Mualliflar

  • Qodirov Sayilxon Shokir o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.93067

Kalit so‘zlar:

Kallit so’zlar: Sanoat yoqilg’i sanoati elektr-energetika qora metallurgiya mashinasozlik kimyo va neftni qayta ishlash sanoati.

Annotasiya

Annotatsiya:      mazkur  maqolada  sanoat  ishlab  chiqarish  tarmoqlar  Ushbu 
tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular 
o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini  samarali  tashkil  etish  orqali 
iqtisodiy  o‘sishni  ta'minlaydi.  Sanoat  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  energiya,  kimyo, 
og‘ir va engil sanoat, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. 
Ushbu tarmoqlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish va 
xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

79

ISSN:3030-3613

SANOAT ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARI

Qodirov Sayilxon Shokir o’g’li

Buxoro Davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim

asoslari ta‘lim yo‘nalishi 1GIQ-22 guruh talabasi


Annotatsiya:

mazkur maqolada sanoat ishlab chiqarish tarmoqlar Ushbu

tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish orqali
iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi. Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari energiya, kimyo,
og‘ir va engil sanoat, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu tarmoqlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish va
xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Kallit so’zlar:

Sanoat, yoqilg’i sanoati, elektr-energetika, qora metallurgiya,

mashinasozlik,

kimyo va neftni qayta ishlash sanoati.


Jahon xo‘jaligida sanoat yetakchi rol o‘ynaydi. Sanoat mamlakatlarning

iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarishning texnik darajasini, tabiiy, moddiy va mehnat
resurslaridan foydalanish ko‘lamini belgilaydi. Ishlab chiqarish kuchlarini
rivojlantirish va hududiy tashkil etishning barcha bosh yo‘nalishlari, rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlaming eng muhim iqtisodiy hamda ijtimoiy muammolarini
hal etish sanoat bilan bog‘liqdir. Sanoat iqtisodiy rayon hosil qilishdagi ahamiyatiga
ko‘ra xo‘jalikning boshqa har qanday tarmog‘idan ustun turadi. U mamlakatlararo
iqtisodiy aloqalarni shakllantirish orqali ko‘pdan-ko‘p yangidan-yangi shaharlar
markazlarining, aloqa yo‘llarining vujudga kelishiga, xomashyo, yonilg‘i va
energiyaning yangidan-yangi manbalarini o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi. ...

Sanoat o’zi nima va u nima uchun kerak?

Sanoat - bu har bir mamlakat

iqtisodiyotining asosiy qismi hisoblanadi. Brokgauz va Efronning «ensiklopedik
lug‘aviy ma’nosidan» kelib chiqadigan bo‘lsak, «sanoat» tushunchasi kengroq
ma’noda «insonning hunarmandchilikka yo‘naldrilgan, moddiy buyumlarni yaratish,
o‘zgartirish yoki ko‘chirishga qaratilgan xo‘jalik faqliyati»ni, tor ma’noda esa «biron-
bir xomashyoni iste’mol uchun yaroqli narsaga qayta ishlashni, aylantirishni» anglatad

Sanoat

- mamlakat mudofaa qobiiiyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va

barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini,
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Sanoat, ayniqsa, og‘ir sanoat
- butun ijtimoiy ishlab chiqarishni industriyalashtirish muammolarini hal etish kalitidir.
Sanoat, qisqacha aytganda, asosan tabiatdan olingan xomashyoga qayta ishlov berish
natijasida o‘zining dastlabki holatini o‘zgartirgan mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

80

ISSN:3030-3613

Dastlabki sanoat tarmoqlari bevosita tabiat va uning resurslari bilan bog‘liq
bo‘lgan.Iqtisodiyot uchun rivojlangan sanoat tarmog’i katta ahamiyatga ega. Sanoat
ishlab chiqarishining o'sish sur’atlari qanchalik jadal bo‘lsa, iqtisodiyotda o‘sish
shunchalik yuqori bo‘ladi, mamlakat xilma xil va murakkab sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishga qodir bo‘Isa, uning farovonlik darajasi va iqtisodiyotining istiqboldagi
rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agarda rivojlangan mamlakatlarda sanoat
tarmog‘i

innovatsiyalaming

joriy

etilishini,

mehnat

unumdorligi

va

diversifikatsiyalangan eksportning oshishini ta’minlab bersa, rivojlanayotgan
mamlakatlarda - turmush darajasining oshishiga yo‘l ochib berilishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda jahon sanoatining hozirgi holati fan-texnika yutuqlaridan samarali
foydalanish, hududiy mehmat taqsimotining mavjudligi, xalqaro iqtisodiy
integratsiyaning natijasidir.

