T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
105
ISSN:3030-3613
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI QO‘SHINLAR
FRONT ORTI TA’MINOTI BO‘LINMALARI
FAOLIYATINING ISLOHOTI
NIYOZOV SODIQ RAXIMOVICH,
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
Akademiyasi Moddiy ta’minot kafedrasi
oziq-ovqat ta’minoti sikli katta o‘qituvchisi
rezervdagi podpolkovnik, dotsent
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va
ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari
faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
Mudofaa Vazirligi qo‘shinlariga yangi kiritilgan tizimning tahlili bayon etilgan.
Kalit so‘zlar:
qishloq xo‘jalik mahsulotlari, harbiy qismlarning front orti
ta’minoti bo‘linmalari, bo‘sh turgan yerlar, sherikchilik, investitsiya, shartnoma, kafil,
buyurtmachi, faoliyat, yerninng unumdorligi, agrobiznes va sof foyda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oziq-ovqat ta’minotining sifatini
va oziq-ovqat mahsulotlarining to‘yimliligini oshirish borasida ko‘plab ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, oziq-ovqat ta’minotida autsorsing tizimi joriy qilindi, mavjud
ta’minotdagi payoklarga o‘zgartirishlar kiritildi, oziq-ovqat xizmatining texnik
vositalari takomillashtirildi, qo‘shinlardagi front orti ta’minoti bo‘linmalarining
faoliyati isloh qilindi. Ushbu ishlarning amalga oshirilishi qo‘shinlarni o‘quv-jangovar
va kundalik faoliyatida harbiy xizmatchilarni sifatli va yuqori energetik qiymatga ega
bo‘lgan ovqatlantirishni tashkillashtirish, ularning sog‘ligini, chidamliligini,
ishchanligini va yuqori ruhiy holatini ta’minlaydi. Shuning uchun ham hozirgi kunda
qo‘shinlardagi bor ichki imkoniyatlardan keng va maqsadli foydalanish, oziq-ovqat
mahsulotlarining to‘yimliligini oshirish, harbiy xizmatchilarni yangi uzilgan va
vitaminga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ularni belgilangan
payoklardan tashqari qo‘shimcha ovqatlanishini tashkillashtirish dolzarb masala
hisoblanadi. Bunda qo‘shinlardagi qishloq xo‘jalik mahslotlarini yetishtirish va ishlab
chiqarish bo‘yicha harbiy qismlar front orti ta’minoti bo‘linmalari (keyinchalik FOTB)
ning o‘rni juda katta.
Front orti ta’minoti bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
harbiy qismlarini rejaviy ta’minotiga qishloq xo‘jalik, shu jumladan, chorvachilik,
baliqchilik, parrandachilik hamda asalarichilik (keyinchalik qishloq xo‘jalik)
mahsulotlarini yetishtirish va topshirish uchun, shaxsiy tarkib ovqatlanishi yaxshilash,
bayram kunlari, o‘quv mashqlarini, manyovrlarni va boshqa tadbirlarni o‘tkazish
vaqtlarida qo‘shimcha oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan [1].
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
106
ISSN:3030-3613
FOTB ning faoliyatiga yangi tizimni kiritishdan oldin uning faoliyatidagi
ishlarni bajarishga harbiy xizmatchilar jalb qilinardi yoki ishlarni bajarish uchun pudrat
shartnomasi tuzilib 1 yil muddatga pudratchiga berilar edi. Hozirgi kunda sheriklik
asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish
to‘g‘risidagi shartnomalar uzoq muddatga,
kamida 5 yilga
tuziladigan bo‘ldi. Bu bilan
yerni egasiga topshirilganligi bois shaxsiy tarkibni jangovar tayyorgarlikka xos
bo‘lmagan vazifalardan ozod qilib, harbiy xizmatchilarning butun kuch-g‘ayratini o‘z
professional malakasini oshirishga qaratish imkonini berdi. Shartnomaning uzoq
muddatga tuzilishi esa yer-suv munosabatlarini takomillashtirish, yerdan, suvdan va
boshqa resurslardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.
Oldinlari yer pudrat shartnomasi asosida pudratchiga bir yil muddatga
berilganligi bois, pudratchida yerning unumdorligini oshirish va to‘g‘ri foydalanish
bo‘yicha mas’uliyat yo‘q edi. Chunki shartnomaning muddati tugagandan so‘ng ushbu
pudratchi bilan shartnoma tuzilmasligi ham mumkin edi. Shartnomaning uzoq
muddatga tuzilishi yerdan foydalanuvchilarning tuproq unumdorligini oshirishga
bo‘lgan qiziqishini oshirdi.
