T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
295
ISSN:3030-3613
O‘SPIRINLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA
ULARNI KASBGA YOʻNALTIRISH MASALALARI
Homidjonova Sevaraxon Baxronzoda
Farg’ona viloyati So'x tumani 7-sonli maktab psixologi
Annotatsiya
Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari
borasida, ilk o`spirinlar aql-idroq tafakkurining rivojlanishi, va kasb tanlash haqida
atroflicha ma`lumotlar berib o`tiladi.
Kalit soʼzlar:
o`spirinlik, o`spirinlik davrida tafakkurning rivojlanishi, aql-
zakovat, axloqiy hislatlar jamoatchilik, o`spirinlik davrida kasb tanlash
.
KIRISH
Kasbiy shakllanish inqirozlarini ko‘rib chiqishdan oldin shaxsga doir turli
inqirozlarni tahlil etamiz. Psixologiyada bolalik inqirozlari chuqur o‘rganilgan. Odatda
hayotning birinchi yilidagi inqiroz 3 yoshdagi, 6-7 yoshdagi va 10-12 yoshdagi
o‘smirlik inqirozlariga ajratiladi. Inqirozlar davomiyligi, shakli va ta’sir kuchi bolaning
individual-psixologik xususiyatlaridan ko‘ra ijtimoiy sharoitlari, oilada tarbiya va
pedagogik tizim xususiyatlariga ko‘ra inqirozlar sezilarli darajada farqlanadi. Bolalik
inqirozlari bolalarning yangi yosh pog‘onaga o‘tish davrida paydo bo‘ladi va atrofidagi
odamlar bilan o‘zaro munosabatlar shakli shuningdek, jismoniy va psixologik
imkoniyatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Negativlik, qaysarlik, erkalik yuqori darajadagi
ziddiyatlilik holati bolalarning inqiroz davridagi xulqiy reaksiyalaridir.
Ilk
o`spirining psixik rivojlanishini harakatga keltruvchi
kuch jamoat
tashkilotlari, maktab jamoasi, ta`lim jamoasiga qo`yadigan talablar darajasining
oshishi bilan u erishgan psixik komolat o`rtasidagi ziddiyatlardir, turli qarama-
qarshiliklar,ziddiyatlar ahloqiy aqliy, estetik jihatdan tez o`sishi orqali bartaraf
qilinadi. Ilk o`spirinlik ongidagi yetakchi omil yuqori sinf o`quvchilarning
faoliyatining xususiyati mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir, o`spirin yoshidagi
o`quvchilarning oldiga qo`ygan maqsadlardan biri bu ularning kelajakda qaysi kasbni
egallashi kelajakda kim bo`lsam ekan degan savollar ularni qiynaydi, bu borada ularga
kasb tanlashda
,
Resbuplikamizda amalga oshirlayotgan tub islohatlarning yaratuvchisi sifatida
shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida
bilim olishlari, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o`rganishi va
kundalik turmush yumishlarini hal etishga tayyorlab borish masalasi asosiy
muammolar tariqasida ta`lim jarayoning asosiy vazifalardan biri sifatida bo`lib
kelmoqda, kasbga yo`naltrish ijtimoiy balki psixologik muammo hamdir bugungi
kunda kasb tanlash turli xil nazarlar asosida qarash mumkin bo`lgan jarayondir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
296
ISSN:3030-3613
Endigina o`sib kelayotgan yosh o`spirin o`quvchilar kasbga qanday
yondashadilar, bu muammo ko`pchilikni qiziqtiradilar turmush natijasidan ma`lumki
ilk o`spirinlik yoshidagi o`g`il qizlar hayotga mustaqil qadam tashlash to`g`risida aniq
asosli fikr yuritishga qiynaladilar shu sababli kasb tanlash to`g`risida oqilona to`g`ri
yo`lni bilmay tavakkaliga ish tutadilar o`zlarining imkoniyatlarini hisobga olib to`g`ri
yo`l tutishga qiynaladilar, natijada noxush kechinmalar umidsizlik, ijtimoiy sustlik
holatlari vijudga keladilar yuqori sinf o`quvchilarning bazilari kasb tanlashda yoqqol
ko`zga tashlanib turgan namunalarga taqlid qiladilar va o`zlarda biror bir maqsadga
yo`nalganlik g`oyalari mavjud emas atrofdagi hatti harakatlarning xuddi shunday tasiri
ularda biror bir kasbni tanlab shu borada o`quv faoliyatini amalga oshirayotgan
davrida o`zi tanlagan kasbga nisbatan ikkilanishlar umidsizliklarning kelib chiqishiga
olib keladilar, shuning uchun ham yoshlarni kasb tanlashda pedagoglarning va ota
onalarning qobilyati loyaqatiga qarab ularning individual xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda kasbga yo`naltirsa o`spirin yoshlar kelajakda o`z kasbini sevib o`z
ustida ishlab yangi yangi bilimlarni egallab boradilar, bugungi fan texnika ijtimoiy
taraqqiyot davrida yoshlarni jamiyatni barpo etishda ishtrokini taminlash bugungi kun
maktabi har qachongidan ham muhim vazifadir.