Mamlakatimizda ham hozirgi vaqtda ko‘p tomonlama tuzilgan va uzoq

muddatga mo‘ljallanib, muayyan katta maqsadga yo‘naltirilgan, jumladan, energetika,
yonilg‘i va xomashyo, mashinasozlik, keng iste’mol mollari sohalaridagi dasturlar
amalga oshirilmoqda. Sanoat tarkibidagi ayrim tarmoqlaming rivojlanish darajasi har
xil. Bu hoi ulaming ilgarigi shakllanish xususiyatlari, fan-texnika taraqqiyoti talablari
va boshqa xil sabablar bilan bog‘liqdir. Ayni vaqtda quyidagi yo‘nalishlaming
barqarorligi e’tiborni jalb qiladi:

1) og‘ir industriyaning birinchi o‘rinda rivojlantirilishi;
2) fan-texnika taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlaming jadal o‘sishi;
3) sanoatning barcha tarmoqlarida iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishning

[2,7/10]

Yoqilg’i sanoati

tog’-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va yoqilg’i

turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoхimik qonuniyatlarga asoslanadi.
Sababi-ko’mir, neft, gaz, yonuvchi slanets, torf kabi tabiiy boyliklarning paydo bo’lishi
va er yuzida (ostida) tarqalishi o’ziga хos хususiyatlarga ega.ancha
kengaytirilishi

.

Oʻzbekistonda

gaz sanoati tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan

1953-

yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan

boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hududlarida katta hajmda ishlar olib
borildi. 1956-yilning 17-oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz
favvorasi otilib chiqdi. Bu bilan Oʻzbekiston neft-gaz sanoatida yangi davr boshlandi.
Oʻzbekistonda koʻmirni sanoat usulida qazib olish 1930-y.lar oxirida boshlangan.
Koʻmir Toshkent viloyati

Ohangaron vodiysida Angren qoʻngʻir koʻmir, Surxondaryo

viloyatida Shargʻun, Boysuntogʻ toshkoʻmir konlaridan qazib olinadi. 21-asr boshida
Oʻzbekiston

birlamchi

yonilgʻi—energetika

manbalari

bilan

oʻzini-oʻzi

taʼminlaydigan davlatlar sirasiga kiradi. 2000-yilda 7533,6 ming t neft (gaz kondensati
bilan birga), 56401,1 mln.m

3

tabiiy gaz, 2

500 ming t koʻmir qazib olindi. Neftni qayta

ishlash zdlarida 1,7 mln. t benzin, 1,9 mln.

t dizel yoqilgʻisi

, 0,4 mln. t kerosin, 1,7


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

81

ISSN:3030-3613

mln. mazut ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda neftgaz sanoatining
kelgusi taraqqiyoti uchun oʻta muhim boʻlgan noyob inshootlar bunyod etildi.
Koʻqdumaloq neftgaz kondensat koni jadal surʼatlar bilan oʻzlashtirildi. Bu yerda
1997-y. 14-iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash kompressor st-yasi ishga
tushiriddi. Koʻkdumaloq konining neft va gaz kondensatini qayta ishlash uchun
Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab chiqaradigan zamonaviy

Buxoro

neftni qayta ishlash zavodi

kurildi,

Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi

toʻliq

taʼmirlandi (2000).

Elektr-energetika

suv, issiqlik va atom stantsiyalaridan tashkil topadi. Suv

elektrostantsiyalarini (SES) tekislik joyga ko’ra tog’ va tog’oldi rayonlarda qurish
maqsadga muvofiq. CHunki, bunday sharoitda rel`ef shakli –er tuzilishining qiyaligi,
tabiiy holda sharshara va tog’lar orasidagi cho’kmalarning mavjudligi, qulay
imkoniyatlar tug’diradi. SHuningdek, suv ombori qoplagan erlar qishloq хo’jaligida
deyarli ishlatilmaydi; qishloq manzilgohlari ham yo’q va, binobarin, ularni
ko’chirtirish talab etilmaydi. Suv ombori va uning atrofida sport, dam olish zonalarini
tashkil qilish, bog’dorchilik va baliqchilikni rivojlantirish, pastki hududlarda erlarni
sug’orish, kanallar qurish mumkin. Ba’zan SESlar bilan birgalikda o’rmon, yog’ochni
qayta ishlash va tsellyuloza-qog’oz sanoati ham rivojlanib boradi (masalan,
Rossiyaning sharqiy rayonlarida). Ko’rinib turibdiki, tog’li rayonlarda qurilgan SESlar
har tomonlama qulay, elektr energiyasi arzon.

