T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
298
ISSN:3030-3613
IKKINCHI JAHON URUSHIDA GʻALABA UCHUN KURASHGAN TOʻRT
JOSUS AYOL TARIXI
Qutbiddinova Nasiba Sayfiddin qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Unversiteti
Namangan filiali talabasi
Anotatsiya:
Ush bu maqola insoniyat tarixida ko’plab qurbonlar keltirgan
ikkinchi jaxon urishi davrida faoliyat yurirgan to’rt josus ayol Jozefina Beyker, Nur
Inoyat Xon, Jozefina Gerrero va Agness Meyyer Driskoll larning hayoti va fidoiyligi
haqida. Mazkur ayollar o’z aql-zakovati, matonati va fidoyiligi bilan nafaqat front
ortida, balki razvedka, radiosignallar uzatish, kodlarni yechish va dushman
harakatlarini fosh etish orqali g’alabaga sezilarli darajada hissa qo’shgan. Maqolada
ikkinchi jaxon urishidagi ga’laba uchun nafaqat erkaklar balki ayollar ham sezilarli
darajada hissa qo’shganligini ushbu to’rt ayol misolida yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Ikkinchi jahon urushi, ayollar josusligi, razvedka xizmati,
Jozefina Beyker, Nur Inoyat Xon, Jozefina Gerrero, Agnes Meyer Driskoll, ayollar
jasorati, gender stereotiplari, urush tarixi, maxfiy xizmatlar, front orti kurashi,
vatanparvarlik.
Tarixning eng mudhish sahifalaridan biri boʼlgan Ikkinchi jahon urushi yillari
oʼzining ayanchli voqeliklari va oqibatlari bilan insoniyat jamiyati xotirasidan hech
qachon oʼchmaydigan davrlardan biri ekanligi shubhasizdir. Bu urushning millionlab
begunoh insonlar, yoshu-qarining bevaqt oʼlimiga, cheksiz vayronagarchiliklar va
azob-uqubatlarga sabab boʼlganligi koʼplab asarlarda qayd etiladi, va xotiralarda yodga
olinadi. Shunga qaramay, vaqt oʼtgani sari uning ogʼriqlaridan xalos boʼlishi
qiyinlashib boraveradi. Ikkinchi jahon urush davrida ayol boʻlishiga qaramasdan
gʻalaba uchun kurashgan kerak bo’lsa yurtining ozodligi va aholining tinchligi uchun
o’z jonini qurbon qilishgan. Bunday mardonavor halok bo’lgan ayollar soni juda ham
ko’p ammo ular orasidan Jozefina Beyker, Nur Inoyat Xon, Jozefina Gerrero va
Agness Meyyer Driskoll kabilar xalq orasida mashhur hisoblanadi. Ikkinchi jahon
urishi davrida mazkur ayollar guruhi butun dunyo bo'ylab razvedka idoralarida
ayg'oqchi va tezkor xodimlar sifatida faoliyat yuritib, urushning borishiga bevosita
ta’sir ko’rsatgan mahfiy ma’lumotlarni aniqlash maqsadida o’z hayotlarini xavf ostiga
qo’ygan. Ularning faoliyati nihoyatda xavfli bo’lib, ular qiynoqlar, kontsentratsion
lagerlarda hibsga olish va hatto o'lim kabi haqiqiy hayot tahdidlari mavjud edi. Shunga
qaramay, bu ayollar ittifoqchi kuchlar g'alabasini insoniyat uchun yagona to’g’ri yo’l
deb hisoblab, o’z fidoyiliklari bilan muhim strategik vazifalarni bajarishga hissa
qo’shganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida bor kuchini sarflagan eng mashhur
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
299
ISSN:3030-3613
ayg‘oqchi ayollardan biri Jozefina Beyker boʻlib ¹ 1930-yillarda Qo'shma Shtatlarda
irqiy bo'linish avj olar ekan, bu davrda Jozefina Beyker Parijda tomoshabinlar orasida
qora tanli mashxur raqqosa va qo'shiqchi sifatida tanilishga ulgurgan edi . Jozefina
Beyker raqqosa bo’lishiga qaramay u urush paytida josuslik bilan shugullangan bo’lib
