Mualliflar

  • Navbahor Axmedova Najmiddinovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85183

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: emotsiya psixik dinamik streotip I.V.Pavlov I.F. Gerbart U.Djeyms.

Annotasiya

Annotatsiya: Yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

302

ISSN:3030-3613

HISSIYOT VA EMOTSIYALARNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Axmedova Navbahor Najmiddinovna

Samarqand viloyati Pastdarg'om

tumani 3-maktab psixologi

Annotatsiya:

Yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda

ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb
atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va
boshqalar emotsiyaning ifodasidir.

Kalit so’zlar:

emotsiya, psixik, dinamik streotip, I.V.Pavlov, I.F. Gerbart,

U.Djeyms.

KIRISH.

Emotsiya haqida mulohazalarni tahlil qilishdan oldin insonlarda uchraydigan

vatanparvarlik, javobgarlik, ma‘suliyat, vijdon mehr-oqibat, sevgi-muhabbat singari
yuksak hislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g‘ayritabiiy hodisa hisoblanar edi. Ushbu
hissiy kechinmalar o‘zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta‘sirchanligi,
yo‘nalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay. Ularni emotsiya
sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo‘lar edi. Shu boisdan ularning
o‘zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya)
individual, xususiy ahamiyat kasb etadi. Ta‘kidlab o‘tilgan mulohazalarga qaramasdan,
hissiyot bilan emotsiyaning o‘zaro bir – biridan qat‘iy cheklab qo‘yish ham ba‘zi
anglashilmovchilikni keltirib chiqarishi mumkin. Faoliyat, hulq-atvor, muomala
sub‘ekti o‘zining shaxsi hamda jamiyati uchun ahamiyatli hisoblangan narsalar va
hodisalarni aks ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi. Shaxsning
individual hayoti va faoliyatiga aloqador omillar, qo‘zg‘ovchilar, turtkilarni
ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar
(ovqatlanish, jinsiy, himoyalanish, qo‘rqish va boshqalar) bilan bog‘liq sodda hissiy
holatlar emotsiyalar deyiladi. Emotsiyalar afaqat insonlarga, balki jonli rivojlangan
mavjudotlarga ham taa‘luqli ruhiy (psixik) holatlar. Hayvonlardagi emotsiyalar
o‘zgarishi murakkab bo‘lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuzilishga
egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o‘zlarining mohiyati , tuzilishi, ta‘sirchanligi,
jadalligi, sifati va shakli bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o‘tish sanalmish
hazrati insongagina xos, xolos, chunki empatik hamdardlik histuyg‘ular shaxsning
mukammallik bosqichiga ko‘tarilishiga kafolat negizidir.

Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech

vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

303

ISSN:3030-3613

faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi shaxsning
ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini; qondirishga yordam beradigan yoki
qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi; uni harakat qildiruvchi
bilimga intiltiruvchi munosabatlardir.


Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu

narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi,
boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi
yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma
narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks
ettiriladi.Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan,
o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar,
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari
g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz,
dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.


Emotsiya shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan,

uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz
kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga
nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi
barcha jabhalarni qamrab oladi.


Hissiyotlar o‘zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari,

qiziqishlari va intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, odamning organik
ehtiyojlarini qondirishi bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar odamda rohatlanish,
qanoatlanish tuyg‘usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik
odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab
bo‘ladi.

Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan paytda uning qon

aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari ichki sekretsiya bezlari ham
qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda
terlab ketadi, tomog‘iga nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq
qo‘rqish paytida yuragi orqaga tortib ketdi, sovuq ter bosib ketdi kabi iboralarning
ishlatilishi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining ishtirok etishidan dalolat
beradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

