Mualliflar

  • Imomova Zuxra Choriyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112378

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: ruhiyat o‘qish muloqot ruhiy ma’naviy xususiyatlar a’zolar o‘zgarishlar tashqi qiyofa jinsiy balog‘at jiddiy munosab qarama- qarshiliklar psixik jarayonlar muloqot.

Annotasiya

Annotatsiya O‘smirlik  balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va 
jinsiy  hayotga  taalluqli  chigal  masalalarning    paydo  bo‘lishi  bilan  ham 
xarakterlanadi.  Bular  ta’sirida  o‘smirning  xarakteri,  atrofdagi  kishilar  bilan 
muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati  tez o‘zgarib boradi. 
Ba’zan  ijtimoiy  masalalar  to‘g‘risida  noto‘g‘ri  tassavvur  va  yanglish  fikrlar  hosil 
bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi.   


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

36

ISSN:3030-3613

O‘SMIRLIK DAVRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Imomova Zuxra Choriyevna

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

1-sonli maktab II-toifali amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va

jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham
xarakterlanadi. Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan
muomalasi, jamiyatda sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati tez o‘zgarib boradi.
Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tassavvur va yanglish fikrlar hosil
bo‘lishi tufayli u muayyan tartib qoidalarga tanqidiy ko‘z bilan qaraydi.

Kalit so‘zlar:

ruhiyat, o‘qish, muloqot, ruhiy, ma’naviy, xususiyatlar, a’zolar,

o‘zgarishlar, tashqi qiyofa , jinsiy balog‘at, jiddiy munosab, qarama-
qarshiliklar,psixik jarayonlar, muloqot.

KIRISH

O‘smirlarning o‘zini idora qila olmasligi, muddatliligi, ta’sirlanuvchanligi,

qiziqish va havaslarining beqarorligi, faol faoliyatdan birdaniga passivlikka
tushishining boyisi ham ko‘p jihatdan ana shunda. O‘smirning jismoniy jihatdan
o‘sishida jinsiy balog‘atga yetish katta rol o‘ynaydi, jinsiy balog‘atga yetish o‘smir
organizmi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar yasaydi. Jinsiy balog‘at natijasida o‘smirlarda
o‘ziga xos psixik holat vujudga keladi. Shuning uchun bu davrda maktab va oilada
ta’lim- tarbiya ishlari to‘g‘ri yo‘lga qo‘yil- masa, o‘smirning yosh fiziologik
xususiyatlari xisobga olinmasa, uning xulq atvoridagi salbiy sifatlar ortib borib, bola
xarakterining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va keyingi hayoti davomida ham
o‘zgartirish qiyin bo‘lgan chuqur iz qoldirishi mumkin.O‘qituvchilar, tarbiyachilar,
sinf rahbarlari dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning
jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari o‘smirning psixik taraqqiyotiga ham
albatta ta’sir qiladi. O‘smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan shu paytgacha ularga
noma’lum bo‘lgan va qandaydir ma’noda ular uchun kutilmagan jinsiy moyillik va
tegishli fikrlar, xislar, kechinmalar, qarama-qarshi jinsga spetsifik qiziqish, ma’lum
mazmundagi kitoblarga, kinofilmlarga, kattalarning gaplariga bo‘lgan qiziqishlarning
paydo bo‘lishi mutlaqo zarur, tabiiy va me’yoriy holdir.Jinsiy tarbiyaning muhim
vositalaridan biri o‘smirlar diqqatini odamlar o‘rtasidagi intilish munosabatlar
doirasidan boshqa ob’ektlarga ko‘chirishdir. Bu o‘smirlar diqqatining jinsiy
kechinmalar ustida to‘rejaishini ozaytiradi.O‘smirning hayot kechirish tarzi va uning
psixik taraqqiyotga ta’siri

.

Kichik yoshdagi o‘quvchilardan farqli ravishda o‘rta

yoshdagi o‘quvchilarning hayot kechirish tarzida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

37

ISSN:3030-3613

Oilada, maktabda va o‘quvchilar jamoasida o‘smirning mavqei sezilarli darajada
o‘ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltiradi. O‘smirlarning oila a’zolari bilan ham
yangicha munosabat o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. O‘smir shaxsining takomillashuvi va
shakillanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat
o‘zgarishlardir. O‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining
maqtovini eshitish va «5» baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida
ma’lum ijobiy mavqeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘quv motivlari
ustuvor bo‘lib boradi, lekin o‘quv faoliyati motivlari orasida bilish, yangi bilimlarga
ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga
og‘rinib kelib, salbiy xis tuyg‘ular va xavotirlik xislarini boshdan kechiradi. Kattalar
tomonidan o‘smirning yurish turishi, xulqiga javob berish talab qilinadi. O‘smirga
uning ilgari qondirilib kelinayotgan ehtiyoj va xohishlari endi qondirilmasligi, ularning
ko‘pidan voz kechish lozimligi uqtiriladi. O‘smir qiyinchilik bilan bo‘lsada, o‘zining
yangi mavqeini tushuna boshlaydi, o‘z xulqini o‘zgartirib unga moslasha boradi.

