Mualliflar

  • Normurodova Mahzuna Asqaraliyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85133

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar psixolog psixologik maslahat soat maxsus jihozlangan xona va yakkama-yakka yuzma-yuz.

Annotasiya

Annotatsiya: ushbu maqolada psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

132

ISSN:3030-3613

PSIXOLOGIK MASLAHAT BERISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Normurodova Mahzuna Asqaraliyevna

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi

41-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining

amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

ushbu maqolada

psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga

beriladigan maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz
o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar

psixolog, psixologik maslahat, soat, maxsus jihozlangan xona va

yakkama-yakka, yuzma-yuz.

KIRISH

Psixologik maslahat deb muhtoj bo’lganlarga maslahat va tavsiyalar sifatida

mutaxassis psixolog tomonidan bevosita beriladigan psixologik yordam ko’rsatish
bilan bog’liq bo’lgan amaliy psixologiyaning alohida sohasiga aytiladi. Ular psixolog
tomonidan mijoz hayotida duch kelgan muammoni dastlab o’rganib chiqish va shaxsiy
suhbat asosida beriladi. Ko’pincha psixologik maslahat oldindan belgilangan soatda,
buning uchun maxsus jihozlangan xonada, odatda begona odamlardan xoli va
yakkama-yakka, yuzma yuz o’tkaziladi. Psixologik maslahat bir soatdan uch soatgacha
davom etadigan psixologning mijoz bilan shaxsiy suhbati shaklida o’tkaziladi. Mana
shu suhbat davomida mijoz o’z muammolari, o’zi to’g’risida gapirib beradi.Psixolog
o’z navbatida muommoning mohiyatini tushunib yetish, bu muammoni

Oʻzi uchun ham , mijoz uchun ham oydinlashtirishga harakat qilib diqqat bilan

tinglaydi, maslahatlar davomida mijozning shaxsi baholanadi, uning shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olib mijozga uning muammosini qanday qilib amaliy hal etish
bo’yicha ilmiy, asosli tavsiyalar beriladi.

Psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga beriladigan maslahat va takliflar ko’p

hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta
olishiga qaratilgan bo’ladi.

Psixologik maslahat - bu inson hayotida yuzaga keladigm barcha psixologik

muammolarni hal eta olishiga, ishonchiga asoslangan odamlarga amaliy psixologik
yordam ko’rsatish uchun yuzaga kelgan amaliyotdir. Lekin mijoz har doim ham uning
muammosi mohiyati nimadan iborat ekanligini va o’zining kuchi va imkoniyatlariga
tayanib, uni qanday qilib hal etishni aniq bilmaydi va tushunmaydi.

Professional tayyorlangan psixolog-maslahatchi mana shu bo’yicha unga

yordam ko’rsatishi kerak. Psixologik maslahatning asosiy vazifasi mana shundan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

133

ISSN:3030-3613

iborat. Maslahat berish davomida psixolog odatda qisqa vaqt ichida mijoz muammosini
amaliy hal etish usulini topish va aniq ifoda etish uchun qaratilgan maxsus ish uslublari
va unga ta’sir ko’rsatish metodlarini qo’llaydi. Shu bilan birga ushbu yechim mijoz
amalga oshirishi uchun tushunarii va mumkin bo’ladigan qilib amalga oshiriladi.

Psixolog-maslahatchining mijoz bilan uchrashuvi ko’pincha birikki uchrashuv

bilan cheklanmaydi. Ko’pchilik hollarda mijoz bilan uch marta va lindan ko’p
uchrashib ancha uzoq muddat davomida maslahat berib borish talab etiladi. Bunday
uzoq muddatli maslahatlarning zarurligi quyidagi odatiy hollarda yuzaga keladi: -
Mijozning muammosi shunday murakkab boladi-ki, birikki soat davomida uni tushunib
olish deyarli mumkin emas.

Mijozning bir emas, balki bir necha muammolari mavjud, ularning har birini hal

etish alohida maslahatni talab etadi;

1.

