Mualliflar

  • Bahodir Axmedov Ismoilovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85153

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Ta’lim universitet pedagog kadrlar Harakatlar strategiyasi qonun muassasa.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari va ustuvorliklari tahlil qilinadi. Oliy taʼlim sohasidagi davlat siyosati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlash, xalqaro standartlarga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining avtonomiyasini kengaytirish kabi muhim masalalarni qamrab oladi.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

194

ISSN:3030-3613

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA'LIM SOHASIDA DAVLAT

SIYOSATINING USTUVORLIGI

Axmedov Bahodir Ismoilovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi kadrlar bo‘limi

tashkiliy-shtat ishlari guruhi

bosh inspektori

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sohasida

amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari va
ustuvorliklari tahlil qilinadi. Oliy taʼlim sohasidagi davlat siyosati mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlash, xalqaro standartlarga javob beradigan
malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, oliy
taʼlim muassasalarining avtonomiyasini kengaytirish kabi muhim masalalarni qamrab
oladi.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim, universitet, pedagog kadrlar, Harakatlar strategiyasi,

qonun, muassasa.

Аннотatsiя:

В данной статье анализируются основные направления, цели

и приоритеты государственной политики, реализуемой в сфере высшего
образования в Республике Узбекистан. Государственная политика в сфере
высшего образования охватывает такие важные вопросы, как обеспечение
социально-экономического развития страны, подготовка квалифицированных
кадров, отвечающих международным стандартам, повышение качества и
эффективности образования, а также расширение автономии высших учебных
заведений.

Ключевые слова:

Образование, университет, педагогический персонал,

стратегия действий, закон, учреждение.

Abstract:

This article analyzes the main directions, goals and priorities of the

state policy implemented in the field of higher education in the Republic of Uzbekistan.
The State policy in the field of higher education covers such important issues as
ensuring the socio-economic development of the country, training qualified personnel


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

195

ISSN:3030-3613

meeting international standards, improving the quality and effectiveness of education,
as well as expanding the autonomy of higher education institutions.

Keywords:

Education, University, pedagogical personnel, action strategy, law,

institution.


Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta'lim sohasida davlat siyosatining ustuvor

yoʻnalishlari mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash, zamonaviy
bilim va ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Xususan,
yurtimizda ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish davlat siyosatining eng muhim
yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadda pedagog kadrlarni malakasini oshirish,
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish va o'quv dasturlarini yangilash
ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, xalqaro ta'lim standartlarini tatbiq etish orqali
talabalar uchun sifatli ta'lim berish bosh maqsad qilib olingan.

Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida ta'lim tizimining modernizatsiya jarayonlari

pedagogik kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirishni talab qildi. Ushbu davrda
kadrlar tayyorlash sohasida bir necha bosqichda islohotlar amalga oshirilib, “Talim
to‘g‘risida”gi Qonun 3 marotaba (1992, 1997, 2020 yillar) qabul qilindi. Ishlab
chiqilgan har bir qonun o'z davrida ta'lim tizimidagi muammolarni hal qilishga xizmat
qildi. Jumladan, ushbu qonunlar o‘tgan davr mobaynida takomillashib, rivojlanish
bosqichiga chiqib bordi. Maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha
darajalarda islohotlar o‘tkazildi. Maktab ta’limi tizimida yangi o‘quv dasturlari,
pedagogik metodlar va baholash tizimlari joriy etildi. Ta’lim tizimining sifatini
oshirish uchun pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayoni modernizatsiya qilindi. Oliy
ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishlari kengaytirildi, zamonaviy ta’lim
metodologiyasi va texnologiyalarini o‘qitish uchun yangi dasturlar ishlab chiqildi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining

ta'lim sohasiga jiddiy e'tibor berilishi, bu sohani davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylantirdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
tomonidan 1992-yil 28-fevralda qabul qilingan “Respublikada yangi oliy ta’lim
muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, oliy ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlashni
yaxshilash, shuningdek, respublikaning barcha mintaqalarini ularning malakasi bilan
yanada to‘laroq va bir tekisda ta'minlash maqsadida, respublikadagi bir qator
pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi.[1] Bu islohotlar jarayonida oliy
ta'lim tizimining sifatini oshirish va uning xalqaro standartlarga mos kelishini
ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Universitetlar o‘z navbatida, o‘quv
dasturlari va metodologiyalarini yangilab, zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish
imkoniyatini yaratdi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

196

ISSN:3030-3613

Yangi universitetlar tashkil etilishi bilan birga, mavjud oliy ta'lim muassasalari

ham o‘z faoliyatini yangilab, talabalar uchun innovatsion ta'lim muhitini yaratishga
harakat qildi. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish,
masofaviy ta'lim tizimlarini joriy etish va xalqaro tajribalarni o‘rganish kabi yangi
yondashuvlar qo‘llanila boshlandi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari ilmiy
tadqiqotlar olib borish va ilm-fanni rivojlantirishda ham faol ishtirok etmoqda. Bu
orqali O‘zbekiston ta'lim tizimi nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, balki xalqaro
miqyosda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan strategiyalarni amalga
oshirmoqda. Shu sababli kadrlar tayyorlash tizimi ta’lim siyosatining ajralmas va
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kadrlar faqat kasbiy bilimlarga emas, balki
yangilikka ochiqlik, axloqiy barkamollik va jamiyatda faol ishtirok etish qobiliyatiga
ega bo‘lishi kerak.

