Mualliflar

  • Ismatova Sevara Jasur qizi
  • Raximova Go‘zal Bagriddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119138

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: islohotlar YAIM eksport import ekologiya

Annotasiya

Annotatsiya.  So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Turli 
sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar jamiyat hayotini yaxshilash, 
fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va zamonaviy davlat qurish yo‘lida muhim qadam 
hisoblanadi.  Shuningdek,  davlatimiz  yoshlarga  juda  ko’p  imkoniyatlar  yaratib 
bermoqda. Bu esa kelajakda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishimizni ta’minlab 
beradi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

8

ISSN:3030-3613

O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR: 2024-YIL

NATIJALARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Ismatova Sevara Jasur qizi

O‘zDJTU, Ingliz filologiyasi

fakulteti 1-bosqich talabasi

Raximova Go‘zal Bagriddinovna

Ilmiy maslahatchi

O‘zDJTU, Ingliz tili

funksional leksikasi kafedrasi

Annotatsiya.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Turli

sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar jamiyat hayotini yaxshilash,
fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va zamonaviy davlat qurish yo‘lida muhim qadam
hisoblanadi. Shuningdek, davlatimiz yoshlarga juda ko’p imkoniyatlar yaratib
bermoqda. Bu esa kelajakda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishimizni ta’minlab
beradi.

Kalit so’zlar:

islohotlar, YAIM, eksport, import, ekologiya

Kirish

. O‘zbekiston 2017-yildan boshlab keng ko‘lamli islohotlar yo‘liga o‘tdi.

2024-yil bu jarayonning muhim bosqichi bo‘lib, "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi
doirasida 78 ta aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu maqolada iqtisodiy,
ijtimoiy, huquqiy va ekologik islohotlar asosida amalga oshirilgan natijalar tahlil
qilinadi.

Asosiy qism.

Bilamizki, davlatimiz turli xil sohalarda islohotlar o’tkazmoqda.

Bulardan biri iqtisodiy islohotlardir. Unga ko’ra , yalpi ichki mahsulot (YAIM) 2024-
yilda 6,5%ga o‘sdi va 115 milliard AQSh dollariga yetdi. Asosiy kapitalga
yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 27,6%ga o‘sdi. Xorijiy investitsiyalar 1,6 barobarga
ko‘payib, 34,9 milliard dollarga yetdi. Eksport hajmi birinchi marta 27 milliard
dollardan oshdi. Tashqi savdo aylanmasi 3,8%ga o‘sib, 66 milliard dollarni tashkil etdi.
Bundan tashqari sanoat ishlab chiqarishi 6,8%ga, xizmat ko‘rsatish sohasi esa 12,9%ga
o‘sdi. Moliya sektori alohida ravishda 20,6%ga kengaydi. Bu kabi natijalar
davlatimizning jadal rivojlanayotganidan dalolatdir.

Yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarni ham ta’kidlashimiz zarur.

Ta’lim tizimida xususiy sektor kengayib, yangi xususiy oliy ta’lim muassasalari ochildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida
muhim qadamlar qo‘yildi. Ayollar va yoshlar siyosatida esa, ularning jamiyatdagi faol
roli kuchaytirildi. Ayollarni biznes va siyosatdagi ishtirokini rag‘batlantirish, yoshlar
uchun esa "Yoshlar daftari" va "Temir daftar" orqali ijtimoiy yordam mexanizmlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_2-to’plam_Iyul-2025

9

ISSN:3030-3613

yaratildi. Sud-huquq tizimi va boshqaruv islohotlariga ham alohida to’xtalish lozim.
Sudlar mustaqilligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolarning huquqiy
madaniyatini oshirish borasida islohotlar davom etmoqda. Davlat boshqaruvi sohasida
davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish ishlari bosqichma-
bosqich amalga oshirilmoqda. 2024-yilda 18 ta yirik korxona aksiyalari xalqaro bozorda
ommaviy savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Yana bir islohot, ya’ni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to’g’risida

ko’plab ishlar amalga oshirilyapti. Yashil energetikani rivojlantirish maqsadida 2024-
yilda 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushirildi. Natijada
1,6 milliard kilovatt soat "yashil" energiya ishlab chiqarildi. Shuningdek, "Issiqxona
gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi va
muhokamaga qo‘yildi. Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan 2025-yil “Atrof-
muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Bu doirada quyidagi chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirishuchun atrof-muhitni
muhofaza qilish, yashil zonalarni kengaytirish, chiqindilarni kamaytirish va karbonat
chiqindilarini qisqartirishga qaratilgan loyihalar boshlangan. Yashil energiya
manbalarini kengaytirish bo’yicha esa Quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish
orqali qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish rejalashtirilgan. SHuningdek ,
davlatimizda 2025-yili turli sohalarda ko’plab islohotlar amalga oshirishni ko’zda
tutilgan.

Xulosa

. O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar 2024-yilda iqtisodiy,

ijtimoiy, huquqiy va ekologik sohalarda muhim natijalar berdi. Ushbu islohotlar
mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda va xalq farovonligini oshirishda
asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foydalanilgan manbalar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi –

https://asr.gov.uz/news/9983

2.

Vzglyad.uz –

https://vzglyad.uz/uz/post/2025/01/16/yim

3.

UZA

https://uza.uz/oz/posts/2024-yilda-ozbekiston-iqtisodiyoti-barqaror-

osgan_680697

4.

Gazeta.uz –

https://www.gazeta.uz/oz/2025/02/10/unobserved-economy/

5.

Spot.uz –

https://www.spot.uz/oz/2024/07/18/economic-growth/

6.

Daryo.uz –

https://daryo.uz/uruA0fV6




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan manbalar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi –

osgan_680697