T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
85
ISSN:3030-3613
KAM TA’MINLANGAN OILALARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING
AHAMIYATI
Nishanova Zamira Abdurashidovna
Toshkent viloyati
Angren shahar “Voyaga yetmaganlar
bilan ishlash” bo‘yicha psixologi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik
salomatligi va ijtimoiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ijtimoiy tengsizlik
sharoitida yashayotgan oilalarning psixologik muammolariga e’tibor qaratilib, ularni
bartaraf etishda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi.
Shuningdek, amaliy tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar misolida xizmat
ko‘rsatishning samarali usullari muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
psixologik xizmat, kam ta’minlangan oilalar, stress, emotsional
barqarorlik, ijtimoiy yordam, oilaviy muhit.
Bugungi kunda jamiyatda mavjud iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklar natijasida
kam ta’minlangan oilalar soni ortib bormoqda. Bunday oilalarning moddiy
qiyinchiliklari ularning psixologik holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Stress, xavotir,
tushkunlik va umidsizlik hissi bunday oilalar a’zolari, ayniqsa bolalar va onalarning
ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, psixologik xizmatlar aynan
mana shu qatlam uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatdagi barcha ijtimoiy institutlar ichida oila eng qadimiy va eng barqaror
tizimlardan biri sanaladi. Insoniyat tarixida sodir bo‘lgan turli davrlar, ijtimoiy
inqiloblar, madaniy va siyosiy o‘zgarishlar, xususan XIX va XX asrlarda yuz bergan
global o‘zgarishlar va islohotlarga qaramay, oila o‘z mohiyatini, ichki tuzilmasini
hamda jamiyat oldidagi mas’uliyatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan noyob
tuzilmadir. Oilaning barqarorligi, eng avvalo, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar,
tuyg‘ular, hissiyotlar va o‘zaro hurmatga asoslanadi. Shu boisdan ham oilani faqat
ijtimoiy institut sifatida emas, balki psixologik jarayonlar mujassamlashgan muhit
sifatida ham baholash mumkin.
Oila har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u millat va xalqning
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va axloqiy rivojida beqiyos rol o‘ynaydi. Hech bir xalq
yoki davlat topilmaydiki, u o‘z taraqqiyot yo‘lida oilaviy qadriyatlarni inobatga
olmagan bo‘lsa. Taraqqiyot, barqarorlik va istiqbol haqida fikr yuritishda oilaning
tutgan o‘rni, uning manfaatlari va ehtiyojlari alohida e’tibor talab qiladi. Chunki har
bir jamiyatdagi sog‘lom ijtimoiy munosabatlar, mustahkam axloqiy me’yorlar va
barqaror rivojlanish aynan oiladan boshlanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
86
ISSN:3030-3613
Oila har bir inson hayotining boshlang‘ich nuqtasidir. U inson hayotida eng
muhim qadriyatlarni shakllantiruvchi birinchi ijtimoiy maktabdir. Aynan oilada inson
mehr-muhabbat, hurmat, sabr-toqat, fidoyilik kabi hislatlarni o‘zlashtiradi va o‘zining
jamiyatdagi tutgan o‘rniga yo‘l oladi. Har bir insonning baxti, ruhiy barqarorligi va
ijtimoiy faolligi ko‘p jihatdan uning oilaviy muhiti, o‘z uyidagi osoyishtalik va mehrga
bog‘liq. O‘z uyida tinchlik, muhabbat va baxtni his etgan shaxs jamiyatda ham faol,
ijodkor va baxtli bo‘la oladi.
Ya’ni, oila – bu nafaqat ijtimoiy institut, balki insoniyat madaniyati va
ma’naviyatining asosi, jamiyat barqarorligining kafolati hamdir. Har qanday sog‘lom
va taraqqiy topgan jamiyatning zamirida mustahkam oilalar, o‘zaro hurmat va mehrga
asoslangan munosabatlar mujassam bo‘ladi.
