T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
6
ISSN:3030-3613
MAVZU: ANTIBIOTIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Pratov Muxammadg’ulom
Xo’jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligi texnikumi Mikrobiologiya
virusologiya va immunologiya fani o’qituvchisi
Antibiotiklar
(anti-qarshi
va
bios-hayot) —
baʼzi mikro-organizmlar
), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot
faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda
rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi
Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan
moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen)
mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi.
Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir
mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki
butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki
odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi.
Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli
mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini
yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-
yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriya olishga Muyassar
boʻldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi
(Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova
1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda
Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi.
Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom
ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin,
sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) qoʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli
mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Masalan, penitsillin
grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy
mikroorganizmlarga kuchliroq taʼsir etadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
7
ISSN:3030-3613
Taʼsir doirasi keng Antibiotiklar, mas, tetratsiklinlar bir qancha bakteriyalarga
qarshi taʼsir qiladi. Penitsillinning taʼsiri mikrob hujayrasi devorining sintezini tormoz
qilishga bogʻliq ekanligi maʼlum. Boshka bir kagor Antibiotiklar mikrob hujayrasida
oqsillar va nuklein kislotalar biosintezining maxsus bosqichlariga aralashadi.
Antibiotiklar stafilokokk va streptokokklar paydo qiladigan septik kasalliklar, zotiljam,
ich terlama, toshmali terlama, vabo, sil kabi turli yukumli kasalliklarni davolash va
oddini olish uchun kuchli vositadir. Ular ayniqsa nafas yoʻllari, meʼda, ichak, siydik
yoʻli va jinsiy aʼzolar kasalliklarini davolashda yaxshi naf beradi. Baʼzi Antibiotiklar
parranda, choʻchqa va buzoqlar oʻsishini tezlatish, ovqatning oʻzlashtirilishini orttirish
maqsadida ularning asosiy ovqatiga qoʻshimcha qilib beriladi.
Antibiotiklar hujayraga tanlab tormozlovchi taʼsir koʻrsatganidan biokimyoviy
jarayonlarning ayrim bosqichlarini, hujayra oʻsishini taʼminlaydigan DNK, RNK,
oqsillar va hujayra devori sintezi hamda funksiyasi orasidagi munosabatlarni
aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ulardan oziq-ovqat sanoatida (konservalash) ham
keng foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligida — oʻsimliklarni zamburugʻli va bakterial
kasalliklardan himoya qilish uchun ishlatiladi (qarang Mikrobiologik himoya usuli).
Kasallik qoʻzgʻatuvchilarga taʼsir qilish tarziga qarab Antibiotiklar bevosita taʼsir
etuvchi Antibiotiklar; kasallik qoʻzgʻatuvchilar ajratgan toksinlarni neytrallovchi
Antibiotiklar; xoʻjayin oʻsimlikka taʼsir etuvchi Antibiotiklar; oʻsimlik tanasida yuqori
faol moddalarga aylanadigan va oʻsimliklarning kasalliklarga chidamliligini
oshiradigan (bilvosita taʼsirga ega) Antibiotiklarga boʻlinadi.
terramitsin, digidrostreptomisin, grizeofulvin (grizovin), anizomitsin, omfoterpsin,
filitsin va boshqa samarali Antibiotiklarga kiradi. Trixodermin gʻoʻzaning vertitsillyoz
vilti va qishloq xoʻjaligi ekinlarining kasalliklari: himoyalangan tuproqsa bodring,
pomidor
ildiz
bugʻdoy
gelmintosporiozi,
makkajoʻxori qorakuyasi va boshqa qarshi kurashda ishlatiladi. Trixodermaning
Toshkent shtammi asosida trixodermin olish texnologiya si ishlab chiqilgan. Adan
dustlar bilan upalash va koʻchat materiallari (koʻchat, qalamcha, tuganak, urugʻ)ni
eritmalarda hoʻllash bilan foydalaniladi. Antibiotiklar oʻsimlik tanasiga oson oʻtadi va
tarqaladi, kuchsiz (0,1 — 0,01 — 0,001 va undan kam) konsentratsiyalarda taʼsir etadi.
Antibiotiklar purkab ishlatilganda barglarga soʻrilishini kuchaytirish maqsadida
eritmaga glitserin, sorbiton, dietilenglikol qoʻshiladi.
Antibiotiklar — yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun
ishlatiladigan dorilar.
Ular faqat maʼlum hayot shakllari, yaʼni kasalliklarni keltirib chiqaradigan
bakteriyalarni nobud qiladi. Ammo bu moddalarning oʻzi bakteriyalar, turli xil
birikmalar va yirikroq oʻsimliklar kabi tirik organizmlar asosida yaratilgan.
