
oʻzgarib turadi. Oʻtirib-turish ogʻir atletikachining mushaklari kuchni tarbiyalashning
asosiy vositasi xisoblanadi, oʻtirib-turishlarda toʻgʻri tanlab olingan yuklama kuch
hamda sport-texnik koʻrsatkichlarning oʻsishini ta’minlaydi. Qayd etilganidek,
mashgʻulot yuklamasini taqsimlashda variantlilikning yoʻqligi noxush moslashishni
keltirib chiqarishi mumkin.
SHKS
1-rasm. Tajriba guruhining malakali ogʻir atletikachilarida sakkiz xaftalik
tayyorgarlik siklida oʻtirib-turishlardagi yuklama hajmi dinamikasi
Oʻn ikki haftalik tayyorgarlik sikllarida oʻtirib-turishlardagi yuklama hajmini
tadqiq qilish natijasi sikl haftalari orasida taqqoslanayotgan saylanmalar boʻyicha
Styutent t-mezoniga asosan ishonchli farq aniqlandi. Demak, malakali ogʻir
atletikachilar oʻtirib-turishlarlarda uch oylik tayyorgarlik sikli doirasida haftadan-
haftaga rejalashtirilgan yuklamani bir xil bajaradilar.
Siltab koʻtarishli tortishlarda parsial yuklamalar
Siltab koʻtarishli tortishlarni sportchi I sport darajasiga erishganda
mashgʻulotlarga kiritish maqsadga muvofiq. Kichik razryadli sportchilarda kuch siltab
koʻtarishda yarim oʻtirib olish va koʻkrakka koʻtarishda yarim oʻtirib olish kabi
mashqlar hisobiga yetarli darajada rivojlanadi va shuning uchun tortishlarni ularning
mashgʻulotiga kiritish zarurati yoʻq. Ammo malakali ogʻir atletikachilarda tortishlarni
0
10
20
30
40
50
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
50
50
50
50
45
45
40
40
40
40
40
40
Haftalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
224
ISSN:3030-3613
maksimal vaznlarga boʻlgan ehtiyojlarni moslashtirish va texnikani takomillashtirish
uchun koʻllash samara beradi.
Siltab koʻtarishli tortishlar shtangani oʻtirish holatigacha koʻtarish texnikasida
takomillashish va ogʻir atletikachining kuch (tanani yozuvchi mushak kuchi)
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qoʻllaniladi.
Siltab koʻtarishli tortishlarda mashgʻulotlarda minimal ogʻirlik musobaqa siltab
koʻtarishdagi natijaga nisbatan taxminan 70%ni, maksimal ogʻirlik esa 120%ni tashkil
etadi.
SHtanganing turli xil vazni texnika va kuchning rivojlanishiga har xil ta’sir
qiladi. Siltab koʻtarish texnikasida takomillashishga siltab koʻtarishdagi eng katta
natijaga nisbatan 91-100% va 101% va undan yuqori ogʻirlik bilan siltab koʻtarishda
tortishlarni qoʻllash orqali erishish mumkin.
Siltab koʻtarishli tortishlar musobaqa siltab koʻtarishda sport natijasining
oshishiga katta ta’sir qiladi, bunda tanani yozuvchi mushaklarning kuch imkoniyatlari
rivojlanadi va ushbu mashqdagi texnika takomillashadi. Siltab koʻtarishli tortishlarda
yuklama xajmi va shiddati .