Sherikchilik
deganda shaxsiy investitsiyalarni jalb qilgan holda buyurtmachi,
sherik va kafilning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan sheriklik asosida qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish sohasidagi o‘zaro
samarali hamkorligi tushuniladi. Bunda
buyurtmachi
- harbiy qism va muassasalar,
sherik
- tadbirkorlik sub’ekti hisoblangan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi
tadbirkor,
kafil
- harbiy okruglar etib belgilandi [2].
Investitsiya kiritish orqali FOTB da va harbiy qismda bo‘sh turgan yerlardan
unumli foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan nafaqat qo‘shinlardagi harbiy xizmatchilarni, balki
bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, yurtimizda qo‘shimcha ish o‘rinlarini
yaratilish imkoniyatini berdi.
Dastlab olingan hosil ikki qismga taqsimlanib, uning yarmi pudratchiga, qolgan
qismi harbiy qismga berilar edi. Bunda sabzavotchilik uchun sarflanadigan barcha
sarflar pudratchi tomonidan amalga oshirilar edi. Shu bois pudratchi shartnoma
tuzilgan yili ko‘proq xosil olishga qaratar edi. Yerning unumdorligini oshirishga
qaratilgan choralarni ko‘rmas edi.
Hozirgi kunda esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan tushgan sof
foyda uch qismga taqsimlanib, uning bir qismi buyurtmachiga, yana bir qismi mahsulot
yetishtirish va ishlarni bajarish uchun ajratilgan hududlarni rivojlantirishga, qolgan bir
qismi tadbirkorga beriladigan bo‘ldi. Bu kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini
nafaqat yetishtirish, balki ularni qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va
transportirovka qilish, hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Ya’ni uni egasiga yetkazishgacha bo‘lgan agrobiznesning yaxlit zanjirini o‘z ichiga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
107
ISSN:3030-3613
qamrab olgan klaster modelini yaratish imkoniyatini beradi. Bu esa harbiy
xizmatchilarni butun yil bo‘yi meva va sabzavotlar bilan ta’minlashning asosiy mezoni
hisoblanadi.
Yana shuni ta’kidlash joizki, tushgan sof foydaning 1/3 qismi ishlarni bajarish
uchun ajratilgan hududlarni rivojlantirishga sarflanishi, foydalanilayotgan
tuproqning sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirishga xizmat
qiladi.
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak ota-bobolarimiz bir qarich yerdan ham unumli
foydalanishgan. Suvsiz, qaqrab yotgan yerlarga suv chiqarib, bog‘-rog‘lar yaratishga
alohida e’tibor qaratishgan [3].
Ushbu tizimda sherikni tanlov asosida tanlab olish belgilangan. Tanlovda
tadbirkor (sherik) tomonidan innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llay
olishlik darajasi ham nazarda tutilgan.
Xozirgi kunda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalar ko‘plab
davlatlarning korxonalari tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda
qo‘llanib kelinmoqda. Misol uchun Isroildagi “Tal-Ya” korxonasi tomonidan ishlab
chiqilgan suvni tejash moslamasini aytib o‘tish mumkin (1-rasm) [3].
1-rasm. Suvni tejash moslamasi.
Ushbu konteyner havodagi namlikni yig‘adi va 50% gacha suvni tejaydi.
Bunday innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash ko‘plab harbiy
qismlarda foydalanilmayotgan suvsiz yerlardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.
Yuqorida keltirilgan qo‘shinlardagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish
va ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlar FOTB faoliyatiga kiritilgan yangi tizimni
tahlilidan kelib chiqib quyidagilarni xulosa qilish mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida FOTB lari faoliyatini
rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
108
ISSN:3030-3613
FOTB ning faoliyati kiritilgan yangi tizim mamlakatimizda olib borilayotgan tub
islohatlarning talablariga to‘liq javob beradi;
ushbu tizim harbiy qism va muassasalarga biriktirilgan yer maydonlaridan
samarali va unumli foydalanishni ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 sentabrdagi 505-
sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va
idoralarda ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda
vaziyaelar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident davlat
xavfsizlik xizmati, Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazining 2021 yil 5
maydagi 23/24kk/15/16/10/2/25-sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari harbiy xizmatchilarining oziq-ovqat ta’miiotini tashkillashtirish” to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019 yil 3 maydagi 410 sonli
buyrug‘i “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida sheriklik asosida
qishloq xo‘jaligi, shu jumladan, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik hamda
asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlarni bajarish” to‘g‘risida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 966-
sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining oziq-ovqat ta’minotini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risida.
Internet ma’lumotlari:
http://cyclowiki.org/wiki/Tal-Ya
https://regulation.gov.uz/uz/document/3399
http://sapsan-logistics.ru/chto-takoe-proizvodstvennyy-klaster.