u turli xil konsert bahonasida nemislar haqida ma’lumotlar yig’ib ularni musiqa
no’talari orasiga yoki surotlar orasiga yashirib agentlarga yetkazsh bilan mashg’ul
bo’lgan. Bu ma’lumotlarni Fransiya maxfiy xizmati razvedkachisi kapitan Jak Abtey
qayd etgan. Jozefina Beyker Fransiya fuqaroligini olganidan ikki yil o'tgach urush
yaqinlashib qolgan. 1939 yilda Beykerga murojaat qilib, fransuzlar uchun qimatli
bo’lgan ma'lumotlarni to'plashni so'radi. Ish qanchalik xavfli bo’lishiga qaramay, u
ishni ikkilanmay osonlik bilan qabul qildi. Parij aholisi men uchun hamma narsani
bergan. Men ular uchun jonimni berishga tayyorman degan sharafli so’zlar bilan u bu
topshiriqni qabul qildi. "Beyker Italiya va Fransiya elchixonalaridagi diplomatik
kechalarda qatnashib, fransuz xoinlari bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslar bilan
suhbatlashib ulardan o’zi uchun kerakli bolgan ma’lumotlarni aniqlashga harakat qildi.
1940 yilda nemis qo'shinlari Parijni egallab olishgandan so’ng, u Fransiyaning
janubida joylashgan Vichiga ketishga majbur bo’ladi. Sababi u Parijda qoladigan
bo’lsa uni ayanchli qismat kutayotganligini sezardi shuning uchun u Parijda qolishdan
ko’ra ketishni maqul ko’rgan. U yerda raqosa niqobi ostida kapitan Jak Abtey bilan
yashirincha uchrashib o’zi to’plagan ma’lumotlarsdan uni habardor qilib turgan. 1941
yillning boshlarida kapitan Jak Abtey va Jozefina Beyker birgalikda o’sha davrda
Fransiyaning mustamlakasi bo’lgan Shimoliy Afrika hududiga ko'chib o'tishdi. Ular u
yerdan turib nemislar haqidagi hujjatlarni, fotosuratlar va qo’lyozmalarni Lissabondagi
general Sharl de Goll boshchiligidagi Free French (Ozod Fransiya) harakati guruhida
ishlaydigan agentlarga yuboradi. Beyker Faxriy legion va Krua de Gerr (urush xochi)
ordenlari bilan urush davridagi xizmatlari uchun hayoti davomida fransuzlar
tomonidan taqdirlangan. 2021-yil noyabr oyida u fransuz panteoniga kiritilgan birinchi
qora tanli ayolga aylandi. Fransuzlarning nemislar ustidan g’alaba qozonishga va o’z
mustaqilligini qayta tiklashga o’z hissasini qo’shdi va shu tariqa fransuz tarixining
kichik qismiga aylandi desak mubolag’a bo’lmaydi
1
. Huddi shunday ozodligi uchun
mardonavor kurashgan yana bir jasur ayollardan biri bu – Nur Inoyat Xon edi. U
Hindistondagi qirollik avlodidan bo‘lib, zo‘ravonlikka qarshi turadigan, jiddiy,
muloyim, musiqaga mehr qo‘ygan inson edi. Nurxonning bolaligi Angliya va
Fransiyada o’tgan ba’lki shunga bo’lsas kerak u musiqa va bolalar uchun ertaklar
yozishni yoqtirgan va u bu ish bilan shug’ullangan. 1940-yilda Germaniya Fransiyani
bosib olganida, u amerikalik beva onasi bilan birga Londonga ko‘chib o‘tadi. U yerda
esa simsiz aloqa – ya'ni radiosignallarni uzatish bo‘yicha o’z izlanishlarini olib borib,
1
https://www.nationalgeographic.com/premium/article/women-female-spies-world-war-ii
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
300
ISSN:3030-3613
operator bo‘lib hizmat qila boshlaydi. Fransuz tilini yaxshi bilganligi va texnikani
ta’mirlashni bilganligi sababli, u britan razvedkasi – Maxsus Operatsiyalar
Boshqarmasi (SOE)ga tanlab olinadi. Bu tashkilotni o‘z davrida bosh vazir Uinston
