T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
54
ISSN:3030-3613
YOSHLARNI YUKSAK MA’NAVIYATLI, MUSTAHKAM E’TIQODLI
QILIB TARBIYALASHDA MA’NAVIY MEROSIMIZNING AHAMIYATI.
Yo.Rahimova
Marg’ilon Pedagogika
kolleji o’qituvchisi.
Kirish
Hozirgi globallashuv jarayonlarining asosiy maqsadi va muhim jihati shaxsni
axborotlar oqimining faol iste’molchisi va o’z-o’zini rivojlantirishga yo’naltirishdan
iborat.Xususan yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’risida”gi
Qonuninig qabul qilinishi va unda inson omili ,shuningdek uzluksiz ta’lim mazmunini
zamon talablari doirasida takomillashtirish,yosh avlodni yuksak ma’naviyatli etib
voyaga yetkazish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar talaygina ekanligi fikrimizning
dalilidir.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ham o’zining qator
ma’ruzalarida Yangi O’zbekistonni barpo etish eng avvalo ta’lim tarbiya jarayonini
takomillashtirishdan boshlanadi degan fikrni berib keladi.Darhaqiqat mamlakatimizni
taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kiritishni hayotiy maqsadimiz deb belgilasak, bu
jarayonda mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizga eng avvalo kitobga bo’lgan
mehrini oshirish, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilinishi, bu borada bir qancha
samarali ishlarni olib borilishi ham muhim ahamiyatga egadir.
Annotatsiya
Ushbu maqola hozirgi kunda Mustaqil O’zbrkistonni barpo etishda ma’naviyatli
yoshlarimizning o’rni kattaligi va bu boradagi allomalarimizning ibratli fikrlaridan
berib o’tilgan.Prezidentimikzni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi 5 ta
tashabbuslari va uning aynan yoshlar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish to’g’risidagi
fikrlari misollar orqali bayon etilgan.
Jamiyatning kelajagi,tayanchi va ishonchi bu yoshlardir. Mustaqilligimiz qo’lga
kiritganimizdan song,O’zbekistonning birinchi Prezidenti tomonidan yosh avlodni
Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni haqiqiy ma’noda Amir Temur,Alisher
Navoiy kabi ulig’ bobokalonlarimizning vorislari etib kamolotga yetkazish maqsadida
ulkan ishlar amalga oshirildi.Yoshlarning ilm-fan cho’qqilarini zabt etishlari uchun
eng qulay shart-sharoitlar yaratib berildi.Bugungi kunda ham yoshlarimiz oldiga
qo`yilayotgan talab bintta, u ham bo`lsa o`qish,izlanish o`z kuch va imkonyatlarini
mustaqillik, ona-yurt ravnaqi uchun namoyon etishdir. Bu borada Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ham bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Shular
jumlasiga Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 19-martda taklif qilingan “Yoshlar
manaviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5ta
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
55
ISSN:3030-3613
muhum tashabbusni misol qilishimiz mumkin.To`rtinchi tashabbus yoshlar
manaviyatini yuksaltirish,ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha
tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan.Tarixdan ma`lumki insoniyat yaratgan eng
noyob,eng bebaho boyliklardan biri shubhasiz kitobdir.Shu bois ham internet va
boshqa kommunikatsiya vositalari jadal rivojlanayotganiga qaramasdan insonning
ongu tafakkurini charxlash, ma`naviy olamini boyitish, ezgulikni targ`ib etishda
kitobning o`rni saqlanib qolmoqda.Shuning uchun kitob insonlarni ezgulik,saodat
manzili tomon yo`llaguvchi va qalbiga nur bo`lib singuvchi tilsim hisoblanadi.Yaxshi
kitob bergan ruhiy-ma`naviy ozuqani boshqa hech narsa bilan qiyoslab
bo`lmaydi.Biroq ming avsuski, so`nggi yillarda yoshlar o`rtasida insonyatning bebaho
manaviy xazinasi sanalmish, qalb ozuqasi bo`lgan kitob mutoalaasi bir oz susaydi,
uning o`rnini internet,mobil telefoni va kompyuter o`yinlari o`ynashni afzal bila
boshladilar.Dunyo charxpalagi aylanib, mol-dunyo,boylik qo`ldan ketishi mumkin,
ammo yaxshi kitobdan olingan ma`naviy quvvat o`z egasini hech qachon tark etmaydi
va uni xatolardan, adashishlardan asraydi.Yoshlarni yuksak ma`naviyatli, mustahkam
etiqodli va o`z vataniga muhabbat ruhida tarbiyalashda tabiiyki ma`naviy
meroslarimizning o`rni katta.Bunga misol ota-bobolarimizning asrlar davomida