Kam ta’minlanganlik nafaqat moddiy ehtiyojlar bilan bog‘liq, balki u insonning
ichki holati — o‘ziga ishonch, kelajakka bo‘lgan umid, ijtimoiy maqom kabi ko‘plab
ruhiy jihatlarga ham taalluqlidir. Bunday oilalarda:
Ruhiy zo‘riqish holatlari yuqori bo‘ladi;
Bolalarda o‘ziga past baho, uyatchanlik va tajovuzkorlik ko‘zga tashlanadi;
Ota-onalar o‘z muammolari bilan band bo‘lgani sababli bolalarning hissiy
ehtiyojlari ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi.
Kam ta'minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlar quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
Individual psixologik maslahatlar (ota-onalar va bolalar uchun);
Guruhli terapiyalar (ayollar, yoshlar yoki ota-onalar uchun);
Emotsional qo‘llab-quvvatlash markazlari;
Ijtimoiy xizmatlar bilan integratsiyalashgan psixologik dasturlar.
Psixologik xizmatlar orqali oilalarga stress bilan kurashish, muammolarni hal
qilish ko‘nikmalari, bolalarni tarbiyalashda sog‘lom yondashuvlar singdiriladi.
Bu esa ijtimoiy moslashuvni yengillashtiradi.
Bundan tashqari, psixologlarning yordami bu oilalarning ijtimoiy farovonligini
tiklash va mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
1. Emotsional tayanch va ruhiy qo‘llab-quvvatlash. Psixologlar kam
ta’minlangan oilalarning a’zolariga o‘z his-tuyg‘ularini to‘g‘ri anglash va sog‘lom
yo‘llar bilan ifoda etishni o‘rgatadilar. Ular insonlarning ichki dunyosini eshitish,
tushunish va ularni qabul qilish orqali ruhiy yengillik hosil qilishlariga
ko‘maklashadilar. Bu esa depressiya, xavotir, umidsizlik kabi salbiy holatlarni
kamaytiradi va ijobiy fikrlashni shakllantiradi.
2. Muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqish. Har bir oila turlicha
muammolarga duch keladi: o‘zaro tushunmovchilik, farzandlar tarbiyasi, moliyaviy
inqirozlar. Psixologlar oilalarga bu muammolarni tahlil qilish, muqobil echimlarni
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
87
ISSN:3030-3613
ishlab chiqish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish hamda inqirozli vaziyatlarda sabrli va
oqilona yo‘l tutish bo‘yicha maslahatlar beradi.
3. Ijtimoiy moslashuv va ko‘nikmalarni rivojlantirish. Ko‘pchilik kam
ta’minlangan oilalar jamiyat bilan uzviy aloqada bo‘lishda qiynaladilar. Psixologlar bu
borada kommunikativ ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini qadrlash, ijtimoiy faollik kabi jihatlarni
rivojlantirib, oilalarning jamiyatda faol, muvozanatli va moslashuvchan ishtirok
etishiga yordam beradilar.
4. Ta’limiy va ma’rifiy yordam. Ruhiy salomatlik bilan bir qatorda, aqlan va
ijtimoiy jihatdan o‘sish ham muhimdir. Psixologlar ota-onalar va farzandlar uchun
ta’limiy dasturlarni ishlab chiqib, ularga hayotiy ko‘nikmalar, farzand tarbiyasi,
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etadilar.
5. Resurslar va yordam xizmatlariga yo‘naltirish. Ko‘plab oilalar mavjud
ijtimoiy yordam dasturlari haqida to‘liq ma’lumotga ega emas. Psixologlar esa bunday
oilalarni mavjud resurslar, mahalliy nodavlat tashkilotlar, yordam markazlari va
boshqa tegishli xizmatlar bilan bog‘lab, zaruriy ko‘makni olishlariga ko‘maklashadi.
6. Bolalar va yoshlarni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Kam ta’minlangan
oilalarda o‘smirlar ko‘pincha o‘zlarini chetlanib, rad etilgandek his qilishadi. Bu esa
ularning ruhiy va ijtimoiy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologlar bolalar bilan
individual ishlash orqali ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, o‘qishga, hayotga
nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Shuni ham aytish joizki, kam ta’minlangan oilalarda yuzaga keladigan iqtisodiy
qiyinchiliklar ko‘pincha ularning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,
bunday oilalarga ko‘rsatiladigan psixologik yordam ularning ruhiy salomatligini
tiklash va mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik xizmatlar oilaga
a’zolarining his-tuyg‘ularini ochiq ifoda etish, o‘z muammolarini erkin muhokama
qilish hamda stress va tashvishlarni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam
beradi. Natijada, bu xizmatlar oiladagi o‘zaro munosabatlarning yaxshilanishiga,
sog‘lom va mehrli muhit shakllanishiga xizmat qiladi.
