T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
64
ISSN:3030-3613
JAMIYATIMIZDA GENDER MASALALARI VA HUQUQIY MADANIYAT
Mamajanova Shaxnoza
Andijon davlat pedagogika insituti
Huquq ta’limi yo’nalishi
1-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda gender
masalalariga bo’lgan e’tibor kuchaymoqda. Xususan, ayollar masalasi ularga yaratib
berilayotgan imkoniyatlar ularning yashash tarzi, ongi va tafakkuriga, huquqiy
madaniyatiga ta’sirini o’tkazmoqda. Chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalar va
“Ommaviy madaniyat” kabi salbiy va ijobiy illatlar har bir insonga o’z ta’sirini
o’tkazmoqda. Mazkur maqola orqali jamiyatimizda huquqiy madaniyatning gender
masalalariga o’tkazayotgan ta’siri haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
Kalit so’zlar:
Gender masalalari, Huquqiy madaniyat, “Ommaviy madaniyat”,
Oilaviy muhit, ijtimoiy mediya, gender diskriminatsiyasi
Annotation:
Nowadays, increasing attention is being paid to gender issues in
our rapidly developing society. In particular, matters related to women, the
opportunities being provided to them, and the impact on their lifestyle, mindset, and
legal culture are becoming more significant. Foreign ideologies and elements of “mass
culture,” both positive and negative, are influencing every individual. This article
provides insights into how the legal culture in our society affects gender-related issues.
Keywords:
Gender issues, legal culture, mass culture, family environment,
social media, gender discrimination
KIRISH
Gender tenglik- huquqiy tenglik demakdir. Gender tengligi, barcha
shaxslarning, ularning jinsiga qaramay, huquqiy jihatdan teng bo’lishi kerakligini
anglatadi. Bu prinsp, ayrim huquqiy tizimlarda ayollar va erkaklar o’rtasidagi farqlarni
bartaraf etishga qaratilgan qonunlarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy madaniyat- bir jamiyatda huquqiy tizimning o’rnini va ahamiyatini
anglashni, huquqni faqat me’yorlar to’plami sifatida emas, balki shaxslar o’rtasidagi
adolatni ta’minlash vositasi sifatida tushunishni taqozo etadi.
Jamiyatimizda gender tengligi va huquqiy madaniyat masalalari bugungi kunda
ko’plab ijtimoiy, siyosiy va huquqiy muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Ushbu ikki
tushuncha jamiyatning barqaroqrivojlanishida va fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini ta’minlashda muhim ro’l o’ynaydi
1
.
1
Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila. Xalqaro ilmiy jurnali. 2022-1 sonn
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
65
ISSN:3030-3613
Ayollar huquqlari: O’zbekistonda ayollarning huquqlarini himoya qilish va
gender tengligini ta’minlash uchun bir qator qonunlar va tashabbuslar mavjud.
Masalan, ayollarga nisbatan kamsitish va jinsiy ajratishlarni bartaraf etishga
yo’naltirilgan huquqiy meyorlar joriy etilgan. Shuningdek, ayollarni rahbar
lavozimlarida ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda,
shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va
imkoniyatlarni ta’minlaydi.
2
Jamiyatimizda gender tengligi va huquqiy madaniyat masalalari bir- biriga yaqin
va bir- birini qo’llab quvvatlovchi tushunchadir. Ular jamiyatning taraqqiyoti , adolat
va ijtimoiy barqarorlik uchun muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatimizda gender tengligi va huquqiy madaniyat muhim ijtimoiy qadriyat
hisoblanadi. Gender tengligi- erkaklar va ayollar o’rtasidagi teng huquqlar,
imkoniyatlar va majburiyatlarni ta’minlasjga qaratilgan siyosat va amaliyotdir. Bu,
nafaqat jamiyatning adolatni va barqaror rivojlanishiga, balki har bir fuqarolarning
imkoniyatlarga teng kirish huquqini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Gender tengligi bo’yicha ko’plab yutuqlarga erishilgan bo’lsada, hali ham ba’zi
hududlarda ayollar va erkaklar o’rtasidagi farqlar mavjud. Masalan, ayollarni ish bilan
ta’minlash, ularning oliy ta’lim olish imkoniyatlari yoki jamiyatda raxbarlik
lavozimida erkaklarga nisbatan kamroq etishi kabi masalalar dolzarb bo’lib qolmoqda.
