Annotatsiya: Tabiatni muhofaza qilish — bu yer yuzidagi tabiiy resurslarni,
ekosistemalarni va hayvonot dunyosini inson faoliyatining salbiy ta’siridan himoya
qilish, ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan
ishlar majmuasidir. Tabiatni asrab-avaylashning ahamiyati, tabiatdagi muvozanatni
saqlash, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish va resurslarni kelajak avlodlar uchun
saqlashda yotadi.