Mualliflar

  • Elchinbek Nurmamatov Dilshod oʻgʻli
  • Quvonch Qodirov Bekmurodovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85165

Kalit so‘zlar:

Tayanch soʻzlar: voyaga yetmagan mahkumlarning umumiy kasb-hunar ta'limi yakka tartibdagi profilaktika ishi voyaga yetmaganlarning shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqish voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi.

Annotasiya

Annotatsiya: maqolada tarbiya koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan voyaga yetmagan mahkumlarning umumiy kasb-hunar ta'limi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida gap boradi.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

236

ISSN:3030-3613

“TARBIYA KOLONIYASIDA UMUMIY TA'LIM JARAYONI HAMDA

KASB-HUNARGA OʻRGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”

Nurmamatov Elchinbek Dilshod oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi IIV

Akademiyasi 3-bosqich kursanti

Qodirov Quvonch Bekmurodovich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

kafedra dotsenti, tarix fanlari

doktori(DSc), podpolkovnik

Annotatsiya:

maqolada tarbiya koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan

voyaga yetmagan mahkumlarning umumiy kasb-hunar ta'limi tushunchasi, uning
oʻziga xos xususiyatlari hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida alohida gap boradi.

Tayanch soʻzlar:

voyaga yetmagan mahkumlarning umumiy kasb-hunar

ta'limi, yakka tartibdagi profilaktika ishi, voyaga yetmaganlarning shikoyatlari va
arizalarini koʻrib chiqish, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi.

Аннотация:

в статье конкретно говорится о концепции общего

профессионального

образования

несовершеннолетних

осужденных,

отбывающих наказание в исправительных колониях, ее особенностях, а также
реформах, реализуемых в этом направлении.

Ключевые

слова:

общее

профессиональное

образование

несовершеннолетних осужденных, проведение профилактической работы,
рассмотрение жалоби заявлений несовершеннолетних, несовершеннолетние,
находящиеся без присмотра.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining

Milliy

tarqqiyotimizni yuksak bosqichga koʻtarib qat'iyat bilan davom ettiramiz

nomli

asarida farzand tarbiyasi boʻyicha quyidagicha fikrlarni keltirib oʻtgan, “

Farzand

tarbiyasi bu bizga yerga bugʻdoy sepib yoki chigit ekib ustidan suv qoʻyib qachon unib
chiqarkan deb kutib oʻtiradigan jarayon emas, uni domiy ravishda tarbiyalab borish,
e’tibor berib borish lozim hisoblanadi

1

. Ma'lumki, inson shaxs sifatida oilada

shakllanadi, ijtimoiylashuv jarayonida oila individga ijobiy yoki salbiy ta'sir koʻrsatishi
uning muayyan ijtimoiy qiyofasini shakllantirishi lozim.

Oiladagi muhit shaxsning shakllanishida oʻzining ta'sirini oʻtkazishi bilan birga

unda ma'naviy-axloqiy fazilat va xususiyatlarning rivojlanish jarayonini ta'minlaydi.

1

“Milliy tarqqiyotimizni yuksak bosqichga koʼtarib qatʼiyat bilan davom ettirmiz” Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev http://www.lex.uz


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

237

ISSN:3030-3613

Chunki, oila oʻzining tarbiya qilish, ishontirish va jazolash, gʻayriijtimoiy
xatti-harakatlarning oldini olish tizimiga ega.

Q.R.Abdurasulova

ta'kidlaganidek,

insonning his-tuygʻulari va fikrlari, aqliy va ma'naviy xususiyatlari uning rivojlanish
va shuningdek, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va unga olib kelgan
shart-sharoitlarni oʻrganish natijasida qonunga yoki qonun ijrosiga putur yetkazadigan,
unga rioya qilishga toʻsqinlik qiladigan omillarni oilalardan izlash lozimligi yanada
yaqqol namoyon boʻlishini bildiradi. Zotan, har qanday huquqbuzarlikning kelib
chiqishida oiladagi nosogʻlom ijtimoiy-ruhiy muhit muhim rol oʻynaydi va bunga
imkon beruvchi asosiy sababchi hisoblanadi.