METODOLOGIYA
Jamiyatda gender tengligi va huquqiy madaniyatning rivojlanishi uchun
quyidagi amallarni amalga oshirish zarur:
1.Ta’lim va targ’ibot ishlari:
- Gender tengligi va huquqiy madaniyatni targ’ib qilishda ta’limning ro’li katta.
Bu borada maktablar, oliy o’quv yurtlari, ijtimoiy mediya va jamoatchilik tadbirlarini
o’tkazish.
- Ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish, qizlar va ayollarni
texnologiya, ilm-fan, siyosat va boshqalarga jalb qilish.
2.
Huquqiy hujjatlarni kuchaytirish:
- Ayollar va erkaklarning huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarni kuchaytirish
va gender diskriminatsiyasiga qarshi aniq va qat’iy chora- tadbirlarni ishlab chiqish.
- Jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida, qonunlarga,
huquqlarga va majbriyatlarga doir hujjatlar haqida keng targ’ibot ishlarini olib borish.
3.
Teng imkoniyatlar yaratish:
2
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 58-modda (2023-yilgi tahriri)
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
66
ISSN:3030-3613
- Ayollar va erkaklar uchun mehnat bozorida teng imkoniyat yaratish. Ish
joylarida genderga asoslangan farqlovchi muammolar va maosh farqlari bilan
kurashish.
- Ayollar siyosiy va ijtimoiy faoliyatda koproq ishtirok etishga undab, gender
tengligi siyosatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
4.
Gender stereotiplarini yo’qotish:
- Jamiyatda mavjuda bo’lgan gender stereotiplarini bartaraf etish uchun ta’lim,
media va ijtimoiy tarmoqlarda ongli targ’ibot olib borish.
- Erkaklar va ayollar o’rtasidagi rollar, mas’uliyatlar va imkoniyatlar haqida aniq
va ijobiy tasavvurlarni shakillantirish.
5.
Huquqiy yordam va himoya xizmatlarini kuchaytirish:
- Genderga asoslangan zo’ravonlik va diskriminatsiyaga qarshi kurashish uchun
huquqiy yordam va himoya xizmatlarini kengaytirish.
- Ayollar va qizlar uchun zo’ravonlik holatlari bo’yicha murojaat qilish va
yordam olishda ishonchli va yengil jarayonlarni yaratish.
Bu amallarni amalga oshirishda, jamiyatda gender tengligini ta’minlash va huquqiy
madaniyatni rivojlantirishda muhim qadamlarni qo’yishda yordam beradi. Umuman
olganda, jamiyatda gender tengligi va huquqiy madaniyatni rivojlantirish nafaqat
huquqiy islohotlar, balki ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarni ham talab qiladi. Bu
jarayonlar jamiyatda adolat, tenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ro’l
o’ynaydi
3
.
NATIJA
Jamiyatimizda gender masalalari va huquqiy madaniyat muhim ijtimoiy va
madaniya masala bo’lib, ular inson huquqlari va tenglikni ta’minlashda, shuningdek,
fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ishtirokini oshirishda katta rol o’ynaydi.
Gender masalalari, ayniqsa, erkaklar va ayollar o’rtasidagi tengsizlikni bartaraf etish,
diskriminatsiya va stereotiplarga qarshi kurashish uchun ijtimoiy va huquqiy islohotlar
talab etadi. Shu bilan birga, huquqiy madaniyat, ya’ni fuqarolarning huquq va
majburiyatlari, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish va ularga amal qilish,
jamiyatning o’zini o’zi boshqarish va adolatni ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Oilaviy munosabatlarni tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy ravishda
nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquqlari tengligi,
ichki oilaviy masalalarning o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilinishi, oilada bolalar
tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish,
voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarining huquq va manfaatlarini
himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
4
3
https://uzgender.uz/ozbekistonda-gender-tenglik-boyicha-maslahat-ishlari-bajarildi-2-3/
4
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 01.09.1998. 2-modda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
67
ISSN:3030-3613
Gender tengligi va huquqiy madaniyatni keng jamoatchilikka tushuntirish uchun
ommaviy axborot vositalarida faol targ’ibot olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda
ayollar huquqlarini himoya qilish va gender diskriminatsiyasiga qarshi kurashish
uchun qonunchilikka o’zgartirishlar kiritilmoqda.