O’zbekiston Respublikasida keyingi yillarda davlat tomonidan innovatsion

fikrlaydigan kadrlar tayyorlash, yoshlarni yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash,
shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 2019-yil 23-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
raisligida xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi
nufuziini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan
yig'ilish o'tkazildi. Unda Prezident Sh.Mirziyoyev maktab ta'limi tizimini isloh qilish
zaruriyatiga to'xtalib, ulug’ ma'rifapparvar Mahmudxo'ja Behbudiyning “Dunyo
imoratlari ichida eng ulug’i maktabdir” degan fikrini alohida ta’kidlagan edi. [2] Turli
xil darajadagi ta’lim muassasalarini, o’quv dasturlarini, o'qituvchilarni va boshqa
resurslarni o'z ichiga olgan ta'lim tizimining maqsadi insonlarga zarur bilim, ko'nikma
va qobiliyatlarni berish, ularni jamiyatga moslashtirish va ularning shaxsiy
rivojlanishiga yordam berish eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan,

yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi,
baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini
safarbar etamiz” deb doim o’z nutqlarida ta’kidlab o’tadilar. [3]

Ta’lim o‘z ildizlarini ilm-fan va ishlab chiqarish, ijtimoiy turmush, bir so‘z bilan

izohlaganda, hayot bilan bog‘lay olgan, ichki va turdosh tarmoqlar bilan har
tomonlama integratsiyaga kirishgan taqdirdagina o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarning
natijalariga erisha oladi, fan, ta’lim tarbiya va iqtisodiyotning o‘zaro chuqur, har
tomonlama uzluksiz aloqasini ta’minlay olgan va jamiyat hayotining barcha sohalariga
tadbiq eta olgan davlat esa taraqqiyotga erishadi.

“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha

Harakatlar strategiyasi”da ham ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishga e’tibor
qaratilagan. Biz deb ta’kidlaydi Yurtboshimiz “2017-2021-yillarda oliy o‘quv yurtlari


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

197

ISSN:3030-3613

tizimini yanada rivojlantirish dasturini qabul qilib, ushbu sohadagi mavjud
muammolarni bartaraf etishga, oliy ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga
qattiq bel bog‘laganmiz”. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni
tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak
ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni
modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha
va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasi PF-5847-son Farmoni qabul qilindi. Ta’lim
tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan mazkur xujjatlarning
barchasida sohaga innovatsiyalarni kiritish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, ijodiy
yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim turlari o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini
kuchaytirish bilan bog‘liq umumiy jihatlar mavjud. [4] Ta’lim tizimini rivojlantirish
va takomillashtirish albatta bu uzoq muddatli, ammo natijasi yuqori bo‘lgan jarayondir.
Bu jarayon jamiyatning har bir a’zosini qamrab oladigan, innovatsion, inkluziv va
barqaror bo‘lishi kerakligi kerak. Yangi islohotlar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish, raqobatbardosh inson
kapitalini shakllantirish zaminini yaratadi.

Zamonaviy ta’lim jamiyat oldida turgan muhim vazifalarni hal qilishga xizmat

qilishi lozim. Bunga quyidagilar kiradi:

Mehnat bozoriga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash;

Yosh avlodni vatanga sadoqatli, ijtimoiy mas’uliyatli fuqarolar sifatida
tarbiyalash;

Innovatsion g‘oyalarni ilgari suruvchi, tanqidiy va mustaqil fikrlovchi shaxslarni
shakllantirishdan iboratdir.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, bugungi globallashuv davrida ta’lim sifati

davlatning kelajagini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlaridandir. Rivojlangan
mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, inson kapitaliga kiritilgan har qanday
investitsiya uzoq muddatda ijobiy natijalar beradi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu
yo‘lda muhim qadamlar qo‘ymoqda va bu islohotlar davomli bo‘lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.–T., 1992.–№4.–
B.60-61.

2.

Maktab ta'limini rivojlantirish umummillat harakatiga aylanishi zarur. Prezident
Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 23- avgustdagi xalq ta'limini rivojlantirish,
pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuziini oshirish, yosh avlod
ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi
nutqi // Xalq so'zi, 2019, 24-avgust. - №174 (7404)


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

198

ISSN:3030-3613

3.

Mirziyoyev Sh. 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar
haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-son Farmoni



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.–T., 1992.–№4.–

B.60-61.

Maktab ta'limini rivojlantirish umummillat harakatiga aylanishi zarur. Prezident

Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 23- avgustdagi xalq ta'limini rivojlantirish,

pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuziini oshirish, yosh avlod

ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi

nutqi // Xalq so'zi, 2019, 24-avgust. - №174 (7404)

Mirziyoyev Sh. 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar

haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi

PF-4947-son Farmoni