T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
251
ISSN:3030-3613
YOSH DAVRLARIDA TA’LIM OLISHGA BO‘LGAN KUCHLI
MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH
Jalilova Shahnoza Muxtorovna qizi
Buxoro viloyat G'ijduvon tumani 56- umumiy
o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi.
Annotatsiya:
Mazkur maqolada yosh davrlar bosqichlarida ta’lim olishga
bo‘lgan qiziqizlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan,
mazkur bosqichlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik ishlar yuzasidan
fikr- mulohazalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘quvchi, o‘smir, jarayon, xulq-atvori, ma’naviyat, motivatsiya,
munosabat.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy-
ma’rifiy sohalarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Rivojlanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik, huquqiy davlat,
fuqarolik jamiyati insonlarning jamiyat hayotiga, mehnatga bo‘lgan munosabatlarini
tubdan o‘zgartirishni talab etadi. Endilikda har bir kishi o‘zgalarga emas, balki shaxsan
o‘zining imkoniyatlariga, qobiliyati va iste’dodiga tayanishi kerak.
O‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan kuchli motivatsiyani tarkib toptirishga oid
tadqiqotlar mazkur hodisani rivojlantirish uchun alohida ahamiyatga ega. Bu jarayon
6-7 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning o‘quv-tarbiya faoliyatlarini
qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida amalga
oshiriladigan pedagogik-psixologik jarayonni mazkur maqsadga yo‘naltirish
o‘quvchilarni aqliy jihatdan rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur
yosh davrlarining o‘ziga xos jihati shundaki, bu yoshda bolalar o‘quvchi maqomiga
ega bo‘ladilar. Bu o‘ziga xos o‘tish davri hisoblanib, o‘quvchilar o‘z faoliyatlarida
o‘quv faoliyatiga xos harakatlarni mujassamlashtiradilar. Mazkur sifatlar
o‘quvchilarning xatti- harakatlari va ongida murakkab hamda qarama-qarshi holatlarni
uyg‘unlashtiradi. Har qanday o‘tish davrida bo‘lgani kabi ushbu yosh davri ham
rivojlanishda o‘ziga xos boy imkoniyatlarga ega. Mazkur imkoniyatlarni o‘qituvchi o‘z
vaqtida ilg‘ashi va qo‘llab-quvvatlashi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining ongi
uning xulq-atvori, ma’naviy rivojlanishi va faoliyatini mustaqil boshqarish uchun hali
to‘liq tayyor bo‘lmaydi. Biroq u shaxslararo munosabatlar jarayoniga faol tarzda
ishtirok etishi uchun yetarli darajada barqarorlashgan bo‘ladi. Bu esa o‘quvchida o‘z
ongida muayyan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham
o‘quvchilarni ta’lim olishga undash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazifalaridan
biri hisoblanadi. O‘quvchilarning qadriyatlar va bilimlarni jadal tarzda qabul qilishlari
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
252
ISSN:3030-3613
ularga kuchli motivatsiyani egallash imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda yuqori
darajadagi bilish qiziqishlari o‘quv faoliyatining asosi sifatida xizmat qiladi.
Kichik maktab yoshida o‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor asoslari shakllanadi.
Buning natijasida ular ma’naviy me’yorlar, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtiradilar. Shu
asosda o‘quvchilarda ijtimoiy yo‘nalganlik faoliyati shakllana boshlaydi. Bu esa
o‘quvchilarda shaxs sifatida individual xususiyatlarning shakllanishiga asos bo‘ladi.
Natijada ular mustaqil, erkin fikrlash, obyektiv borliqni idrok etish va zarur qarorlar
qabul qilishga muvaffaq bo‘ladilar.
Т.В.Лодкинаninng ta’biri bilan aytganda, faoliyatdagi mustaqil tanlov
insonning shaxsiy sifati bo‘lib, u shaxsni muayyan qadriyatlarni egallashga
yo‘naltiradi. Mazkur qadriyatlarni o‘quvchilar ta’lim jarayonida o‘zlashtiradilar.
Maktabda o‘quv munosabatlariga kirishish natijasida ular o‘zlarini muntazam tarzda
namoyon qilib hayotiy faoliyatlarining subyekti sifatida harakatlanadilar. Bu esa
o‘quvchilarga uyg‘un tarzda yaxlit rivojlanish imkonini beradi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar intellektual sohasining o‘ziga xos jihati
uning jadalligidadir. Biroq, bu davrda psixik jarayonlarning bir tekisda rivojlanmasligi
kuzatiladi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar o‘zlari kuzatgan voqelikni hali
to‘laqonli tarzda tahlil qilish ko‘nikmasiga ega emaslar. Ular o‘zlari idrok etgan
narsalar, buyumlar va holatlardagi asosiy nuqtani har doim ham ajrata olmaydilar. Bu
davrda o‘quvchilarning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli fikrlashdan aniq, tushunchaviy,
ilmiy nazariy fikrlashga o‘tadi.