MUHOKAMA
Ommaviy madaniyatning gender tengligiga ta’siri juda kuchli va keng qamrovli
bo’lib, bu masala ijtimoiy hayotda ko’plab jihatlarga ta’sir qiladi. Ommaviy
madaniyat, ayniqsa, media, kino, reklama musiqa, adabiyot va boshqa kommunikatsiya
vositalari orqali jamiyatning umumiy fikrini shakillantiradi. U gender rollari,
stereotiplar va tenglikka oid tassavurlarni taqdim etishda katta ro’l o’ynaydi. Ommaviy
madaniyatning gender tengligiga ta’siri quyidagi yo’nalishlarda nomoyon bo’ladi.
- Ayollar huquqlari va ularning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy erkinliklari haqida
ko`plab filmlar va seriallar ishlab chiqilmoqda.
- Gender tengligini targ`ib qiluvchi reklamalarda, ayollar va erkaklar teng
imkoniytlarga ega bo`lishi haqida ma`lumot berilmoqda.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini
ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
demokratizm;
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi;
jins bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligi;
ochiqlik va shaffoflik.
5
Ommaviy madaniyat gender tengligiga ijobiy va salbiy ta`sir ko`rsatishi
mumkin. U jamiyatning fikrini shakllantirishi, gender setereotiplarini mustahkamlashi
yoki ularni buzish, shuningdek, gender tengligini ta`minlashda muhim vosita bo`lib
hizmat qiladi. Shuning uchun, ommaviy madaniyatdagi o`zgarishlar gender tengligi va
huquqlari ta`minlashda katta ahamiyatga ega.
XULOSA
Gender diskriminatsiyasi va uning huquqiy madaniyatga ta`siri jamiyatda adolat
va tenglikni ta`minlashda muhim o`rin tutadi.
Gender diskriminatsiyasi- bu biror shaxsning jinsiga asoslangan nohaq muomila
yoki tazyiqdir. Bu holatlarning jamiyatdagi huquqiy madaniyatga ta`siri quyidagi
yo`nalishlarda namoyon bo`ladi:
1.
Huquqiy madaniyatning rivojlanishga to`sqinlik qiladi.
2.
Diskriminatsiyaga ta`siri.
3.
Jamoat va huquqni himoya qilish tizimlarida diskriminatsiyani mavjudligi.
5
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni, 02.09.2019 yildagi O‘RQ-562-son, 4-modda.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
68
ISSN:3030-3613
4.
Gender tengligi va huquqlarga bolgan hurmatni pasaytiradi.
5.
Gender diskriminatsiyasining huquqiy madaniyatni o`zgartirishdagi roli.
Ijtimoiy mediyaning huquqiy madaniyatga ta’siri beqiyosdir. Bu holat murakkab
jarayon bo’lib, u nafaqat huquqiy tizimni, balki jamiyatning huquqni anglab yetishi va
huquqqa bo’lgan munosabatini shakillantiradi. Ushbu ta’sir bir qancha omillar orqali
amalga oshadi:
- Ma’lumotlarni keng jamoaga yoyish: Ijtimoiy media huquqiy bilimlarni keng
ommaga yoyishga yordam beradi. Onlayn platformalar, bloglar va forumlar
huquqshunoslar va huquqshunos bo’lmagan ma’lumot almashish imkoniyatlarini
yaratadi. Bu esa jamiyatda huquqiy madaniyatni oshiradi va huquqiy bilimlarni keng
tarqatadi.
- Huquqiy masalalar bo’yicha munozaralar: Ijtimoiy media orqali huquqiy masalalar,
qonunlar va sud ishlarining muhokamasi kengayadi. Jamiyatning turli qatlamlari o’z
fikirlarini ifoda etishi, huquqiy muammolarni muhokama qilishi, bu esa fuqarolik
jamiyatining rivojlanishiga yordam beradi.
- Fuqaro huquqlarini himoya qilish: Ijtimoiy media huquqiy madaniyatni
shakillantiruvchi vosita sifatida, fuqaro huquqlarini himoya qilish va ularni buzilishiga
qarshi kurashishda muhim ro’l o’ynaydi.
Gender tenglikni ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib,
parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Xotin-
qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha
respublika komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin-qizlar
jamoatchilik kengashi tashkil etildi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-qizlar soni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz
parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o‘rtasida 37-
o‘ringa ko‘tarildi
6
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
1.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023-yilgi tahriri)
2.
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. 01.09.1998
3.Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 02.09.2019 yildagi O‘RQ-562-son
4.2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish
strategiyasini tasdiqlash haqidaO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori, 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son
6
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqidaO‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
69
ISSN:3030-3613
5. Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila. Xalqaro ilmiy jurnali. 2022-1 son
6.Gender tadqiqotlari platformasi veb-sayti; https://uzgender.uz