Bugungi kunda kasb tanlash har xil nuqtayi nazardan qarash mumkin bo`lgan
ko`p o`lchovli va ko`p darajali jarayondir, birinchidan jamiyat shakillanayotgan shaxs
oldiga qo`ygan vazifalari ularni shaxs ma`lum vaqt davomida ketma ket hal qilishlari
zarur ikkinchidan individ o`z qiziqishlari layoqatini qaror qabul qilish jarayoni sifatida
namayon bo`ladi. Uchinchidan, hayotning individual uslubini shakillantrish qaror
qabul qilish jarayoni sifatida namoyon bo`ladi. Uchinchidan xayotning individual
uslibini shakillantrish jarayoni sifatida, kasbiy faoliyat uning bir qismi sifatida
namoyon bo`ladi bu uchta nuqtai nazar bir birini to`ldiradigan ishning har xil
tomonlaridir. Yosh davrlar psixologiyasida kasb tanlash bir necha bosqichdan iborat.
Birinchi bosqich – bolalar o`yinlari bo`lib unda bola o`ziga har xil kasbiy
rollarni qabul qiladi va shu bilan bog`liq xulq atvorning aloxida elementlarni o`ynaydi.
Ikkinchi bosqich – o`smirlik xayoli bo`lib o`smir orzularida o`zini, u yoki bu
kasbning namoyondasi sifatida ko`radi.
Uchinchi bosqich – ilk o`spirinlik davrini qamrab oladi, va uning dastlabki kasb
tanlashidir har xil faoliyat turlari har xil faoliyat turlari o`smirning qiziqishlari
tomnidan saralanadi va baxolanadi.
Kasb dunyosi va har bir kasbga qo`yiladigan talablardan habardorlik o`z
qobiliyatlari va qiziqishlarni bilishi u ma`lumot ham bu ma`lumot ham o`spirinlarga
yetishmaydi.
Ilk o`sprinlarning amalga oshirishi va kasb tanlashi ijtimoiy sharoitlarga ayniqsa
ota onaning ta`lim darajasi qanchalik yuqori bo`lsa farzandlarning oliy o`quv yurtida
o`qishni davom ettrishi bu rejalarni amalga oshirish ehtimoli shunchalik yuqoridir.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
297
ISSN:3030-3613
Tafakkur boshqa psixik jarayonlardan ajralgan xolda rivojlanishi mutloqa mumkin
emas shuning uchun tafakkur rivojlanishi bilan birga o`quvchining nutq faoliyati ham
o`sadi. Bu esa o`quvchida o`z fikrini to`g`ri aniq ifodalash malakasini tarkib topdiradi,
va nutqning tuzilishini takomillashtiradi, va lug`at boyligini yanada oshiradi. Ilk
o`spirin adabiy asarlarni o`qish va tushinish orqali mustaqil fikrlashga, muloxaza
yuritishga va munozaraga o`rgana boradi, nutqning tuzilishini takomillashtiradi va
lug`at boyligini yanada oshiradi. O`spirin adabiy asarlarni o`qish tushinish orqali
mustaqil fikrlashga muloxaza yuritish va munozaraga o`rganib boradi.
XULOSA
Katta yoshdagi o`quvchining aqlining tanqidiyligida og`machilikka moyillik
kuchli bo`ladi og`machilikning eng asosiy sabablardan biri-voqealikning mohiyatini
ilmiy jihatdan to`g`ri tushinaolmaslikdir. Aqlning va tafakkurning tanqidiyligini
tarbiyalashda o`qituvchi o`quvhining o`ziga xos tipologik xususiyatiga aqliy kamolat
darajasiga, bilimlar saviyasiga muloxaza doirasining kengligiga, nutq qobiliyatiga
,shaxsiy nuqtai nazariga, o`qishga nisbatan munosabatiga qiziqishining xususiyatiga
va darajasiga, aqiliy faoliyat operatsiyalarni qanchalik bo`lishiga mavjud o`qish
ko`nikmasi va malakalariga aloxida etibor berish lozim.
Aql tanqidiyligining rivojlanishi yuqori sinf o`quvchilari moddiy dunyoni, atrof
muxidni o`rganishga,o`quv materiallarni puxta o`zlashtirishiga ta`lim jarayonida
tashabuskorlikka faollikka davat etadi. Ilk o`spirinlik taffakurning sifatini uning
mazmundorligi, chuqurligi kengligi mustaqilligi, samaradorligi tezligi tashkil qiladi.
Tafakkurning mazmundorligi deganda, o`spirin ongida tevarak atrofdagi voqealik
bo`yicha mulohazalar, tushunchalar qanchalik joy olganligi nazarda tutiladi,
tafakkurning chuqurligi deganda moddiy , moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning
asosiy qonunlari va xossalari, sifatlari o`zora bog`lanishi va munasabatlar o`spirinning
fikrlashida to`liq aks ettrish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
V. M. Karimovaning psixologiya fanlar doktori, professor “ oila psixologiyasi 2010
2.
E. G`. G`oziyevning “ psixologiya”, O`qituvchi nashriyot – matbaa ijodiy uyi
Toshkent 2013
3.
Yosh va pedogogik psixologiyadan praktikum. T. 1991
4.
Asomova R. Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi 2002. -137 b.
5.
www.pedogog.uz
6.
www.ziyonet.uz
