Mualliflar

  • Ergasheva Naima

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119101

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim intellektual qobilyat ota-ona bola pedagog hamkorlik oila mahalla.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqola  O'zbekistonda  maktabgacha  ta'lim  tizimining 
rivojlanish istiqbollarini, joriy islohotlarni va xalqaro tajribalardan olingan saboqlarni 
tahlil qiladi. 2025-2030 yillarga mo'ljallangan yangi dasturlar, metodik yondashuvlar 
va  tizimli  o'zgarishlar  yoritilgan  bo'lib,  ular  maktabgacha  ta'lim  sifatini  oshirishga 
qaratilgan. Maqolada "Ilk qadam" dasturining yangi pedagogik yondashuvlari tahlil 
qilinadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

230

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Norin xizmat ko’rsatish va

servis texnikumi o’qituvchisi

Ergasheva Naima


Annotatsiya:

Mazkur maqola O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimining

rivojlanish istiqbollarini, joriy islohotlarni va xalqaro tajribalardan olingan saboqlarni
tahlil qiladi. 2025-2030 yillarga mo'ljallangan yangi dasturlar, metodik yondashuvlar
va tizimli o'zgarishlar yoritilgan bo'lib, ular maktabgacha ta'lim sifatini oshirishga
qaratilgan. Maqolada "Ilk qadam" dasturining yangi pedagogik yondashuvlari tahlil
qilinadi.

Abstract:

This article analyzes the prospects for the development of the

preschool education system in Uzbekistan, current reforms and lessons learned from
international experience. New programs, methodological approaches and systemic
changes for 2025-2030 are highlighted, which are aimed at improving the quality of
preschool education. The article analyzes new pedagogical approaches of the "Ilk
qadam" program.

Аннотация

:

В данной статье анализируются перспективы развития

системы дошкольного образования в Узбекистане, текущие реформы и
извлеченные уроки из международного опыта. Освещены новые программы,
методические подходы и системные изменения на 2025-2030 годы, которые
направлены на повышение качества дошкольного образования. В статье
анализируются новые педагогические подходы программы «Ilk qadam».

Kalit

so’zlar:

maktabgacha

ta’lim,

intellektual

qobilyat,

ota-ona,

bola,pedagog,hamkorlik,oila,mahalla.

Keywords:

preschool education, intellectual abilities, parents, child, teacher,

cooperation, family, neighborhood.

Ключевые

слова:

дошкольное

образование,

интеллектуальные

способности, родители, ребенок, педагог, сотрудничество, семья, соседство.


Maktabgacha ta'limda rivojlanish istiqbollari dunyo miqyosida va ayniqsa

Oʻzbekistonda yangicha pedagogik yondashuvlar, texnologiyalar va ijtimoiy talablar
asosida shakllanmoqda.Ushbu soha har bir inson hayotida muhim davr
hisoblanadi.Maktabgacha ta’lim yosh davrida kerakli bilim va ko’nikmalarga ega
bo’lish kelgusi faoliyat uchun zamin yaratadi.

Mamlakatimizda so’nggi yillarda maktabgacha ta’lim sohasiga e’tibor

qaratilishi- yosh avlodni davlat talablari asosida tahsil olishini va har tomonlama yetuk
va intellektual qobilyatlarini shakllanishiga,aqliy va ruhiy tomonlama sog’lom


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

231

ISSN:3030-3613

bo’lishida kata o’rin egallaydi.Bunda maktabgacha ta’lim sohasi ilk poydevor sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish istiqbollari ta’lim tarbiya jarayonida har bir
bolaning individual ehtiyojlarini, qobiliyatlari va rivojlanish sur'atlarini hisobga olgan
holatda tashkil etilishi,inklyuziv ta’limni qo’llab quvvatlash ya'ni imkoniyati
cheklangan bolalarni sog’lom muhitga qo’shish orqali barcha bolalarni ta’limga jalb
etilishi belgilab o’tilgan. Imkoniyat cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta'lim
tashkilotlarida moslashtirilgan dasturlar ishlab chiqilmoqda va MTT infratuzilmasini
har bir bolaning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib tashkil etilishi bu maktabgacha
ta’lim sohasini rivojlantirish istiqbollaridan biridir.

Bundan tashqari,ta’lim jarayonini STEAM texnologiyalari orqali olib

borilishi,pedagoglar faoliyatini kreativashtiradi va qo’’shimcha daromad manbayi
hisoblanadi.STEAM ta’lim texnologiyasi bugungi kunning eng samarali va yoshlar
uchun ,ularda ijodkorlik, mantiqiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni rivojlantirishga
qaratilgan loyihalar ishlab chiqishiga va o’zi mustaqil bo’lishiga yordam beruvchi
ta’lim texnologiyasi sanaladi.Tarbiyalanuvchilar ushbu texnologiya orqali o’z
qobilyatini namoyish etishi,muammolariga yechim topishi,fikrlashi va yangi g’oyalar
yaratishiga turtki bo’ladi.

