T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
203
ISSN:3030-3613
“MADANIY TAFAKKUR” TUSHUNCHASI, UNING FALSAFIY, IJTIMOIY
VA PSIXOLOGIK JIHATLARI
NavDU doktoranti
Aslonov Jurabek Mansurovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada “madaniy tafakkur” tushunchasi, uning ta’rifi, turli xil
olimlar tomonidan unga berilgan ta’riflar qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda,
maqolada ushbu tushunchaning falsafiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari ham
o’rganiladi.
Kalit so’zlar:
madaniyat, tafakkur, madaniy tafakkur, moddiy madaniyat,
ma’naviy madaniyat, kultura, kultivatsiya.
THE CONCEPT OF “CULTURAL THINKING” AND ITS
PHILOSOPHICAL, SOCIAL, AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS
Navoi State University
Aslonov Jurabek Mansurovich
Abstract
In this article, the concept of “cultural thinking”, its definition, and the
interpretations provided by various scholars are comparatively analyzed. In addition,
the philosophical, social, and psychological aspects of this concept are also examined.
Keywords:
culture, thinking, cultural thinking, material culture, spiritual
culture, cultura, cultivation.
ПОНЯТИЕ «КУЛЬТУРНОГО МЫШЛЕНИЯ» И ЕГО ФИЛОСОФСКИЕ,
СОЦИАЛЬНЫЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ
Навоийский государственный университет
Аслонов Журабек Мансурович
Аннотация
В данной статье проводится сравнительный анализ понятия «культурное
мышление», его определения, а также интерпретаций, представленных
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
204
ISSN:3030-3613
различными учёными. Кроме того, рассматриваются философские, социальные
и психологические аспекты данного понятия.
Ключевые слова:
культура, мышление, культурное мышление,
материальная культура, духовная культура, культура (cultura), культивация.
Insoniyatda tafakkurning turli shakllari mavjud bo‘lib, mutaxassislar tomonidan
ular bir nechta turga ajratiladi. Masalan, mantiqiy, abstrakt, amaliy, intutiv va hokazo.
Ushbu tushunchalar orasida madaniy tafakkur alohida o’ringa egaligi bilan ajralib
turadi. Madaniy tafakkur jamiyatning tarixiy, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoti bilan
uzviy bog‘liq tushuncha hisoblandi. O’z o’rnida uning shakllanishida falsafiy, ijtimoiy
va psixologik omillar muhim rol o‘ynaydi.
Avvalo, “madaniy tafakkur” tushunchasi hamda uning ta’rifi haqida turli davrda
turli xil olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Shuning uchun biz ushbu
tushunchadagi har bir so’zga, avvalo, alohida ta’rif bergan holda, keyin uni
umumlashtirishni lozim ko’rdik.
2021-yilda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan chop etilgan
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati” kitobida “madaniyat” hamda “tafakkur”
so’zlariga quyidagicha ta’rif berilgan: Madaniyat – tabiat va o’zaro munosabatlarda
aks etadigan inson faoliyatining o’ziga xos shaklini ifodalaydigan tushuncha…
Madaniyat atamasi keng ma’noda qo’llanilib, jamiyatning ishlab chiqarish va ijtimoiy-
ma’naviy hayotida qo’lga kiritilgan yutuqlarini, muayyan xalq yoki ijtimoiy guruhning
ma’lum davrda erishgan natijalari, o’qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik va
ma’rifatlilik hamda turmushning inson ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari
majmuini ifodalaydi”. [1,287]
Yuqoridagi ta’rifdan shuni tushunish mumkinki, madaniyat, bu avvalo insonning
boshqalar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarida seziladigan tushunchadir.
Insonning madaniyatli ekanligi uning yurish-turishida, amallarida, boshqalar bilan
qanday muomala qilishida hamda jamoat va boshqa joylarda o’zini qanday tutishida
ko’rinadi.
Barchamizga ma’lumki, inson faoliyatining ikki asosiy turiga qarab madaniyat
tushunchasi ham moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo’linadi. Moddiy madaniyat
inson rivojlanishi natijasida erishilgan har qanday natijalar – mehnat qurollari,
turarjoylar, kiyim-kechak va hattoki, transport va aloqa vositalarini o’z ichiga olsa,
ma’naviy madaniyatga aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik sohalari – odob-axloq,
huquq, falsafa, din, tarbiya, san’at kabilar kiradi.