Taklif etilayotgan muammoning yechimi mijoz tomonidan darhol va to’la

mustaqil amalga oshirilishi mumkin emas va maslahatchi tomonidan qo’shimcha
yordam ko’rsatishni talab etadi.

2.

Mijozning individual xususiyatlari sababli psixolog-maslahatchi uning

muammosini darhol va qo’shimcha yordamsiz hal eta olishiga to’la ishonmaydi.

Agarda mijoz o’ziga yetarlicha ishonmasa, o’z hayajonlari va xulqini boshqara

olmasa, agarda uning intellektual rivojlanish darajasi qiyin vaziyatlarda oqilona, to’g’ri
yechimni mustaqil qabul qilish uchun yetarli bo’lmaganda bunday hollar uchrab turadi.

Ko’pincha aholining o’rta qatlami deb ataluvchi jismoniy va sog’lomlik holati

bo’yicha yuksak xavf zonasida bo’lgan odamlar psixolog-maslahatchiga murojaat
etadilar. Yuksak xavf zonasi deganda nerv, psixik hamda jismoniy kasallanishi oson
bo’lgan odamlar va haqiqatdan ham kasal bolib qolishlari mumkin bo’lgan vaziyatlar
tushuniladi. Boshqa, jismoniy va psixik jihatdan kuchli, ancha sog’lom odamlar
bunday vaziyatlardan faqatgina toliqish yoki noqulaylikni his etish bilan chiqib
ketadilar. Psixologik maslahatga murojaat etuvchilar - bu odatda hayotga yetarlicha
yaxshi moslashib olmagan va o’z ishida unchalik band bo’lmagan odamlar bo’ladi,
chunki psixologning to’la, batafsil maslahatini olish uchun vaqt talab etiladi.

Psixolog-maslahatchiga hayotda va hammadan ham ko’p yordam so’rab

murojaat etuvchilar orasida ko’plab omadsiz odamlar bor, aynan omadsizlik o’zini
jismoniy nosog’lom deb o’ylovchi mana shu odamlar psixolog tomonidan yordam
kutishga majbur etadi. Psixolog-maslahatchiga murojaat etuvchilar orasida u voki bu
emotsional chetlanishga ega odamlar uchraydi, bu chetlanishlar o’z navbatida ko’plab
ruhsizlik holati va umidsizlik oqibati hisoblanadi. Bu odamlar qachon psixologdan faol
yordam izlashni boshlaydilar. Bu odatda ularda muammo paydo bolishi bilan darhol
sodir bo’lmaydi, balki ularning hayotida eng og’ir damlar boshlanganida murojaat
etadilar. Odam nima qilishni bilmaganida, yoki o’z muammosini mustaqil hal etish
uchun uning imkoniyatlari qolmaganda psixologmaslahatchiga yordam so’rab keladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

134

ISSN:3030-3613

Ruhiy holati yomon bo’lganida, uning xayolida u bilan yoki unga yaqin odamlar

bilan qandaydir qo’rqinchli holat sodir bo’layotgandek, yom on oqibatlarga olib kelishi
mumkindek tuyulganda odam yordam so’rab psixologga murojaat etishi mumkin.
Odamlar psixolog-masiahatchidan nimani kutishadi? Nima uchun unga murojaat
etishadi? Bu savollarga quyidagicha javob berish mumkin:

1.

Ba’zi mijozlar o’z muammolarini umuman qanday hal etishni biladilar va

psixolog-maslahatchidan faqat ruhiy madad izlab boradilar.

2.

Boshqalari muammoni qanday qilib hal etishni bilmaydilar va maslahat

so’rab boradilar.

3.

O’zlariga to’ia ishonmaydiganlar yoki o’z muammolarini hal etish uchun

mavjud imkoniyatlaridan qaysi birini tanlashni bilmaydiganlar. Ularni ishontirish va
ularning faolliklarini kerakli tomonga yo’naltirish kerak.

4.