Maktabda o‘smirning mavqei yanada keskin o‘zgaradi. Uni endi bir necha

o‘qituvchi o‘qitadi. O‘smir oldida har bir o‘qituvchining o‘ziga xos metod va
usullariga moslashish, ularning talablarini anglab, bilib olish kabi murakkab vazifa
turadi. Endi o‘smir ko‘pgina yangi o‘quv fanlarini o‘rganib olishi kerak
bo‘ladi.O‘smirning bolalar jamoasiga bo‘lgan munosabati ham murakkablashadi.
O‘smirga o‘zining o‘qishi, mehnati va xatti- harakatlariga mas’uliyat bilan qarash
jamoat topshiriqlarini aniq bajarish, bilim va ko‘nikmalarni egallashda reja bo‘yicha
sistemali ravishda ko‘tarila borish kabi avvalgidan ko‘ra jiddiyroq talab
quyiladi.O‘smirning oiladagi mavqeining o‘zgarishi, maktabda o‘qishning yangi
sharoiti, bolalarning ijtimoiy hayotida murakkab munosabat-lar o‘rta yoshdagi
o‘quvchilar oldiga ko‘pgina yangi talablar qo‘yadi va ularning butun psixik hayotida
yangi qiyinchiliklar tug‘diradi.Avval mustahkam o‘rnashib qolgan ko‘nikma va
malakalar yangi hayot kechirish tarziga ko‘p jihatdan mos kelavermaydi. Shuning
uchun o‘smirlarning psixik jihatdan normal hayot kechirishi va o‘sishini ta’minlash
uchun o‘smirlik yoshining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari e’tiborga olingan ta’lim-
tarbiyaviy tadbirlar qo‘llanilishi zarur.

O‘smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar

» « tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi o‘smir ruhiyatida shunday inqiroziy
holatlar ro‘y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi
tomon-dan, o‘zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi. Bola kamolotining
bu davrini ko‘pincha «qiyin», «murakkab», «muhim» davr deyiladi. Ota-onalar hamda
hali tarbiyaviy ish sohasida yetarli tajribaga, shuningdek o‘smirlik yoshidagi
bolalarning yosh va individual xususiyatlari haqida zarur bilimlarga ega bo‘lmagan
yosh pedagoglar, odatda o‘smirlarni tarbiya-lash juda qiyin deb o‘ylaydilar. Lekin
hozirgi kunda o‘smirlarni tarbiyalashni o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

38

ISSN:3030-3613

imkoniyatlari, xatti harakat motivlarining ifodalanishi va vujudga kelishining
murakkab mexanizmlari fanga ma’lumdir.O‘smirlik davri o‘zining taqlidchanligi,
muhim nuqtai nazarning shakillanmagani, hissiyotga beriluvchanligi, mardligi,
tantiligi bilan farqlanadi. Bu o‘smirlarga xos xususiyatdir. Shuning uchun tashqi
ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il- qizlarga alohida e’tibor berish talab qilinadi. Bu
yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlar biologik,
fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning
boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal
rivojlanishi va o‘sishi, xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana
boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining
o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. O‘smirlik yoshida bolalikdan kattalikka o‘tish jarayoni
sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy xususiyatida
ham burilishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar tug‘iladi. Bular,
avvalo, ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish
shakli, uslubi va uslublari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan
qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi hakidagi mavjud fikrlarining bugun
unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni
asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni
yuzaga keltirishi mumkin.

Ana shunga o‘xshash o‘zgarishlar ko‘pincha o‘smir ruhiyatiga o‘z ta’sirini

o‘tkazadi. U tajangroq, ba’zida huda-behudaga injiqlik qiladigan, serzarda, gap
ko‘tarmas bo‘lib qoladi. O‘smirlik davrida yetakchi faoliyat- bu o‘qish, muloqot
hamda mehnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi bu – do‘stlik,
o‘rtoqlikdagi elementar qoidalarni aniqlash va egallashdir.O‘smirda psixik
jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi.
Shuning uchun shaxslararo munosabatlarda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida,
kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar
paydo bo‘ladi, bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi, yangi axborotlar,
ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.