Inson ongida madaniyatni shakllantirishning bir qancha usullari borki, ulardan
insoniyat bugungi kunga qadar foydalanib kelmoqda. Avvalo, ushbu jarayonda teatr,
kino, muzey, san’at saroylari, kutubxona, madaniyat va istirohat bog’lari, ma’naviyat
va ma’rifat markazlari hamda ommaviy axborot vositalarining o’rni beqiyosdir. Ushbu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
205
ISSN:3030-3613
muassasalarning madaniy tafakkurni shakllantirishda naqadar muhim ekanligini
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yangi O’zbekiston
taraqqiyot strategiyasi” da ham alohida e’tibor berilganligini ko’rishimiz mumkin:
“Madaniyat va sport muassalari, teatr va muzeylarning moddiy-texnik bazasini
yaxshilash bo’yicha maxsus dasturlar ijrosi ta’minlanadi. Milliy kino va kutubxonalar
tizimini yanada rivojlantirish, xalq hunarmandchiligini qo’llab-quvvatlashga doir aniq
va samarali ishlar olib boriladi”. [2]
Fransuz olimi A. Mol XX asrning 60-yillarida madaniyatning 250 dan ortiq
ta’rifini yaratilganini ta’kidlagan edi. Bugungi kunda madaniyat tushunchasining ta’rifi
bundan ikki barobar ortiq bo’lsa ham ajab emas. [3]
Hozirda ko’pgina xalqlarda “madaniyat” tushunchasi o’rnida “cultura” atamasi
ishlatilib kelinmoqda. Tarixan ushbu atama inson mehnati natijasida tabiatning
o’zgarishi, yerga ishlov berish, dehqonchilik ma’nolarini anglatgan. Masalan, qishloq
xo’jaligida “kultivatsiya” atamasi ham aynan shu ma’noda ishlatilib kelinmoqda.
O’zbek terminologiyasiga “kultura” so’zi rus tilidan kirib kelganligini alohida
ta’kidlash lozim.
Tafakkur – inson ma’naviyatining tarkibiy qismi, bilishning olamdagi narsa va
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o’rtasidagi ichki,
zaruriy aloqalar, ya’ni qonuniy bog’lanishlarni aks ettiradigan aqliy bosqich. [1,565]
“Tafakkur” so’zi arabcha “fikr” so’zidan olingan bo’lib, o’ylash, mushohada qilish,
fikr yuritish ma’nolarini anglatadi.
Tafakkur borliqni bilvosita aks ettiruvchi tushunchadi. Uni hosil qilishda har sfar
yangi bilimlarga emas, balki oldin hosilgan qilingan tajribaga asoslaniladi. Tafakkur
jarayoni fqatgina insonning miyasi bilan emas, balki qalbi, rhiyati va shuuri bilan hav
uzviy bog’liqlikda davom etadiga jarayondir. Fikrlovchining ihcki dunyosi qanchalik
boy bo’lsa, uning fikrlash saviyasi ham, hatti-harakati ham, yurish-turish, axloq-odobi
ham shunga yarasha bo’ladi. Inson fikrining teranligi, tiniqligi, uning mantiqqa
asoslanganligi, erkin va mustaqilligi, badiiy yondashilganligi va ijodiyligi, maqsadga
qaratilganligi tafakkurning sifatlari hisoblanadi. Inson borki, u fikr yuritish, tafakkur
qilish qobiliyatiga ega.
Inson tafakkuri o’ziga xos xususiyatlarni tekshirish va tahlil qilish natijasida
mustaqil fikrlash inson oldida turgan muammolari, maqsad va vazifalari belgilangan
holda o’z bilimi, dunyoqarashi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo’l va usul,
vositalari yordamida o’zining intellectual imkoniyatlari darajsida mustaqil ravishda hal
qilishdan iborat bo’lgan aqliy faoliyatdir.
Bir so’z bilan aytganda madaniy tafakkur – bu inson ongida jamiyatda mavjud
bo‘lgan madaniy va ijtimoiy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va estetik qarashlar asosida
shakllanuvchi tafakkur shaklidir. U insonning o‘zini va atrof-muhitni idrok etishida,
ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
206
ISSN:3030-3613
Qo’shimcha sifatida shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniy tafakkur – bu
insonning o‘z hayoti davomida madaniy tajribalarni umumlashtirib, ularni tahlil qilishi,
baholashi va yangi ijtimoiy-ma’naviy hodisalarni qayta talqin etish jarayonidir. Bu
tafakkur turida inson nafaqat mavjud qadriyatlarni qabul qiladi, ularga amal qiladi,
balki ularni yangilash, rivojlantirish va zamonaviy sharoitga moslashtirish orqali faol
ijtimoiy subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Madaniy tafakkur insonning umumbashiy madaniy meroslarga, qadriyatlarga,
axloqiy qarashlarga nisbatan ongli yondashuvini ifodalaydi. U shaxsning madaniy
o‘zlikni anglash jarayonida, madaniy ijtimoiylashuvda va jamiyatda to‘laqonli ishtirok
etishida asosiy o‘rin tutadi.