STEAM asosida tashkil etilgan pedagogik jarayon bolalarni oʻrganish jarayonini

qiziqarli qiladiva tajriba orttirish imkoniyatini beradi.Maktabgacha ta’lim sohasini
rivojlantirishda interfaol metodlar va dasturlar –soha istiqboliga ijobiy ta’sir
o’tkazadi.Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan maktabgacha
ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ushbu sohani yanada ravnaq
topishiga

asos

bo’ldi.Mazkur

konsepsiya-maktabgacha

ta’limning

xalqaro


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

232

ISSN:3030-3613

andozalariga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi
huquqiy-me’yoriy hujjatdir[1]. Konsepsiyada mamlakatimiz bolalar tarbiyasining
yangi bosqichini belgilab berdi.Bu nafaqat maktabgacha ta’lim sohasida balki, butun
jamiyatning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Konsepsiyad ta'lim jarayonining
samaradorligini

oshirish,bolalarni

zamonaviy

dunyoga

tayyorlash,

raqamli

texnologiyalardan foydalanish orqali ta'lim sifatini yaxshilash nazarda tutilgan.

Barchamizga ma’lumki, maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning

boshlang’ich qismi sanaladi.Bu bo’g’inda bolaga yaxshi ta’lim tarbiya berilishi,uning
intellektual qobilyatlarini shakllantirilishi,jismoniy tomondan sog’lom bo’lishi kelgusi
maktab hayotida egallashi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni egallashiga zamin
yaratadi. Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish istiqbollariga soha xodimlari
jumladan, pedagoglarni mutaxasisligi bo’yicha oliy ma’lumotli bo’lishi,ikkinchi tilni
o’rganish bo’yicha keng imkoniyatlar yaratilishi, tarbiyachilar uchun turli ko’rik
tanlovlar tashkil etilishi ,ular uchun sohaga doir seminarlar va treninglarni tashkil
etilishi

ko’zda

tutilgan

va

bularning

barchasi

amaliyotda

joriy

etilmoqda.Oʻzbekistonda xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining koʻpayishi,har
bir tuman,hudud va chekka qishloqlarda maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrab
olinmagan bolalar qamrovini kengaytirish sohani maktabgacha ta'lim tizimini
rivojlantirish konsepsiyasida o'z aksini topadi.

Xalqaro tashkilotlar (UNICEF, UNESCO) bilan hamkorlikda sifatli

maktabgacha ta'limni rivojlantirish loyihalari-bu kabi loyihalar va amalga
oshirilayotgan tadbirlar O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini xalqaro tajribalar
asosida tashkil etish, va sohada yangi marralarni egallashga asos bo'ladi. Bunda xalqaro
tajriba ya'ni Montessori, Reggio Emilia, Waldorf kabi xalqaro metodikalardan
Oʻzbekiston sharoitida foydalanish ko'zda tutiladi. Yuqorida nomlari keltirilgan
metodikalarni pedagoglar tomonidan o’rganilishi va o’zimizga uyg’unlashtirish orqali


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

233

ISSN:3030-3613

ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsata olinadi.Nafaqat xalqaro tajribalar orqali balki,
milliy qadriyatlar va an'analarni masalan, xalq oʻyinlari, ertaklar, an'anaviy san'at kabi
zamonaviy ta'limga integratsiya qilish orqali ham sohani yangi bosqichga olib chiqish
imkoniyati ega bo'linadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalar ishtirokini
ta’minlash, uy vazifalari va seminarlar orqali oilalarni bolalar tarbiyasida faol ishtirok
etishiga yoʻnaltirilgan dasturlar ham maktabgacha ta'limni rivojlantirishga hissa
qo'shadi.

Xulosa qilinganda,maktabgacha ta'lim nafaqat "tayyorgarlik bosqichi", balki

bolaning hayotiy koʻnikmalari, kreativligi va ijtimoiy intellektini shakllantiruvchi
muhim davr sifatida qaralmoqda. Oʻzbekistonda ham ushbu sohada izchil islohotlar,
yangi dasturlar va xalqaro standartlarni qoʻllash kuzatilmoqda. Kelajakda yanada
shaxsga yoʻnaltirilgan, texnologik va ijtimoiy jihatdan muvozanatli yondashuvlar
ustunlik qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati

1.

“O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda birinchi
galdagi vazifamiz” Fayzullayeva Nozima. International scientific-online
conference 2023

2.

“Maktabgacha

ta’limda:

sifat

va

samardorlik

,rivojlanish

istiqbollari”S.Tursunbayeva 2025

3.

O’zbekiston Respublikasi naktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish davlat
hukumati e’tiborida .O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” U.R.Radjapov &I.O.Aliyeva 2021

4.

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 08.09.2019

5.

“O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi amalda” Xalq so’zi”

Internet manbaalari

1.

https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/940/840

2.

https://library.ziyonet.uz/

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati

“O’zbekiston respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishda birinchi

galdagi vazifamiz” Fayzullayeva Nozima. International scientific-online

conference 2023

“Maktabgacha ta’limda: sifat va samardorlik ,rivojlanish

istiqbollari”S.Tursunbayeva 2025

O’zbekiston Respublikasi naktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish davlat

hukumati e’tiborida .O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” U.R.Radjapov &I.O.Aliyeva 2021

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 08.09.2019

“O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasi amalda” Xalq so’zi”

Internet manbaalari