1928-yilda ser Aleksandr Flemming penitsillinni kashf etgach, antibiotiklarni
ishlab chiqarish boshlangan. Uning kashfiyoti boshqa olimlar tomonidan tadqiq qilinib,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
8
ISSN:3030-3613
yangi antibiotiklar kashf etilishiga sabab boʻldi. Yuqumli bakteriyalarga qarshi
kurashda qoʻllanadigan moddalarni ishlab chiqara oladigan mikroorganizmlarni topish
uchun dunyo boʻylab tuproq namunalari oʻrganildi. Natijada, bugungi kunda tarkibida
penitsillin, streptomitsin, aeromitsin, terramitsin boʻlgan koʻplab antibiotiklar mavjud.
Ularning baʼzilari kasallik keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga taʼsir qilishdan tashqari
tana uchun ham zaharli hisoblanadi.
Antibiotik bakteriya oʻsishini qay tarzda toʻxtatishi hali toʻliq aniqlanmagan. Ular
bakteriyalarning oʻsishi uchun zarur boʻlgan ozuqa moddalarga toʻsqinlik qiladi.
Har bir infeksiya uchun oʻziga xos antibiotik yaratiladi. Baʼzi bemorlarda ayrim
antibiotiklarga nisbatan sezgirlik (allergiya) mavjud. Bu eshak yemi¹, astma yoki
boshqa jiddiyroq kasallikka olib kelishi mumkin.
Ayrim hollarda antibiotiklar bilan davolash uzoq vaqt talab etadi, baʼzida esa
profilaktika (oldini olish) maqsadida qoʻllanadi. Antibiotiklar paydo boʻlishi bilan
infeksiyalarning oʻlimga olib kelish ehtimoli ancha kamayadi. Aynan shu moddalar
tufayli endilikda yuqumli kasalliklar inson hayotiga tahdid sololmaydi.
kuchli bosh og‘rig‘i;
oshqozondagi og‘riq va qayt qilishlar;
haddan tashqari ko‘p terlash;
yurakning tez-tez urishi;
qon bosimining keskin ravishda ko‘tarilishi;
jigarning shikastlanishi;
o‘lim holati yuzaga kelishi mumkin.
Bu vaqtda organizm infeksiyalar sabab kuchsizlangani hisobga olinsa, alkogol iste'mol
qilish (u sog‘liqqa ta'sir qilmasa ham) sog‘ayish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.
Aytishlaricha, antibiotiklarni apelsin sharbati va sut bilan ichish mumkin emas
ekan. Shundaymi?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
9
ISSN:3030-3613
Ha. Apelsin, greypfrut, olma, ananas va boshqa meva sharbatlari, shuningdek, sut ham
antibiotikning so‘rilish jarayonini o‘zgartirib, davolash samaradorligiga ta'sir
ko‘rsatishi mumkin.
Ha aytgancha, yuqorida nomi keltirilgan sharbatlarni dori qabul qilgandan uch soat
o‘tgach ichsa bo‘ladi.
4.
U holda dorini nima bilan ichgan ma'qul?
Eng to‘g‘ri yo‘l – xona haroratidagi suv bilan. Bir stakan suvning (200 ml)
hammasini ichishga harakat qiling. Bu ko‘ngil aynishi va oshqozon bilan bog‘liq
boshqa qo‘shimcha ta'sirlar ehtimolini kamaytiradi.
5.
Antibiotiklarni ovqat vaqtida qabul qilsa bo‘ladimi?
Bu antibiotikning turiga bog‘liq. Ayrimlari faqat och qoringa ichiladi: ana
o‘shandagina samarali bo‘ladi. Ayrimlari esa aksincha qorin to‘q bo‘lgan vaqtda
qabul qilinadi. Bu bo‘yicha shifokoringiz bilan maslahatlashing va hech
bo‘lmaganda dori qutisidagi yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.
6.
Antibiotik bilan birga iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar
Oziq-ovqatlar bo‘yicha qat'iy cheklovlar yo‘q, ratsionni o‘zgartirish shart emas.
Yuqorida antibiotiklarni sut bilan ichib bo‘lmasligi aytib o‘tildi. Sariyog‘, yogurt,
pishloq, shuningdek, tarkibida kalsiy bo‘lgan oziq qo‘shimchalarni dori ichishdan
bir-bir yarim soat oldin va dori ichilganidan keyin uch soatgacha iste'mol qilib
bo‘lmaydi.
7.
Dorilar
Spirt asosidagi har qanday preparatlar tavsiya etilmaydi. Aytgancha, og‘izni
chayish vositalari tarkibida ham alkogol bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
o‘ramlarni diqqat bilan o‘qing.