2

Ammo bugun ham voyaga yetmagan yoshlarimiz tomonidan qator jinoyatlar va

huquqbuzarliklar sodir etilmoqda. Nazarimda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashda birinchi navbatda
oilaviy axloqiy qadriyatlarimizga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.

Shunday ekan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning

oldini olish uchun samarali usullarni qoʻllash, avvalo ularning boʻsh vaqtlarini unumli
oʻtkazishlarini ta'minlash, kasbga oʻrgatish, oʻquv muassasalariga joylashtirish,
ularning bilim va hunar egallashini ta'minlash ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Buning uchun eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda
jamoat tashkilotlari, maktab, oʻquv muassasalari va boshqa davlat organlari bilan
hamkorlik faoliyatini toʻgʻri tashkil etishlari kerak.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisida tegishli davlat

idoralari, jamoat tashkilotlari, voyaga yetmaganlarning oʻqish va ish joylariga va
ularning ota-onalari yoki oʻrnini bosuvchi shaxslarning ish joylariga xabarnomalar
yuborib, salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish borasida
takliflar kiritadi. Ichki ishlar organlarining tergov hamda tezkor xizmatlari bilan
hamkorlikda voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlik va gʻayriijtimoiy xatti-
harakatlarga jalb qilayotgan shaxslarni, guruhlarni aniqlaydi, ularga nisbatan qonuniy
choralar koʻradi. Hamda adashgan, tashlab ketilgan va jamoat joylarida tilanchilik
qilayotgan, temir

yoʻl va havo transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan, ota-

onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qarovisiz qolgan voyaga
yetmaganlarning shaxsini va yashash manzilini aniqlash imkoniyati boʻlmagan
taqdirda, sakkiz soat ichida, belgilangan tartibda sogʻliqni saqlash muassasalari hamda
ichki ishlar organlarining

“Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-xuquqiy yordam

koʻrsatish Markazi

3

”ga

joylashtiradi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ta'limning

2

Эриашвили Н.Д.

«Предупреждение правонарушений несовершеннолетних средствами правового

воспитания». Учебное пособие. – 2012. – С. 93.

3

2021 й 3 август Вазирлар Махкамасининг 490-сон “Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам

кўрсатишни янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қонуни https://lex.uz/docs/5550539


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

238

ISSN:3030-3613

uzluksizligi, oʻrta va oʻrta-maxsus ta'limining majburiyligi haqida voyaga yetmaganlar
va ota-onalar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi. Bundan tashqari,
majburiy ta'limdan bosh tortgan voyaga yetmaganlarni aniqlab, hokimliklar huzuridagi
voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar orqali oʻqishga qaytarish choralarini
koʻradi. Barcha turdagi ta'lim muassasalariga oʻquvchi, talabalar oʻrtasida
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini
oshirish, Vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash borasida amaliy yordam koʻrsatadi.

Shuningdek

ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilib jinoyat ko‘chasiga kirib qolgan voyaga

yetmagan yoshlarni axloqan tuzatish, ularda qilmishlariga nisbatan pushaymonlik
hissini uyg‘otish va jamiyatga qaytarish bilan bog‘liq faoliyat tarbiya koloniyasida
amalga oshiriladi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi

«Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
PQ-4006-son va 2019-yil 29-yanvardagi «Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni
mehnat bilan bandligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»

4

PQ-4138-son qarorlari qabul qilindi.

Ushbu qarorlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni

ijro etish departamentining jazoni ijro etish muassasalarida umumta'lim maktabi va
tegishli xalq ta'limi boʻlimlari umumta'lim maktablarining filiallari faoliyat koʻrsatib
kelmoqda.

