T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
191
ISSN:3030-3613
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING INSON HUQUQ VA
ERKINLIKLARINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA ILG’OR XORIJ
TAJRIBASI TAHLILI
Gadoymurodov Begzod
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
“huquqbuzarliklar profilaktikasi”
Kafedrasi o’qituvchisi
Mamarashidova O’g’iloy Baxodir qizi
Ichki ishlar akademiyasi 317 -guruh kursanti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Qozog’iston Respublikasi “ichki ishlar
to’g’risida”gi qonunida jamoat tartibi himoyasi, inson huquqlari va erkinliklari,
Rossiya federatsiyasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish
tizimlari O’zbekistondagi yuritilayotgan tizim bilan bevosita solishtirilgan.
Kalit so’zlar:
Inson, huquq, erkinlik, jamoat tartibi, jamoat xavfsizligi, qonun,
fuqaro, davlat, huquqbuzarlik, hujjat, qonuniy manfaat, federatsiya, politsiya.
KIRISH
Turli davlatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash chora-tadbirlarini
amalga oshirish turlicha usullar bilan ta’minlanadi. Ushbu sohada har bir davlat o’ziga
xos tajribaga ega bo’lib, ularni o’rganish hamda yurtimizda inson huquq va
erkinliklarini ta’minlash tizimiga tatbiq etish bugunning dolzarb talablaridan biridir.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasida xorijiy davlatlar to’plagan tajribani
o’rganish bu masalaga tizimli yondashuvni talab qilmoqda. Har bir davlatning inson
huquq va erkinliklarini ta’minlash tizimi boshqa mamlakatlarnikidan muayyan
xususiyati bilan ajralib turadi.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda ichki ishlar organlari, muhim o’rin
tutadi. Ichki ishlar organlari, shu jumladan profilaktika inspektorlarining inson huquq
va erkinliklarini ta’minlash faoliyatining ilg’or xorij tajribalarini aniqlash,
umumlashtirish O’zbekiston Respublikasi sharoitida ularni amaliyotga joriy etish
uchun taklif va tavsiyalar kiritib, amaliyotdagi ish yuritishni ahvolini yaxshilash,
muammo va kamchiliklarni bartaraf etishdan iboratdir. Albatta xorij davlatlarining
tajribalari va bu sohadagi tartibotlarini ko’r-ko’rona o’zlashtirish yaramaydi. Ularni
puxta o’rganish hamda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy holatiga qarab joriy qilish
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Jumladan, Qozog’iston Respublikasidagi ichki ishlar organlari jinoiy, ma’muriy va
harbiy politsiyaga bo’linadi. Jinoyat va ma’muriy politsiya o’z faoliyatida Qozog’iston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga bo’ysunadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
192
ISSN:3030-3613
Qonunga muvofiq jinoiy politsiyaning asosiy vazifalari, Qozog’iston Respublikasi
ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonunning 4-1-moddalariga ko’ra, jinoyatlarni
aniqlash, oldini olish, to’xtatish, fosh etish va tergov qilish, tergovdan suddan
yashiringan, jinoiy jazoni ijro etishdan qochadigan shaxslarni qidirish ishlarini tashkil
etish va amalga oshirish, bedarak yo’qolganlarni izlash va Qozog’iston Respublikasi
qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vaziyatlar.
Qozog’iston Respublikasida profilaktika inspektorlari uchastka inspektori deb
nomlanadi va ularning faoliyati ichki ishlar vazirining “Uchastka ichki ishlar
inspektorlari faoliyatini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 100-sonli
buyrug’ida belgilab berilgan.
Mazkur sohada Rossiya Federatsiyasini ko’rib chiqsak. Inson huquqlari va
erkinliklarining kafolatlari tizimi doirasidagi ishlarning katta miqdori Rossiya
Federatsiyasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu ichki ishlar
organlarining turli darajadagi meyoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan maqsad va
vazifalari bilan tasdiqlangan.
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tizimida ichki ishlar
organlari va bo’linmalariga alohida ahamiyat beriladi. Qonun bo’yicha, 2011-yil 7-
fevraldagi 3-Fs-sonli “Politsiya to’g’risida” federal qonunning 1-moddasi, Politsiya
Rossiya federatsiyasi fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning
hayoti, sog’ligi, huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, jinoyatchilikkka qarshi
kurashish, jamoatchilikni himoya qilish uchun mo’ljallangan tartib, mulk va jamoat
xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Politsiya xodimiga qiynoqqa solish, zo’ravonlik,
shavqatsiz munosabatda bo’lish taqiqlanadi.
Bu faktlardan ko’rinib turibdiki, ko’pgina xorij davlatlari politsiyasi o’z faoliyatida
jamoatchilik bilan hamkorlikni keng yo’lga qo’ygan. Bu tajribalarni o’z
qonunchiligimizga to’g’ri talqin qilgan holda o’zlashtirsak nafaqat organ sohasi balki
boshqa sohalarda ham tatbiq qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro huquqiy
hujjatlar va xorijiy davlatlarning tajribasidan kelib chiqgan holda milliy
qonunchiligimizni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bundan tashqari
ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatlari bilan jamoatchilik tuzulmalari
hamkorligini takomillashtirishda ilg’or xorijiy davlatlarning tajribalarini o’rganish,
mamlakatimizning milliy etnik xususiyatlaridan kelib chiqib ilg’or tajribalarni joriy
etish davr talabi bo’lib kelmoqda.
Bir so’z bilan aytganda yurtboshimiz aytganlari kabi”Barcha narsa inson
manfaatlari uchun” bo’lmog’i lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023.
2.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
193
ISSN:3030-3613
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
– Toshkent, 2022.
4.
Mirziyoyev Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz”. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari to‘plami. – Toshkent:
Adolat, 2021–2024.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot byulleteni. – Toshkent,
2023.
7.
Xalqaro inson huquqlari deklaratsiyasi. – BMT, 1948.
8.
Qodirov B., Turaev A. “O‘zbekiston Respublikasining siyosiy-huquqiy tizimi”. –
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.
9.
Toshxo‘jaev Sh. “Demokratiya asoslari”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
10.
“Huquqshunoslik asoslari” darsligi. – Toshkent: Akademnashr, 2022 O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining nutqi.