Boshqa dorilarga keladigan bo‘lsak, muayyan antibiotikning yo‘riqnomasida
mumkin bo‘lmagan kombinatsiyalar ko‘rsatib o‘tiladi. Ana ularni nazardan
qochirmaslik kerak, aks holda, dorilar bir-birining qo‘shimcha ta'sirini kuchaytirishi
yoki samarasiz bo‘lishi mumkin.
8.
Qo‘shimcha ta'sirni kamaytirish uchun antibiotiklar dozasini kamaytirsa
bo‘ladimi?
Yo‘q. Aks holda, nafaqat organizm, balki bakteriyalar uchun xavfni ham
kamaytirasiz. Natijalar salbiy bo‘ladi. Yo‘q qilinmagan mikroblar tezda mutatsiya
qilib antibiotikka moslashadi, ya'ni unga reaksiya qilmay qo‘yadi. Tuzalib
ketolmaysiz, shifokor sizga yana boshqa dorilar yozib berishiga to‘g‘ri keladi.
Yodingizda bo‘lsin: antibiotik dozasi eng boshdan preparat bakteriyalarni samarali
yo‘q qilishi va shu bilan birga sizga kamroq xavf tug‘dirishini o‘ylab hisoblangan.
9.
Oson yutilishi uchun dorilarni maydalasa bo‘ladimi?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
10
ISSN:3030-3613
Yo‘q. Bu antibiotikka ishlashda xalaqit qilishi mumkin.
10.
Antibiotiklarni qanday qilib kuniga bir necha marta to‘g‘ri qabul qilish
mumkin?
Antibiotikning samarasi kun davomida bir tekisda taqsimlanishi lozim. Shuning
uchun “kuniga ikki mahal ichish” so‘z birikmasi har 12 soatda qabul qilishni
anglatadi. Agar gap uch marta qabul qilish haqida borsa, oraliq vaqt 8 soatgacha
kamayadi.
11.
Antibiotiklar gormonal kontratseptivlar samarasini kamaytirishi to‘g‘rimi?
Ha. Kontratseptsiyaning qaysi usulidan foydalanishingizni shifokorga ayting.
Mutaxassis homiladorlik bo‘lmasligi uchun qanday chora ko‘rishni maslahat
beradi.
12.
Nima uchun antibiotiklar ichaklar bilan bog‘liq muammolarni yuzaga
keltiradi?
Antibiotiklarning asosiy vazifasi – kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni o‘ldirish.
Biroq keng ta'sirga ega antibiotiklar qo‘llanganida ichakdagi foydali bakteriyalar
ham zarar ko‘radi.
Natijada mikroorganizmlar muvozanati buziladi va ich ketishi, qorin dam bo‘lishi
kam holatlar kuzatilishi mumkin.
Antibiotiklarni bir hafta davomida ichish ichak mikroflorasi tarkibini bir yilgacha
o‘zgartirishi mumkin.
13.
Ichaklar tezroq tiklanishi uchun qanday yordam bersa bo‘ladi?
Probiotiklar qabul qilish kerak. Tirik mikroorganizmlarga ega bioqo‘shimchalar ana
shunday ataladi. Ular antibiotiklar tomonidan bo‘shatilgan ichakni to‘ldirib,
mikroflorani normal holatga keltiradi va buzilishlar ehtimolini kamaytiradi.
14.
Yogurt yoki kefir ichish ichaklar mikroflorasini yaxshilashda yordam
beradimi?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
11
ISSN:3030-3613
Probiotiklar oziq-ovqat tarkibida ham bo‘ladi. Ichaklar holatini yaxshilashda
antibiotiklar bilan davolanish vaqtida va undan keyin iste'mol qilingan
fermentlashgan mahsulotlar yordam beradi:
kimchi sabzavotlari;
sirka qo‘shmasdan tayyorlangan tuzlamalar;
yogurt va kefir.
Infektsiya qaytgan bo‘lsa, bu yaxshi belgi emas. Balki bakteriyalar o‘sha doriga
adaptatsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Biroq boshqacha holat bo‘lishi ehtimoli ham
bor: immunitet pasaygani sabab yangi bakterial infeksiyani yuqtirib olgandirsiz.
Har nima bo‘lganida ham shifokor bilan maslahatlashing. U davolanish
protokolingizni ko‘zdan kechirib, yana antibiotik buyuradi.
Kurslar orasidagi vaqtga amal qilish kerak emas. Vazifangiz – kasallikni tezroq
yengish.
Antibiotiklar tez-tez ichilsa, ta'sir qilmay qo‘yishi mumkinmi?