Cherchill boshqarilgan. Uning asosiy maqsadi– Yevropaning ichki dushman bo’lgan
Germaniyaning ta’siridan qutqarish va Yevropaning ozodligi uchun har qanday keskin
chora va qattiq urush choralarini qo‘llash edi. Nurxon razvedka topshirig‘i bilan
Fransiyaga yuboriladi. U yerga yashirincha joylashib olib radiosignallar orqali
Londonga maxfiy xabarlar yuboradi. 1943-yil sentabrga kelib Parijda u Londinga
ma’lumot yuborayotgan agentlarning ko’pi halok bo’ladi. Mazkur yilda Parijdagi u
so’ngi britan agenti edi. Ammo, uni tanigan va qilayotgan ishlaridan xabardor bo‘lgan
insonlar unga xiyonat qiladi. Nurxon 1943-yil oktyabrda hibsga olinadi va uni
shavqatsizlarcha qiynaydi, ammo azob uqubatlarga qaramay u o‘z vataniga sadoqat
bilan sodiq qoladi va davlatga oid maxfiy ma’lumotlarning birontasini ham oshkor
qilmaydi. Oxiri 1944-yil sentabrda Germaniyadagi Dachau kontslagerida qatl etiladi.
Jallod uning boshiga qurol tiragach, Nur Inoyat Xonning so’ngi so‘zi "Ozodlik!"
bo‘lgan
2
.
Jasur ayollardan biri — Jozefina Gerrero hayoti ham Ikkinchi Jahon urushining
mudhish va sinovli yillariga to‘g‘ri keladi. U 1942-yilda, Yaponlar Filippinni bosib
olish arafasida, Jozefina og‘ir kasallik – Hansen (ya’ni moxov) kasalligiga chalinadi.
Kasalligi tufayli eri uni tashlab ketadi, hatto o‘z farzandi bilan ham aloqasini uzishga
majbur bo‘ladi. Mazkur davirda moxov kasalligiga chalingan odamlar jamiyatdan
chetlashtirilgan, ularni uyidan haydab, kasalxonaga yuborishgan. Bunday odamlarni
hatto o’z yaqinlari bilan ham uchrashishini taqiqlab qo’yishgan va butunlay yolg‘iz
qolishga majbur bo’lgan. Urush davrida tibbiy yordam ham deyarli yo‘q bo’lganligi
sababli, dori-darmon toppish tobora qiyinlashgan. Ahvoli og‘irlashgan Jozefina
hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, Vatanining ozodligi uchun kurashishga qaror qiladi.
U kasalligidan foydalanib Filippinda josuslik qilgan. Uning kasalligi sababli yaponlar
undan cho‘chib, hatto yaqiniga ham bormagan. Bu Jozefina erkin harakatlanishi hamda
ko’plab ma’lumotlar to’plashga imkon bergan. U mahfiy ma’lumotlarni partizanlarga
yetkazib turgan. Asosan xabarlarni sochlari orasiga, paypoqlariga yashirib olib o’tgan.
Chunki barcha aloqa vositalari yaponlar nazoratida bo‘lgani uchun, xabarlar aynan
mana shunday jasur josuslar orqali yetkazilgan. Jozefinaning zimasiga ya’nada og’ir
va murakkab vazifa yuklanadi. Amerika qo‘shinlar Filippini ozod qilish uchun yetib
kelishiga qadar Jozefina yaponlarning mudofaa istehkomlari, qurol omborlari
joylashgan joylarni xaritasini tuzishi zarur edi. 1944-yilda uning chizgan xaritasi
asosida amerikaliklar Manila bandargohini yaponlardan ozod qiladi va muhim
g‘alabaga erishadi. Urush tugagach Jozefinani yana kasallar uchun mo‘ljallangan
2
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
301
ISSN:3030-3613
yopiq shifoxonaga joylashtiradi. Garchi mardonavor ish qilgan bo’lada u juda og‘ir
sharoitda yashagan. 1948-yilga kelib u bu ahvol haqida ochiq bayonot beradi. Shundan
keyin Jozefina davolanish uchun AQShga yuboriladi. U AQSh vizasini olgan birinchi
Hansen kasalligiga chalingan xorijlik bo‘ladi va keyinchalik AQSh fuqaroligini ham
qo’lga kiritadi
3
.