Butun a’zolarida keskin fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Unda o‘pka, yurak,

jigar, taloq, buyrak hajmlari kattalashadi. Bundan tashqari gavda tuzilishi ham
o‘zgaradi. Kattalarning o‘smir yoshidagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun
eng qulay sharoit bu- mehnat bilan shug‘ullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar
yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar
bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning
o‘rinlariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Endi o‘smirlar o‘yin faoliyatiga
kamroq vaqtlarini ajratgan xolda ko‘prok o’qish faoliyati va jiddiy ishlar bilan
shug‘ullana boshlaydilar va ularning bilish jarayonlari jadal rivojlana
boshlaydi.O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch uning faoliyatini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

39

ISSN:3030-3613

vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi
qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni
psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir
shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib topdirish bilan asta-sekin yo‘qotish
mumkin.O‘smir o‘quvchi ruhiy dunyosida paydo bo‘ladigan bunday holatlar balog‘at
davri o‘tishi bilan bir me’yorga kelib qoladi. Lekin farzand o‘stirayotgan har bir ota-
ona bolaning o‘sishi to‘g‘risida, uning o‘ziga xos xususiyati haqida zarur tushunchaga
ega bo‘lsalar foydadan holi bo‘lmaydi, albatta.

Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, bu yoshdagi o‘smirlar o‘ta ta’sirchan,

ayniqsa tashqi ta’sirga, tashqi voqealarga beriluvchan bo‘ladilar. Ishqiy kitoblar o‘qish,
shunga o‘xshash kinofilmlarni tomosha qilishga juda qiziqadilar. O‘zlarining tashqi
qiyofalariga ko‘prok e’tibor bera boshlaydilar. O‘g‘il bolalarda soch qo‘yish, durustroq
kiyinish ishtiyoqi tug‘iladi, qizlar esa oynaga ko‘prok qaraydigan bo‘lib qoladilar. Ular
o‘zlariga oro berishni, malikalarday go‘zal ko‘rinishni istaydilar, orasta ko‘rinishga
urinadilar. Bu tabiiy holdir.Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining ma’naviy xususiyatlari
bilan boshqa yoshdagi bolalardan keskin farq qiladilar. Ular ham jinsiy, ham jismoniy,
ham aqliy jihatdan yetilgan bo‘ladilar. Shu tufayli ular vazmin tabiatli, mulohazali,
kattalarga hurmat-ehtirom bilan qaraydilar.Ota-onalar farzandlar bilan muomala
qilishda ularning shaxsiy xususiyatlari, yosh davrlari hislatlarini hisobga olgan holda
ish tutsalar, oilada O‘zaro tushunish, totuvlik, hamjihatlik, umuman yaxshi ma’naviy
vaziyat vujudga keladi. Otaning onaga yoki onaning otaga qilgan munosabatlari ham
shu vaziyat shart-sharoitlariga mos tushishi kerak. Chunki ota-onaning o‘zaro totuv
hayot kechirishlari, inoq va barqaror, mustahkam oilaning bosh omilidir.

XULOSA:

O‘smirlik yoshining o‘ziga xos xususiyatlari kattalardan ularga

nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lish lozimligini taqozo qiladi. Kattalar ular faoliyatini
nazorat qilishlari, faoliyat motivlarini doimo e’tibordan chiqarib qo‘ymasliklari lozim,
aks holda o‘smir hayotida noxush xususiyatlarning paydo bo‘lishi ham mumkin.
Shuning uchun o‘smirlik yoshi bola taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. O‘smirlik
yoshidagi bolalarning jismoniy xususiyatlari

.

O‘smir organizmida ro‘y beradigan

o‘zgarishlar bola rivojlanishining ayni shu davrida biologik, fiziologik yetukligi
borasida amalga oshadi. Fiziologik rivojlanish va jinsiy balog‘atga yetishishi
jarayonining yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik yoshida qizlar va ug‘il bolalarning
jismoniy qiyofasida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994

2.

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976

3.

Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “Sharq”, 2000

4.

Ahloq-odobga doir hadis namunalari.-T., 1990

5.

Ziyo net

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

G‘oziev E. Psixologiya. T., “O‘qituvchi”, 1994

Krutetskiy V.A. Pedagogik psixologiya asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1976

Karimova V. Va boshqalar. Mustaqil fikrlash. T., “Sharq”, 2000

Ahloq-odobga doir hadis namunalari.-T., 1990

Ziyo net