T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
169
ISSN:3030-3613
O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA YURAK
ISHEMIK KASALLIGI KOMORBIDLIGIDA KREATININ VA SISTATIN C
KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI
Nurullayev Baxtiyor Azimboyevich
Toshkent davlat tibbiyot universisteti,
2-son oilaviy tibbiyotda ichki
kasalliklar kafedrasi assistenti.
E-mail:
bahtiyor.nurullayev93@gmail.com
Turakulov Rustam Ismatullayevich
t.f.d., Toshkent davlat tibbiyot universiteti,
2-son oilaviy tibbiyotda ichki
kasalliklar kafedrasi professori.
E-mail:
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (OSOK) va yurak ishemik kasalligi
(YIK) ko‘p hollarda birga uchraydigan va bir-birining kechishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan patologiyalardir. Bu kasalliklarning kombinatsiyasi buyrak
disfunktsiyasining rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Kreatinin an’anaviy
marker sifatida qo‘llanilsa-da, sistatin C yangi va ishonchli biomarker sifatida tobora
ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Ushbu tadqiqotning maqsadi OSOK va YIK bilan
og‘rigan bemorlarda kreatinin va sistatin C ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyatini
solishtirma baholashdan iborat.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-sonli oilaviy tibbiyot kafedrasida
2023-2024 yillarda olib borilgan kesimli kuzatuv tadqiqotiga OSOK (GOLD mezonlari
bo‘yicha) va YIK (ESC ko‘rsatmalari bo‘yicha) tashxisli 90 nafar bemor va 30 nafar
sog‘lom nazorat guruhi jalb qilingan.
Bemorlarning
barchasida
Kreatinin
(Jaffe
usuli),
Sistatin
C
(immunoturbidimetrik usul)
eGFR (CKD-EPI formulasi bo‘yicha), Spirometriya (FEV1/FVC) va
Transtorakal exokardiyografiya tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Statistik tahlil SPSS 25.0 dasturida ANOVA, Pearson korrelyatsiyasi va
regressiya tahlillari yordamida amalga oshirilgan.
1-jadval. Asosiy ko‘rsatkichlarning taqqoslanishi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
170
ISSN:3030-3613
Parametr
OSOK+YIK
guruhi
(n=90)
Nazorat
guruhi
(n=30)
p qiymati
Kreatinin
(mkmol/l)
112.4 ± 18.7
74.2 ± 10.5
<0.001
Sistatin C (mg/l)
1.38 ± 0.41
0.82 ± 0.19
<0.001
eGFR (ml/min)
58.3 ± 12.6
94.1 ± 8.3
<0.001
2-jadval. Korrelyatsiya tahlili
Parametr
Kreatinin bilan
Sistatin C bilan
FEV1 %
-0.32*
-0.48**
LVEF %
-0.28*
-0.51**
NT-proBNP
0.41**
0.63**
*p<0.05, **p<0.01
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sistatin C kreatininga qaraganda
OSOK+YIK bilan og‘rigan bemorlarda buyrak disfunktsiyasini aniqlashda sezilarli
ustunlikka ega, sistatin C yurak-o‘pka funksiyasi bilan kuchliroq korrelyatsiyaga ega
(FEV1 bilan r=-0.48, LVEF bilan r=-0.51), kreatininga qaraganda yurak
yetishmovchiligi markeri (NT-proBNP) bilan bog‘liqligi aniqroq (r=0.63 vs 0.41) va
GOLD stadiyasi ortgan sari sistatin C darajasining progressiv oshishi kuzatildi
Bu natijalar sistatin C ning OSOK va YIK komorbidligida buyrak
disfunktsiyasini erta aniqlashda kreatininga qaraganda afzal ko‘rsatkich ekanligini
ko‘rsatadi.
OSOK va YIK komorbidligi buyrak funksiyasining sezilarli pasayishiga olib
keladi, sistatin C an’anaviy kreatinin ko‘rsatkichiga qaraganda buyrak disfunktsiyasini
erta aniqlashda yuqori sezuvchanlikka ega va bu bemorlarni kompleks baholashda
sistatin C ni qo‘llash klinik amaliyotga joriy etilishi tavsiya etiladi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Global Initiative for Chronic Obstructive Lung Disease. 2023 yil hisoboti
2.
KDIGO 2012. CKD baholash va davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar
3.
Dransfield MT et al. Am J Respir Crit Care Med. 2016;195(3):324-30