2-jadval
Tajriba guruhining malakali ogʻir atletikachilarida tortishlar va oʻtirib-
turishlardagi mashgʻulot yuklamalari (SHKS) hajmining taqsimlanishi
Parametrlar
HAFTALAR
Tayyorgarlik sikli
Musobaqa oldi sikli
Haftalar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Sk tortishlar
50
50
50
50
50
50
48
48
40
40
40
40
EOʻt
50
50
50
50
48
48
40
40
40
40
40
40
Sk tortishlar +
YeOʻt
98
98
98
98
93
93
88
88
80
80
80
80
Jadvalda, xususan, 61-70% yuqori vaznlardagi shtangalarni koʻtarish sonida
berilgan. Tortishlarni sportchilar haftada deyarli uch marta bajaradilar, bunda bitta
mashgʻulotga siltab koʻtarishli tortishlar, boshqasiga siltab koʻtarishli tortishlar
kiritiladi. Tortishlar odatda mashgʻulot oʻrtasida yoki oxirida, ba’zi vaqtlar mashgʻulot
boshida (mashgʻulot vazifasiga qarab) bajariladi. Siltab koʻtarishli tortishlarda oʻn ikki
haftalik sikl orasida 1-haftadan 8-haftagacha va 9-haftadan 12-haftagacha yuklamalar
hajmi oʻzgarmaydi. Musobaqa oldi siklida musobaqalarga 4 hafta qolganda ogʻir
atletikachilar shtanga koʻtarish sonini asta-sekin 8 marta SHKSga kamaytiradilar.
Aytib oʻtilganidek, mutaxassislar musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichida yuklamalarni
diqqat bilan taqsimlashni tavsiya etadilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
225
ISSN:3030-3613
SHKS
3-rasm. Tajriba guruhining malakali ogʻir atletikachilarida oʻn ikki haftalik
tayyorgarlik siklidagi tortishlarda yuklama hajmi dinamikasi
Musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishning oxirgi toʻrtta haftasida ogʻir
atletikachilarda yuklama hajmi biroz kamaytiriladi. Biroq aytish joizki, umuman, oʻn
ikki haftalik siklda mashgʻulot yuklamasi hajmi haftalar boʻyicha yetarlicha variantli
tarzda taqsimlangan.
Musobaqa jarayonida malakali ogʻir atletikachilarning sport natijasidan tashqari
musobaqada siltab koʻtarish mashqiga berilgan yondashuvlardan muvaffaqiyatli
foydalanganligi ham tahlil qilindi.
Ogʻir atletikachilarning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroki koʻpgina
omillarga, jumladan, ularning texnik va jismoniy tayyorgarligiga bogʻliq. Siltab
koʻtarish mashqida uchala yondashuvni amalga oshirish koʻp jihatdan ogʻir
atletikachilarning texnik tayyorgarligi, xususan, ularning siltab koʻtarish mashqi
barqarorligining ishonchliligi bilan belgilanadi.
Ogʻir atletikachilarning musobaqada chiqishi barqaror va ishonchli boʻlishida
siltab koʻtarish mashqini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar zanjirida boʻsh halqalarning
yoʻqligi juda muhim ahamiyatga ega.
Tajriba ishtirokchilarining musobaqalardagi ishtiroki yuzasidan musobaqa
bayonnomalari tahlili shuni koʻrsatdiki, nazorat guruhining texnik turdagi ogʻir
atletikachilari siltab koʻtarish mashqi uchun berilgan umumiy yondashuvlardan
66,7%ni va kuch turdagi ogʻir atletikachilarda 50%ni muvaffaqiyatli bajarishgan.
Tajriba guruhining B guruhida 87,5%ni tashkil qildi. Albatta, bu koʻrsatkichlar ogʻir
atletikachilar tomonidan oʻz imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalana olmayotganligidan
dalolat beradi.