Agnes Meyyer Driskoll 20-asr boshlarida Amerikadagi eng zo‘r kod yechuvchi
ayollardan biri bo‘lgan. Uni hatto “Dengiz kuchlari kodlarining malikasi” deb ham
atashgan. U 1916-yilda Ohayo shtatidagi universitetni bitirgan. Agnes matematika,
musiqa, fizika va chet tillarini yaxshi bilar edi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida u AQSh
harbiy dengiz kuchlarida ishlagan va “yeoman” degan unvonni olgan. Bu unvon o‘sha
paytda ayollar erisha oladigan eng yuqori lavozimlardan biri edi. Agnes urushdan keyin
ham harbiylar bilan ishlashda davom etgan. U turli kodlar, yashirin xabarlar va
signallarni yaratish va ularni yechish ustida ishlagan. Urush paytida Driskoll
Yaponiyaning dengiz kuchlari ishlatadigan juda murakkab va maxfiy “JN–25” nomli
kodini yechishga muvaffaq bo‘ladi. Bu juda katta yutuq edi, chunki bu kod orqali
yaponlarning harbiy rejalarini oldindan bilish imkoni bo‘lgan. Unga maxfiy nom
sifatida “Madam X” deyishgan. Agnes 1949-yilgacha AQSh harbiy dengiz
kuchlarining eng muhim kriptoanalitigi hisoblangan. Uning ishi shunchalik muhim
ediki, 2000-yilda u AQSh Milliy xavfsizlik agentligining faxriylar zaliga kiritilgan
4
.
Xulosa
Ikkinchi jahon urushi birgina front chizig‘ida emas, balki maxfiy razvedka
xizmatlarida ham mardonavor kurashlar maydoni bo’lgan. Bu mudhish urushda o’z
xalqining ozodligi va tinchligi uchun hayotini xavf ostiga qo’ygan ko’plab jasur ayollar
tarix sahnasiga chiqdi. Jozefina Beyker, Nur Inoyat Xon, Jozefina Gerrero va Agnes
Meyer Driskoll kabi ayollar o’z aql-zakovati, qat’iyati va fidoyiligi bilan urush
taqdiriga bevosita ta’sir ko’rsatganini bevosita ko’rishimiz mumkin. Ular razvedka
xizmatlari, kod yechish, dushman harakatlarini fosh etish va qarshilik harakati kabi
sohalarda ulkan yutuqlarga erishgan va shu orqali front orti jangida g’alabaga katta
hissa qo’shgan. Ushbu ayollarning qilgan bu ishlaridan shuni anglab yetishimiz
mumkinki jasorat va vatanparvarlik tuyg’ulari faqat erkaklarga xos emas balki ayollar
ham o’z vaqtida jasorat ko’rsata olishgan. Ular ko’plab xavf-xatarlarga, jismoniy va
ruhiy azoblarga qaramay, o’z oldiga qo’ygan vazifasini ortga chekinmasdan ado etgan.
Ularning faoliyati nafaqat urush strategiyasida, balki ayollarning jamiyatdagi o’rnini
qayta belgilashda ham muhim burilish nuqtasiga aylandi. Shunday qilib, Ikkinchi jahon
urushi tarixida ayollar nafaqat qurbon sifatida emas, balki faol ishtirokchi va g’alabaga
yetaklovchi kuch sifatida ham abadiy nom qoldirdilar.
3
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Josefina_Guerrero
4
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Agnes_Meyer_Driscoll
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
302
ISSN:3030-3613
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
https://www.nationalgeographic.com/premium/article/women-female-spies-
world-war-ii
2.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Noor_Inayat_Khan
3.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Josefina_Guerrero
4.
https://en.m.wikipedia.org/wiki/Agnes_Meyer_Driscoll
5.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15478673
6.
https://webofjournals.com/index.php/3/article/view/4656/4611
7.
https://westerneuropeanstudies.com/index.php/1/article/view/2613/1807