Mualliflar

  • Furqat Abdulloyev Olimdjonovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85172

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar Tijorat banki kreditlash kredit portfeli kredit portfeli dinamikasi kredit portfeli diversifikatsiyasi kredit siyosati muammoli kreditlar (NPL) biznes segmenti tadbirkorlik subyektlari davlat dasturi sun’iy intellekt dasturiy ta’minotlar kredit riski bozor tahlili kredit limitlari geografik diversifikatsiya sekuritizatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya Ushbu maqola mamlakat iqtisodiyotida tijorat banklarining o‘rni, shu jumladan, banklarning foydasini maksimallashtirish uchun bank amaliyotida asosiy foyda keltiruvchi operatsiyalardan biri sanalmish, kreditlash jarayonini tashkil etish, tijorat banklari kredit siyosati hamda uni takomillashtirish shart – sharoitlari, kredit portfelining dinamikasi va kredit portfelini diversifikatsiya qilish chora – tadbirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari mazkur maqolada, mamlakatimizda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining ushbu sohadagi iqtisodiy ko ‘rsatkichlari, kredit portfeli dinamikasi, tur va sanoat bo‘yicha kredit portfelining dinamikasi hamda stavkalar bo‘yicha kredit portfeli ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va keyingi yillar uchun maqsadlar hamda prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan Shu bilan birgalikda, tijorat banklari kredit siyosati samaradorligini oshirishda kredit portfelini diversifikatsiyalash jarayonini yanada takomillashtirish uchun bir qancha xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

259

ISSN:3030-3613

TIJORAT BANKLARI KREDIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI

OSHIRISHDA KREDIT PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING

O‘RNI

“Ipak Yo‘li” AITB «Umar» mintaqaviy filiali

“Xo‘ja Axror Vali” ekspress markaz boshlig‘i

Abdulloyev Furqat Olimdjonovich

E-mail:_____________________

Annotatsiya

Ushbu maqola mamlakat iqtisodiyotida tijorat banklarining o‘rni, shu jumladan,

banklarning foydasini maksimallashtirish uchun bank amaliyotida asosiy foyda
keltiruvchi operatsiyalardan biri sanalmish, kreditlash jarayonini tashkil etish, tijorat
banklari kredit siyosati hamda uni takomillashtirish shart – sharoitlari, kredit
portfelining dinamikasi va kredit portfelini diversifikatsiya qilish chora – tadbirlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari mazkur
maqolada, mamlakatimizda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Ipak
Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining ushbu sohadagi iqtisodiy ko
‘rsatkichlari, kredit portfeli dinamikasi, tur va sanoat bo‘yicha kredit portfelining
dinamikasi hamda stavkalar bo‘yicha kredit portfeli ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va
keyingi yillar uchun maqsadlar hamda prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan Shu
bilan birgalikda, tijorat banklari kredit siyosati samaradorligini oshirishda kredit
portfelini diversifikatsiyalash jarayonini yanada takomillashtirish uchun bir qancha
xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

Tijorat banki, kreditlash, kredit portfeli, kredit portfeli dinamikasi, kredit portfeli

diversifikatsiyasi, kredit siyosati, muammoli kreditlar (NPL), biznes segmenti,
tadbirkorlik subyektlari, davlat dasturi, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minotlar, kredit
riski, bozor tahlili, kredit limitlari, geografik diversifikatsiya, sekuritizatsiya.

Kirish

Mamlakat iqtisodiyotining asosiy dastaklaridan biri bu – bank tizimi

hisoblanadi. Tijorat banklari mamlakatlar ichida va tashqi iqtisodiy jarayonlarda ham
davlatlararo pul o‘tkazmalari, turli xil iqtisodiy bitimlar va shu kabi jarayonlarda
bevosita ishtirok etadilar. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida tijorat banklari
faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda bank resurslarini
to‘g‘ri tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
o‘rinda ta’kidlash joizki, tijorat banklarning depozit va kredit portfelini tashkil qilish,
boshqarish hamda uni diversifikatsiya qilish bank faoliyati samaradorligini oshirish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

260

ISSN:3030-3613

uchun muhim omillar hisoblanadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti keng rivojlangan
mamlakatlarda asosiy e’tiborni tortadigan jihat tijorat banklarining kredit siyosatiga,
ularning kredit portfeli va sifatiga hamda undan foydalanish darajasi bo‘lib
hisoblanadi. Zero, banklarda kredit portfelining to‘g‘ri tashkil qilinishi, shu jumladan,
diversifikatsiyasi banklar samarador faoliyat yuritayotganlaridan dalolat beradi.[1]

Aslini olib qaraganda, tijorat

banklari faoliyat yuritishi zamirida yotadigan asosiy maqsad bu maksimal darajada
foyda ko‘rishdir. Bu uchun ular mijozlarga turli xil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish,
ularning nomidan xohish va buyruqlariga asosan mol – mulklarni boshqarish, ular
o‘rtasida to‘lov, hisob – kitob amaliyotlarida vositachilik qilish, kafolatlar berish, shu
jamladan, turli biznes segmentlarida faoliyat yuritayotgan subyektlarni tadbirkorlik
faoliyatlarini rivojlantirish uchun kreditlash hamda shu kabi bir qancha moliyaviy
xizmatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasida bank tizimi tobora jadal rivojlanib bormoqda.

Tijorat banklari faoliyatida asosiy foyda keltiruvchi jarayon bu – kreditlash jarayoni
hisoblanadi. Demak kredit siyosati, kredit portfeli diversifikatsiyasi hamda
dinamikasiga ham e’tiborni qaratib, ularni samarali boshqargan holatda banklar yuqori
darajada foyda ko‘rishni rejalashtirish hamda prognoz qilish mumkin.

Mavzuga doir adabiyotlar sharhi

“Bank ishi” darsligining muallifi Sh. Z. Abdullayevaning so‘zlariga ko‘ra, tijorat

banklari faoliyatining barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda bank
resurslarini to‘g‘ri tashkil qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tijorat banklarning depozit va kredit portfelini
tashkil qilish, boshqarish hamda uni diversifikatsiya qilish bank faoliyati
samaradorligini oshirish uchun muhim omillar hisoblanadi.

Kredit portfeli – bu ma’lum bir sanadagi faol kredit operatsiyalari bo‘yicha

asosiy qarzlarning qoldiqlari to‘plami, deydi Lavrushin O.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev qaroriga asosan

mamlakatimizda 2024-yildan kichik biznes uchun har bir tadbirkorga 1,5 mlrd
so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilish shart – sharoitlarini hamda chora – tadbirlarini
ishlab chiqish g‘oyasi ilgari surilgan.

“Ipak

Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki foydasi 2024 –yil II chorak yakuniga
ko‘ra 60% ga o‘sdi – Muxbir Hafiza Muxtorova.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni bank tizimida

transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish
o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati O‘zbekistonda yillik kredit ajratish
hajmi 2 baravarga ko‘paydi deb xabar berdi.

Tadqiqot metodologiyasi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

261

ISSN:3030-3613

Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, induktiv, deduktik,

mantiqiy, monitoring, ekspert-baholash va boshqa tahlil usullaridan foydalanildi.
O‘rganilgan adabiyotlar natijasida mavzu to‘liq yoritib berildi. Xorijiy mamlakatlar
bilan hamkorlikda olib borilayotgan islohotlar ko‘rib chiqildi. Jadvallarda tegishlicha
shakllantirildi va solishtirildi.[2]

Tahlil va natijalar

Tijorat banklari kredit siyosati samaradorligini oshirishda kredit portfelini

diversifikatsiyalashning o‘rni to‘g‘risida so‘z borar ekan, eng avvalo kredit siyosati
hamda kredit portfeli tushunchalarining iqtisodiy mohiyati haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Bankning kredit siyosati

bu kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi

tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar
va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini
samarali boshqarishga doir ko‘rsatmalar bilan taminlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib
aytganda, kredit siyosati bank kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar qabul
qilish imkonini beruvchi qoida va cheklanishlar majmui hisoblanadi. [3]

Bank kredit portfelining tarkibi bankning kredit siyosatini yaqqol namoyon

qiladi. Agar bankning kredit portfelida noaniqliklar mavjud bo‘lsa, bank rahbari bu
kredit portfelini qayta ko‘rib chiqishi yoki umuman man yetishi mumkin. Tijorat
banklarining kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.

Har bir bank o‘z kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalda joriy yetadi. Bu

siyosatni ishlab chiqish va ijro yetish yuzasidan javobgarlik bank kengashi va
boshqaruvi azolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi.

Kredit portfeli

– bu ma’lum bir sanadagi faol kredit operatsiyalari bo‘yicha

asosiy qarzlarning qoldiqlari to‘plami. Mijozning kredit portfeli uning tarkibiy qismi
bo‘lib, ma’lum bir sanada bankning jismoniy va yuridik shaxslar bilan kredit
operatsiyalari bo‘yicha qarz qoldig‘idir.[4]

Bank faoliyatining an’anaviy turlari orasida kreditlar berish ularning rentabelligi

va barqarorligini ta’minlaydigan asosiy operatsiyadir. Jismoniy va yuridik shaxslarga
kreditlar berish orqali bank o‘z kredit portfelini shakllantiradi.

Kredit portfelining turli xil tasniflari mavjud, ular orasida portfelni yalpi (bank

tomonidan ma’lum bir vaqtda berilgan kreditlarning umumiy hajmi) va sof (yalpi
portfel, kreditlar bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar uchun zaxiralar miqdorini olib
tashlagan holda) bo‘lish mumkin.

Bank tomonidan qabul qilingan boshqaruv tizimi mijozning kredit portfelining

haqiqiy holatiga ta’sir qiladi. Kredit portfelini boshqarish – bu kredit xavfini oldini
olish yoki minimallashtirishga qaratilgan kredit berish jarayonini amalga oshirishda
bank faoliyatini tashkil etishdir. Kredit portfelini boshqarishda tijorat banklarining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

262

ISSN:3030-3613

pirovard maqsadlari, birinchidan, faol operatsiyalardan maksimal foyda olish,
ikkinchidan, bankning ishonchli va xavfsiz faoliyatini ta’minlashdir.

Kredit portfelini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi vakolatlarni farqlash

printsipiga asoslanadi, ya’ni, kredit berish bo‘yicha turli darajadagi rahbarlarning
vakolatlarini aniq taqsimlash, kredit hajmi, xavf darajasi va boshqa xususiyatlarga
qarab kredit bitimi shartlarini o‘zgartirish. Kredit portfelini boshqarish choralari
tizimida kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish muhim rol o‘ynaydi. Kredit
siyosatining strategiyasi va taktikasi Markaziy idorada (bankning bosh ofisida)
kreditlash departamenti tomonidan bankning kredit qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab
chiqiladi. Kredit qo‘mitasi har bir bankda tuziladi va odatda bankning kredit faoliyatini
nazorat qiluvchi boshqaruv raisi o‘rinbosari tomonidan boshqariladi. Qo‘mitaning
tarkibi va vakolatlari bank boshqaruvi va boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Kredit siyosatida umumiy maqsad shakllantiriladi va unga erishish yo‘llari belgilanadi:
kredit investitsiyalarining ustuvor yo‘nalishlari, bank uchun maqbul va qabul
qilinmaydigan faol operatsiyalar turlari, qarz oluvchilarning afzal doirasi va boshqalar.

Endi esa yuqorida keltirib o‘tilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekiston

Respublikasida uzoq yillar mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan banklardan biri,
“Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining kredit portfelini tahlil qilamiz.
Bank o‘ziga marketing amaliyoti orqali qancha ko‘p mijozlarni jalb qilsa, ya’ni
aholining pulga ehtiyojmand qismini kredit mablag‘lari bilan qancha ko‘p ta’minlasa,
shuncha ko‘p miqdorda daromad manbayiga ega bo‘ladi.

Zero umumjahon bank tizimining asosiy daromad manbayi bo‘lib kreditlash

amaliyoti tan olinadi. Endi esa, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan
jami banklar tarkibida xususiy banklarning kreditlash hisobiga aktivlarining o‘sishi
to‘risida ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz:


Kreditlash hisobiga xususiy bankalarda
ikki yil davomida aktivlarining uyuqori
o‘sish surati kuzatilmoqda. Kreditlashning
jadal

o‘sishi

xususiy

banklarning

“Kreditlar/depozitlar”

ko‘rsatkichining

80% dan 117% ga oshishiga ta’sir
ko‘rsatdi.

1 – rasm. Kredit portfeli dinamikasi. [5]

Yuqorida keltirilgan diagrammadadan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston

Respublikasida faoliyat yuritib kelayotgan jami banklarda 2021 – yili kredit portfeli –
326 trln UZS, xususiy bankalrda esa – 2 trln UZS ni tashkil etgan. 2022 – yili jami
banklarda kredit portfeli 20 % ga oshib 390 trln UZS, xususiy bankalrda esa ushbu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

263

ISSN:3030-3613

ko‘rsatkich 65 trln UZS, ya’ni 55% ga o‘sish surati qayd etildi. 2023 – yilga kelib esa
mamlakatdagi jami banklarda kredit porteli hajmi 21 % ga o‘sib 471 trln UZS va
xususiy banklarda esa ushbu ko‘rsatkich 112 % ga oshib 138 trln UZS ni qayd
etayotganini ko‘rishimiz mumkin.

2 – rasm.

Kredit portfelining kredit turlari bo‘yicha tasnifi. [6]

Yuqorida keltirilgan diagrammaga ko‘ra, “Ipak Yo‘li” AITB 2021 – yilga ko‘ra,

119,838 mln UZS va shbu ko‘rsatkich 2023 – yilda 8,96 % ga kamayib, 109,100 mln
UZS ni, Avtokredit 2021 – yili 425,224 mln UZS va ushbu ko‘rsatkich 2023 – yilga
kelib 260 % ga ortib 1.530.676 mln UZS, Mikroqarzlar 2021 – yilga ko‘ra 500.642 mln
UZS va ushbu ko‘rsatkich 25 % ga ortib 624.026 mln UZS miqdorni, onlayn kreditlar
2021 – yili 58.642 mln UZS va 2023 – yili 246 % ga o‘sib 202.817 mln UZS va boshqa
turdagi kreditlar esa 2021 – yil 2.005 mln UZS va ushbu ko‘rsatkich 8.4 barobarga
oshib 2023 – yilga kelib 18.896 mln UZS ni tashkil etdi.

Keyingi yillar uchun “Ipak Yo‘li” AITB quyidagi natijalarga erishishni o‘z

oldiga maqsad qilib qo‘ygan:

Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini

3.000.000

ga oshirish;

Kichik va mikromoliyalashtirish ulushini

40%

gacha va kredit portfelida

chakana kreditlar ulushini

20%

gacha oshirish;

Faol xalqaro kartalar sonini 2,5 barobarga oshirish rejalashtirilgan. Bundan

tashqari, “Ipak Yo‘li” banki foydasi II chorak holatidagi ma’lumotlarga ko‘ra 60% ga
oshdi. “Ipak Yo‘li” banki 2024-yil II choragida 445,9 mlrd so‘m sof foyda oldi. Bu
haqda bankning veb-saytida ma’lum qilindi. Unga ko‘ram ushbu sof foyda o‘tgan yilgi
mos davrga nisbatan 60,2% ga ko‘p hisoblanadi. Bankning umumiy daromadi esa 2,7


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

264

ISSN:3030-3613

trln so‘mni tashkil etib, 91,6% ga oshgan. “Ipak Yo‘li” banki kredit portfeli 13 trln
so‘mni (1-iyul holatiga ko‘ra) tashkil qildi. Bankning muammoli kreditlar (NPL) ulushi
2,8% dan 1,4% ga tushgan.

O‘zbekiston Respublikasida kreditlash jarayonini

hamda kredit portfeli diversifkatsiyasini yanada takomillashtirish uchun mamlakatimiz
Prezidentining qarori ishlab chiqildi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda 2024-yildan kichik
biznes uchun har bir tadbirkorga 1,5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratilishi
ko‘zda tutilgan. Prezident qarori bilan O‘zbekistonda Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-
quvvatlash kompleks dasturi amalga oshiriladi. Hujjatda tadbirkorlarni moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash tartiblari aks etgan.

Qarorga binoan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni

rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr
bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
ajratiladi.

Kichik biznes uchun 1,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi.

Xususan, 100 million so‘mgacha garovsiz kreditlar 24 oygacha imtiyozli davr

bilan 84 oygacha ajratiladi. 150 million so‘mgacha garov talabi pasaytirilgan revolver
kreditlar ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 36 oygacha
beriladi. Shu bilan birga, 1 milliard so‘mgacha kreditlar asosiy vositalarni sotib olish
uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi. 1,5 milliard so‘mgacha
kreditlar asosiy vositalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84
oygacha beriladi. 1,5 milliard so‘mgacha lizing xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida
asbob-uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24
oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.

1,5 milliard so‘mgacha

foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish yo‘nalishida
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24
oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.

Bundan

tashqari

2

milliard so‘mgacha grant mablag‘lari tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi
bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik
tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi. Bunda mablag‘lar innovatsion ishlanmalarni
tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida
ajratib boriladi. Qarorda belgilanganki, Biznesni rivojlantirish bankining ustav kapitali
2023-yil 1-oktyabrdan 2024-yil yakunigacha bosqichma-bosqich 3 trillion so‘mga
yetkaziladi. Bugungi kunda bank ustav kapitali 1,86 trillion so‘mni tashkil etadi.[7]

Xulosa va takliflar

Tijorat bankining kredit portfelini takomillashtirish kompleks yondashuvni talab

qiladi. Buning uchun, muammoli aktivlarni aniqlash va kreditni qaytarilmaslik xavfini
kamaytirish uchun joriy kreditlarni muntazam ravishda tahlil qilish, bitta yo‘nalishga
qaramlikni kamaytirish uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlari va qarz oluvchilar turlari
orqali kredit portfelini kengaytirish, qarz oluvchilarni baholash tartib-qoidalarini
optimallashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun zamonaviy


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

265

ISSN:3030-3613

texnologiyalarni joriy etish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash uchun qarz
oluvchilarning moliyaviy holatini monitoring qilish tizimini yanada jadallashtirish,
muddati o‘tgan qarzlarni samarali boshqarish, shu jumladan qarzlarni qaytarilishini
monitoring qilish, bozor tendensiyalarini doimiy ravishda kuzatib borish va kredit
siyosatini iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga moslashtirish, risklarni minimallashtirish
uchun oqilona limitlar va kredit shartlarini belgilash, qarz oluvchilarning kreditga
layoqatini aniqroq baholash uchun sun’iy intellekt va dasturiy ta’minotlardan samarali
foydalanish, mahalliy iqtisodiy tebranishlar ta’sirini minimallashtirish uchun yangi
filiallarni ochish yoki turli mintaqalardan qarz oluvchilar bilan ishlash, an’anaviy
tarmoqlarga qaramlikni kamaytirish uchun ilgari qamrab olinmagan yangi sektorlarda
(masalan, qishloq xo‘jaligi, texnologiya, startaplar) kredit berishni boshlash kabi
chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak. Ushbu chora tadbirlar nafaqat kredit
portfelining sifatini yaxshilashga, balki bankning umumiy moliyaviy barqarorligini
oshirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar tahlili

1.

Sh. Z. Abdullayeva “Bank ishi” darslik // “Tijorat banklarining kredit portfeli va
uning sifat tahlili”, T.: 2017 (390 – bet);

2.

Z. O. Bahodirov, G‘. A. Safarov // 2022 – yil noyabr (vol 2) “Mamlakat iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlashda investitsiyalarning ahamiyati” nomli maqolasi;

3.

https://sorbon.ru/cr/kredit-siyosaty/ - Kredit siyosatining mohiyati;

4.

Лаврушин О. И. Банковское дело. — М.: КноРус, 2008. — 768 с. — ISBN
978-5-390-00091-5;

5.

Рынок и среда функирования (Кредиты) AИКB “Ипак Йўли” // Годовой
отчет (акционерам и инвесторам) АИКБ Ипак Йули за 2023г. By Ipak Yuli
– Flipsnack (48-стр);

https://www.flipsnack.com/CD5DE6BBDC9/2023/full-

view.html

.

6.

Рынок и среда функирования (Типы кредитов) AИКB “Ипак Йўли” //
Годовой отчет (акционерам и инвесторам) АИКБ Ипак Йули за 2023г. By
Ipak Yuli – Flipsnack (53-стр);

https://www.flipsnack.com/CD5DE6BBDC9/2023/full-view.html

.

7.

“O‘zbekistonda 2024-yildan kichik biznes uchun har bir tadbirkorga 1,5 mlrd
so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi”

https://daryo.uz/2023/11/13/ozbekistonda-2024-yildan-kichik-biznes-uchun-
15-mlrd-somgacha-imtiyozli-kreditlar-beriladiprezident-qarori

.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar tahlili

Sh. Z. Abdullayeva “Bank ishi” darslik // “Tijorat banklarining kredit portfeli va

uning sifat tahlili”, T.: 2017 (390 – bet);

Z. O. Bahodirov, G‘. A. Safarov // 2022 – yil noyabr (vol 2) “Mamlakat iqtisodiy

xavfsizligini ta’minlashda investitsiyalarning ahamiyati” nomli maqolasi;

https://sorbon.ru/cr/kredit-siyosaty/ - Kredit siyosatining mohiyati;

Лаврушин О. И. Банковское дело. — М.: КноРус, 2008. — 768 с. — ISBN

-5-390-00091-5;

Рынок и среда функирования (Кредиты) AИКB “Ипак Йўли” // Годовой

отчет (акционерам и инвесторам) АИКБ Ипак Йули за 2023г. By Ipak Yuli

view.html.

Рынок и среда функирования (Типы кредитов) AИКB “Ипак Йўли” //

Годовой отчет (акционерам и инвесторам) АИКБ Ипак Йули за 2023г. By

Ipak Yuli – Flipsnack (53-стр);

“O‘zbekistonda 2024-yildan kichik biznes uchun har bir tadbirkorga 1,5 mlrd

so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi”

-mlrd-somgacha-imtiyozli-kreditlar-beriladiprezident-qarori.