Psixologlar oilalar bilan ishlash jarayonida ularning ichki aloqalari, muomala
madaniyati va emotsional ehtiyojlarini chuqur tahlil qiladilar. Ular oila a’zolariga bir-
birlarini yaxshiroq tushunish, birgalikda muammolarga yechim topish, shuningdek,
bir-birini ruhlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali strategiyalarni taklif
etadilar. Bu jarayon oilaviy uyg‘unlikni ta’minlabgina qolmay, balki ularning
jamiyatda barqaror yashashiga ham imkon yaratadi.
Psixologik xizmatlar ko‘pincha butun oilani qamrab olgan yondashuv asosida
amalga oshiriladi. Bu degani, psixologlar faqat bitta shaxs emas, balki barcha oila
a’zolari bilan ishlashadi. Bu holat oilaning ichki muhitini yaxshiroq anglash, har bir
a’zoning hissiy ehtiyojlarini aniqlash va ularga individual tarzda yondashish imkonini
beradi. Oilaviy terapiya, maslahatlar va guruhiy suhbatlar orqali oilalar o‘zaro
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
88
ISSN:3030-3613
aloqalarni mustahkamlash, nizolarni samarali hal qilish va emotsional qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini o‘rganadilar. Bularning barchasi oila ruhiy salomatligining
barqaror bo‘lishiga zamin yaratadi.
Bundan tashqari, psixologik xizmatlar kam ta’minlangan oilalardagi bolalar
uchun ham nihoyatda muhimdir. Chunki iqtisodiy muammolar bolalar ruhiyatiga
kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalar o‘zlarini yolg‘iz, tushkun, tushunilmagan his
qilishlari mumkin. Psixologlar bolalar bilan individual va yoshga mos yondashuv
orqali ishlaydi — bu o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etish, o‘zini anglash va boshqalar bilan
sog‘lom munosabatlar o‘rnatish ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
Natijada bolalarda o‘z-o‘zini qadrlash hissi oshadi, ijtimoiy moslashuvchanligi
kuchayadi va kelajakda yanada sog‘lom, barqaror shaxs sifatida shakllanishlariga
zamin yaratiladi.
Oila nafaqat ijtimoiy institut, balki insonning ruhiy holati, jismoniy sog‘lig‘i va
ma’naviy shakllanishida muhim o‘rin tutuvchi kompleks muhitdir. Ayniqsa, oilaning
hissiy-emotsional,
jismoniy quvvatni ta’minlash va ma’naviy muloqotni
shakllantirishga qaratilgan funktsiyalari har bir a’zoning hayoti va salomatligi uchun
muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
1. Hissiy-emotsional funktsiya: Oilaning eng muhim vazifalaridan biri — bu
uning a’zolari o‘rtasida iliq, mehrli, samimiy va qo‘llab-quvvatlovchi munosabatlarni
ta’minlashdir. Inson o‘zini sevilgan, qadrlangan, tushunilgan his qilgan taqdirdagina
ichki ruhiy barqarorlikka erisha oladi. Oila – sevgi, mehr, g‘amxo‘rlik va o‘zaro
ishonchning bevosita namoyon bo‘ladigan maydonidir. Ruhiy salomatlikning
barqarorligi aynan mana shu hissiy-emotsional aloqalarning sog‘lomligiga bog‘liq.
Agar oila a’zolari o‘rtasida tushunmovchilik, sovuqlik, befarqlik yoki doimiy
ziddiyatlar mavjud bo‘lsa, bu holat insonning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Shunday ekan, oiladagi emotsional muhit inson baxtining tayanch
ustunidir.