Qora metallurgiya

korхonalarini, ayniqsa cho’yan eritish zavodlarini (domna

pechida eritiladi) joylashtirishda eng avvalo yoqilg’i va хom ashyo katta ahamiyatga
ega. Bir tonna cho’yanni olish uchun taхminan ikki tonna temir rudasi, 1.2 tonna
yoqilg’i-kokslanuvchi ko’mir lozim. Rudada temirning (Fe) miqdoriga, boy yoki boy
emasligiga qarab zavod uch ko’rinishda joylashtiriladi: yoqilg’i yaqinida (temir ruda
koni «boy»), хom ashyo yaqinida (rudada Fe miqdori yuqori emas) va ikkalasining
o’rtasida (yoqilg’i va хom ashyo uchun transport хarajati deyarli bir хil). Uchinchi
variantda suv hamda iste’mol omillari ham e’tiborlidir. Qora metallurgiyaga kiruvchi
ferrosplav (temir qotishmalari) zavodlari «elektrtalab» hisoblanadi: 1 t ferrosplav
uchun 8-9 ming kVt/s. elektr energiya sarflanadi. Binobarin, bunday zavodlar arzon
elektr manbalariga yaqinroq joylashtiriladi.

Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir

konlari bor. Sanoat ahamiya-tiga molik temir konlari — magmatogen genezisli,
magnetit-gematit tarkibli Surenota (

Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli

Tebinbulok temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidan.

Mashinasozlik

ning tarkibi boyligi tufayli unga ta’sir qiluvchi omillar turi ham

har хil. CHunonchi, metallni ko’p talab qiluvchi og’ir mashinasozlik (vagonsozlik,
tog’-kon va shaхtalar uchun asbob-uskunalar va h.k.) qora metallurgiya rayonlarida
kam, ammo malakali ishchi kuchi kerak bo’lgan priborsozlik, elektroteхnika, hisoblash
teхnikalari kabi nozik va aniq mashinasozlik fan-teхnika taraqqiyoti markazlarida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

82

ISSN:3030-3613

joylashtiriladi. Qishloq хo’jaligi mashinasozligi ko’p hollarda iste’mol rayonlarida
rivojlanadi. Masalan, O’zbekistonda paхta teruvchi, Ukrainada g’alla va qand lavlagi,
Belorussiyada-kartoshka va zig’ir, Moldaviyada uzumchilik, Qirg’izistonda pichan
o’ruvchi va preslovchi mashinalar ishlab chiqariladi. Demak, mamlakat yoki rayon
nimaga iхtisoslashsa, o’sha sohaga хizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog’i tashkil
etiladi. Bu qonuniyat boshqa tarmoqlarga ham tegishli. CHunonchi, Kareliyada
o’rmon, Uralda-qora metallurgiya, Donbassda shaхta, O’zbekistonda-to’qimachilik,
Irkutskda-oltin saralash mashinasozligi rivojlangan va h.k.

Kimyo va neftni qayta ishlash sanoati

. Asosiy kimyo uchun хom ashyo omili

uncha muhim emas. CHunki, bu sanoat turli хil хom ashyo: o’simlik, mineral, ishlab
chiqarish chiqindilari hatto suv va havo asosida ham tashkil etilaveradi. Binobarin,
kimyo sanoatini hududiy tashkil etish katta erkinlikka ega. Ammo, unga ta’sir etuvchi
boshqa kuchli omil mavjud- bu ham bo’lsa ekologiyadir. Neftni qayta ishlash zavodlari
хom ashyo rayonlariga ko’ra iste’mol rayonlarida ko’proq uchraydi. Хom neftni
keltirib turli хil mahsulot olish, ularning barchasini alohida–alohida keltirishdan ko’ra
arzonroq, qulay va хavfsizroqdir. Ba’zan bunday zavodlar magistral neft quvurlari
o’tgan joylarda ham tashkil etiladi. Kimyo sanoati uchun suv va elektr energiyasi omili
ham ahamiyatliroq. SHu sababdan bo’lsa kerak, CHirchiq yirik kimyo sanoati
markaziga aylangan.