Bu ko’pincha bir o’zi yakka bo’lgan odamlar - shunchaki kim bilandir

yurakdan gaplashib olish kerak, ularda odatda jiddiy psixologik muammolar bolmaydi,
lekin vaqti-vaqti bilan diqqat bilan eshitadigan va mehribon suhbatdoshga juda muhtoj
bo’ladilar.

XULOSA

Psixologik maslahat mijozlari orasida shunchaki qiziquvchanlik yoki shunchaki

u bilan bahslashish istagi psixolog-maslahatchiga olib keladiganlari ham uchrab turadi.
Ba’zilar haqiqatan ham psixolog - maslahatchi nima ekanligini va u nima bilan
shug’ullanishini bilishni xohlaydilar, boshqalar oldindan ular psixologmaslahatchiik
maslahat davomida mijoz xulqini kuzatish natijaiariga tayanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Olimov, T. H. (2019). SPIRITUAL AND MORAL ASPECTS OF THE
FORMATION OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS OF

HIGHER

EDUCATION.

Theoretical & Applied Science

, (12), 662-665.

2.

Olimov, T. H. (2020). The image of a modern teacher in the formation of civic
culture among future highly educated specialists.

Pedagogical skillBukhara

,

5

.

3.

Olimov, T. H. (2019). Development issues of civil society and culture in the work
of Eastern thinkers.

Pedagogical skill-Bukhara

,

2

.

4.

Olimov, T. H. (2016). Formation of self-awareness in youth.

Social and

humanitarian sciences in the educational system.-Tashkent

,

4

.

5.

Olimov, T.

(2020).

BO’LAJAK

OLIY

MA’LUMOTLI

MUTAXASISLARDA

FUQAROLIK

MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING

AYRIM

YO’NALISHLARI.

FAN TA'LIM

VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI

,

1

(1), 20-27.

6.

Xolboyeva,

G., &

Olimov,

T.

(2023).

O

‘SMIRLAR

MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI.

Ilm-fan va ta'lim

,

1

(7).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

135

ISSN:3030-3613

7.

Xolboyeva, G., & Olimov, T. (2023). O ‘SMIRLARDA STRESSLI
VAZIYATLARDA KOPING XULQ-ATVOR STRATEGIYALARI NAMOYON
BO ‘LISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Ilm-fan va ta'lim

,

1

(7).

8.

Olimov, Т. THE ROLE OF NATIONAL SPIRITUALITY AND VALUES IN THE
DEVELOPMENT OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS WITH
HIGHER EDUCATION.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Olimov, T. H. (2019). SPIRITUAL AND MORAL ASPECTS OF THE

FORMATION OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS OF HIGHER

EDUCATION. Theoretical & Applied Science, (12), 662-665.

Olimov, T. H. (2020). The image of a modern teacher in the formation of civic

culture among future highly educated specialists. Pedagogical skillBukhara, 5.

Olimov, T. H. (2019). Development issues of civil society and culture in the work

of Eastern thinkers. Pedagogical skill-Bukhara, 2.

Olimov, T. H. (2016). Formation of self-awareness in youth. Social and

humanitarian sciences in the educational system.-Tashkent, 4.

Olimov, T. (2020). BO’LAJAK OLIY MA’LUMOTLI

MUTAXASISLARDA FUQAROLIK MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING AYRIM YO’NALISHLARI. FAN TA'LIM

VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI, 1(1), 20-27.

Xolboyeva, G., & Olimov, T. (2023). O ‘SMIRLAR

MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI. Ilm-fan va ta'lim, 1(7). 7. Xolboyeva, G., & Olimov, T. (2023). O ‘SMIRLARDA STRESSLI

VAZIYATLARDA KOPING XULQ-ATVOR STRATEGIYALARI NAMOYON

BO ‘LISHINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Ilm-fan va ta'lim,

(7).

Olimov, Т. THE ROLE OF NATIONAL SPIRITUALITY AND VALUES IN THE

DEVELOPMENT OF CIVIL CULTURE IN FUTURE SPECIALISTS WITH

HIGHER EDUCATION.