Mualliflar

  • Aslanova Nodira Mirzakarimovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119084

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: deviant xulq shaxs og‘ishish o‘smirlik davri suitsid buzilish metod psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza ruhiy holat tushkunlik.

Annotasiya

Annotatsiya.    Shaxs  og‘ishgan  xulqini  psixologik  korreksiyalash  jarayoni 
kechiktirib  bo‘lmas  vazifa  hisoblanadi.  Sababi  og‘ishgan  xulqning  psixologik 
muammolarini  amaliy  yordam  berish  orqali  hal  qilish  muhim  hisoblanadi.  Bunda 
barcha  aloqador  shaxslar,  pedagog-psixolog  hamda  subyektning  yaqin  insonlari 
birgalikda ish olib borib, maqsadga erishishi tavsiya etiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

307

ISSN:3030-3613

XULQI OGʻIR OʻSMIR YOSHDAGI BOLALAR BILAN ISHLASHNING

ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI

Aslanova Nodira Mirzakarimovna

Andijon viloyati Oltinko'l

tumani 6-umumta'lim maktabi

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya.

Shaxs og‘ishgan xulqini psixologik korreksiyalash jarayoni

kechiktirib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Sababi og‘ishgan xulqning psixologik
muammolarini amaliy yordam berish orqali hal qilish muhim hisoblanadi. Bunda
barcha aloqador shaxslar, pedagog-psixolog hamda subyektning yaqin insonlari
birgalikda ish olib borib, maqsadga erishishi tavsiya etiladi.

Kalit so‘zlar:

deviant xulq, shaxs, og‘ishish, o‘smirlik davri, suitsid, buzilish,

metod,psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, mulohaza, ruhiy holat, tushkunlik.

KIRISH

Xolerik temperamentdagi o‘smirlar chaqqon, xarakatchan, qo‘zg‘aluvchan

bo‘ladilar. Ularda barcha jarayonlar tez sodir bo‘ladi. Bu tipdagi o‘smirlar hissiyotlari
kuchli, yorqin ifodalanib tez paydo bo‘ladi, ba’zan kayfiyati keskin o‘zgaradi. Xolerik
tipdagi o‘smirlardan doimo muloyimlik bilan, ammo qat’iyatli, shoshilmay, o‘ylab
javob qaytarishlarini talab qilish, ular xatti-xarakatlarida o‘rtoqlari va kattalar bilan
bo‘lgan munosabatlarida o‘zini tutishlikni tarbiyalab borish lozim. Bunday
o‘smirlardan mehnat faoliyatida izchillikni va ishda tartibli bo‘lishni tarbiyalash
xamma topshiriqlarni ish mobaynida yaxshi bajarishlarini talab qilish lozim.
Melanxolik temperamentdagi o‘smirlarda psixik jarayonlarning sust o‘tishi qayd
qilinadi. Ular kuchli qo‘zg‘ovchilarga qiyinchilik bilan javob qaytaradilar, diqqatlarini
bir narsaga uzoq vaqt va kuchli jalb eta olmaydilar.

Shuning uchun bunday o‘smirlarda odamga el bo‘lishlikni o‘stirish, jamoada

do‘stlik va o‘rtoqlik hislarini tarbiyalash zarur, chunki ular osonlikcha yakkalanib, o‘z
kechinmalariga berilib ketishi yoki jamoadan chetga chiqib, salbiy ta’sirlarga tushib
qolishi mumkin.

1.

Emansipatsiya reaksiyasi. Bu kattalarning qaramog‘idan, nazoratidan va

xomiyligidan ozod bo‘lishga intilishda ko‘rinadi. Reaksiya kattalar tomonidan
belgilangan tartib, qoidaga qarshi yo‘naltirilgan. «Ozod bo‘lish» ehtiyoji mustaqil
xayotga intilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu reaksiya o‘g‘il bolalarda ko‘proq bo‘ladi.

2.

Tengqurlari bilan guruhlashgan reaksiya. Buning ikki turi mavjud.

Birinchisi, bir jinsga asoslanib, unda doimiy lider va guruh a’zolarining

vazifalari, ularning guruhdagi o‘rni belgilangan. Bu guruhda “liderning adyutanti”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

308

ISSN:3030-3613

unda intellektual qobiliyat yo‘q bo‘lsada, lekin jismoniy kuchli bo‘ladi, «antilider»-
liderning o‘rnini egallashga xarakat qiladigan, «ikkiyuzlamachi»-u tomonga xam, bu
tomonga xam o‘tib yuradigan o‘smirlar bo‘ladi. Bunday guruhning o‘z xududi bo‘lib,
unga begonalar yaqinlashtirilmaydi. Guruhning tarkibi barqaror bo‘ladi va yangi
a’zolarni faqat sinovlar asosida qabul qilishadi. Ikkinchi turdagi guruhda rollar qat’iy

taqsimlanmagan va doimiy lider yo‘q. Liderning vazifalarini guruhning turli a’zolari
bajaradi. Guruh a’zolari ikki jins vakillaridan tashkil topadi va uning tarkibi barqaror
emas. Qiziqish - xobbi reaksiyasi. Intellektual-estetik qiziqishlar predmetga, musiqaga,
radiotexnika, tasviriy san’at, adabiyotga nisbatan. Jismoniy qiziqishlarga kuchi,
chidamliligi, chaqqonligini oshirishga bo‘lgan xatti-xarakatlar kiradi.