2. Jismoniy quvvatni ta’minlash funktsiyasi: Har bir inson yashash uchun
ma’lum shart-sharoitlarga ega bo‘lishi zarur: boshpana, oziq-ovqat, dam olish va
gigiena talablari shular jumlasidandir. Oila a’zolarining jismoniy sog‘lig‘ini ta’minlash
ham bevosita ushbu asosiy ehtiyojlarning qondirilishi bilan bog‘liq. Shaxs o‘zini
xavfsiz va qulay sharoitda his qilganidagina jismonan tetik, ruhiy jihatdan esa
osoyishta bo‘ladi. Masalan, toza, qulay uyda yashash, yetarli ovqatlanish, sifatli uyqu
va dam olish imkoniyatlarining mavjudligi oila a’zolarining jismoniy sog‘ligini
mustahkamlab, ularning faoliyatga bo‘lgan layoqatini oshiradi. Aksincha, bu
shartlarning yo‘qligi ruhiy tushkunlikka, salomatlikning yomonlashuviga olib kelishi
mumkin. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boshpanasiz qolgan yoki xavfsiz
yashash sharoitidan mahrum oilalar a’zolari ko‘p hollarda nafaqat jismoniy, balki
chuqur psixologik muammolar bilan ham duch keladilar.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
89
ISSN:3030-3613
3. Ma’naviy muloqotni shakllantirish funktsiyasi: Oilaning yana bir muhim
vazifasi — bu a’zolar o‘rtasida ma’naviy va madaniy qadriyatlarni mustahkamlash,
avlodlar o‘rtasida an’anaviy merosni uzluksiz ravishda yetkazib borishdan iboratdir.
Har bir inson o‘z nasl-nasabini, ota-bobolarining hayot tarzini, urf-odat va an’analarini
bilishga, ulardan faxrlanishga intiladi. Bu esa uni o‘z oilasiga, el-yurtiga va jamiyatiga
nisbatan ma’naviy mas’uliyat bilan qarashga undaydi. Oila — insonning birinchi
ijtimoiy maktabidir, unda bolaga hurmat, izzat, g‘amxo‘rlik, odob, muomala
madaniyati, kichik va kattalarga bo‘lgan munosabat kabi muhim tushunchalar
singdiriladi.
Ya’ni, oilaning ushbu asosiy funksiyalari – emotsional, jismoniy va ma’naviy
yo‘nalishdagi vazifalari uning mustahkamligining poydevoridir. Har bir sog‘lom
jamiyat, baxtli shaxs va barqaror taraqqiyot aynan shu oilaviy qadriyatlar asosida
shakllanadi. Shu bois, oilaning bu funksiyalarini chuqur anglash va ularga e’tibor
qaratish — har bir ongli inson va jamiyat uchun ustuvor vazifadir.
Shuningdek, psixologik xizmatlar nafaqat muammolarni hal qilish, balki
oilaning ichki salohiyatini ochish, barqaror va sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish, hamda
bolalar va kattalarning psixologik farovonligini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega.
Shu bois, kam ta’minlangan oilalarni bunday xizmatlar bilan keng qamrovda
ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim.
1
Xulosa qilib aytganda, kam ta’minlangan oilalarga psixologik xizmat ko‘rsatish
ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishiga, farzandlarining sog‘lom shaxs bo‘lib
ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Ushbu xizmatlar orqali oilalarning emotsional salomatligi
tiklanadi, ijtimoiy tengsizliklar yumshatiladi. Shu munosabat bilan quyidagi takliflarni
ilgari surish mumkin:
Har bir mahallada ijtimoiy-psixologik yordam markazlarini tashkil etish;
Psixologlar faoliyatini ijtimoiy himoya tizimiga bog‘lash;
Maktab va bog‘chalarda kam ta’minlangan oilalarning farzandlari uchun alohida
psixologik monitoring o‘rnatish;
Psixologik xizmatlarni masofaviy (onlayn) shaklda ham tashkil etish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Ergasheva, N. (2021). “Ijtimoiy psixologiya asoslari”. – Toshkent: TDPU
nashriyoti.
2.
Мусина,
Р.А.
(2022).
“Социально-психологическая
помощь
малообеспеченным семьям”. // Вопросы психологии. №4.
3.
G‘ulomova, S. (2020). “Oila va psixologik salomatlik”. – Toshkent: Fan.
1
G‘ulomova, S. (2020). “Oila va psixologik salomatlik”. – Toshkent: Fan.