Shuningdek, ularning tasavvurlari ham muntazam tarzda rivojlanadi va
takomillashadi. Ularning o‘y-xayollari ko‘proq aniqlik kasb etib boshqariladigan
darajaga yetadi. Shuning uchun ham mazkur jarayonda alohida psixik vazifalar
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq xolda namoyon bo‘ladi.
Izlanishlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 7 yoshli o‘quvchilar aksariyat
hollarda qo‘rquvni his etmaydilar. His-tuyg‘ularni tushunish va idrok etishdagi
nomukammallik tashqi tomondan kattalarning his-tuyg‘ularni ifodalashlarini talab
qiladi. Shu tariqa, aksariyat hollarda muloqotdagi ijobiy hamda salbiy holatlar
o‘quvchilarga o‘tadi. Natijada kichik maktab yoshida ta’lim-tarbiya ta’sirida
o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlarida jiddiy siljishlar vujudga keladi. Mazkur
rivojlanishning hissiy-affektiv jihatlari o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini muntazam,
izchil tarzda rivojlantirishga intilishni ta’inlaydi. Shu asosda o‘quvchilarning ijtimoiy
xulq-atvorlari va ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasida barqarorlik tarkib topadi.
O‘smirlik yoshi – o‘ta murakkab va qiyin davr hisoblanadi. Shu bilan bir
qatorda, bu juda mas’uliyatli davr bo‘lib, mazkur davrda o‘quvchilarda axloq-odob,
ijtimoiy me’yorlar, o‘ziga-o‘zi, jamiyat va odamlarga munosabati tarkib topadi.
Shuningdek, mazkur yosh davrida o‘quvchi xarakterining qirralari hamda shaxslararo
muloqotning asosiy shakllari barqarorlashadi. Bu yosh davrining asosiy shakllanish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
253
ISSN:3030-3613
yo‘li o‘z-o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan faol intilishdir. Bu o‘z-o‘zini anglash, o‘z-
o‘zini namoyon qilish hamda o‘z-o‘zini tasdiqlashdan iborat. O‘z-o‘zini anglash
jarayonida o‘quvchi o‘zining shaxsiy kamchiliklariga e’tibor qaratadi. O‘smir
yoshdagi o‘quvchilarning o‘zligi bilim, tajribalarni o‘zlashtirish asosida tarkib topadi.
Bu o‘rinda o‘qituvchining kasbiy mahorati muhim ahamiyatga ega.
12-15 yoshli o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlarida keskin burilish davri
boshlanib, buni pedagoglar aksariyat hollarda “inqiroz davri” sifatida baholaydilar.
Tashqi tomondan bu o‘smir xulq-atvoridagi qo‘pollik, jo‘rttaga ish qilish tarzida
namoyon bo‘ladi. Ular kattalarga o‘chakishib, o‘z istaklari va talablarini qo‘yadilar va
ularning tanbehlari, nasihatlarini pisand qilmasdan yopiq tarzda harakat qiladilar.
O‘smirlik davridagi inqiroz boshqa barcha davrlaridagi inqirozlaridan keskin
farq qiladi. Chunki, u uzoq davom etadigan jarayondir. Bu o‘smirlarning aqliy hamda
jismoniy jihatdan jadal rivojlanishlari bilan bog‘liq. Bunday ehtiyojning qondirish
ta’lim olish va ijtimoiy yetuklikni ta’minlash uchun yetarlicha qulaylik yaratmaydi.
Shu bilan bir qatorda, vujudga keladigan ehtiyojlar juda kuchli va bosim ko‘rsatish
xarakteriga ega. Ta’lim olish sohasidagi inqirozning shakllanishiga tashqi hamda ichki
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omil kattalar tomonidan o‘quvchining muntazam
nazorat qilinishi, ularga qaramlikning mavjudligi bilan belgilanadi. O‘quvchilar
bunday ta’sirlardan qutilishga keskin harakat qiladilar. Ular o‘zlarini yetarli tarzda
ulg‘aygan, o‘z qarashlari doirasida harakatlanish va qarorlar qabul qilishga tayyor deb
hisoblaydilar. Ichki omillar esa, o‘quvchining odatlari va xarakterli xususiyatlari bilan
izohlanadi. Ular ba’zan o‘quvchining chuqur o‘ylangan qarorlar qabul qilishlariga
to‘sqinlik qiladi.