4-jadval
Tadqiqot guruhlarining siltab koʻtarish mashqini bajarishdagi imkoniyatlarini
amalga oshirish ishonchlilik koʻrsatkichlari (n=24)
0
10
20
30
40
50
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
50
50
50
50
50
50
48
48
40
40
40
40
Haftalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
226
ISSN:3030-3613
Guruhlar
Muvaffaqiyatsiz yondashuvlar
Muvaffaqiya
tli
yondashuvla
r
1
2
3
son
%
son
%
son
%
son
%
Nazorat
A
oldin
1
4,2
3
12,5
4
16,6
16
66,7
keyin 0
0,0
3
12,5
3
12,5
18
75,0
farqi
2
8,3
Tajriba
B
oldin
2
8,3
5
20,8
4
16,6
13
54,2
keyin 0
0,0
1
4,2
2
8,3
21
87,5
Farqi
8
33,3
Musobaqalarda oʻz imkoniyatlaridan toʻlaonli foydalana olmasliki sababi, - bu
birinchidan, texnik mahorat darajasining pastligi, ya’ni siltab koʻtarishda shtanga
ostiga oʻtirishda qayd qilish fazasini bajarish uchun shtanga koʻtarish balandligining
yetarlicha ta’minlanmaganligi; ikkinchidan, jismoniy tayyorgarlik darajasi pastligi;
uchinchidan, ogʻir atletikachining imkoniyatidan kelib chiqqan holda ogʻirlikka
buyurtma notoʻgʻri berilishi; toʻrtinchidan, ogʻir atletikachining ogʻirlikni koʻtarishiga
yondashishga tayyor emasligi; beshinchidan, har bir yondashuvda psixologik
tayyorgarlik darajasining pastligi va h.k.Tadqiqot kuzatuvida A guruhi ogʻir
atletikachilarining musobaqada ishtirok etish va mashq qilish tajribasi oshganligi
tufayli 2025 yil mart oyidagi Oʻzbekiston chempionati musobaqasida bu koʻrsatkich A
kichik guruhidagi ogʻir atletikachilarda 8,3%ga oshganligi tufayli muvaffaqiyatli
yondavushlari 75,0%ni tashkil qildi. Tajriba guruhida oʻtkazilgan tajriba tadqiqotining
samaradorligi amalda isbotlandi. 2025 yil mart oyidagi Oʻzbekiston chempionati
musobaqasida 4 nafar malakali ogʻir atletikachilarga siltab koʻtarish mashqida
beriladigan umumiy yondashuvlarda B guruhida 14 nafar sportchi natijasini 33,3%ga
oshirildi, bu 87,5%ni tashkil qildi.
XULOSA
Tajriba jarayonida ikkala guruh sportchilari rejalashtirilgan mashgʻulot
yuklamalarini deyarli toʻliq amalga oshirdilar. Mashgʻulotlarni oʻtkazish jarayonida
oylik siklni rejalashtirish uslubiyatida qoʻllanilgan yangicha taqsimash uslubiyatining
ustunligi aniqlandi. Biz tomonimizdan qoʻllanilgan yangi rejalashtirish uslubiyati
haftalik sikllarni yetarlicha samarali tuzib chiqish imkonini berdi. Ogʻir atletikachilar
ikki guruhga (tajriba va nazorat) ajartildi: ikkala guruh jismoniy, texnik va sport
koʻrsatkichlari boʻyicha bir xil darajada edi. Ikkala guruhda oylik sikllardagi
mashgʻulot yuklamalari hajmi va shiddati, shuningdek, SHKS har xil edi. Mashgʻulot
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
227
ISSN:3030-3613
jarayonining miqdoriy jihatiga kelsak, tajriba guruhida u jiddiy tarzda oʻzgartirildi.
