T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
171
ISSN:3030-3613
UYQUNING FIZOLOGIK ASOSLARI VA ORGANIZMGA TA’SIRI
Alfraganus unveristeti, Tibbiyot fakulteti,
Davolash ishi yo’nalishi,
2-kurs talabasi
Yusupova Sevinch Baxriddin qizi
Ilmiy raxbar: Alfraganus universiteti, Tibbiyot fakulteti,
Tibbiyot kafedrasi fiziologiya moduli assistenti
Xayrullayeva Maftuna Ibodullayevna
maftuna.khayrullayeva@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada uyqu jarayonining fiziologik asoslari, uyqu
bosqichlari, ularni boshqaruvchi markazlar va uyquning organizmga ko’rsatadigan
ta’siri haqida tahliliy yondashuvda fikr yuritiladi. Uyqusizlikning salbiy oqibatlari,
sog’lom uyqu gigiyenasi va profilaktik tavsiyalar bilan boyitilgan.
Kalit so’zlar:
Uyqu, fiziologiya, NREM, REM, uyqusizlik, asab tizimi,
gormonlar
Kirish
Uyqu bu organizm hayot faoliyatining ajralmas qismi bo’lib, u murakkab
fiziologik va neyrobiologik jarayonlardan iborat. Har bir inson kunining taxminan 6
dan 9 soatgachasini uyquda o’tkazadi. Bu vaqt davomida organizm nafaqat dam oladi,
balki ichki muvozanatni tiklaydi, immun tizimi mustahkamlanadi, asab tizimi qayta
ishlov beradi va gormonal tartibga solish jarayonlari faol ravishda kechadi. Uyquning
sifati va davomiyligi umumiy sog’liq, aqliy faoliyat, hissiy holat hamda ish faoliyatiga
bevosita ta’sir ko’rsatadi.
Fiziologik jihatdan uyqu – bu miyaning faoliyatida yuzaga keladigan davriy
o’zgarish bo’lib, u ikki asosiy bosqichga ajraladi: NREM (Non-Rapid Eye Movement)
va REM (Rapid Eye Movement). Ushbu bosqichlar o’ziga xos elektroensefalografik
va neyrobiologik belgilar bilan tavsiflanadi. Aynan ushbu bosqichlarda organizm
tiklanadi, o’rgangan ma’lumotlar mustahkamlanadi va metabolik faoliyat
muvozanatlanadi. Uyqu holati asosan gipotalamus, talamus, miya ustuni va epifiz
bezlari kabi markazlar tomonidan boshqariladi. Ayniqsa, melatonin va kortizol
gormonlari uyqu-uyg’oqlik ritmlarining asosiy regulyatorlaridan biri hisoblanadi.
So’nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar uyquning nafaqat miya faoliyati, balki
yurak-qon tomir tizimi, endokrin tizim, ovqat hazm qilish tizimi va hatto gen
ifodalanishi (gen ekspressiyasi) bilan ham chambarchas bog’liqligini ko’rsatmoqda.
Shuningdek, uyqu buzilishi – ya’ni uyqusizlik, obstruktiv uyqu apneasi yoki ortiqcha
uyqu stress darajasining oshishi, semizlik, qandli diabet, Alzheimer kasalligi kabi
ko’plab surunkali kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
172
ISSN:3030-3613
Uyquning ikki asosiy bosqichi mavjud: NREM va REM. NREM bosqichi
organizmning jismoniy tiklanishini, REM esa aqliy faoliyat va tushlarning
shakllanishini ta’minlaydi. Bu jarayonlarda yurak urishi, nafas olish, tana harorati va
asab tizimi faoliyati bosqichma-bosqich o’zgaradi. Bu holatlar To’xtasinov A.Τ.
(2016) tomonidan ham chuqur o’rganilgan va uyqu organizmning fiziologik
tiklanishida hal qiluvchi omil sifatida baholangan.
Shuningdek, Guyton va Hall (2020) ta’kidlashicha, bu bosqichlar EEG
to’lqinlarining o’zgarishi bilan birga kuzatiladi va organizmning gipotalamus, talamus
va miya ustuni faoliyatlari bilan boshqariladi.
Uyquni boshqaruvchi neyrofiziologik markazlar
Uyqu-uyg’oqlik ritmlari gipotalamusdagi suprakiazmatik yadrolar (SCN)
tomonidan tartibga solinadi. SCN sutkalik ritmlarni muvofiqlashtiradi va melatonin
gormoni orqali epifiz bezini boshqaradi. Bu borada Shayxov R.S. (2014) ham SCN
ning biologik soat sifatidagi vazifasini chuqur yoritgan.
Karimov A.K. (2015) o’z asarida SCN, talamus va retikulyar formatsiya kabi
markazlarning uyg’oqlik va uyqu o’rtasidagi o’zaro almashinuvni tartibga solishdagi
rolini alohida ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Kandel va boshqalar (2013) SCNdan
tashqari miya ustunining o’rni, ya’ni uyquning boshlanishi va chuqurlashuvi bilan
bog’liq neyron markazlarning ishtirokini ham ko’rsatib bergan.
Uyqu asosan tungi gormonlar ajralishi bilan muvofiqlashtiriladi. Xususan:
Melatonin – qorong’ilikda ko’proq ajraladi, uyquni qo’zg’atadi.
