Mualliflar

  • U. Akbarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119102

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim bola pedagog ota-ona intellektual psixologik rivojlanish

Annotasiya

Annotatsiya:  Maktabgacha  ta'lim  tizimida  ota-onalar  hamkorligi  bolalarning 
har tomonlama yetuk barkamol shaxs sıfatida ulg'ayishi qolaversa,  ijtimoiy, ma'naviy 
va  intellektual  rivojlanishida  hal  qiluvchi  rol  o'ynaydi.  Ushbu  annotatsiyada 
maktabgacha  ta'lim  tashkilotlari  va  ota-onalar  o'rtasidagi  samarali  hamkorlikning 
asosiy  jihatlari,  uning  bolalar  tarbiyasiga  ta'siri  va  amaliyotda  qo'llaniladigan  eng 
yaxshi usullar yoritilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

226

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA TA’LIMDA - OTA ONALAR HAMKORLIGI

Namangan xizmat ko'rsatish

va servis texnikumi

psixologi

U. Akbarova

email: umida2573@gmail.com

telefon raqam: 93-495-25-73


Annotatsiya:

Maktabgacha ta'lim tizimida ota-onalar hamkorligi bolalarning

har tomonlama yetuk barkamol shaxs sıfatida ulg'ayishi qolaversa, ijtimoiy, ma'naviy
va intellektual rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu annotatsiyada
maktabgacha ta'lim tashkilotlari va ota-onalar o'rtasidagi samarali hamkorlikning
asosiy jihatlari, uning bolalar tarbiyasiga ta'siri va amaliyotda qo'llaniladigan eng
yaxshi usullar yoritilgan.

Abstract:

Parental cooperation in the preschool education system plays a crucial

role in the social, spiritual and intellectual development of children, as well as in their
development as well-rounded individuals. This abstract highlights the main aspects of
effective cooperation between preschool educational organizations and parents, its
impact on child education, and the best methods used in practice.

Аннотация:

Сотрудничество родителей в системе дошкольного

образования играет важнейшую роль в социальном, духовном и
интеллектуальном развитии детей, а также в их становлении как всесторонне
развитой личности. В данной статье рассматриваются основные аспекты
эффективного сотрудничества дошкольных образовательных организаций и
родителей, его влияние на воспитание детей, а также наилучшие методы,
используемые на практике.

Kalit so'zlar:

maktabgacha ta'lim, bola, pedagog, ota-ona, intellektual,

psixologik rivojlanish

Keywords:

preschool education, child, teacher, parent, intellectual,

psychological development

Ключевые слова:

дошкольное образование, ребенок, педагог, родитель,

интеллектуальное, психологическое развитие.


Maktabgacha ta’limda ota-onalar hamkorligi bolaning rivojlanishida juda

muhim rol o‘ynaydi. Bu hamkorlik nafaqat bolaning bilim va ko‘nikmalarini
oshirishga, balki uning ijtimoiy, hissiyot va psixologik jihatdan sog‘lom rivojlanishiga
ham yordam beradi.So’nggi vaqtlarda,yangi texnologiyalarning jadallik bilan
rivojlanishi,yoshlarning xususan,maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining ta’lim
tarbiyasiga ta’sir etmay qolmaydi. Yosh avlodning barkamol shaxs sifatida voyaga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

227

ISSN:3030-3613

yetishida farzandlarning maktabgacha ta’lim tashkiloti davridan boshlab tarbiyachi
pedagog va ota-onalar hamkorligi muhim omil sanaladi.Ota-ona va pedagoglar o’zaro
hamkorlikda ishlashi orqali bolada kuzatilayotgan kamchiliklar yokida rivojlanishida
qanday muammolar kuzatilishi va ularni bartaraf etishda katta ko’mak
bo’ladi.Qolaversa, ota-onalar bilan maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi yaqin
aloqa bola uchun ishonchli muhit yaratadi. Bola o‘zini xavfsiz his qiladi, bu esa uning
yangi narsalarni o‘rganishga motivatsiyasini oshiradi.

Har bir bola o’ziga xos qobilyat va ehtiyojga ega bo’lganligi sababli pedagoglar

ota-onalar bilan muntazam aloqada bo’lishi ,ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olib,individual yondashuvini ishlab chiqishlari mumkin.Bunda,bog’cha psixologi,
defektolog va pedagoglar tarbiyalanuvchilar uchun individual yondashuvni
shakllantiradilar.