Bunda mashgʻulot jarayonining miqdoriy tomoniga ta’sir koʻrsatish faqat shaxsiy
tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib amalga oshirildi, lekin boshqa mualliflarning
tadqiqotlari natijasida olingan texnika va harakat sifatlarini takomillashtirishga doir
uslubiy tavsiyalardan ham foydalanildi (R.M.Matkarimov 2018, A.V.Pakov 1985,
K.B.Bayazitov 2011, A.V.Chernyak 1978, V.I.Frolov, L.S.Dvorkin 2018,
A.S.Medvedev, R.A.Roman, D.F.Kim va boshq.).Tadqiqotimiz kuzatuvi natijalari
shuni koʻrsatadiki, nazorat guruhi yengil vazndagi (tizza balandligi darajasidan siltab
koʻtarish mashqida maksimal natijaga nisbatan 70% va 75%) shtanga bilan mashq
bajarishni maqsadga muvofiq deb topishgan. Tajriba guruhida 81-90%, tortishlar va
oʻtirib turishlar 101% va undan katta shiddat zonalarda bajarish rejalashtirildi. Tajriba
natijalari siltab koʻtarish mashqini bajarish texnikasini takomillashtirishda va siltab
koʻtarish natijasini oshirishda xaftalar boʻyicha maxsus-yordamchi mashqlardagi
mashgʻulot yuklamalarining shiddat zonalari boʻyicha oʻrtacha kattalikdagi ogʻirliklari
(81-90%) ijobiy ta’sir qilishi toʻgʻrisida dalolat beradi.Tadqiqotlarimizning
koʻrsatishicha, malakali ogʻir atletikachilar uchun asosiy mashgʻulot vaznlarining
chegarasi 81% dan 90% gacha atrofida boʻladi. Shunday qilib, siltab koʻtarish
texnikasini takomillashtirishda maxsus-yordamchi mashqlardagi eng koʻp mashgʻulot
xajmi (SHKS) tortishlarda - 544±7,3 marta, yuqoriga sakrash mashqida - 540±9,3
marta, oʻtirib turishlarda - 530±12,3 marta va tizza balandligi darajasidan siltab
koʻtarish mashqida - 296±7,6 marta SHKS rejalashtirildi. Maxsus-yordamchi mashqlar
boʻyicha 51-60% ogʻirlikda - 188 marta SHKS, 61-70% -144 marta SHKS, 71-80% -
304 marta SHKS, 81-90% - 488 marta SHKS, 91-100% - 216 marta SHKS va
101%dan yuqori zonada -110 marta SHKS rejalashtirilgan. Musobaqa oldi
mezotsiklida mos ravishda 30 marta SHKS, 12 marta SHKS, 6 marta SHKS, 134 marta
SHKS, 80 marta SHKS va 112 marta SHKS rejalashtirildi. Natijada yuklama
hajmining shiddat boʻyicha taqsimlanishi me’yoriy taqsimlanish qonuniga (matematik
nuqtai nazardan) yaqin boʻlib chiqdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Aванесов В.С. Oпыт применения рационального подбора упражнений в
тренировке тяжелоатлетов. -Tеория и практика физ.культ, 1971, №1, с. 7-9.
2.
Aгудин В.P. O рациональном применении вспомогательных упражнений для
рывка. – V сб.: Tяжелая атлетика. –M., 1971. с. 86-91.
3.
Bаязитов K.Ф. Oптимизация тренировочного процесса тяжелоатлетов
высокой квалификации в годичном цикле / Dисс … кан.пед.наук. –T: 2009. с.
92-94.
4.
Bаязитов K.Ф. Pовышение спортивно педагогического мастерства
в тяжелой атлетике. Uчеб пособ. –T., 2011, 138 с.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
228
ISSN:3030-3613
5.
Bыков A.P., Sмаглий YE.I. Oптимальная ширина хвата в рывке. –V кн.:
Tяжелая атлетика. –M., 1970 – с. 63-66.
6.
Bернштейн P.A. Bиомеханика и физиология движений Tекст.: Iзбр. психолог,
тр. / Pод ред. Zинченко V.P. M.; Vоронеж: Iн-т практ. психологии: MODEK. -
1997.
7.
Vерхошанский YU.V. Oсновы специальной силовой подготовки в спорте. -M,:
Fизкультура и спорт. 1977.-ст.183-214.
8.
Vоробьев A.Н. Tяжелая атлетика - 4-е изд., перерас.-M., FиS, 1988. – 240 с.