Kortizol – tongga yaqin oshadi, uyg’onishga yordam beradi.
O’sish gormoni (GH) – chuqur NREM uyquda ajraladi, hujayralarning
yangilanishida muhim.
Uyqu gormonlar faoliyatida sezilarli o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Kechasi
melatonin darajasi oshib, kortizol esa ertalab kuchayadi. Mamayusupov M.M. (2012)
bu gormonlar sutkalik ritmlarga bevosita bog’liq ekanligini, uyqu paytida o’sish
gormoni (GH) ajralib chiqishini, bu esa bolalarda tana o’sishi va hujayralar
regeneratsiyasi uchun juda muhim ekanligini ko’rsatadi.
Guyton va Hall (2020) ham bu gormonlar o’rtasidagi muvozanat uyg’onish-
uyqu aylanishining asosi ekanini isbotlab bergan. Shuningdek, Walker (2017)
tomonidan keltirilgan dalillarga ko’ra, gormonal muvozanatsizlik uyqu buzilishlariga
olib keladi.
Doimiy ravishda 6 soatdan kam uyqu organizmda stress holatini kuchaytiradi,
immun tizimini susaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi (NIH, 2020).
Buni To’xtasinov A. T. (2016) ham o’z ilmiy ishlarida tasdiqlagan surunkali uyqusizlik
holatlarida gipertoniya, qandli diabet va semizlik xavfi yuqori bo’lishi aniqlangan.
Ortiqcha uyqu esa energiya balansining buzilishi, asabiylik va depressiv
holatlarning kuchayishi bilan bog’liq. Bu borada Karimov Α.Κ. (2015) ortiqcha
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
173
ISSN:3030-3613
uyquning keksalarda aqliy pasayishga olib kelishi mumkinligini ilmiy asosda
ko’rsatadi.
Uyqu paytida asab tizimida sinaptik kuchayish, glymphatik tizim orqali toksinlar
chiqarilishi, hujayralarning tiklanishi kabi muhim jarayonlar sodir bo’ladi (Kandel et
al., 2013). Bu jarayonlar yodlash, xotira va immun tizim faoliyati uchun juda muhim
hisoblanadi.Mamlakatimiz olimlari, xususan Shayxov R.S. (2014) ham bu borada
uyquni markaziy asab tizimi faoliyatining “energetik qayta yuklanish” davri deb
baholagan.
Xulosa
Olib borilgan ilmiy tahlillar va adabiy manbalar asosida shuni aniqlash
mumkinki, uyqu inson salomatligi, aqliy va jismoniy faoliyatining barqarorligi uchun
muhim fiziologik jarayondir.Uyquning NREM va REM bosqichlari o’ziga xos
fiziologik xususiyatlarga ega bo’lib, ular orqali miya va tana to’liq tiklanadi.
Melatonin, o’sish gormoni va kortizol kabi gormonlarning sutkalik ritmi uyqu-
uyg’oqlik holatining asosiy tartibotchilari hisoblanadi.Uyquning yetishmasligi yoki
sifatsiz bo’lishi organizmda stress, kognitiv pasayish, immunitet susayishi, yurak-qon
tomir va endokrin kasalliklar xavfini oshiradi. Shuningdek, ortiqcha uyqu ham salbiy
ta’sirlarga ega bo’lishi mumkin.
Takliflar:
1.Uyqu gigiyenasiga rioya qilish sog’lom turmush tarzining ajralmas qismi
sifatida targ’ib etilishi lozim.
2.O’quvchi va talabalar orasida uyquning fiziologik ahamiyati haqida ma’rifiy
targ’ibot ishlarini olib borish tavsiya etiladi.
3.Tibbiy yo’nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun uyquni tartibga soluvchi
asab markazlari va gormonlar haqida amaliy mashg’ulotlar kengaytirilishi kerak.
4.Uyqu buzilishlarini erta aniqlash va davolash uchun profilaktik tadbirlar ishlab
chiqilishi muhim.
5.Bolalar, o’smirlar va keksalar uyqusining o’ziga xos jihatlari inobatga olinib,
har bir yosh guruhiga mos sog’lom uyqu me’yorlari ishlab chiqilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Guyton, A.C., Hall, J.E. (2020). Textbook of Medical Physiology (13th ed.).
Elsevier.
2.
Kandel, E.R., Schwartz, J.H., Jessell, T.M. (2013). Principles of Neural Science
(5th ed.). McGraw-Hill Education.
3.
To’xtasinov, A.Τ. (2016). Odam fiziologiyasi. Toshkent: “Fan va texnologiya”
nashriyoti.
4.
Karimov, Α.Κ. (2015). Yoshga oid fiziologiya. Toshkent: O’zbekiston Respublikasi
Tibbiyot akademiyasi nashriyoti.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
174
ISSN:3030-3613
5.
Shayxov, R.S. (2014). Asab va gormonal boshqaruv. Toshkent: O’zbekiston
Tibbiyot universiteti nashriyoti.
6.
Mamayusupov, M.M., Qurbonov, Sh.T. (2012). Tibbiy fiziologiya asoslari.
Toshkent: TMA nashriyoti.
7.
Walker, M. (2017). Why We Sleep: The New Science of Sleep and Dreams.
Scribner.