Mumkin emas, aniq shunday bo‘ladi. Mikroblarning antibiotiklarga nisbatan
barqarorligi inson salomatligi uchun jiddiy xatarlardan sanaladi. Mikroorganizmlar
mutatsiyani boshdan kechirib, dorilarga moslashadi.
Bu juda xavfli.
Antibiotiklar ta'sir qilishda davom etishi uchun ularni qabul qilishdagi muhim
qoidalarga rioya eting.
17.
Organizmga xavf tug‘dirmagan holatda yiliga necha marta antibiotik qabul
qilsa bo‘ladi?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
12
ISSN:3030-3613
Antibiotiklar vitaminlar emas. Ular faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan ichiladi. Agar
sizda bakterial infeksiya bo‘lsa, shifokor o‘tgan yili qancha antibiotik qabul
qilganingizni hisobga olmay ham antibiotik buyuraveradi.
18.
Bolalarga antibiotik ichish mumkinmi?
Albatta. Agar bolada shifokor fikriga ko‘ra (faqat va faqat shifokor!) antibiotik
buyurishni talab qiluvchi bakterial infeksiya bo‘lsa.
19.
Antibiotiklarni qabul qilish qon tahliliga ta'sir qiladimi?
Leykotsitlar darajasini tushiradi. Xususan, keng ta'sirga ega levometsetin
(xloramfenikol) ana shunday reaksiya beradi.
Gistamin darajasini oshiradi. Glikopeptid antibiotiklar ana shunday ishlaydi.
Jigardagi sinovlar natijalarini o‘zgartiradi. Penitsillin va streptomitsin ana
shunday samara beradi.
Bundan tashqari, antibiotiklar gemoglobin, trombotsitlar darajasini pasaytirishi
mumkin.
Shifokorlar bu kabi o‘zgarishlardan xabardor.
Antibiotiklar qon tahliliga ta'sirini qachon to‘xtatadi?
O‘zgargan natijalarni olmaslik uchun qonni antibiotiklar kursidan 14 kun o‘tgach
topshiring.
Antibiotiklar qabul qilinayotganida toblanish mumkinmi?
Tavsiya etilmaydi. Ayrim antibiotiklar terining fotosezgirligini oshiradi. Natijada
shokolad rangidagi toblanish o‘rniga dog‘ yoki kuyishni orttirib olishingiz mumkin.
Yoki eng yaxshi holatda toblanish terida bir tekis bo‘lmaydi.
Odatda yo‘riqnomada qo‘shimcha ta'sir haqida yoziladi. Agar shubhalansangiz,
shifokor bilan maslahatlashing.
Sport bilan shug‘ullanish mumkinmi?
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
13
ISSN:3030-3613
Yaxshisi shug‘ullanmagan ma'qul. Antibiotiklarning qo‘shimcha ta'siri ko‘p –
diareyadan tortib, yurak aritmiyasigacha.
Shuning uchun agar imkoni bo‘lsa, antibiotiklarni qabul qilish vaqtida jismoniy
mashg‘ulotlardan voz kechgan ma'qul. Agar fitnes bilan shug‘ullanishni davom
ettirishni istasangiz, mashg‘ulotlar davomiyligini qisqartiring.
Asosiy adabiyotlar
1.
Muxamedov I.M. va boshq. Meditsinskaya mikrobiologiya, virusologiya i
immunologiya. Darslik. Toshkent. 2011 y.
2.
Aliev Sh.R., Muxamedov I.M., Nuruzova Z.A. “Mikrobiologiyadan laboratoriya
mashg‘ulotlariga doir qo‘llanma”. Toshkent. 2013y.
3.
Qurbonova S.Y. “Mikrobiologiya va immunologiyadan amaliy mashg‘ulotlariga
doir qo‘llanma”. Toshkent, 2015 y.
Qo‘shimcha adabiyotlar.
1.
O`zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоnlаri, Vаzirlаr Mаhkаmаsi
Qаrоrlаri vа “Sоg`liqni sаqlаsh Vаzirligining” amaldagi buyruq vа uslubiy
tаvsiyanоmаlаri.
2.
Saryov V.N. Mikrobiologiya, virusologiya i immunologiya. Darslik. Moskva,
2010 y.
3.
UNICEF. Oila va maxallada salomatlik amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘llanma.Toshkent. 2010 yil.
4.
Muxamedov I.M. va boshq. “Umumiy virusologiya» O‘quv qo‘llanma. Toshkent,
2012 y.
5.
Muxamedov I. M. va boshqalar. “Tibbiyot virusologiyasi» O‘quv qo‘llanma
Toshkent, 2013 y.
Internet saytlari
-
http://www.ziyonet.uz
-
-
-
www.lex.uz.