Xususan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish

departamenti 1-son mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Tarbiya koloniyasining
5-umumta'lim maktabini Zangiota tumani xalq ta'limi boʻlimining 35-umumta'lim
maktabiga birlashtirilgan hamda Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti
1-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Tarbiya koloniyasining 5-umumta'lim
maktabi mulkiy negizida ushbu umumta'lim maktabining filiali tashkil etilgan xamda
faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu maktab faoliyati mahkumlarni quyidagicha
maqsadlarda ta'lim berishni qamrab oladi: mahkum uquvchilarni milliy gʻoyaga
sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma'naviy dunyoqarashga ega va mustaqil
fikrlaydigan barkamol shaxsni shakllantirish, davlat ta'lim standartlari doirasida
mahkumlarning sifat jihatidan yuqori darajada bilim olishi va ularni kasbga
tayyorlashni ta'minlaydigan umumta'lim hamda kasb-hunar ta'limi dasturlarini amalga
oshirish, mahkumlarni jazodan ozod etilganidan soʻng jamiyatga moslashtirish
maqsadida mehnat bozorida talab darajasi yuqori bo‘lgan kasblarni egallashi uchun
ularga mehnat koʻnikmalarini singdirish va mustahkamlash. Shuningdek, quyidagilar
belgilab qo‘yilgan bo‘lib umumta'lim maktablarining jazoni ijro etish muassasalari
qoshidagi filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining tegishli tuman

4

https://www.norma.uz

.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

239

ISSN:3030-3613

(shahar) boʻlimlariga boʻysunishi, umumta'lim maktablarining jazoni ijro etish
muassasalari qoshidagi filiallarida oʻquvchi mahkumlar sonidan qat'iy nazar sinflar
ochishga ruxsat etilishi

4

kasb-hunarga oʻqitish markazlari mustaqil yuridik shaxslar

hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asoslangan
buyurtmanomalari boʻyicha tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufida boʻladi; umumta'lim
maktablarining jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi filiallari hamda kasb-hunarga
oʻqitish markazlari jazoni ijro etish muassasalari hududida joylashtiriladi; kasb-
hunarga oʻqitish markazlarida mahkumlarning muayyan turdagi ishlarni bajarish
uchun zarur kasbiy bilim va mehnat koʻnikmalarini egallashini tezlashtirishga
qaratilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida ta'lim beriladi; kasb-hunarga oʻqitish
markazlarining rahbarlari, pedagoglari va boshqa xodimlariga Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining

Kasb-hunar ta'limi

markazi

kasb-hunar ta'limi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan

bazaviy tarif stavkalariga muvofiq mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilishi.
kasb-hunarga oʻqitish markazlari rahbarlari va pedagog xodimining mehnatiga haq
toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan amalga
oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga

ajratiladigan mablagʻlar hisobidan; asbob-uskunalar xarid qilish umumta'lim
maktablarining filiallari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari binolarini saqlash
(kommunal xizmatlar, joriy ta'mirlash va boshqa xarajatlar), xizmat koʻrsatuvchi
xodimlar mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar jazoni ijro etish
muassasalarining byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan boʻldi.

Har qanday davlatning taraqqiyoti oʻsib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiya

darjasiga bogʻliqdir. Bunga erishish uchun, avvalo, jamiyat a'zolari, xususan, voyaga
yetmagan va yoshlarning siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy va huquqiy ongi, madaniyati
yuqori boʻlishi talab etiladi. Bu borada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oʻziga
xos xususiyatlari, sabab va unga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash, mazkur
jinoyatchilikning oldini olish dolzarb vazifa hisoblanadi. Albatta, voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar jinoiy yuridiksiyada yengillashtiruvchi holatlar
sifatida inobatga olinadi. Shunday ekan, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni
takomillashtirish choralarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali
jinoyatlarning, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida oldini olish hamda

5

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 apreldagi «Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun

umumiy taʼlim va kasb-hunarga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 318-sonli qarori //.,
09/19/318/2956-son.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

240

ISSN:3030-3613

ularga chek qoʻyish, shuningdek, ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini
aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning samaradorligini
oshirish bugungi kunda amalga oshirilishi kerak boʻlgan eng muhim vazifalardan biri
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel

2. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. – 20.09.2023-yil.
3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi.,https://lex.uz/acts/-163629
4. O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 503-sonli

buyrug‘i., 10/23/2495-7/0930-son

Internet saytlari:

5.

https://lex.uz.

6.

https://www.norma.uz.

7.

https://constitution.uz.

8.

https://www.uza.uz.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. – 20.09.2023-yil.

O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi.,https://lex.uz/acts/-163629

O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2023-yil 2-noyabrdagi 503-sonli

buyrug‘i., 10/23/2495-7/0930-son

Internet saytlari: