07-05-2025
274-278
32
24
MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ZAMONAVIY BOSQICHLARI
Annatatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik
yillarida qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlisning shakllanishi, rivojlanish
bosqichlari hamda bugungi kundagi faoliyati chuqur tahlil etiladi. Unda qonun
chiqaruvchi hokimiyatning mustaqil institut sifatida belgilanishi, ikki palatali
parlament tizimiga o‘tish jarayoni, parlament faoliyatining huquqiy asoslari, islohotlar
bilan uyg‘un ravishda takomillashuvi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy bosqichda
parlamentning normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi roli, xalq bilan muloqot
mexanizmlarining rivojlanishi va parlament nazoratining kuchayishi kabi muhim
jihatlar ochib beriladi. Ishda qonun chiqaruvchi hokimiyatning demokratik jamiyat
qurilishidagi o‘rni va istiqbollari ham tahlil qilinadi.