Ma’lumki, o‘spirinlik yoshining boshlanishida o‘quvchining o‘quv faoliyati
o‘zining yetakchilik mohiyatini yo‘qotadi. Shu bilan bir qatorda, u o‘quvchining asosiy
faoliyati sifatida namoyon bo‘ladi. U intellektual, ijodiy, rivojlanishning asosiy motivi
sifatida jarayon mazmuniga ta’sir ko‘rsatishda davom etadi. Shu bilan bir qatorda,
o‘quvchining umumiy rivojlanishida uning o‘rni va mohiyati muayyan tarzda o‘zgarib
turadi. Katta o‘spirinlik yoshi faoliyatning mustaqil shakllarini egallash davri
hisoblanadi. Bu davr intellektual rivojlanish, o‘quvchilarning bilish faolligi oshishi
hamda o‘quv-biluv mayllarining barqarorlashish davridir.
Aynan bu yosh o‘quvchilarda refleksiyalar rivojlanishining senzitiv bosqichidir.
Bu davrda o‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan qiziqish alohida namoyon
bo‘ladi, o‘z o‘quv faoliyatlarini takomillashtirish ehtiyoji tug‘iladi. Bu esa, ularning
mustaqil bilim olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi. Buning natijasida, o‘quvchi
muayyan o‘quv dasturidan tashqarida bo‘lgan bilimlarni egallashga harakat qila
boshlaydi.
Mazkur holatlar o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan kuchli motivatsiyasini
oshirish rivojlanish yosh davrlari xususiyatlari bilan bog‘liqligini ifodalaydi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
254
ISSN:3030-3613
1) o‘quvchilarda ta’lim olish mayllari umummadaniyatning o‘ziga xos jihatlari hamda
axborotlarning mavzu doirasidagi yo‘nalishlarining ikkiyoqlama xarakteri orqali
aniqlanadi. Bu o‘z navbatida birgalikdagi o‘quv faoliyati, mazkur faoliyat doirasida
fikrlar va bilimlarni o‘zaro almashinishga tayanadi;
2) o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan kuchli motivatsiyasining o‘ziga xos jihati
birinchi navbatda o‘quv jarayonidagi fikriy shakllanish, hayotiy maqsadlarni
ishlab chiqish, axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirish qadriyatli
yo‘nalishlarning shakllanishi asosida tashkil topadi;
3) ijtimoiy rivojlanish o‘quvchilarning o‘z fikrlari, xatti-harakatlari, ko‘nikmalarini
izchil tarzda namoyon qilishlarida o‘z ifodasini topadi;
4) o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan motivatsiyasi turli qadriyatlarning subyektiv
mohiyatini ta’minlab, idrok va ijtimoiy tajribaning faollashuvini amalga oshiradi.
Buning natijasida shaxs taraqqiyotida xulq-atvor va o‘ziga xos xususiyatlarning
barqarorlashuviga erishiladi;
5) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning motivatsiyasi maqsadlar, ehtiyojlarni qamrab olib
ular o‘quvchining butun hayoti davomida shakllanadi va rivojlanadi. Bunday holat
o‘quvchilarni bilimlar, bilish usullari, ularni o‘zlashtirish, o‘quv jarayoniga ongli
munosabatda bo‘lish, intilish, mustaqil faoliyat ko‘rsatish, xulosalar chiqarish,
bilimlarni tasniflash, savollar berish, materiallarni muhokama qilishga undaydi.
Bizning izlanishlarimiz doirasida o‘quvchilarning ta’lim olish motivatsiyalarini
shakllantirish bosqichlarini aniqlash alohida ahamiyatga эга.Бу jarayonda
o‘quvchilarda ta’lim olish motivatsiyasini shakllantirishning uchta o‘zaro aloqador,
tadrijiy asosda rivojlanib boruvchi bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular fikr,
nuqtayi nazar va ishonch. Ularning mazmunini ochish jarayonida biz mavjud nazariy
yondashuvlarga tayandik. O‘quvchilarda ta’lim olish motivatsiyasini oshirishda psixik
jarayonlarning ikkita o‘zaro qarama-qarshi qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular
bilimlar va munosabatlar, intellektual va affektiv qismlar.
ADABIYOTLAR
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
O‘RQ-637-son Qonuni. https://lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. // Harakatlar
strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. – T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. – 92 b.
3.
Abdullaeva SH.A. O‘spirinlarning tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish va
xulqdagi nuqsonlarni korreksiyalashning pedagogik asoslari: Ped. fan. dok. dis.
avtoref. – Toshkent, 2005. – 31 b.
4.
Inomova M.O. Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi. – Toshkent:
Maxpirat nomidagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi instituti, 1999. – 151 b.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
255
ISSN:3030-3613
5.
Ibragimov, D. A. Oila, mahalla va o‘quv muassasalarida yoshlar tarbiyasi / D. A.
Ibragimov. — Tekst : neposredstvennыy // Texnika. Texnologii. Injeneriya. —
2017.