So‘nggi 15-20 yil davomida o‘z joniga qasd qilish holatlari o‘smirlar orasida

keskin ortishi bu muammo «yosharib» borishidan dalolat bermoqda. Butun Jahon
Sog‘liqni Saqlash hududiy boshqarmalarining ma’lumotlariga ko‘ra, 15-24 yosh
o‘rtasidagi o‘smirlarning suiqasd holatlari 15 yilda 2 barobarga ko‘paygan. Fransiyada
so‘nggi 10 yil mobaynida o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari 3 barobarga
ortgan. So‘nggi 30 yil mobaynida AQShda 15-19 yoshli o‘smir yigitlar o‘rtasidagi o‘z
joniga qasd qilish holatlari 300%, qizlar orasida esa 200% ga oshgan. Polshada 12-20
yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi suitsid so‘nggi 10 yil davomida 4 barobar ko‘payib, bunda
o‘g‘il bolalar 21%ni, qizlar esa 79%ni tashkil etmoqda.

Xo‘sh, o‘z joniga suiqasd qilish (ilmiy ibora bilan aytganda «suitsid») holatiga

nimalar sabab bo‘ladi? Suitsid o‘zi nima? Suitsid (lot. “Suisaedere”, bunda “sui”- men;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

309

ISSN:3030-3613

“caedere”-o‘zimni o‘ldiraman) – ongli ravishda o‘z joniga qasd qilish, degan ma’noni
anglatadi. O‘smirlarda asosiy hayotiy pozitsiya susayishi;

Xalq ta’limi pedagog xodimlari va rahbariyatida o‘smirlar o‘rtasidagi suitsid

to‘g‘risidagi bilimlar tanqisligining mavjudligi. Maktab psixologlarining kasbiy
jihatdan yetuk emasligi hamda og‘ir psixologik vaziyatga tushib qolgan o‘quvchilar
bilan ishlash ko‘nikmasi mavjud emasligi.

Xulqning og‘ishishi asosan o‘smirlik davriga xos jarayon hisoblanadi. Bugungi

kunda voyaga yetmaganlar orasida turli xil huquqbuzarlik, o‘z-joniga qasd qilish,
narkotik moddalarni iste’mol qilish kabi salbiy illatlarning paydo bo‘lishi va kuchayshi
dolzarb muammoga aylanmoqda. E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha deviant hulq
jamiyatda me’yoriy nazorat susayganda yuzaga kelar ekan. R.Mertonning nazariyasida
esa, jamiyatda ma’naviy qadriyatlar inson tomonidan obyektiv ravishda qabul
qilinmay, qadriyatlar tizimi yemirilishni boshlaganda vujudga kelar ekan.
Ijtimoyilashuv jarayonida deviant xulq atvorga oilada va o‘smirning atrof-muhitida
yetakchi bo‘lgan tarbiyaviy holat asos solar ekan. O‘smirlarda uchraydigan salbiy xulq-
atvor ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi: Xulq-atvor motivlarining noto‘g‘ri rivojlanishi
yoki kuchli effektli his-tuyg‘ular ya’ni turli tartib intizomsizliklar, atrofdagi insonlar
bilan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish natijasida turli konfliktlarning vujudga kelishi,
turli tasodifiy guruhlarga kirish, jamoada o‘zini ko‘rsatishga intilish. Sangvinik
temperamentdagi o‘smirlarda his-tuyg‘ular tashqi ko‘rinishda yorqin ifodalangan
bo‘ladi. Ularni boshqa ishlarga berilib ketmasligi uchun doimo nazorat qilish va kuchi
yetadigan ish bilan band qilish kerak. Flegmatik temperamentdagi o‘smir og‘ir,
vazmin, xarakatlari salmoqli bo‘ladi. Shuning uchun ulardagi sovuqqonlik, beparvolik,
bo‘shanglik, faoliyatsizlikning namoyon bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

XULOSA:

Shaxs og‘ishgan xulqini psixologik korreksiyalash jarayoni

kechiktirib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Sababi og‘ishgan xulqning psixologik
muammolarini amaliy yordam berish orqali hal qilish muhim hisoblanadi. Bunda
barcha aloqador shaxslar, pedagog-psixolog hamda subyektning yaqin insonlari
birgalikda ish olib borib, maqsadga erishishi tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Ivy A., Ivy M. Psixologik maslahat va psixoterapiya M.: Ilmiy-ishlab chiqarish
nashriyoti, Lyubertsi, 2019. - 487 p.

2.

Aleksandrovskaya E.M. Kichik maktab o'quvchilarining shaxsini shakllantirishning
tipologik variantlari. - M .: Folium, 2013. - 32 b.

3.

Aleksandrovskiy Yu. A. Chegaradagi ruhiy kasalliklar. M.: "Tibbiyot", 2013. - 262 b.

4.

Aleshina Yu.A. Shaxsiy va oilaviy psixologik maslahat. ^ Ed. 2. - M .: "Klass" mustaqil
kompaniyasi, 2020. - 208 b.

5.

Ananyev B.G. Inson bilim ob'ekti sifatida. - Sankt-Peterburg: Peter, 2020: -288 p.

6.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

Ivy A., Ivy M. Psixologik maslahat va psixoterapiya M.: Ilmiy-ishlab chiqarish

nashriyoti, Lyubertsi, 2019. - 487 p.

Aleksandrovskaya E.M. Kichik maktab o'quvchilarining shaxsini shakllantirishning

tipologik variantlari. - M .: Folium, 2013. - 32 b.

Aleksandrovskiy Yu. A. Chegaradagi ruhiy kasalliklar. M.: "Tibbiyot", 2013. - 262 b.

Aleshina Yu.A. Shaxsiy va oilaviy psixologik maslahat. ^ Ed. 2. - M .: "Klass" mustaqil

kompaniyasi, 2020. - 208 b.

Ananyev B.G. Inson bilim ob'ekti sifatida. - Sankt-Peterburg: Peter, 2020: -288 p.

Ziyo.net