304

ISSN:3030-3613

Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti qismlarining oralig‘i

bilan ham bog‘liqdir. Masalan, ko‘rish tepaligi deb ataluvchi qism ayrim hislarni
ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning markazi hisoblanadi. Odamda uchraydigan
yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining nerv-fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak
(chunonchi intellektual, ahloqiy, estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik
I.P.Pavlovning dinamik streotip haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu
haqda akademik I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi: Menimcha, ko‘pincha odatdagi
turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta mashg‘ulot yaqin
kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning
fiziologik asosi xuddi eski dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi
dinamik streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak. Ayrim
murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning yotishi yaqqol ko‘rinadi.
Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki
biron mashhur rassomning ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik
hissiyot hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil qiladigan
bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda yoqadigan kuy boshqa
millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda ajablanishga hech qanday o‘rin yo‘q. Biz
yoshlikdan boshlab mazkur kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida
ana shu kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik
streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi, ayrimlari esa
yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, qadimgi klassik asarlar
ularning ishlanish uslubi realligi bizni hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha,
hozirgi rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni
tug‘diradi. Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim
murakkab hisni tashkil qiladi.


Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan ichki a’zo

faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali idora qilinadi. Chunki
akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun a’zoyi badanida bo‘ladigan har
qanday hodisalarning hammasini bosh miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi.
Ana shu jihatdan olganda hissiyotning nerv-fiziologik asosi bosh miya po‘sti bilan
bog‘liq.


Uzoq vaqt davomida psixologlar hissiyotlar tabiati haqidagi masalani echishga

uringanlar. XVIII-XIX asrlarda ushbu muammo bo‘yicha hech qaday nuqtai nazarlar
mavjud emas edi. Keng tarqalgan qarashlardan hissiyotlarning organik ifodalanishlari
– bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalil asosida paydo bo‘lgan
intellektuallashtirish nuqtai nazaridir. Tasavvur fundamental psixologik dalil bo‘lib
hisoblanadi, bizning hislarimiz esa turli tasavvurlar o‘rtasida o‘rnatiladigan aloqalarga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

305

ISSN:3030-3613

mos keladi, va tasavvurlar o‘rtasidagi nizolika nisbatan ta’sirlanish sifatida ko‘rib
chiqiladi, deb hisoblagan I.F. Gerbart, bu nazariyaning aniq ifodasini keltirdi. V. Vundt
ham bu nazariyaning tarafdori edi. Shunday qilib, hissiyotlarni tadqiq qilishda ular
haqidagi sub’ektiv, ya’ni, hissiyotlarning psixik tabiati haqidagi fikrlar o‘z tasdig‘ini
topdi, unga muvofiq psixik jarayonlar ma’lum organik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi asarini chop etdi. Uning

fikriga ko‘ra, hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar mavjud. O‘z fikrini
u hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan
kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Ushbu kuzatishlardan olingan ma’lumotlar
evolyusion nomini olgan hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga asosan,
hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan
organizmning yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni ta’minlovchi
moslashish mexanizmlari sifatida yuzaga keldi.


Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi 1884 yilda u. Djemsning hissiyot nima?

maqolasining chop etilishidan boshlanadi. U. Djeyms va undan mustaqil ravishda g.
Lange hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan, hissiyotlarning paydo
bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan hissiyotlar, emotsional
kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha, yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz;
qaltiraganimiz uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand bo‘lamiz. Bu hissiy xabar
miyaga ta’sir ko‘rsatib, ma’lum xulq-atvorni o‘t oldiradi, teskari somatosensor va
visserosensor afferentatsiya esa hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.


Xulosa.

Inson hissiyotli kechinmalarida ikkinchi signal tizimi katta ahamiyatga ega,

chunki kechinmalar tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda so‘zlar, fikrlar
orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha
qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga keltirishi mumkin. Hozirda
ikkinchi signal tizimi intellektual, axloqiy, estetik yuksak insoniy hissiyotlarning
fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.


Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan

yagona nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar
hozirda ham o‘tkazilib kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy material
hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli
psixik hodisalar, shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson qadriyatlari tizimi
tuzilmasining xususiyatlari va boshqalar kabi sub’ektiv omillar hisoblanadi. Ikkinchi
tomondan, hissiyotlar individning fiziologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

306

ISSN:3030-3613

ma’lum seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, bu esa inson moslashishi va
hulq-atvorining boshqarish mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson
kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi uning emotsional hayotini va
emotsionallik kabi individual sifatni tashkil etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.

2.

Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.

3.

Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.

4.

Internet materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy xolatlarning nerv-fiziologik asoslari.

Psixik holat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.

Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.

Internet materiallari