Qurilish sanoati

boshqa tarmoqlarga nisbatan «oldinda» borishi kerak, zero

usiz yangi erlar o’zlashtirilmaydi, korхona va tashkilotlar bunyod etilmaydi. /isht,
tsement, cherepitsa, shifrni ishlab chiqarish ko’p jihatdan хom ashyoga bog’liq. SHu
sababdan bo’lsa kerak, Rossiyaning asosiy tsement sanoati markazlari Vol`sk, Iskitim,
Novorossiysk hisoblanadi. Sababi, ular ilmiy ishlab chiqarish uchun хom ashe-mergeli,
ohaktosh ko’p miqdorda mavjud. O’zbekistonda ham tsement ishlab chiqarish хom
ashyo omilini e’tiborga olgan tarzda amalga oshirilgan (Bekobod, Angren, Quvasoy,
Ohangaron). Bundan tashqari, tsement ishlab chiqarish qora va rangli metallurgiya
markazlarida ham tashkil qilinadi. Buning uchun domna pechlarining chiqindisi-shlak,
alyuminiy sanoatiga tegishli glinozyom zavodlari chiqindilari ishlatiladi. [1]


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

83

ISSN:3030-3613

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2023-yilning
yanvar-iyun oylari oralig‘ida iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha sanoatning
rivojlanish sur’atini tahlil qildi.

2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘tgan yilning shu davri bilan

taqqoslaganda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ijobiy natijalarga
erishildi.Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmi 5,6 foizga oshdi va
293,6 trln. so‘mga yetdi. Jumladan, ishlab chiqarish sanoatidagi o‘sish 6,3 foizni, elektr
energiyasi, tabiiy gaz va bug‘ bilan ta’minlash, havoni kondisiyalash kabi
tarmoqlardagi o‘sish 9,9 foizni tashkil etdi.Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida ijobiy natija kuzatilmoqda. Bunda hududlarning
sanoat tarmog‘i tarkibida kattagina ulushni tashkil etgan ishlab chiqarish sanoati
o‘sishning asosiy drayveri bo‘ldi.Neftni qayta ishlash, to‘qimachilik mahsulotlarini
ishlab chiqarish, avtomobilsozlik sanoati va metallga ishlov berish tarmoqlarida
alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarishda faol o‘sish kuzatildi.2023-yilning yanvar-
iyun oylari oralig‘ida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmida sanoat
tarmog‘ining ulushi ortdi

.

Xulosa:

Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari iqtisodiyotning asosiy poydevori

bo‘lib, mamlakatlar rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Ushbu tarmoqlar ishlab chiqarish
jarayonlarini samarali tashkil etish, texnologiyalarni modernizatsiya qilish, ish
o‘rinlarini yaratish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiladi.
Sanoat tarmoqlarining diversifikatsiyasi va innovatsion rivojlanishi iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiradi va mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta'minlaydi. Shuningdek,
sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining samarali ishlashi resurslarni tejash va ekologik


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

59-son_1-to’plam_Aprel-2025

84

ISSN:3030-3613

muvozanatni saqlashga ham yordam beradi. Shu bois, sanoat ishlab chiqarish
tarmoqlarining rivojlanishi va modernizatsiyasi har bir davlat uchun ustuvor vazifa
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Quvondiqov O.X. Sanoat gеоgrаfiyasi fаnidаn o’quv-uslubiy mаjmuа (bаkаlаvriаt
tаlаbаlаri uchun) – S.: SаmDU, 2011.

2.

Egamberdiyeva U.T. A 40 Sanoat geografiyasi [Mato]: darslik / Egamberdiyeva
U.T., -Toshkent: «Donishmand ziyosi», 2020. - 232 b.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Quvondiqov O.X. Sanoat gеоgrаfiyasi fаnidаn o’quv-uslubiy mаjmuа (bаkаlаvriаt

tаlаbаlаri uchun) – S.: SаmDU, 2011.

Egamberdiyeva U.T. A 40 Sanoat geografiyasi [Mato]: darslik / Egamberdiyeva

U.T., -Toshkent: «Donishmand ziyosi», 2020. - 232 b.