O‘zbek faylasufi A. Yo‘ldoshevning fikricha, madaniy tafakkur – bu “insonning
ma’naviy hayotini anglashga, qadriyatlarni idrok qilishga, ularni hayot mezoniga
aylantirishga qaratilgan tafakkur shakli” hisoblanadi. [4]
Bundan tashqari, madaniy tafakkurni insonning milliy vaa umuminsoniy
qadriyatlarni qabul qilishda, ularni o’zlashtirishda hamda jamiyat hayotida amalga
oshirishga yo’naltirilgan tafakkur turi deb ta’riflasak ham bo’ladi.
Madaniy tafakkur falsafiy jihatdan insonning borliqni anglashga bo‘lgan
intilishi, haqiqat, ezgulik va go‘zallik haqidagi qarashlari bilan bog‘liqdir. Falsafiy
tafakkur doirasida madaniy tafakkur insonning o‘zligini anglash, hayot mazmuni va
maqsadini tushunish, mavjudlikni baholashga xizmat qiladi. Ayni paytda u
madaniyatning xilma-xil ko’rinishlarini tahlil qilish asosida falsafiy qonunlar va
tushunchalarning mazmunan boyishi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining
kengayishi va chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi va
takomillashuviga xizmat qiladi.
Falsafa nuqtayi nazaridan madaniy tafakkur ontologik (borliqqa bo’lgan
munosabat), gnoseologik (bilish), aksiologik (qadriyatlar), axloqiy-estetik va erkinlik
kabi ko’pgina jihatlarda namoyon bo’ladi.
Madaniy tafakkur ijtimoiy hodisa sifatida inson va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarni o’zida aks ettiradi. Madaniyat va jamiyat tushunchalarining farqi
shundaki, madaniyat inson tomonidan yaratilgan qadriyatlar tizimi deya baholanadi.
Har bir jamiyatda madaniy tafakkur o‘ziga xos tarixiy, siyosiy, diniy va iqtisodiy
sharoitlar asosida shakllanadi. Zero, madaniyat insoniy mazmun va ma’no bilan
sug’orilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosiga tenglashtiriladi. Bunday
qarashlar natijasida madaniyat jamiyatning ma’lum bir sohasi sifatida namoyon
bo’ladi.
O’z o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, madaniyatni faqatgina qadriyatlar tizimi
sifati tushunish ushbu tushunchani tor ma’noda anglashni ifodalaydi. Chunki bunday
yondashuv orqali madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatidagina baholanib, uning
yaratilish jarayoni, bosqichlari e’tibordan chetda qoladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
207
ISSN:3030-3613
Jamiyatshunoslik bilan shug’ullanuvchi olimlarning aksariyati madaniy
tafakkurni jamiyatdagi ijtimoiy institutlar (oila, maktab, diniy tashkilotlar) orqali
shakllanishi va mustahkamlanishini alohida ta'kidlaydi.
Madaniy tafakkur atamasini psixologik nuqtai nazardan tahlil qilganda esa
ushbu tushuncha shaxsning ichki dunyosi, uning emotsional, motivatsion va axloqiy
tuyg‘ulari bilan bog‘liqligini ko’rishimiz mumkin. Psixologlar madaniy tafakkurni
shaxsning madaniy jihatdan o’zini anglashi, o‘ziga va boshqalarga nisbatan ijobiy
munosabati hamda empatiyasi bilan izohlaydilar. Madaniy tafakkur shaxsning
psixologik jihatdan rivojlanishining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, u orqali inson
o‘zini jamiyatda anglaydi va o‘z o‘rnini belgilaydi.
Xulosa o’rnida shuni aloohida ta’kidlash lozmki, madaniy tafakkur – bu shaxs
va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tartibga soluvchi, milliy va umuminsoniy
qadriyatlar asosida shakllanuvchi murakkab tafakkur shaklidir. Uning shakllanish
jarayonida falsafiy, ijtimoiy va psixologik omillar o‘zaro uyg‘unlikda namoyon
bo‘ladi. Madaniy tafakkurni rivojlantirish orqali jamiyatda madaniyatli, ongli, ijtimoiy
mas’uliyatli shaxslar tarbiyalanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug’ati”. Toshkent: Ma’naviyat. 2021.
2.
Mirziyoyev Sh. Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyaswi. To’ldirilgan
ikkinchi nashri. – Toshkent: “O’zbekiston nashriyoti, 2022. B.265
3.
Yo‘ldoshev A. "Ma’naviyat asoslari". – Toshkent: Ma’naviyat, 2002. – B.176
4.
Ochildiyev A. Madaniyat falsafasi. Toshkent. Muharrir. 2010. B.9