Bundan tashqari, tashkilotda ota-onalar uchun seminarlar,treninglar,turli

qiziqarli loyihalar va tadbirlarni tashkil etilishi va bu tadbirlarda ota-onalar va
farzandlarning faol ishtiroki bolaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi,bolaga
jamoada ishlash, boshqalar bilan muloqot qilish va hissiyotlarini ifoda etish
ko‘nikmalarini beradi va eng asosiysi,ota-ona farzandi bilan birgalikda samarali vaqt
o’tkazadilar.Bu kabi tadbirlar jumladan, “ota-onalar kuni” kabi loyihalar
otaonalarning bolalar bilan ishlash imkoniyatini yaratadi. Maktabgacha ta’limda ota-
onalar hamkorligi bolaning muvaffaqiyatli kelajagini shakllantirishning asosiy
omilidir. Bu hamkorlik bolaga nafaqat bilim, balki hayotiy qadriyatlar va ijtimoiy
ko‘nikmalarni ham beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

228

ISSN:3030-3613

Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o’z nutqida “Bog‘chaga borgan

bolamiz bilan bormagan bolamizning farqi qandayligini faqatgina onalar biladi, ayol
biladi.Bu kundan e’tiboran shanba va yakshanba kunlari ota-onalarning bolani qabul
qilish kuni”[1] ekanligini ta’kidlab o’tadi.Bu bilan davlatimiz rahbari ota-ona va
farzand tarbiyasi qanchalik muhim masala ekanligini,bunga loqayd qarab
turmasligimizni, va bolaning ta’lim tarbiyasini faqat pedagog xodimlarning zimmasiga
yuklamay bu ishda ota-onalar hamkorligi muhim rol ekanligini bilib olishimiz
mumkin.

Ota-onalar bolaning qanday faoliyatlar bilan shug‘ullanishini bilish orqali

ularni uyda qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalar
uchun muhim bo‘lgan motor ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqini boyitish yoki ijodiy
faoliyatini rag‘batlantirish kabi sohalarda ota-onalar muhim rol o‘ynaydi.Bu bilan ular
ta’lim jarayoniga hissa qo’shgan bo’ladilar.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalarning ta'lim-tarbiya jarayoniga faol

ishtiroki bolalarning yutuqlarini sezilarli darajada oshirishi mumkin . Maktabgacha
ta'lim tashkilotlari va oilalar o'rtasida mustahkam aloqalar o'rnatilganda, bolalar
ijtimoiy moslashuvchanlik, kommunikatsiya qobiliyatlari va mustaqil fikrlash
ko'nikmalarini yaxshiroq rivojlantirishadi.

O’zbekistonning maktabgacha ta’lim sohasiga oid bo’lgan yagona “Ilk qadam”

davlat o’quv dasturida ham ota-onalar hamkorligiga alohida urg’u berib o’tilgan.

Ota-onalarga uyda bolaning o‘qishni davom ettirishida (tashkil etishda)

ko‘maklashish topshiriqlar haqida ma'lumot berish, resurslar bilan ta'minlash, bolaning
rivojlanishi va ta’lim olishini kuzatish, o‘quv dasturi doirasida bolalar loyihalarida
ishtirok etish va boshqalar[2].


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

229

ISSN:3030-3613

Ota-onalar bog’chadan tashqari vaqtlarda ham farzand ta’lim tarbiyasi bilan

shug’ullanishi bolani erta yoshdan intellektual qobilyatini shaklanishida,aqliy,jismoniy
taraflama sog’lom bo’lishida kata ahamiyatga egadir.

Xulosa qilinganda,maktabgacha ta’lim sohasida ota-onalar hamkorligi nafaqat

ta’lim sohasida,bakimaktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishda,
MTTga oid qarorlar qabul qilishda, bolaning rivojlanishi va ta’lim olishini kuzatish,
o‘quv dasturi doirasida bolalar loyihalarida ishtirok etishda muhim o’rin egallaydi. Bu
esa ota-onalarga bolalarini to‘g‘ri tarbiyalashda yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1.

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi ”Ilk qadam” davlat o’quv
dasturi 2022

2.

“MTM bilan ota-onalar hamkorligining samarali usullari,maqsad va vazifalarining
asoslari”Arziqulova S.F

3.

Ta’lim tarbiyada MTM bilan ota-ona hamkorligi Surayyo Arziqulova

4.

Bola tarbiyasida oila,maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni

Internet manbaalari

1.

https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/940/840

2.

https://library.ziyonet.uz/

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

«O‘zbekiston 24» telekanalining «Axborot 24» dasturi ”Ilk qadam” davlat o’quv

dasturi 2022

“MTM bilan ota-onalar hamkorligining samarali usullari,maqsad va vazifalarining

asoslari”Arziqulova S.F

Ta’lim tarbiyada MTM bilan ota-ona hamkorligi Surayyo Arziqulova

Bola tarbiyasida oila,maktab va mahalla jamoalarining tutgan o’rni

Internet manbaalari