to`plagan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy va adabiy qarashlarini ifoda etadigan
“Avesto”kitobini misol qilishimiz mumkin.Ushbu kitobning tub mohiyati “Ezgu
fikr,ezgu so`z,ezgu amal”degan tamoilni ilgari suradi.Biz yoshlarimizga va ularni
ongiga ezgulikni singdirishimiz va ularning ma`naviy qarashlariga ijobiy tasir ko`rsata
olsak maqsadga muofiq bo`ladi.Yoki o’rta asrlarda Xorazm diyoridan olis Arabistonga
borib,arab tili grammatikasini mukammaln tarzda ishlab chiqqan Mahmud
Zamahshariy bobomizni esga olaylik. O’zining jismoniy nogironligiga qaramay,
dunyoning ko’plab mamlakatlariga mashaqqatli safarlar qilgan, teran bilimli va ilmiy
salohiyati bilan butun islom olamini lol qoldirgan bu zot, hech shubhasiz, yoshlarimiz
uchun ma’naviy yetuklik timsoli bo’lib qolaveradi. Asosiy maqsadimiz ham bunday
ulug’zotlarning
hayot yo’li va qoldirgan merosini to’liq tasvirlash emas, balki ulardan ibrat
olishga, ilimli, marifatli bo’lishga o’rgatish biz ziyolilar va butun jamoatchilik uchun
ham qarz, ham farz hisoblanadi. Shu orinda buyuk bobolarimizning ma’naviy olami
xususida fikr yuritganda sohibqiron Amir Temur haqida alohida to’xtalishmiz
tabiiydir. Buyuk bobomiz shijoat, mardlik va Vatanga sadoqat va mustahkam etiqod
ramzi hisoblanadi. Ayniqsa “Temur tuziklar”ni o’qigan har bir yigit va qizlarimiz ular
uchun ma’naviy ozuqa bo’ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga
ishonch hosil qiladilar. Yigitlarmiz uchun allomaning qat’iylik, tadbirkor, hushyor,
mard va shijoatli bo’lishga yonaltirilgan fikrlarining ahamyati,qiymati hozirgi kunda
ham kata ekanligini singdirish muhimdir. Amir Temur bobomizning bunday chuqur
ma’noli hikmatlari xalqimizda qadimdan mavjud bo’lgan “ bilagi zo’r birni, bilimi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
56
ISSN:3030-3613
zo’r mingni yiqar” degan maqolga g’oyat hamohang bo’lib, insonni doimo aql-idrok,
adolat va yuksak ma’naviyat asosida yashashga da’vat etishi bilan e’tiborlidir. Bunday
noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o’rganish, uning ma’no–mazmunini
farzandlarimizga yetkazish ishlarini doimiy olib borishmiz kerakligi hozirgi kunning
eng muhim talabi hisoblanadi.
O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakilanishga g’oyat kuchli va samarali
ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan yana biri Alisher Navoiy hisoblanadi. Biz uning
mo’tabar nomi, ijodiy merosining boyligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz. Biz
aynan yoshlarimizga buyuk ajdodlarimizga hurmat-ehtiromni singdirishimiz, ularning
boy ilmiy merosin o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini va kitob o’qishga bo’lgan
muhabbatlarini oshrishmiz kerak. O’z farzandlarimizga bunday buyuk ajdodlarmiz
bilan faxrlanish, g’ururlanish va ulardan hayotiy ibrat olish tuyg’ularini
shakllantirishimiz lozim.Biz bu bebaho merosdan yoshlarimizni qanchalik ko’p
bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda,ularda ezgu insoniy
fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz.
Hozirda turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida
yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirishimiz kerakligini zamonning o’zi
ham ko’rsatib turibdi.
Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatning ming – ming
yillar davomida qolga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o’zida jamlagan
kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, Kitob – hamisha ilm – ma’rifat, manaviyat, odob
– axloq manbai bo’lib kelgan va bo’lib qoladi. Yoshlarimizga ham: “Dastavval
qolingizga kitobni oling va mutolaalani boshlang, u sizga dunyo hikmatlarni orgatadi,
qalbingizni, ma’naviyatingizni odamiylik, etiqod ziynatlari ila bezaydi. Dunyoda
kitobdan yaxshiroq do’st, undan – da donishmandroq hamroh yo’qdir “ deb qolamiz.
Foydalangan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev SH.M Tanqidiy tahlil,qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.-T:”O’zbekiston”,2017.
2.
Ishmuhammedov R.J,Abduqodirov A,Pardayev A. Ta’limda innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog o’qituvchilari uchun amaliy
tavsiyalar).-T: “Iste’dod”,2010.-142 b.
3.
O.Hasanboyeva.J.Hasanboyev.H.Homidov. Pedagogika tarixi.T.2004